Taʼlim media
2 subscribers
2 photos
1 video
5 links
Taʼlim sizni oʻzgartiradi, siz esa mamlakatni!

Author: @Murodbek_Haydarov
Download Telegram
Channel created
Ta'limga oid qonunchilik

https://lex.uz/docs/-4646908

📚 @talim_media
Ushbu kanal oʻz faoliyatini boshlasa, siz kuzatib borasizmi?
Anonymous Poll
71%
Ha, albatta
0%
Yoʻq, taʼlim men uchun qiziqmas
29%
Iltimos, faoliyati tezroq boshlansin, rosa kutyapman
Oliy ta’limni bug‘maslik haqida

“…Lekin oliy ta’lim bulardan farq qiladi. Mamlakatlar postindustrial ishlab chiqarishga o‘tar ekan, ularning yangi toifadagi inson kapitaliga ehtiyoji tug‘iladi. Oddiy industrial kasblar uchun boshlang‘ich va o‘rta maktablarda beriladigan bilim yetarli. Ammo rivojlangan iqtisodga ega mamlakatlar bilan raqobatlashish oliy ma’lumotga ega ishchilar sinfini talab etadi.

Avtokratlar uchun muammo shundaki, ta’lim tabiiy ravishda fikr erkinligiga bog‘liq. Universitet darsliklarini tamoman “yot g‘oyalar”dan tozalab tashlash imkonsiz. Tanqidiy fikrni nazoratda ushlab turishning imkoni yo‘q. Bugun elektrodlarni o‘rganayotgan talaba ertaga saylov jarayonlarini tahlil qilishga o‘tishi mumkin. Universitetlarda o‘rgatiladigan tahliliy, tashkiliy va kommunikatsion ko‘nikmalar turli maqsadlarda, hattoki hukumatga karshi namoyishlar uyushtirishda ham qo‘llanishi mumkin. Ayni paytda ilg‘or tadqiqotlar tashqi dunyo bilan uzluksiz aloqani taqozo etadi. Bu aloqa esa odamlar tashqi dunyo haqida doimiy ravishda ma’lumot oladi degani. Bularning barchasi diktatorlarga oliy ta’limni nazoratda ushlab turishni mushkullashtiradi…”

Sergey Guriyev va Deniel Treysmanlarning “Manipulyativ diktatorlar: XXI asrda tiraniyaning oʻzgaruvchan qiyofasi” kitobidan. Tarjimon: Hamid Sodiq

📚 @talim_media
#Hikmat

* * *

Xohlagan ilm-faningizni oʻrganing. Niyatingiz oʻsha ishdan oxiratning ajrini olish boʻlsin.


Husayn Buxoriy

📚 @talim_media
SEN DANGASA EMASSAN!

1. Shunchaki zerikish nimaligi bilmaysan. Miyang stimullarga* to‘lib ketgan. O‘zi miya doim biron nima bilan mashg‘ul bo‘lgisi keladi. Muammolarni yechish, idea o‘ylash, ish bajarish, xayol surish, atrofni tahlil qilish…

2. Zerikishni boshlasa, albatta, yuqoridagilarni biri bilan shug‘ullanishni xohlaydi. Lekin...

3. Oxirgi marta qachon zerikkan eding? Qancha vaqtga? Javob ancha oldin va juda qisqa vaqtga bo‘lib chiqadi.

4. Hozirgilar zerikish paydo bo‘lishi bilan smartfoniga qo‘l uzatishadi. Zaryadning tugashi och qolishdan ham qo‘rqinchliroq. O‘zingni va tanishlaringni telefonini titkilab ko‘r, ekranga kuniga 6-8 soat qarayotgan bo‘lib chiqishadi. Hammamizda shunday.

5. Miyamiz doimiy stimul, yangilik, qiziqarli, lekin kerakmas ma’lumotlarga to‘lib ketgan. Vaholanki, senga ma’lumot emas, 4 oydan beri qalashib yotgan ishlaringni qilish muhimroq.

6. Ishlashni o‘rganmoqchimisan – zerikishni o‘rgan. Buning uchun smartfoningni yaqin do‘stingga ber. Ishing (kitob, kurs, blog, dars) tugagandan keyin qaytarib bersin.

7. Ha, ha, seni dangasalikda gumon qilayotgan har qanday odamga shu maqolani ko‘rsatishing mumkin. Sen aslida dangasa emassan, zerikishni bilmaysan, xolos.

