TA'LIM YANGILIKLARI | RASMIY |
1.78K subscribers
530 photos
212 videos
17 files
369 links
@Talaba_news1 Ta'lim tizimidagi muhim xabarlar!

✔️Abituriyent va Talabalar uchun kerakli va foydali yangiliklar.

Murojaat va takliflar uchun :
Download Telegram
⚡️12-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz/answer sahifasidan;

2️⃣ https://mandat.uzbmb.uz saytidan;

3️⃣ Quyidagi Telegram botlardan:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot


👉 @talaba_news1
Mandat qachon chiqishi kerak?
#abituriyent

JAVOB: Testlar to‘liq tugagach 1 hafta ichida.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 14-bandiga ko‘ra, abituriyentning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani bo‘yicha tanlov natijasi (mandat) test sinovlarini o‘tkazish jarayoni to‘liq yakunlanganidan keyin bir hafta muddat ichida BMB (sobiq DTM) rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Joriy yil test sinovlarining oxirgi kuni 13-avgustda bo‘ldi. Qonunchilikka ko‘ra, mandat shu sanadan boshlab 1 hafta ichida, yaʼni 20-avgust kuni eʼlon qilinishi kerak.

20-avgustdan vaqtliroq e'lon qilinish ehtimoli kam. Lekin 20-avgustdan kechikish ehtimoli yo'q emas. Chunki avvalgi yillarda ham ko'p bora kechikkan.

Ko'ramiz, bu yil qanday bo'lar ekan.


@talaba_news1
Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi

Endilikda saytdagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

❗️ Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.


@talaba_news1
⚡️ MANDAT CHIQDI

Abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi usullarda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz/answer sahifasidan;

2️⃣ https://mandat.uzbmb.uz saytidan;

3️⃣ Quyidagi Telegram botlardan:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

@TALABA_NEWS1 🎓
TA'LIM YANGILIKLARI | RASMIY | pinned «⚡️ MANDAT CHIQDI Abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi usullarda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz/answer sahifasidan; 2️⃣ https://mandat.uzbmb.uz saytidan; 3️⃣ Quyidagi Telegram botlardan: @e_dtm_mandatbot @e_dtm_mandat1bot @e_dtm_mandat2bot…»
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
#abituriyent

Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda yuborishi mumkin.

Apellyatsiya arizalari 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

❗️Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent aytilgan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 24-avgustdan boshlanadi.


@talaba_news1
🏆Welcome to the International 🇮🇳 India Conference🏆

Applications for participation in the "International Scientific Researcher" conference in India have started!

🗓 Date: September, 2023

🎖"International Scientific Researcher" conference is a multidisciplinary international scientific-practical conference!

🎯 The main goal of the conference is to further strengthen international relations, develop cooperation between representatives in the field of science, exchange ideas, improve the skills of working with modern innovations, and strengthen innovative promotions!

🌐Within the framework of the conference, the participants will participate with their article and can be a live witness to the lively discussion of current topics and can also participate in the discussion themselves!

📚At the end of the event, each participant will become the owner of the "International Scientific Researcher"  international scientific-practical  award

‼️Hurry up! Don't miss the opportunity!

Application deadline: September, 2023
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tmoqda.

Bugungi kunda 70 ming o’rinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi. Ayniqsa, Toshkent shahri va Farg’ona viloyatida salmog’i ancha yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Bu yil maktablarda dars berish uchun 500 nafar xorijiy til o’qituvchilari olib kelindi. Kelgusi yilda esa, yana 1,5 ming mutaxassis olib kelish reja qilingan.

Yangi o’quv yilida maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 200 milliard so’m, mahalliy byudjetlardan 200 milliard so’m ajratish belgilandi.

@TALABA_NEWS1 🎓
Yuqori sinflarda o’qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi hamda 10-11-sinf o’quvchilariga “kimyo - biologiya”, “matematika - fizika”, “matematika - chet tili”, “ona tili va adabiyot - chet tili” fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirilib o’qitiladi.

Joriy o’quv yilidan maktab o’quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish ishlari davom ettiriladi.

Yangi o’quv yilidan o’qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo’ladi. Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o’qituvchi-stajyor bo’lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo’ladi.

Direktorlar va o’rinbosarlari har besh yilda bir yilda bir marta sertifikatsiyadan o’tadi. Sertifikatsiyadan o’tgan direktorlar 50 foizga, o’rinbosarlar ish haqini esa 30 foizga oshirish topshirildi.

@TALABA_NEWS1 🎓
Kelgusi yilda Investitsiya dasturi doirasida maktablar qurilishiga
3 trillion so’m ajratiladi. Buning hisobiga 150 ming yangi o’quvchi o’rni yaratiladi.

