KULIB QO'YING...
O'tkinchi bu umr o'tib ketadi
Boylik ham kimgadir bir kun ketadi.
Yig'lamang, shod yuring menga yetadi,
Kulib yuring, dunyo g'amidan.
Sarhadi keng dunyo bizga kelsa tor,
Nochorlikda qiyo boqmas hatto yor,
Qo'l siltang, yurakka bersalar ozor
Kulib yuring, dunyo g'amidan.
Yelkadan tushmasa botmon alamlar,
Faryod ursa yurak, chekkanda g'amlar.
Maylida deb qo'ying, g'animat damlar,
Kulib turing dunyo g'amidan.
Sizda bor armonlar, barchada bisyor,
Qayg'uni unuting, bo'lmang unga yor,
Sizdan kechib ketsa, bo'ladilar zor
Kulib qo'ying dunyo g'amidan.
Yurak so'kilsada tubi chokidan,
Dunyo titrasa ojiz ohidan.
Qo'rqmasa nodonlar bor gunohidan,
Jilmayib qo'ying dunyo g'amidan.
Sirlashib tonggacha yulduzlar bilan
Shukurlar qilaylik shodonlik ila,
Kechirib qo'yamiz kulib jimgina
Kulib qo'ying dunyo g'amidan.
IRODAXON QOSIMOVA.
11.07.2023. 19:30.
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
O'tkinchi bu umr o'tib ketadi
Boylik ham kimgadir bir kun ketadi.
Yig'lamang, shod yuring menga yetadi,
Kulib yuring, dunyo g'amidan.
Sarhadi keng dunyo bizga kelsa tor,
Nochorlikda qiyo boqmas hatto yor,
Qo'l siltang, yurakka bersalar ozor
Kulib yuring, dunyo g'amidan.
Yelkadan tushmasa botmon alamlar,
Faryod ursa yurak, chekkanda g'amlar.
Maylida deb qo'ying, g'animat damlar,
Kulib turing dunyo g'amidan.
Sizda bor armonlar, barchada bisyor,
Qayg'uni unuting, bo'lmang unga yor,
Sizdan kechib ketsa, bo'ladilar zor
Kulib qo'ying dunyo g'amidan.
Yurak so'kilsada tubi chokidan,
Dunyo titrasa ojiz ohidan.
Qo'rqmasa nodonlar bor gunohidan,
Jilmayib qo'ying dunyo g'amidan.
Sirlashib tonggacha yulduzlar bilan
Shukurlar qilaylik shodonlik ila,
Kechirib qo'yamiz kulib jimgina
Kulib qo'ying dunyo g'amidan.
IRODAXON QOSIMOVA.
11.07.2023. 19:30.
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
Qoʻllarim ochayin duvoga bugun,
Ollohim shifo ber farzandim uchun.
Gul yuzi doimo quvonib tursin,
Tengqurlari qatori yugurib yursin........
Unutay bugungi gʻamli kunlarim.
Nigohiga boqib yigʻlaganlarim.
Armon etma menga bolam sogʻligin,
Undan koʻra olgin mening borligim.......
Qoʻrqaman- nogohon men oʻlib qolsam
Mehribonim holi nima kechadi.
Chiroyli begʻubor koʻziga boqsam,
Qalbim yoshlariga ummon choʻkadi.......
Robbim har nelarga qodir deydilar......
Qani kuching boʻlsa koʻrsat koʻrayin.
Bir ojiza bandang iltijo qilar,
Dilbandim dardiga shifo soʻrayin.
Menga boylik, uylar, taxtlar kerakmas,
Toʻrt farzandim sogʻu omon boʻlsa bas.
Shigo ber Mehribon qizalogʻimga
Jannat gulim, rayhonim, nuridiydamga.
Axir farishtamning aybi nimada,
Dunyoni anglolmay joni halakda.
Bir hasga ham suyanib tura olmasdan,
Yer uzra choʻzilip yotipti hasta.
Yuzim kular ammo koʻnglim kulmaydi,
Qachon atrofimda yugurib oʻynaydi.
Armon etma menga yorab yo olloh
Bolamga shifo ber koʻnglim yayraydi.
Bazan bu hayotdan toʻyib ketyapman,
Gʻamli kunlarimga koʻnib ketyapman.
Yaqinlarim ado boʻlmasiiiiin deya
Ichim yigʻlasada kulib ketyapman.
Ollohim oʻtindim sendan shu bugun,
Shifo ber farzandim Mehribon uchun.
Birovning qoʻliga qolmasin qarab,
Garchi boʻlmasamda boʻlmasin xarob.
Bu jonim seniki omonat dunyo,
Armonli boʻlmasin dunyoying menga,
Shu bugun yozildi shu sherim senga
Yulduzing shoirmas oddiy bir ona.
Qoʻllarim ochayin duvoga bugun,
Ollohim shifo ber farzandim uchun.
