Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
Harbiy tayyorgarlik o'quv markazida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o'quv markazida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida profilaktik tushuntirish tadbiri tashkil etildi.
Unda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "KN" TB bo‘limi boshlig‘i Sh. Gʻulomov, bosh mutaxassis M. Abdurahmanov hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik R.Isroilov ishtirok etdi.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar va kursantlarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, mansab vakolatlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda o‘tib, korrupsiyasiz muhitni shakllantirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 📺 YouTube 🌐 Linkedin

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1
Forwarded from MILITSIYA UZB | Расмий канал
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
У 110 минг АҚШ доллари пора сўраб, шундан 30 минг АҚШ долларини олдиндан олган вақтида ушланган.
@Militsiya_Uzb👈🏽
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samarqand viloyatidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarida xorijiy xizmat safarlari, ular bo‘yicha maʼlumotlarning ochiqlanishi va belgilangan tartib-taomillarga rioya etilishi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida viloyatning Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tuman hokimliklari mansabdor shaxslari tomonidan xizmat safarlariga yaqin qarindoshlari, shuningdek, safarga bevosita aloqador bo‘lmagan xodimlar yuborilganligi holatlari aniqlandi.
Xususan, Xitoyda Markaziy Osiyo davlatlarining professional fermerlari uchun tashkil etilgan seminarga Qo‘shrabot tuman hokimining haydovchisi M.T. hamda hokimning o‘g‘li D.D.lar xizmat safariga yuborilgan.
Bundan tashqari, Xitoyda tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va qayta ishlashni tashkil etish” bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida Qo‘shrabot tumanidagi sohaga aloqador hokimlik vakillari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari taklif etilganligi ko‘rsatilib, 32 nafar shaxsdan iborat delegatsiya tarkibi (ro‘yxat) taqdim etilgan.
Bundan tashqari, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xorijiy xizmat safariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lmagan xodimlarni yuborish holatlari mavjudligi aniqlandi.
Masalan, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish va savdo shartnomalari bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishish maqsadida 2025-yilning 22-30-may kunlari Xitoyga xizmat safari tashkil etilib, delegatsiya tarkibiga safar maqsadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorligi bo‘lmagan hokimlik xodimi ham kiritilgan.
O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Shuningdek, Agentlik ushbu yo'nalishda OAV, jurnalistlar, blogerlarning faol pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ular bilan ochiq va konstruktiv hamkorlikka har doim tayyor.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

Biroq, ro‘yxatni o‘rganish davomida ayrim delegatsiya vakillari, jumladan, tuman hokimining turmush o‘rtog‘i M.Sh., hokimlik boshqa mansabdor shaxsining yaqin qarindoshi Ch.H.lar ro‘yxatga asossiz ravishda kiritilganligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, ro’yxatdagi N.X. va M.S.lar Qo‘shrabot tumanidagi 1-son texnikum xodimlari sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lib, aslida ular ushbu texnikumda ishlamasligi ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xorijiy xizmat safariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lmagan xodimlarni yuborish holatlari mavjudligi aniqlandi.
Masalan, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish va savdo shartnomalari bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishish maqsadida 2025-yilning 22-30-may kunlari Xitoyga xizmat safari tashkil etilib, delegatsiya tarkibiga safar maqsadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqadorligi bo‘lmagan hokimlik xodimi ham kiritilgan.
Shu kabi, Davlat Rahbarining 2021-yil 16-iyundagi PF-6247-son Farmonida mansabdor shaxslarning xorijiy xizmat safarlari haqidagi axborotlar ochiq e’lon qilinishi belgilangan bo‘lishiga qaramay, Kattaqo‘rg‘on hamda Qo‘shrabot tuman hokimliklari tomonidan ushbu ma’lumotlar asossiz ravishda yashirilganligi aniqlandi.
O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘z vakolatlari doirasida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini taʼminlash hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish bo‘yicha tizimli choralarni qatʼiy davom ettiradi.