Shuningdek, kam quvvatda ishlayotgan 61 ta kollej binosi o’rnida maktablar tashkil etilib, 42 ming o’quvchi o’rni yaratiladi.

Xususiy sherikchilik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming o’quvchi o’rni) maktab qurilish ishlari boshlanadi.

Tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil qilish uchun kreditning 7 foiz qismi byudjetdan qoplab beriladi. Yer maydonlari esa, faqat maktab qurish uchun maqsadli auksionga chiqariladi.

Natijada, kelgusi yilda 250 ming yoki o’tgan yilga nisbatan 2 karra ko’p o’quvchi o’rni yaratiladi.

Xususan, 2024-yilda 50 ta, 2025 yilda kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida qurish vazifa etib belgilandi.

@TALABA_NEWS1 🎓
📌 Bu yil maktabni tugatgan 195 ming bitiruvchining taqdiri noma’lum

Bu yil 387 ming nafar o‘quvchi maktabni tamomlab, 138 mingtasi oliygohlarga o‘qishga kirgan, yana 54 mingtasi professional ta’lim bilan qamrab olinadi.

Qolgan 195 ming nafar yoshlar qayerga borishi, ular ertaga ish topa olmasa, kim bo‘lishi haqidagi savollarga na viloyat va tuman hokimlari, na soha mutasaddilarida javob yo‘q. — ta’limga bag‘ishlangan selektordan.

P/S: O'qishga kirib diplom olganlarga ham hozirgi kunda ish naqd degani emas))))

@TALABA_NEWS1 🎓
#qabul2023

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:

davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

@TALABA_NEWS1 🎓
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bundan roppa-rosa 32 yil avval, 1991-yil, 31-avgust:

“Men shu bugundan e'tiboran 1-sentabrni Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami deb e'lon qilishni taklif etaman!” — Islom Karimov

@TALABA_NEWS1 🎓
TA'LIM YANGILIKLARI | RASMIY |
“Miltiq bo‘lsa, otib tashlang” — Surxondaryoda ishdan bo‘shatilgan maktab direktori viloyat hokimi o‘tkazgan yig‘ilishda janjal ko‘tardi Ibrat safo bu holatga munosabat bildirib, shunday yozmoqda: “Surxondaryo viloyati hokimi va maktab direktori bo‘lgan ayol…
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan gap talashib qolgan maktab direktorini (ayol kishi) kaltaklab ketishibdi. U hozir shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekan.
Surxondaryodagi maktab direktori Umida Tursunovani kaltaklagan gumondor shaxs tuman IIBga olib kelinib, surishtiruv ishlari boshlandi. Holat yuzasidan tegishli huquq-tartibot organlari jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Hozircha mushtumzo‘r kimligi va boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.
Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining aytishicha, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov direktordan xabar olish uchun shifoxonaga yo‘lga chiqqan.

@TALABA_NEWS1 🎓
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo'rayev 77 yoshida vafot etdi.

Bu haqda “O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xabar berdi.

Innaa lillahii va innaa ilayhi rojiun. Marhumni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin. O’zbek san’ati katta ustunidan ayrilibdi.

@TALABA_NEWS1 🎓
⚡️To‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi.

Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

@TALABA_NEWS1 🎓
TA'LIM YANGILIKLARI | RASMIY | pinned «⚡️To‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi. Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda…»
Forwarded from Mr.asgo (A. 🇺🇿)
#USA #new_york #green_card

📣Green Card o'ynash boshlandi! (2025-yil uchun)

Bu yil Green Card (Grin karta) o'ynash 2023-yil 4-oktyabrdan O'zbekiston vaqti bilan 21:00 da boshlandi. Grin karta oʻynashning oxirgi sanasi – 2023-yil 7-noyabr, 21:00.

Keling Green Card beradigan imkoniyatlar bilan tanishamiz:

🇺🇸 AMERIKA ORZUSI 1⃣-QISM


📌Green Card afzalliklari👇:

🟣Qo'shma Shtatlarda qonuniy yashash

🟣Qo'shma Shtatlar chegaralarini bemalol kesib o'tish

🟣Saylov huquqidan tashqari AQSh fuqarosi bilan bir xil huquqlar

🟣AQSh fuqarosi bo'lish imkoniyati

🟣AQShda qonuniy ishlash

🟣Pensiya va ijtimoiy nafaqa olish huquqi

🟣Sug'urta

🟣Kredit foizlarining kamayishi

🟣Ta'lim

🟣Vizasiz turizm


🍁Share& invite friends☔️

🎧@perfectly_english_musical‌‌🇬🇧