Gul yuzi doimo quvonib tursin
Tengqurlari qatori yugurib yursin.
📝Yulduz Malikovna
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
Ollohim shifo ber farzandim uchun.
Gul yuzi doimo quvonib tursin,
Tengqurlari qatori yugurib yursin........
Unutay bugungi gʻamli kunlarim.
Nigohiga boqib yigʻlaganlarim.
Armon etma menga bolam sogʻligin,
Undan koʻra olgin mening borligim.......
Qoʻrqaman- nogohon men oʻlib qolsam
Mehribonim holi nima kechadi.
Chiroyli begʻubor koʻziga boqsam,
Qalbim yoshlariga ummon choʻkadi.......
Robbim har nelarga qodir deydilar......
Qani kuching boʻlsa koʻrsat koʻrayin.
Bir ojiza bandang iltijo qilar,
Dilbandim dardiga shifo soʻrayin.
Menga boylik, uylar, taxtlar kerakmas,
Toʻrt farzandim sogʻu omon boʻlsa bas.
Shigo ber Mehribon qizalogʻimga
Jannat gulim, rayhonim, nuridiydamga.
Axir farishtamning aybi nimada,
Dunyoni anglolmay joni halakda.
Bir hasga ham suyanib tura olmasdan,
Yer uzra choʻzilip yotipti hasta.
Yuzim kular ammo koʻnglim kulmaydi,
Qachon atrofimda yugurib oʻynaydi.
Armon etma menga yorab yo olloh
Bolamga shifo ber koʻnglim yayraydi.
Bazan bu hayotdan toʻyib ketyapman,
Gʻamli kunlarimga koʻnib ketyapman.
Yaqinlarim ado boʻlmasiiiiin deya
Ichim yigʻlasada kulib ketyapman.
Ollohim oʻtindim sendan shu bugun,
Shifo ber farzandim Mehribon uchun.
Birovning qoʻliga qolmasin qarab,
Garchi boʻlmasamda boʻlmasin xarob.
Bu jonim seniki omonat dunyo,
Armonli boʻlmasin dunyoying menga,
Shu bugun yozildi shu sherim senga
Yulduzing shoirmas oddiy bir ona.
Qoʻllarim ochayin duvoga bugun,
Ollohim shifo ber farzandim uchun.
Gul yuzi doimo quvonib tursin
Tengqurlari qatori yugurib yursin.
📝Yulduz Malikovna
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
ONA maktubi💌✍
Ona duosini qogʻozga soldi,
Garchi bu maktubni qabul et falak.
Navbatda turmasdan ijobat boʻlib,
Gar ona yuragi boʻlmasin halak.
Toʻlgʻoqdagi ogʻriq davom etmoqda,
Garchi u ogʻriqdan aylagin forih,
Duolar qoʻshilib senga yetmoqda,
Koʻz oldin aylagin farovon yorugʻ.
Biz talab qilmaymiz soʻraymiz xalos,
Bilmayman qaysi tong qaysi ertalab.
Maktub javobini u oʻqib tongda,
Maktabga kuzatsin suyib erkalab.
Ona maktubiga qoʻshilar zamin,
Maktubning javobin qilmagin roʻyo.
Ogʻriqdan forih qil farzandin jonin,
Koʻzlari oldida yorishib dunyo.
Surayyo Xatamova
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
Ona duosini qogʻozga soldi,
Garchi bu maktubni qabul et falak.
Navbatda turmasdan ijobat boʻlib,
Gar ona yuragi boʻlmasin halak.
Toʻlgʻoqdagi ogʻriq davom etmoqda,
Garchi u ogʻriqdan aylagin forih,
Duolar qoʻshilib senga yetmoqda,
Koʻz oldin aylagin farovon yorugʻ.
Biz talab qilmaymiz soʻraymiz xalos,
Bilmayman qaysi tong qaysi ertalab.
Maktub javobini u oʻqib tongda,
Maktabga kuzatsin suyib erkalab.
Ona maktubiga qoʻshilar zamin,
Maktubning javobin qilmagin roʻyo.
Ogʻriqdan forih qil farzandin jonin,
Koʻzlari oldida yorishib dunyo.
Surayyo Xatamova
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
Dardi bor
To'kis odamning ham bitta dardi bor,
Uning ham yuragi,bir kimsaga zor,
Betizgin o'ylardan sig'may olamga,
Bu keng dunyolar ham unga bo'lar tor.
Kulgan odamning ham yuragi qondir,
Bir ilinj tufayli balkim omondir,
Zardoblarni yutib yashash osonmas,
G'amlardan bechora rangi somondir.
Baxtli odamning ham armoni bisyor,
Yoshlikdagi sevgi,yo go'zal dildor,
Baxtdan to'kislikda yashab bo'lmaydi,
Uning yuragi ham chekgandir ozor.
Yig'lagan odamning dardi ko'p emas,
Bir ko'ngil so'rovchi bo'lsagina bas.