Shuningdek, Agentlik ushbu yo'nalishda OAV, jurnalistlar, blogerlarning faol pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ular bilan ochiq va konstruktiv hamkorlikka har doim tayyor.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
👍1
Forwarded from GENERALISSIMUS
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamkorligida “Chorsu” dehqon bozorida xufiyona iqtisodiyotni qisqartirish, ehtimoliy korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari o‘rganilibdi.
@u_generalissimus
@u_generalissimus
👍1
O‘zbekiston Milliy universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Talaba-yoshlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni universitetning Korrupsiyaga qarashi kurashish “Komplaens – nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shohnazar G‘ulomov, bo'lim bosh mutaxassisi Muhiddin Abdusamatov, hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha universitetning klub rahbari Bobomurod Sadullayevlar olib borishdi. Talaba-yoshlar klubining barcha faklultet yetakchilari ishtirok etgan ushbu yig‘ilishda, kelgusidagi maqsad va vazifalar belgilab olindi.
❤5
Forwarded from ХAVFSIZLIK 🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️ Давлат хавфсизлик хизмати ва бошқа ҳуқуқ-тартибот идоралари ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбирларда деҳқон бозорларининг мансабдор шахслари аукцион орқали сотилиши керак бўлган савдо нуқталарини шахсий моддий манфаатдорлик эвазига, фуқароларга ноқонуний равишда сотиш билан шуғулланиб келаётганлик ҳолатлари аниқланди.
1️⃣ Жумладан, Қарши шаҳрида фаолият юритувчи деҳқон бозори раиси ва назоратчиси ўзаро тил бириктириб, бозор ҳудудида янги қурилган, 110 м2 майдондаги савдо дўконини тадбиркорлик билан шуғулланмоқчи бўлган фуқаро номига расмийлаштириб бериш эвазига, ундан 80 минг АҚШ доллари талаб қилиб, олдиндан 30 минг АҚШ доллари олган вақтларида ашёвий далиллар билан ушланди.⚖️ Ҳолат юзасидан қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 4-қисми “а” банди ва 28,211-моддаси 3-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
2️⃣ Бошқа ҳолатда эса Бухоро шаҳридаги қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари улгуржи сотиладиган бозор раҳбари ва иш юритувчиси ўзаро тил бириктириб, бозор ҳудудида енгил конструкцияли савдо дўкони қуриб, тадбиркорлик билан шуғулланиши учун 120 м2 ер майдони ажратиб бериш эвазига фуқародан 11 минг АҚШ доллари олган вақтларида уларнинг ноқонуний ҳаракатларига чек қўйилди.⚖️ Ҳозирда мазкур шахсларга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “а, в” бандлари билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ХAVFSIZLIK 🇺🇿
📌 Коррупция – манфаат эвазига хизмат мавқеини суиистеъмол қилиш бўлиб, бугунги кунда у дунёнинг барча давлатларида энг катта хавф сифатида баҳоланади. Боиси, у жамиятда ижтимоий тенгсизликни келтириб чиқариш билан бирга, фуқароларда эртанги кунга бўлган ишончни сўндиради. Шунинг учун ҳам ушбу иллат вайронкор куч сифатида қораланади.
Сўнгги йилларда мамлакатимизда амалга оширилаётган ислоҳотлар доирасида коррупцияга қарши курашиш масаласига алоҳида эътибор қаратилмоқда. Аммо, шоли курмаксиз бўлмаганидек, давлат хизматчилари орасида ўз халқумини ҳамма нарсадан устун қўйувчилар ҳам учраб турганлиги аччиқ ҳақиқат.
💵 Хусусан, Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири Ўртачирчиқ туманидаги якка тартибдаги тадбиркорга тегишли савдо дўконида электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича аниқланган 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.
