Assalomu alaykum! TalabaMax’ga xush kelibsiz! 🎓
Ushbu kanal O‘zbekiston talabalari uchun eng muhim va foydali ma’lumotlarni bir joyga jamlash maqsadida tashkil etildi.
Bu yerda:
🎓 stipendiya va grantlar
📰 ta’lim va talabalar yangiliklari
🏛 talabalar hayotiga oid qaror va qonunlar
🏠 yotoqxona va ijara masalalari
💳 kontrakt, ta’lim krediti va imtiyozlar
💼 ish, amaliyot va turli imkoniyatlar
📚 OTM va ta’limga oid foydali ma’lumotlar
muntazam yoritib boriladi.
TalabaMax — talabaga kerakli ma’lumotlar bir joyda.
📢 @talabamax

🔥1
🎓 “TALABA” SO‘ZI QAYERDAN PAYDO BO‘LGAN?
TalabaMax tarixini eng boshidan boshlaymiz.
Har kuni ishlatadigan “talaba” so‘zining asl ma’nosi nima ekanini bilasizmi?
“Talaba” so‘zi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan.
Arabchadagi “tolib” (طالب) — izlovchi, talab qiluvchi degan ma’nolarni anglatadi. Ilm haqida ishlatilganda esa “ilm izlovchi” ma’nosini beradi.
Biz ishlatadigan “talaba” (طلبة) esa “tolib” so‘zining arab tilidagi ko‘plik shakllaridan biridir.
Demak, talaba — shunchaki universitetda o‘qiydigan odam emas. So‘zning tub ma’nosida u ilm izlovchidir. 📚
TalabaMax tarixini endi davom ettiramiz...
Keyingi savol:
🏛 Dunyodagi birinchi universitet qayerda va qachon tashkil topgan?
🎓 @talabamax

🔥2
❗️ MANDAT ERTAGA E’LON QILINADI! 🎓
Kutilayotgan mandat natijalari 15-avgust kuni soat 08:00 da e’lon qilinishi ma’lum qilindi.
⏰ Demak, sanoqli soatlar qoldi!
Mandat kutayotgan abituriyent do‘stlaringizga yuborib qo‘ying. ❤️
🎓 Natijalar chiqqach, ularni tekshirish bo‘yicha ma’lumotlarni ham TalabaMax orqali beramiz.
👉 @talabamax

🎓 5 ta yo‘nalishdan qaysi birida o‘qiysiz?
Abituriyent hujjat topshirishda 5 tagacha yo‘nalishni ketma-ketlik bilan tanlaydi.
Masalan:
1️⃣ TATU — Dasturiy injiniring
2️⃣ TATU — Axborot xavfsizligi
3️⃣ TATU — Kompyuter injiniringi
4️⃣ ...
5️⃣ ...
Mandat chiqqanda tizim sizning ballingiz va oldindan tanlagan ustuvorligingizga qarab, qaysi yo‘nalishga kirganingizni o‘zi aniqlaydi.
Masalan, ballingiz 1-yo‘nalishga yetmasa, lekin 2-yo‘nalishga yetsa — 2-yo‘nalishga tavsiya etilasiz.
❗️Mandat chiqqandan keyin:
“Men 2-ga emas, 3-yo‘nalishga kirmoqchiman” deb almashtirib bo‘lmaydi.
📢 Abituriyent do‘stlaringizga yuboring!

❤1
🎓 Talabalikka tavsiya etildingiz — endi OTMga qanday hujjatlar topshiriladi?
Odatda quyidagilar talab qilinadi:
📄 Rektor nomiga ariza
🪪 Pasport/ID karta
🎓 Attestat yoki diplom va uning ilovasi
📸 Fotosuratlar
🌐 Til sertifikati — mavjud bo‘lsa
🏠 Yotoqxona uchun tegishli hujjatlar — kerak bo‘lsa
📑 Imtiyoz asosida kirganlar uchun imtiyozni tasdiqlovchi hujjat
❗️Muhim: hujjatlar ro‘yxati OTMga qarab farq qilishi mumkin.
Talabalikka tavsiya etilgan universitetingizning rasmiy e’lonini albatta tekshiring.
🎉 Barcha yangi talabalarni tabriklaymiz!
🎓 @talabamax — Talaba uchun Maximal yangiliklar!