Shirin so'z deydilar,joning ozig'i,
Bir kalomga ba'zan odamzod to'ymas.
O'layotgan insonning bir o'tinchi bor,
Bir zum,bir nafaslik yashamoqqa zor.
Ko'z qiymas,tinch yurtni tashlab ketmoqqa,
Kutar endi bo'lar Maxsharda diydor.
Shoirlar injiqdir,nozikdir dili,
Ammo hech yomonlik so'ramas tili,
Ularga kerakdir faqat mehringiz,
Mehrla kuylagay ishqning bulbuli.
✍IRODAXON QOSIMOVA
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
To'kis odamning ham bitta dardi bor,
Uning ham yuragi,bir kimsaga zor,
Betizgin o'ylardan sig'may olamga,
Bu keng dunyolar ham unga bo'lar tor.
Kulgan odamning ham yuragi qondir,
Bir ilinj tufayli balkim omondir,
Zardoblarni yutib yashash osonmas,
G'amlardan bechora rangi somondir.
Baxtli odamning ham armoni bisyor,
Yoshlikdagi sevgi,yo go'zal dildor,
Baxtdan to'kislikda yashab bo'lmaydi,
Uning yuragi ham chekgandir ozor.
Yig'lagan odamning dardi ko'p emas,
Bir ko'ngil so'rovchi bo'lsagina bas.
Shirin so'z deydilar,joning ozig'i,
Bir kalomga ba'zan odamzod to'ymas.
O'layotgan insonning bir o'tinchi bor,
Bir zum,bir nafaslik yashamoqqa zor.
Ko'z qiymas,tinch yurtni tashlab ketmoqqa,
Kutar endi bo'lar Maxsharda diydor.
Shoirlar injiqdir,nozikdir dili,
Ammo hech yomonlik so'ramas tili,
Ularga kerakdir faqat mehringiz,
Mehrla kuylagay ishqning bulbuli.
✍IRODAXON QOSIMOVA
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
Medikcha tabrik.
Assalomu alaykum qadrdon. Bugungi shukrona kun muborak.
Yil boʻyi immunitetingiz yuqori, ATF ingiz koʻp👩🎓👨⚕👩🌾🏃♂️, gemoglobiningiz baland, qon bosimingiz 80 ga 120❤️, koʻzlaringiz lochindek oʻtkir 🦅, oʻpkangiz gipoksiyadan, jigaringiz gepatitdan, oshqozoningiz gastritdan uzoq, hayotingizda qoʻzgʻalish tormozlanishdan ustun boʻlsin. Ushlamagan ozrularingizga albatta yetishing,sogʻlik salomatlik, oilaviy hotirjamlik hamisha hamrohingiz boʻlsin.
Yangi yil Muborak 🙃😇💐🌹🌸🌺🎂
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
Assalomu alaykum qadrdon. Bugungi shukrona kun muborak.
Yil boʻyi immunitetingiz yuqori, ATF ingiz koʻp👩🎓👨⚕👩🌾🏃♂️, gemoglobiningiz baland, qon bosimingiz 80 ga 120❤️, koʻzlaringiz lochindek oʻtkir 🦅, oʻpkangiz gipoksiyadan, jigaringiz gepatitdan, oshqozoningiz gastritdan uzoq, hayotingizda qoʻzgʻalish tormozlanishdan ustun boʻlsin. Ushlamagan ozrularingizga albatta yetishing,sogʻlik salomatlik, oilaviy hotirjamlik hamisha hamrohingiz boʻlsin.
Yangi yil Muborak 🙃😇💐🌹🌸🌺🎂
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
ESKI YILDA
Ushalmagan orzular hali imkon bor. Yoʻqotganlarim bu sinov, yutugʻlarim uchun shukrona aytaman. Yaqinlarimning men bilan faxrlanishi men uchun yuksak mukofot.
YANGI YILDA.
Yangi rejalar, Yangi orzular, yuqori choʻqqilar meni kutmoqda inshaalloh.
Obunachilarim barchangizni yaxshi koʻraman, ardogʻimdasiz. Yil yakunida barchangizga Yangi 2025 yilda omad, baxt, quvonch sizga ergashib yursin. Orzu qilishdan charchamang,goʻzal niyat qiling albatta Allohim hayrlisini ijobat qiladi. Sizlar bilan 2025 yilda Diydor qadar
IRODAXON QOSIMOVA
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
Ushalmagan orzular hali imkon bor. Yoʻqotganlarim bu sinov, yutugʻlarim uchun shukrona aytaman. Yaqinlarimning men bilan faxrlanishi men uchun yuksak mukofot.
YANGI YILDA.
Yangi rejalar, Yangi orzular, yuqori choʻqqilar meni kutmoqda inshaalloh.
