TA'LIM YANGILIKLARI | RASMIY |
1.78K subscribers
530 photos
212 videos
17 files
369 links
@Talaba_news1 Ta'lim tizimidagi muhim xabarlar!

✔️Abituriyent va Talabalar uchun kerakli va foydali yangiliklar.

Murojaat va takliflar uchun :
Download Telegram
Forwarded from Mr.asgo (A. 🇺🇿)
#USA #new_york #green_card

📌Amerika orzusi" - 2⃣-qism
nega butun dunyodan odamlar AQSHga intiladi?


Xar yili millionlab odamlar Grin kard o‘ynaydi. "Amerika orzusi" degan o‘y, tushuncha yashaydi odamlar qalbida. Qo‘shma Shtatlarda xayot tarzi qanday? Nega odamlar bu yurtga talpinadi?

Xo‘sh, AQSHda taxminan maoshlar qancha? Yig‘lamang, so‘kinmang, asabiylashmasdan o‘qing:

🍽Idish yuvuvchi va uy tozalovchi - 2300$;
🪚Qurilishdagi ishchilar - 2800$;
🚗Haydovchi - 2700$;
📞Kotiba - 3100$;
📦Yuk tashuvchi - 3200$;
👩‍⚕️Hamshira - 3500$;
👩‍🍳Oshpaz - 4000$;
👮‍♂️Milisiya - 4900$;
👩‍🚒O‘t o‘chiruvchi - 4000$;
👨‍💼O‘qituvchi - 6200$;
👨‍💻Dasturchi - 9200$;
🏠Injiner - 10200$;
🧑🏼‍⚖️Advokat - 10500$;
🦷Stomatolog - 13000$;
👨‍⚕️Shifokor - 15700$;
🩺Terapevt - 9500$;
💡Elektrik - 4300$;
🚛Yuk mashinasi xaydovchisi - 7000$.

P.S. Sizni alamli o‘ylar bilan yolg‘iz qoldiraman.

Share& invite friends📤

🎧@perfectly_english_musical‌‌🇬🇧
Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd so‘m naqd pul talon-toroj qilingan

Hisob palatasining yagona “Masofaviy nazorat” markazi tahlillari asosida aniqlashicha, Andijon davlat universitetida jami 39,3 mlrd so‘m naqd pul mablag‘lari talon-toroj qilingan. Jumladan:

kontrakt mablag‘lari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8 ming 761 nafar talabaga 25,1 mlrd so‘m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to‘lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;

talabalar tomonidan to‘langan 9,3 mlrd so‘m to‘lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;

talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd so‘m rag‘batlantirish mablag‘lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;

byudjet mablag‘lari hisobidan 2 ming 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd so‘m ortiqcha hisoblangan stipendiya o‘zlashtirilgan;

talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln so‘mlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o‘zlashtirilgan;

universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzib, shundan 300 mln so‘mi noto‘g‘ri o‘tkazilgan.

Aniqlangan noqonuniy o‘zlashtirilgan mablag‘lardan 5,1 mlrd so‘mi undirilishi taʼminlandi. Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar to‘plami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

@TALABA_NEWS1 🎓
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda uchuvchisiz uchar taksilar paydo bo‘ladi

Xitoyning EHang kompaniyasiga yo‘lovchi tashishga ruxsat beruvchi sertifikat berildi. Bu kompaniya o‘z mijozlariga yo‘lovchi tashuvchi uchuvchisiz samolyotlarni taklif qiladi.

Qayd etilishcha, EHang tomonidan 2017 yildan beri turli darajadagi sinovlar o‘tkazib kelindi. Shu vaqt ichida ular sinov tariqasida 4 mingga yaqin parvozlarni amalga oshirgan. Taksi ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, u soatiga 130 km tezlikda ucha oladi.

Toshkent tirbandliklarini yengish uchun astoydil harakat qilayotgan xitoyliklarga tashakkur bildiramiz)
©️Fayzbog'
❗️Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2023-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2024-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

Darslar 8-yanvar, dushanbadan boshlanadi.

@TALABA_NEWS1 🎓
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#foryou #opportunities

✈️Xorijga qisqa muddatga o'qish & sayohat qilish uchun imkoniyatlar

🌐Ayol va qizlar uchun AQShda 5 hafta davomida tajriba orttirish imkonini beruvchi TechWomen amaliyot dasturi🇺🇸

Barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi.
❇️ Batafsil: havola

🌐 Camp Rising Sun: 15-16 yoshli nozmodlar uchun AQSHda 4 haftalik bepul oromgoh! 🇺🇸

Oromgoh mashgʻulotlari 2024-yil yozida AQSHning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtadi (barcha harajatlar qoplanadi).
❇️ Batafsil: havola

🌐 GLOBAL PEACE SUMMIT (GPS) QATAR 2024🇧🇭
(Barcha harajatlar qoplanadi)