Шунингдек, девонхона нозири ҳозирда Наманган шаҳридаги нуфузли олийгоҳда ўқиётганлиги боис, талаб этилган пулни шу жойга олиб келиб беришни сўраган.
⚖️ Ҳолат юзасидан Наманган вилояти прокуратураси томонидан ушбу шахс ва бошқаларга нисбатан Жиноят Кодексининг 25,168-моддаси (фирибгарлик) 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси (пора бериш) 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, девонхона нозирига нисбатан "қамоқ" эҳтиёт чораси қўлланилди.
📞 Ҳурматли фуқаролар кундалик ҳаётда бу каби қонунбузилиш ҳолатларига дуч келсангиз Давлат хавфсизлик хизматининг 1520 қисқа рақамига қўнғироқ қилинг. Шахсингизнинг сир сақланиши кафолатланади.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ХAVFSIZLIK 🇺🇿
🙅🏻♂️🙅♂️ ФВВ ходимига 30 минг доллар пора таклиф қилган тадбиркор ушланди
📞 Ўз навбатида ходим ҳолат бўйича масъулларни хабардор қилган.
☄️ ДХХ ва ФВВ ШХБ ҳамда ИЖҚКД ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда, МЧЖ раҳбари пойтахт ФВББ ходимига ушбу пул маблағини берган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
⚖️ Ҳолат юзасидан тадбиркорга нисбатан Жиноят Кодексининг 211-моддаси (пора бериш) 3-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.
🕵️♂️Ҳозирда тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
✈️ Каналга аъзо бўлинг ✅ t.me/xavfsizlik_uz➡️
➡️ Пойтахтда фаолият юритувчи тадбиркор ўзи раҳбарлик қиладиган МЧЖ томонидан Яккасарой туманида барпо этилган, лекин, бир қатор камчиликлари бартараф этилмаган 12 қаватли турар жой мажмуасини фойдаланишга қабул қилиниши бўйича “Nazorat.MS.UZ” электрон портали орқали тақдим этадиган аризасини ижобий ҳал қилиб бериши эвазига Тошкент шаҳар Фавқулодда вазиятлар бош бошқармаси ходимига 30 минг АҚШ доллари миқдорида пора таклиф этган.
🕵️♂️Ҳозирда тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from ХAVFSIZLIK 🇺🇿
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Бугун халқаро террористик ташкилотлар ижтимоий тармоқлар орқали турли баҳоналар билан мазлумларга ёрдам беришни рўкач қилиб ёки сохта хайрия акцияларини ташкил этиш йўли билан, ўз фаолиятларини молиялаштириш мақсадида пул йиғишмоқда.
Ачинарлиси, етарли дунёқарашга эга бўлмаган, диний саводхонлиги ҳаминқадар бўлган, оқни қорадан ажратолмайдиган ёшларимиз уларнинг тузоғига тушиб, ўз атрофидагиларни, ҳатто яқин қариндошларини ҳам жиноятга кўчасига олиб киришмоқда.
❗️ Жумладан, Бухоро шаҳрида яшовчи, 1999 й.т. шахс ёт ғоялар таъсирида 2019 йилда Сурия давлатидаги “Тавҳид ва жиҳод катибаси” халқаро террористик ташкилоти сафига бориб қўшилди. У жангарилар сафида фаолият олиб бориш билан бирга, ижтимоий тармоқлар орқали турли баҳоналар билан бошқалардан пул йиғиб, террористик ташкилотнинг молиявий таъминотини яхшилашга кўмаклашди.
2021-2025 йиллар давомида мазкур шахс интернет орқали ўзбекистонлик фуқаролар билан мулоқотга киришиб, уларни криптовалюта кўринишида пул маблағлари юборишга даъват қилди ва натижада катта миқдорда пул йиғишга муваффақ бўлди.