Obunachilarim barchangizni yaxshi koʻraman, ardogʻimdasiz. Yil yakunida barchangizga Yangi 2025 yilda omad, baxt, quvonch sizga ergashib yursin. Orzu qilishdan charchamang,goʻzal niyat qiling albatta Allohim hayrlisini ijobat qiladi. Sizlar bilan 2025 yilda Diydor qadar
IRODAXON QOSIMOVA
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
HAYOT...
Gʻam chekmanglar deya barchaga
Oʻzim amal qilmabman hayot.
Hamma uchun qaygʻurib netay
Men yashashni bilmabman hayot.
Kami toʻlmas ochkoʻz dunyosin
Toʻydiray deb bir jonim halak.
Oʻzing uchun yasha endi deb
Kuyungandan hayqirar falak.
Barcha uchun birday yoqay deb
Yuguribman, tinmabman hayot.
Oʻtmishimga bir nazar solsam
Men yashashni bilmabman hayot.
Koʻngli toʻlmas bolamni ba'zan
Istaklari kurtaklar yana.
Yuguraman shoshaman netay
Kamin qilay deymanda yana.
Muhabbatning achchiq mevasin
Totib koʻrib yigʻladim hayot.
Yolgʻiz qolib hijron bogʻida
Men yashashni bilmabman hayot.
Ne qilsam ham xatolar bisyor
Sarsonaman harobman hayot.
Kulgularim ortida gʻam jam
Men yashashni bilmabman hayot.
IRODAXON QOSIMOVA
01.01.2025. 20:10
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
Gʻam chekmanglar deya barchaga
Oʻzim amal qilmabman hayot.
Hamma uchun qaygʻurib netay
Men yashashni bilmabman hayot.
Kami toʻlmas ochkoʻz dunyosin
Toʻydiray deb bir jonim halak.
Oʻzing uchun yasha endi deb
Kuyungandan hayqirar falak.
Barcha uchun birday yoqay deb
Yuguribman, tinmabman hayot.
Oʻtmishimga bir nazar solsam
Men yashashni bilmabman hayot.
Koʻngli toʻlmas bolamni ba'zan
Istaklari kurtaklar yana.
Yuguraman shoshaman netay
Kamin qilay deymanda yana.
Muhabbatning achchiq mevasin
Totib koʻrib yigʻladim hayot.
Yolgʻiz qolib hijron bogʻida
Men yashashni bilmabman hayot.
Ne qilsam ham xatolar bisyor
Sarsonaman harobman hayot.
Kulgularim ortida gʻam jam
Men yashashni bilmabman hayot.
IRODAXON QOSIMOVA
01.01.2025. 20:10
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
*ҚИЗГИНА*
Ваъдалари чиройли,
Вафо қилмас қизгина.
Ранжитиб оҳ, қалбимга.,
Солиб кетар музгина.
Тутмоқ истаб қўлидан,
Чиқар бўлсам йўлидан,
Мендек ошиқ йигитга,
Жой бермайди кўнглидан.
Қизгина эй, қизгина,
Лаблари қирмизгина.
Тутай десам қўл етмас,
Мисоли юлдузгина.
Ноз-у, ишваларингиз,
Ўтли қарашларингиз,
Хуноб этар дилимни,
Мени алдашларингиз.
Маккора йўқ сизчалик,
Дилдора йўқ сизчалик,
Шайдойингиз кўп бироқ,
Шайдо эмас бизчалик.
Учиб кўнгил қушларим,
Чиқиб бошдан шушларим,
Келармикан ўнгидан,
Кўрган ширин тушларим.
Ақлим олган қизгина,
Қалбимда бир сизгина,
Суйиб, мени куйдирган,
Қизгина эй қизгина.
✍Абдумуталиб Эргашалиев
Қўшиқ учун муаллиф розилигини олинг.
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
Ваъдалари чиройли,
Вафо қилмас қизгина.
Ранжитиб оҳ, қалбимга.,
Солиб кетар музгина.
Тутмоқ истаб қўлидан,
Чиқар бўлсам йўлидан,
Мендек ошиқ йигитга,
Жой бермайди кўнглидан.
Қизгина эй, қизгина,
Лаблари қирмизгина.
Тутай десам қўл етмас,
Мисоли юлдузгина.
Ноз-у, ишваларингиз,
Ўтли қарашларингиз,
Хуноб этар дилимни,
Мени алдашларингиз.
Маккора йўқ сизчалик,
Дилдора йўқ сизчалик,
Шайдойингиз кўп бироқ,
Шайдо эмас бизчалик.
Учиб кўнгил қушларим,
Чиқиб бошдан шушларим,
Келармикан ўнгидан,
Кўрган ширин тушларим.
Ақлим олган қизгина,
Қалбимда бир сизгина,
Суйиб, мени куйдирган,
Қизгина эй қизгина.