*Stimul – qo‘zg‘atish vazifasini bajaruvchi har qanday narsa. Mashinaning gaziga o‘xshatsa bo‘ladi.

© Aziz Rahimov

📚 @talim_media
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Finlandiya taʼlim tizimi haqida qisqacha

📚 @talim_media
#Yangilik

Xususiy maktab ochish uchun 20 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi


Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidladi.

Ta’kidlanishicha, kelgusi yillarda bog‘chalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa bo‘lib qoladi.

Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablag‘lari hisobidan 2025-yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bog‘cha va 379 ta maktab ta’mirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 4 trillion so‘m ajratiladi.

📚 @talim_media
#Mulohaza

“Katta” mavzularni muhokama qiladigan “kichkina” odamlar

Ba’zida atrofimizdagilarning nimalarnidir jiddiy alfozda muhokama qilayotganini ko‘ramiz. O‘zimiz ham gohida biz uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan yoki o‘zimiz chuqur tushunmaydigan mavzularda kimdirlar bilan bahslashamiz, suhbatlashamiz.

Bir iqtibos o‘qib qolgandim: “Katta miyalar g‘oyalarni, o‘rtacha miyalar voqealarni, kichik miyalar esa odamlarni muhokama qiladi”.

Bir gal bir kishi davlatning falon narsasi bo‘lishi muhimligini aytdi. Keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishini va misol keltirib berishi so‘radim. U esa muhim deb hisoblagan narsasini tasvirlab berolmadi. Ya’ni, biz o‘zimiz aniq tasavvurga ega bo‘lmagan narsalarimiz haqida ham boshqalarga soatlab gapirishimiz mumkin. Hatto o‘zimiz aniq bilmaydigan ma’lumotlarni ham ishonch bilan ayta olamiz. Ba’zan o‘ta subyektiv fikrlarimizni argument qilib keltirishimiz ham bor gap.

Balki, bu o‘zimizni atrofdagilar orasida o‘rnimiz bo‘lishini, kezi kelganda odamlar bizdan fikrimizni, maslahatimizni so‘rashlarini xohlashimizdandir?!

Fikr almashish, turli mavzularda muhokama olib borish yaxshi, albatta. Faqat u arzirli odam bilan, arzirli mavzularda bo‘lsagina.*

Lekin bir narsani unutmaylik: O‘zimiz yaxshi bilmaydigan, tasavvurga ega bo‘lmagan, anglamagan narsalarimiz haqida boshqalarga gapiradigan vaqtimizni o‘sha narsani o‘rganishga, tushunishga sarflasak, o‘zimiz uchun ham boshqalar uchun foydali bo‘ladi! O‘zimizga foydasi-ku tushunarli, boshqalarga qanday foydasi bor buni? Bilmaydigan narsalarimiz haqida boshqalarga gapirib, ham ularning vaqtini o‘g‘irlaymiz, ham miyasini noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldiramiz.

O‘zimiz va boshqalar uchun foydali bo‘lishga harakat qilaylik.

*Ha, yana bir narsa: Baʼzida fikr almashish uchun arzirli emasdek koʻringan odamning fikr-mulohazalari biznikidan anchayin salomoqli boʻlib chiqishi ham mumkin. Baʼzida oʻzimizga ortiqcha baho berib qoʻyishimiz ham mumkin va bu boshqalarni bizdan koʻra kam narsani biladi degan fikrga yetaklashi ham mumkin.

📚 @talim_media
#Yangilik

Xususiy bog‘cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi


Prezident qaroriga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat bog’cha va maktablar barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi, ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar esa daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlarining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):
zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

📚 @talim_media
#Mulohaza

Nima uchun?


Shu savolni oʻzimizga berib, harakatlarimizni aniqlashtirib olishimiz mumkin.

Nima uchun ingliz tilini oʻrganyapman yoki oʻrganishim kerak? Nima uchun palonchi universitetda oʻqishim kerak? Nima uchun falon narsani oʻz oldimga maqsad qilib qoʻydim?

Bitta savol bilan aslida nima uchun harakat qilayotganimizni yoki qilishimiz kerakligini aniqlab olish mumkin ekan.

Agar javob siz uchun muhim va foydali boʻlsa, davom eting. Aksi boʻlsa...

Xullas, oʻzimizni tanish, yaxshiroq bilish va tushunish muhim.

📚 @talim_media