🎓 MANDAT NATIJALARI CHIQDI!
Natijangizni bir zumda bilib oling! 🔥
🤖 @OtmNatijaBot orqali o‘zingiz yoki yaqinlaringizning mandat natijasini tekshiring va xushxabarni birinchi bo‘lib yetkazing! 🎉
👉 @OtmNatijaBot

🔥 SERTIFIKAT — BILIMGA BERILGAN MUKOFOTMI YOKI OTMGA KIRISHNING YANGI “YO‘LAKCHASI”MI?
Mandat natijalarini tekshirish davomida bizni jiddiy o‘ylantirgan holatlarga duch keldik.
Ayrim abituriyentlarda testning o‘zidan yig‘ilgan ball unchalik yuqori emas, ammo yakuniy ballning katta qismi milliy sertifikat, olimpiada yoki boshqa imtiyozlar hisobiga shakllangan.
Avvaliga:
“Bu adolatlimi?”
degan savol tug‘ildi.
Lekin keyin undan ham muhimroq savol paydo bo‘ldi.
📚 Haqiqatan yillar davomida o‘qib, mehnat qilib sertifikat olgan o‘quvchiga gap yo‘q. Uning mehnati qadrlanishi kerak.
Hatto tengdoshlari “botanik” deb kulgan paytda kitobdan bosh ko‘tarmagan bola bugun o‘sha bilimining mukofotini olayotgan bo‘lsa — bu juda yaxshi.
Ammo...
❓ OTMga kirish imtihonlari qanchalik qattiq nazorat qilinsa, milliy sertifikat olish jarayoni ham xuddi shunday darajada nazorat qilinadimi?
❓ Sertifikat imtihonlarida noqonuniy yo‘l bilan yuqori natija olishning oldini olish uchun nazorat yetarlimi?
❓ Eng muhimi: bu jarayonni ayrim shaxslar korrupsion yoki boshqa noqonuniy yo‘llar orqali daromad manbaiga aylantirmaganiga jamiyat qanchalik ishonch hosil qila oladi?
⚠️ Biz “sertifikatlar sotilyapti” demayapmiz. Bunga dalilimiz yo‘q. Halol mehnat qilib sertifikat olgan yoshlarni ayblash ham noto‘g‘ri.
Biz shunchaki savol beryapmiz.
Chunki sertifikat OTMga kirishda sezilarli ustunlik bera olar ekan, uning halol va shaffof berilishi ham kirish imtihonining o‘zi kabi muhim.
Aks holda juda jiddiy savol tug‘iladi:
OTMga noqonuniy yo‘l bilan kirish eshigi yopilib, boshqa eshik tasodifan ochilib qolmaganmi?
Biz bunga “ha” ham, “yo‘q” ham demayapmiz.
Javobni shaffoflik va faktlar berishi kerak.
👇 Siz nima deb o‘ylaysiz?
❤️ — Sertifikat tizimiga ishonaman
🤔 — Imtiyoz to‘g‘ri, lekin nazorat yanada shaffof bo‘lishi kerak
😔 — Bunday katta imtiyozning o‘zi noto‘g‘ri
📤 Abituriyent, ota-ona va o‘qituvchilarga ham yuboring. Ularning fikri qanday?

❤2🤔1
❗️ KONTRAKT UCHUN TO‘LANGAN PULDAN 12% DAROMAD SOLIG‘INI QAYTARIB OLISH MUMKIN
Ta’lim uchun kontrakt to‘lovini amalga oshirgan fuqarolar soliq imtiyozidan foydalanishlari mumkin.
Imtiyoz:
➖ o‘zingizning o‘qishingiz uchun;
➖ farzandingizning o‘qishi uchun;
➖ 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ingizning o‘qishi uchun to‘langan kontrakt mablag‘lariga tatbiq etiladi.
💳 Agar kontrakt puli ish joyingiz orqali maoshingizdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim tashkilotiga o‘tkazilsa, ushbu mablag‘dan daromad solig‘i ushlanmaydi.
💰 Agar kontraktni o‘zingiz to‘lagan bo‘lsangiz, deklaratsiya topshirish orqali avval to‘langan daromad solig‘ini qaytarib olish imkoniyati mavjud.
🏦 Imtiyoz ta’lim krediti va uning foizlarini to‘lashga yo‘naltirilgan daromadlarga ham tatbiq etiladi.
📤 Kontrakt to‘laydigan talaba va ota-onalarga yuborib qo‘ying!
👉 @talabamax — Talaba uchun Maximal yangiliklar!