✍Абдумуталиб Эргашалиев
Қўшиқ учун муаллиф розилигини олинг.
https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss
ONAM
Mehribonim farishtam
Beg'uborim yagonam
Yuragimdagi nolam
Sizsiz mening yagonam
Jannatim borim onam
Davlatim borim onam
Dilingizda g'am ko'rmay
Dard chekib siz yig'lamang
Ko'zyoshingiz hech ko'rmay
Dardingiz o'zim olay
Jannatim borim onam
Davlatim borim onam
Mehr to'la bag'ringizda
Quyosh misol taftingizda
Nurga to'la ko'zingizda
G'am ko'rmang siz dunyoda
Jannatim borim onam
Davlatim borim onam
👉{Алидан}👈
Mehribonim farishtam
Beg'uborim yagonam
Yuragimdagi nolam
Sizsiz mening yagonam
Jannatim borim onam
Davlatim borim onam
Dilingizda g'am ko'rmay
Dard chekib siz yig'lamang
Ko'zyoshingiz hech ko'rmay
Dardingiz o'zim olay
Jannatim borim onam
Davlatim borim onam
Mehr to'la bag'ringizda
Quyosh misol taftingizda
Nurga to'la ko'zingizda
G'am ko'rmang siz dunyoda
Jannatim borim onam
Davlatim borim onam
👉{Алидан}👈
Forwarded from Sevgi She'rlari (Gulcha🌸)
20 yanvar xalqaro Erlar kuni
BEGIM...
Sen baxtimning nishonasi,
Ona qizimning onasi,
Yuragimning yagonasi,
Degan begimdan o'rgilay!
Sira olmaysan tinim san,
Kumushimsan, oltinimsan,
Sen yagona xotinimsan,
Degan begimdan o'rgilay!
Kaftingga ol qo'llarimni,
Sovg'alarim, gullarimni,
Egasisan pullarimni,
Degan begimdan o'rgilay!
Muhabbatning bo'lmas ozi,
Dilga yoqar xush ovozi,
Ota-onam qilgin rozi,
Degan begimdan o'rgilay!
Mehrim senga toshmoqdadir,
Hayol senga shoshmoqdadir,
Maoshim ham oshmoqdadir,
Degan begimdan o'rgilay!
Mustahkamdir diyonatim,
Ko'rmagaysan xiyonatim,
Sen dilimga yozgan xatim,
Degan begimdan o'rgilay!
Ko'zlaringni qilmagin nam,
Sen umrimni yoritgan sham,
Men sen bilan qirolicham,
Degan begimdan o'rgilay!
Ne so'rasam ham "yo'q" demas,
Sensiz yurak yurak emas,
Sensiz jannat kerak emas,
Degan begimdan o'rgilay!
✍ Nilufar Temur qizi
Telegram.me/Sherlari_Sevgilim
BEGIM...
Sen baxtimning nishonasi,
Ona qizimning onasi,
Yuragimning yagonasi,
Degan begimdan o'rgilay!
Sira olmaysan tinim san,
Kumushimsan, oltinimsan,
Sen yagona xotinimsan,
Degan begimdan o'rgilay!
Kaftingga ol qo'llarimni,
Sovg'alarim, gullarimni,
Egasisan pullarimni,
Degan begimdan o'rgilay!
Muhabbatning bo'lmas ozi,
Dilga yoqar xush ovozi,
Ota-onam qilgin rozi,
Degan begimdan o'rgilay!
Mehrim senga toshmoqdadir,
Hayol senga shoshmoqdadir,
Maoshim ham oshmoqdadir,
Degan begimdan o'rgilay!
Mustahkamdir diyonatim,
Ko'rmagaysan xiyonatim,
Sen dilimga yozgan xatim,
Degan begimdan o'rgilay!
Ko'zlaringni qilmagin nam,
Sen umrimni yoritgan sham,
Men sen bilan qirolicham,
Degan begimdan o'rgilay!
Ne so'rasam ham "yo'q" demas,
Sensiz yurak yurak emas,
Sensiz jannat kerak emas,
Degan begimdan o'rgilay!
✍ Nilufar Temur qizi
Telegram.me/Sherlari_Sevgilim
🍃ШУКУР ҚИЛ🌺
Асли бешавкат бу дунё дегани,
Албат кетгусидир бунда кегани.
Бир бурда нонинг бор бўлса егани,
Рисқинг борлигига минг шукур қилгин.
Кимдир бир тирноққа зор бўлиб бунда,
Бағри қон йиғлайди хар оқшом тунда.
Сен хикмат излама бор хикмат бунда,
Фарзандинг борига минг шукур қилгин.
Отангнинг савлати суянчинг, тоғинг,
Онанг бор кўнгилда гуллагай боғинг.
Уларнинг бағрида энг бахтли чоғинг,
Уларнинг борига минг шукур қилгин.
Хар ишда қўлласа оғаю ининг,
Дард чексанг дард чекиб йиғласа синглинг.
Уларга бахт бўлса сенинг борлигинг,
Улар борлигига минг шукур қилгин.
Манзилинг ўзгармас шошганинг билан,
Гохида дарёдек тошганинг билан.