Ҳозирда унинг алдовларига учиб, пул юборган 8 нафар шахсга нисбатан Жиноят Кодексининг 155³-моддаси, яъни терроризмни молиялаштириш айби билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
💸 Шунингдек, у ўзининг қабиҳ ишларига Бухоро шаҳрида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. ўз отасини ҳам жалб қилди. Ота эса ўғлининг айтганларини бажарди.
Хусусан, 2022-2025 йиллар давомида ота “BINANCE” халқаро крипто-биржаси орқали жами 13 597 USDT крипто-валютасини ўғлига юборди.
Таъкидлаш лозимки, ота муқаддам диний экстремизм ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган материалларни тарқатиш билан шуғулланганлиги учун 2019 йилда ҳуқуқ-тартибот идоралари томонидан қўлга олиниб, Жиноят Кодексининг 244¹-моддасига асосан 5 йил муддатга озодликдан маҳрум этилган. Кейинроқ эса Бухоро шаҳар судининг ажрими билан, у шартли равишда озод қилинган.
Лекин, у давлат томонидан ўзига нисбатан кўрсатилган инсонпарварликнинг қадрига етмасдан, билдирилган ишончни суиистеъмол қилди.
⚖️ Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан олиб борилган тезкор-қидирув тадбирлари натижасида унинг ҳаракатларига чек қўйилиб, жиноят иши қўзғатилди.
Бухоро шаҳар судининг ҳукми билан 1965 й.т. мазкур фуқаро Жиноят Кодексининг 155³-моддаси 2-қисми “а” банди ва 278⁸-моддаси 2-қисми “а” бандида назарда тутилган жиноятларни содир этганликда айбли деб топилиб, 10 йил 2 ой муддатга озодликдан маҳрум этилди.
Унинг 1999 й.т. ўғли эса Жиноят Кодексининг 244¹, 244², 155², 155³-моддаларида назарда тутилган жиноятларни содир этганлиги учун, унга нисбатан қидирув эълон қилинди.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from ХAVFSIZLIK 🇺🇿
#ТЕЗКОР
☄️ Тошкент шаҳар ИИББнинг 2 нафар тезкор ходимига нисбатан жиноят иши қўзғатилди
🔴 Хусусан, Шайхонтоҳур тумани ИИО ФМБ Жиноят қидирув бўлими катта тезкор вакили Тошкент шаҳар ИИББ Жиноят қидирув бошқармаси катта тезкор вакили билан келишган ҳолда, Олмазор туманида яшовчи, 1982 й.т. фуқаронинг ёнидан 3 гр “гашиш” моддаси топилганлиги ҳолати юзасидан ўзининг иш юритувида бўлган терговга қадар текширув ҳужжатлари доирасида гумондорни жиноий жавобгарликка тортмаслик эвазига 2200 АҚШ доллари талаб қилиб, муқаддам 1000 АҚШ доллари олади.
Аммо, у қолган 1200 АҚШ долларини ўз хизмат хонасида олган вақтида Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент шаҳар бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ушланди.
Шунингдек, Тошкент шаҳар ИИББ ЖҚБ катта тезкор вакили ҳам процессуал тартибда ушланди.
🛡 Каналга аъзо бўлинг 🔗 t.me/xavfsizlik_uz
❗️ Коррупцияга қарши курашиш йўналишида ДХХ ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбирда ўз хизмат мавқеиларини суиистемол қилган ҳолда, шахсий бойлик орттиришни режалаштирган Тошкент шаҳар ИИББ 2 нафар тезкор вакилининг ноқонуний ҳаракатлари фош этилди.
Аммо, у қолган 1200 АҚШ долларини ўз хизмат хонасида олган вақтида Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент шаҳар бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ушланди.
Шунингдек, Тошкент шаҳар ИИББ ЖҚБ катта тезкор вакили ҳам процессуал тартибда ушланди.
⚖️ Ҳозирда Тошкент шаҳар прокуратураси томонидан мазкур катта тезкор вакилларга нисбатан Жиноят Кодексининг 210-моддаси (пора олиш) 2-қисми тегишли бандлари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2