❇️ Batafsil: havola

🌐 Butunjahon yoshlar festivali 2024 Rossiyada 🇷🇺

❇️ Batafsil: havola

🌐 Chegara bilmas muxbirlar uchun Berlin stipendiya dasturi 2024


Mamlakat: Germaniya 🇩🇪
Moliyaviy qamrov: to'liq moliyalashtiriladi


❇️ Batafsil: havola

🌐 Xalqaro  Yoshlar Konvensiyasida qatnashish imkoniyati(to'liq moliyalashtiriladi)

Qayerda:  Shimoliy Afrika 🇿🇦
Qachon: 9-14 mart  2024


❇️ Batafsil: havola

Join us to stay informed about:

👶@Polyglot_Pathway 🌍‌‌
TA'LIM YANGILIKLARI | RASMIY |
#foryou #opportunities ✈️Xorijga qisqa muddatga o'qish & sayohat qilish uchun imkoniyatlar 🌐Ayol va qizlar uchun AQShda 5 hafta davomida tajriba orttirish imkonini beruvchi TechWomen amaliyot dasturi🇺🇸 Barcha xarajatlar toʻliq moliyalashtiriladi. ❇️ Batafsil:…
Yaxshilar sizlar uchun yangi loyihamiz  yani xorijga chiqish imkoniyatlari va jarayonlari bo'yicha ma'lumotlar berish maqsadida yangi proyektni boshladik!🔆

Talim yangiliklari kanali kabi qo'llab quvvatlashingizga ishonamiz!😊🫶

p/s: Ushbu loyiha egasi ya'ni kamina nechta mamlakatga grant yutib chiqib kelgan deb o'ylaysiz? Izohlarda qoldiring agar tanisangiz😁

p/s²: Tez orada o'zim haqimda ham sizlarga aytib bermoqchiman, deyarli ikki yil sizlarga hech narsa aytmay keldim, haqiqatlarni ochish vaqti kelyapti...🤓
🎁🎄
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#motivation

Ota-Onangiz hozir o'z orzularidan kechib sizda ko'rishyapti kelajakini!
Buni qadriga yeting.
Atrofimizga yaxshilab e'tibor qarataylik!

Otam meni yaxshi koʻrmaydi!”-deydiganlar, ota mexri mana shunday vaqtlarda bilinadi!

Join us to stay informed about:

👶@Polyglot_Pathway 🌍‌‌
Good morning everyone!
Erta tongdan yaxshi xabarlar ila uyg'ondim...😄
HARVARD ( GARVARD) ga borib o'qishni xohlamaydigan inson bo'lmasa kerak ha ?🤓
p/s: Next destination Harvard ✈️🇺🇸

Yaqin orada sizlar bilan (about myself) introduction qilaman, lekin ayrim sabablar bilan to'xtalib turibman.

Ha aytgancha grant dasturlar haqida, va umuman xorijiy imkoniyatlar bilan yangi proyektimiz orqali ko'proq bilib olishingiz mumkin!🤓⤵️

👶@Polyglot_Pathway 🌍‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘ston tumani “Mehnatobod” Mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli yangi ko‘cha ochilish marosimidagi tadbirda bolalar yupun kiyimda o‘yinga tushirildi.

Har yili qishda bolalar, maktab o‘quvchilarini ko‘chada yupun kiyimda shunaqa tadbirlarga jalb qilinmasa, bularning ko‘ngli joyiga tushmaydi. Xulosa qilmaydi.

@TALABA_NEWS1 🎓
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#fully_funded  #opportunities  #scholarships

Amerikaga bupulga borib kelish uchun top 5⃣ ta dastur!🇺🇸🗽

1) UPG Barqarorlik yetakchilik dasturi
🟣Batafsil:
Havola

2) Hansen yetakchilik instituti stipendiyasi
🟣Batafsil:
Havola

3) Global UGRAD Almashinuv dasturi
🟣Batafsil:
Havola

4) TechGirls (for 15-17 years )
🟣Batafsil:
Havola

5) O'zbekiston biznes yetakchilari (UBL) dasturi!
🟣Batafsil:
Havola

Agar sizga xorijda grant asosida o'qish va turli xil almashinuv dasturlari haqida ma'lumot olishni istasangiz, ushbu platformani kuzatishni davom eting!😎

Join us to stay informed about⤵️

👶@Polyglot_Pathway 🌍‌‌
Xalq og‘zaki ijodidan :)

@TALABA_NEWS1 🎓
Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar quyidagi kunlarda ketma-ket 4 kun dam olishadi:

30-dekabr — shanba;
31-dekabr — yakshanba;
1-yanvar — dushanba;
2-yanvar — seshanba.

Izoh:

30-dekabr — shanba (Prezidentning o‘tgan yilgi farmoni asosida 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni);

31-dekabr — yakshanba (umumiy dam olish kuni);

1-yanvar — dushanba (Yangi yil bayrami);

2-yanvar — seshanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 6-yanvar – shanba kunidan ko'chirilgan dam olish kuni).