Қўша қарияпсан қўшганинг билан,
Шу ёриинг борига минг шукур қилгин.
Гохи уловдасан гохи пиёда,
Худо берган умринг булсин зиёда.
Кўрдинг бир Жаннатни сен бу дунёда,
Шу юртинг борига минг шукур қилгин.
Бу юртнинг осмони тиниқ, мусаффо,
Бу юртга ярашар ибодату тақво.
Бу жаннат емасму эй ,,ВОХИД"
Юртинг тинчлигига минг шукур қилгин.
Сен бу неьматларнинг қадрини билгин,
Шукур кил буларга минг шукур қилгин.
ТЕМИРОВ АБДУВОХИД
Асли бешавкат бу дунё дегани,
Албат кетгусидир бунда кегани.
Бир бурда нонинг бор бўлса егани,
Рисқинг борлигига минг шукур қилгин.
Кимдир бир тирноққа зор бўлиб бунда,
Бағри қон йиғлайди хар оқшом тунда.
Сен хикмат излама бор хикмат бунда,
Фарзандинг борига минг шукур қилгин.
Отангнинг савлати суянчинг, тоғинг,
Онанг бор кўнгилда гуллагай боғинг.
Уларнинг бағрида энг бахтли чоғинг,
Уларнинг борига минг шукур қилгин.
Хар ишда қўлласа оғаю ининг,
Дард чексанг дард чекиб йиғласа синглинг.
Уларга бахт бўлса сенинг борлигинг,
Улар борлигига минг шукур қилгин.
Манзилинг ўзгармас шошганинг билан,
Гохида дарёдек тошганинг билан.
Қўша қарияпсан қўшганинг билан,
Шу ёриинг борига минг шукур қилгин.
Гохи уловдасан гохи пиёда,
Худо берган умринг булсин зиёда.
Кўрдинг бир Жаннатни сен бу дунёда,
Шу юртинг борига минг шукур қилгин.
Бу юртнинг осмони тиниқ, мусаффо,
Бу юртга ярашар ибодату тақво.
Бу жаннат емасму эй ,,ВОХИД"
Юртинг тинчлигига минг шукур қилгин.
Сен бу неьматларнинг қадрини билгин,
Шукур кил буларга минг шукур қилгин.
ТЕМИРОВ АБДУВОХИД
ФАРЗАНДСИЗГА ФАРЗАНД БЕР
Меҳринг билан кўнгиллар лим, лим,
Раҳматингдан қилмагин жудо,
Тирноққа зор бўлмасин ҳеч ким,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
Татимайди тилло -ю, зари,
Фарзанд эрур кўнгил гавҳари,
Ўн саккиз минг олам сарвари,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
Умр беш кун, ўткинчи ҳаёт,
Танҳо ўзинг бергувчи нажот,
Ҳар кимсадан қолсин бир зурёд,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
Куйдирмасин фарзанднинг доғи,
Ёндирмасин алам,фироғи,
Ўчмасин ҳеч умид чироғи,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
Фарзларингни қилмаймиз канда,
Иймон нури ҳар жон-у,танда,
Ота она бўлсин ҳар банда,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
Ҳеч умрлар ўтмасин беҳуд,
Номлари ҳеч бўлмасин унут,
Ёт қўлларга қолмасин тобут,
Фарзандсизга фарзанд бер худо
Кечир билмай қилган гуноҳим,
Кўзларимдан томчилар оҳим,
Ҳар нарсага қодир Аллоҳим,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
ТЕМИРОВ АБДУВОХИД
Меҳринг билан кўнгиллар лим, лим,
Раҳматингдан қилмагин жудо,
Тирноққа зор бўлмасин ҳеч ким,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
Татимайди тилло -ю, зари,
Фарзанд эрур кўнгил гавҳари,
Ўн саккиз минг олам сарвари,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
Умр беш кун, ўткинчи ҳаёт,
Танҳо ўзинг бергувчи нажот,
Ҳар кимсадан қолсин бир зурёд,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
Куйдирмасин фарзанднинг доғи,
Ёндирмасин алам,фироғи,
Ўчмасин ҳеч умид чироғи,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
Фарзларингни қилмаймиз канда,
Иймон нури ҳар жон-у,танда,
Ота она бўлсин ҳар банда,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
Ҳеч умрлар ўтмасин беҳуд,
Номлари ҳеч бўлмасин унут,
Ёт қўлларга қолмасин тобут,
Фарзандсизга фарзанд бер худо
Кечир билмай қилган гуноҳим,
Кўзларимдан томчилар оҳим,
Ҳар нарсага қодир Аллоҳим,
Фарзандсизга фарзанд бер худо.