⚡️ YOTOQXONAGA ARIZA TOPSHIRISH BOSHLANGAN
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTMlari talabalar turar joyiga (TTJ) arizalar qabul qilmoqda.
📅 Arizalar 1-avgustdan o‘quv yili yakuniga qadar topshirilishi mumkin.
Ariza:
🔹 my.gov.uz orqali onlayn;
🔹 Davlat xizmatlari markazi orqali elektron shaklda topshiriladi.
🎓 1-kursga tavsiya etilgan talabalar ham mandat natijalari e’lon qilingach TTJ uchun ariza berishlari mumkin.
📤 Yotoqxonaga muhtoj talabalarga yuborib qo‘ying!

📊 Yotoqxona uchun ariza xizmatidan yarim milliondan ortiq marta foydalanilgan
MyGov portalidagi rasmiy statistikaga ko‘ra, “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmatidan ishga tushirilganidan beri:
👥 533 710 marta foydalanilgan
✅ 307 631 ta murojaat tugallangan
⏳ 67 070 ta murojaat jarayonda
🆓 Xizmatdan foydalanish bepul.
📌 Eslatma: 533 710 — faqat bu yilgi talabalar soni emas. Bu xizmat ishga tushirilganidan beri qayd etilgan umumiy ko‘rsatkich.
🎓 @talabamax — Talaba uchun Maximal yangiliklar

❤2
📢 Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Test natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizasini 15-avgustdan 24-avgustga qadar onlayn topshirishlari mumkin.
🌐 Ariza my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuboriladi.
❗️ Apellatsiya berish uchun abituriyent:
➖ test sinovida ishtirok etgan;
➖ test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi kerak.
📩 Ariza yuborilgach, apellatsiyani ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
📅 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 19-avgustdan boshlanadi.
📌 Belgilangan vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan ko‘rsatilgan manzilga borish kerak.
📤 Natijasidan norozi abituriyentlarga yuborib qo‘ying!

📊 OTMlarga o‘tish ballari sezilarli oshdi
2026/2027-o‘quv yili uchun OTM bakalavriatiga:
🎓 Davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali — 134,6 ball
💳 To‘lov-kontrakt bo‘yicha — 93,7 ball
📈 O‘tgan yilga nisbatan:
➕ Grant bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 12,8 ballga oshgan
➕ Kontrakt bo‘yicha esa 8,8 ballga oshgan
Shuningdek, bu yil 209 mingdan ortiq abituriyent talabalikka tavsiya etilgan.

😳 KECHA SHU SAVOLNI KO‘TARGAN EDIK, BUGUN ESA...
Kecha kanalimizda milliy sertifikat orqali berilayotgan katta imtiyozlar qanchalik adolatli ekanini muhokamaga qo‘ygan edik.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Oliy ta’lim vazirligi va Bilimni baholash agentligi milliy sertifikatga ega abituriyentlarga maksimal ball berish masalasi qayta ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.
📌 Bunga sabab sifatida sertifikat oluvchilar soni yildan-yilga ko‘payayotgani va ayrim yo‘nalishlarda juda katta raqobat yuzaga kelayotgani aytilmoqda.
Vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov:
“Sertifikat oluvchilar yildan yilga oshib boryapti va bir necha yildan keyin ularning soni test topshiruvchilar sonidan oshib ketadi. Biz buni oldindan ko‘ra bilib, mexanizmlarini ishlashimiz kerak”, — dedi.
⚠️ Bu hali milliy sertifikat bekor qilinadi degani emas.
Gap sertifikatning o‘zi haqida emas, balki OTMga kirishda u orqali maksimal ball berish mexanizmini qayta ko‘rib chiqish haqida ketmoqda.

🚨 OTMga kira olmagan abituriyentlar uchun 6-yo‘nalishni tanlash boshlandi!
OTMga talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
📅 Tanlov muddati:
22-avgustdan 28-avgustgacha (28-avgust kuni ham).
🌐 Tanlov Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
❗️ O‘qishga kira olmagan abituriyent tanishlaringiz bo‘lsa, ularga ham yuborib qo‘ying.