‼️29-dekabr (juma) va 3-yanvar (chorshanba) kunlari ISH KUNI bo‘ladi.

@TALABA_NEWS1 🎓
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Halollik vaksinasi” bilan emlangan va xodimlarini ham shu vaksina bilan emlayotgan SSV vaziri, hamma o‘ziga javob berishi kerakligini aytgan soliq qo‘mitasi raisi, umrida umuman pora bermagan antikorrupsiya rahbari — vazirlar va boshqa rahbar shaxslardan qiziq so‘rovnoma o‘tkazishibdi. Ularning javobini ushbu video orqali ko‘rish mumkin.

@TALABA_NEWS1 🎓
❗️2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev o’zbek xalqiga yo’llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi.

@TALABA_NEWS1 🎓
Rossiyaning bosqinchi propogandasi Markaziy Osiyo xalqlariga, jumladan, o‘zbeklarga ochiqdan-ochiq tahdid qilmoqda

Yaqindagina Zaxar Prilepin ismli ahmoq O‘zbekistonni Rossiyaga qo‘shib olish haqida gapirgan edi. Va buni zaldagi boshqa ruslar qarsak chalib qo‘llab-quvvatlagandi.

Endi esa auditoriyasi katta bo‘lgan NTV telekanalida Mixail Smolin degan tovuq miya “1917-yilgacha o‘zbek va qozoq millat sifatida mavjud bo‘lmagan (ozarbayjonlar ham), rus inqilobidan keyin bu millatlar sunʼiy yaratilgan” debdi. Videosini kanalda berib o’tirmayman (menimcha, ko’rib ulgurdingiz), bunaqa jirkanch narsalarni tarqatishni xohlamayman.

Bu kabi holatlar shunchaki tasodif ekanligiga ishonish uchun aqli noraso bo‘lish kerak. Sog‘lom odam bularning barchasi nima uchun qilinayotganini yaxshi biladi. Chunki Ukrainaga bosqin ham aynan mana shu kabi umumiy tezislar asosida boshlangan. Yaʼni uzoq yillar shovinistik propaganda mashinasi tomonidan Ukrainaning davlatchilik tarixi yo‘qligi, millat sifatida mavjud emasligi, Lenin yaratgan sunʼiy davlat ekanligi haqidagi cho‘pchaklar rus xalqi ongiga singdirilgan va bugun buning oqibatini hammamiz ko‘rib turibmiz.

‼️ O‘rtoqlar, buni jiddiy qabul qilishimiz, hushyor bo‘lishimiz, kerakli choralarni ko‘rishimiz kerak. Uyg‘onaylik, xaloyiq, uyg‘onaylik! Ko‘zimizni kattaroq ochaylik. Vatanimiz mustaqilligini himoya qilish uchun aqlimizni ishlataylik. Agar hozir aqlimizni ishlatmasak, ertaga Vatan himoyasi uchun qurol ishlatishga majbur bo‘lib qolamiz.

Nega biz mana shunaqa isqirtlarga qarshi biror chora ko‘ra olmaymiz? Nega doim rus shovinistlariga qarshi muloyim va bag‘rikeng munosabatda bo‘lamiz? Nega Rossiya elchisini “chaqirtirmaymizu”, shunchaki “taklif etamiz”? Nega butun boshli O‘zbekistonni bosib olish haqida gapirganlarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atmaymiz? Nega o‘zbek xalqini yerga urganlarni O‘zbekistonga kirishini taqiqlash haqida qarorlar qabul qilmaymiz? Nega doim qo‘rqib yashashimiz, “katta og‘a” nima derkin deb, og‘zini poylab turishimiz kerak?

Ijtimoiy tarmoqlarda ham doim Rossiyaning yonini oladigan, u nima qilsa to‘g‘ri deb hisoblaydigan va ming afsuski, millionlar afsuski, milliardlar afsuski, hatto O‘zbekistonni Rossiya bosib olishini ham qo‘llab-quvvatlaydigan yurtdoshlarimiz ham borki, ular ham ko‘zlarini ochishlari kerak. Sal odamga o‘xshab mantiqiy fikrlashni boshlashi, pushti ko‘zoynakni yechishi kerak. Vatanini sevishi kerak. Buning uchun esa eng avvalo iflos rus propaganda telekanallarini O‘zbekistonda cheklash kerak. Bu ilk qadam bo‘lishi shart!

Hooooy, g‘aflat uyqusidan uyg‘oninglar!

Manba: xushnudbek °

@TALABA_NEWS1 🎓
Jinsingiz ?
Anonymous Poll
55%
Ayol
45%
Erkak
Agar sizda IELTS sertifikatingiz bo'lsa B2-C1 (yoki yaqinda olishingiz kutilmoqda)
O'zbekistonda o'qishni tanlar edingizmi yoki xorijda ?
Anonymous Poll
23%
Albatta O'zbekistonda chunki o'qish uchun barcha imkoniyatlar bor
63%
Xorijda albatta!
14%
Hozirda ikkilanyapman