ТЕМИРОВ АБДУВОХИД
МУСОФИРИМ
Соғинчлардан юрак бағри тилим тилим,
Ҳеч кимсага айтолмайди юрак сирин,
Паноҳида асраб юрсин сени Аллоҳ,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Фойда йўқда қуруқ гапдан, кўзда ёшдан,
Тирикчилик қаттиқ бўлар экан тошдан,
Масковларда ҳабар кутиб азим Шошдан,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Сенсиз қанча тўйлар ўтди қишлоғингда,
Олма, узум, ноклар пишди чорбоғингда,
Ватан ишқи сенинг оҳу, фироғингда,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Эрта тонгда қаймоқ чойлар ичмаганим,
Базимларда яйраб рақс тушмаганим,
Боласини тўйиб, тўйиб қучмаганим,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Асал бўлсин бир кун алам тотганларинг,
Болам чақам дея югур, чопганларинг,
Тўйларингга буюрсинда топганларинг,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Ўзга юртда қурганларинг иморатдир,
Мусофирнинг ҳар ноласи иботаддир,
Ота-онанг дуолари ижобатдир,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Бир кун орзу ниятларга етмоғинг бор,
Ўз тўйингда ўзинг қўшиқ айтмоғинг бор,
Ёруғ юз-ла ўз юртингга қайтмоғинг бор,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
ТЕМИРОВ АБДУВОХИД
Соғинчлардан юрак бағри тилим тилим,
Ҳеч кимсага айтолмайди юрак сирин,
Паноҳида асраб юрсин сени Аллоҳ,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Фойда йўқда қуруқ гапдан, кўзда ёшдан,
Тирикчилик қаттиқ бўлар экан тошдан,
Масковларда ҳабар кутиб азим Шошдан,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Сенсиз қанча тўйлар ўтди қишлоғингда,
Олма, узум, ноклар пишди чорбоғингда,
Ватан ишқи сенинг оҳу, фироғингда,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Эрта тонгда қаймоқ чойлар ичмаганим,
Базимларда яйраб рақс тушмаганим,
Боласини тўйиб, тўйиб қучмаганим,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Асал бўлсин бир кун алам тотганларинг,
Болам чақам дея югур, чопганларинг,
Тўйларингга буюрсинда топганларинг,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Ўзга юртда қурганларинг иморатдир,
Мусофирнинг ҳар ноласи иботаддир,
Ота-онанг дуолари ижобатдир,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
Бир кун орзу ниятларга етмоғинг бор,
Ўз тўйингда ўзинг қўшиқ айтмоғинг бор,
Ёруғ юз-ла ўз юртингга қайтмоғинг бор,
Қайда бўлсанг омон бўлгин мусофирим.
ТЕМИРОВ АБДУВОХИД
#Musofirchilik...
Vatanimdan ketib, keldim qayerga,
Tirikchilik uchun bordim har yerga,
O'zga yurtda ishlab botaman terga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Migrant degan tamg'a bosildi yuzga,
Bu yerda yoz, bizga o'xshaydi kuzga,
Puling yo'q odamdek ko'rinmay ko'zga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
O'xshamas ekanku hatto palovi,
Kasal bo'lganingda bo'lmas qarovi,
Do'stlar bilan birga yo'q baliq ovi,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Yurtimning shu yerda hamma mevasi,
Olib kelar doim RUS ning kemasi,
O'zbeklar bordur lek g'alat shevasi,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Issiq nonlarini sog'indim yomon,
Akamdan jo'nating Ona men tomon,
Ko'nikmoqlik qiyin bo'lyapti hamon,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Sovuqqa ko'nikdim endi na iloj,
O'rmonda uylarni qurarkan yog'och,
O'zin o'ylamagan qolar ekan och,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Oilam sog'inchi qiynadi kunda,
O'ylab yig'laymanku har kuni tunda,
Ne sabab kelgandim, hayronman shunga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Bir uyda o'n kishi yashaymiz birga,
Erkakmi, ayolmi mas'ul kir-chirga,
Gohida o'zimman yugur-yugurga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Bolam tanimaydi hatto o'zimni,
Ekranda ko'rar goh qaro ko'zimni,
Uzoqdan aytaman doim so'zimni,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Ayolimga endi nima deymana,
Uvoliga qoldim o'zim ham mana,
Ey Hudo qaytishga imkon ber yana,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Yo'q bo'ldim qishloqda yaqinim o'ldi,
Sovuqda sog'inchdan sabrim ham to'ldi,
Birinchi reyisda qaytaman bo'ldi,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Vatanimdan ketib, keldim qayerga,
Tirikchilik uchun bordim har yerga,
O'zga yurtda ishlab botaman terga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Migrant degan tamg'a bosildi yuzga,
Bu yerda yoz, bizga o'xshaydi kuzga,
Puling yo'q odamdek ko'rinmay ko'zga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
O'xshamas ekanku hatto palovi,
Kasal bo'lganingda bo'lmas qarovi,
Do'stlar bilan birga yo'q baliq ovi,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Yurtimning shu yerda hamma mevasi,
Olib kelar doim RUS ning kemasi,
O'zbeklar bordur lek g'alat shevasi,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Issiq nonlarini sog'indim yomon,
Akamdan jo'nating Ona men tomon,
Ko'nikmoqlik qiyin bo'lyapti hamon,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Sovuqqa ko'nikdim endi na iloj,
O'rmonda uylarni qurarkan yog'och,
O'zin o'ylamagan qolar ekan och,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Oilam sog'inchi qiynadi kunda,
O'ylab yig'laymanku har kuni tunda,
Ne sabab kelgandim, hayronman shunga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Bir uyda o'n kishi yashaymiz birga,
Erkakmi, ayolmi mas'ul kir-chirga,
Gohida o'zimman yugur-yugurga,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Bolam tanimaydi hatto o'zimni,
Ekranda ko'rar goh qaro ko'zimni,
Uzoqdan aytaman doim so'zimni,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Ayolimga endi nima deymana,
Uvoliga qoldim o'zim ham mana,
Ey Hudo qaytishga imkon ber yana,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
Yo'q bo'ldim qishloqda yaqinim o'ldi,
Sovuqda sog'inchdan sabrim ham to'ldi,
Birinchi reyisda qaytaman bo'ldi,
Vatandan uzoqda qiynaydi sog'inch.
👍1
АКА - УКА
Дард келганда ҳис қилгувчи жон биттадир,
Улғайганда шавкату ҳам шон биттадир
Томирида оқаётган қон биттадир,
Қондошликни бўлишмайди ака - ука.
Бу меҳрдан арзон турар молу-давлат,
Кўнгилларда оқибатнинг бори - давлат,
Билсанг агар, йигитликнинг ори давлат,
Давлат сўраб уришмайди ака - ука.
Муҳаббатнинг чўғи сўнмас ўчоғида,
Вақти келиб улғайганда, эр чоғида,
Отасининг меҳри яшар қучоғида,
Қучоқлашмай кўришмайди ака - ука.
Вақт ажратур ўзи оқу-қораларни,
Ҳақ асрагай мудом жигар-пораларни,
Бузмоқ бўлур кимлар келиб ораларни,
Аммо, мулзам туришмайди ака - ука.
Улар дўстдир, улар қондош ва сирдошдир,
Дард келганда битта вужуд, битта бошдир,
Йўқчиликда бир - бирига елкадошдир,
Тўқчиликдан тўлишмайди ака - ука.
Томирида оқаётган қон биттадир,
Қондошликни бўлишмайди ака - ука.
АБДУВОХИД ТЕМИРОВ
Дард келганда ҳис қилгувчи жон биттадир,
Улғайганда шавкату ҳам шон биттадир
Томирида оқаётган қон биттадир,
Қондошликни бўлишмайди ака - ука.
Бу меҳрдан арзон турар молу-давлат,
Кўнгилларда оқибатнинг бори - давлат,
Билсанг агар, йигитликнинг ори давлат,
Давлат сўраб уришмайди ака - ука.
Муҳаббатнинг чўғи сўнмас ўчоғида,
Вақти келиб улғайганда, эр чоғида,
Отасининг меҳри яшар қучоғида,
Қучоқлашмай кўришмайди ака - ука.
Вақт ажратур ўзи оқу-қораларни,
Ҳақ асрагай мудом жигар-пораларни,
Бузмоқ бўлур кимлар келиб ораларни,
Аммо, мулзам туришмайди ака - ука.
Улар дўстдир, улар қондош ва сирдошдир,
Дард келганда битта вужуд, битта бошдир,
Йўқчиликда бир - бирига елкадошдир,
Тўқчиликдан тўлишмайди ака - ука.
Томирида оқаётган қон биттадир,
Қондошликни бўлишмайди ака - ука.
АБДУВОХИД ТЕМИРОВ
ҚИЗ ТУҒИШ АЙБ ЭМАС
Бир шодон,бир қувноқ бўласан,
Бошингда не бўлса кўрасан,
Не эксанг ўшани ўрасан,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Синмасин кўнгиллар дарчаси,
Фарзанддир юракнинг парчаси,
Бахтиёр қизлилар қанчаси,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Дармон бўл, дардларга яраб кўр,
Аёлинг кўнглига қараб кўр,
Тирноққа зорлардан сўраб кўр,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Меҳрибон, ҳолингни сўргани,
Отам деб бошингда тургани,
Шукур қил Аллоҳнинг бергани,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Ҳар неки Аллоҳдан атодир,
Қиз жони отага фидодир,
Аёлдан айб излаш хатодир,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Бандам деб Яратган суймаса,
Ҳолингга бир назар солмаса,
Нетардинг Аллоҳим бермаса,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Не эксан ўшани ўрасан,
Бошингда борини кўрасан,
Узатиб йиғлаблар қоласан
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Менинг хам қизим бор
Сузимни ёзгандим шеримга
✍ТЕМИРОВ АБДУВОХИД
Бир шодон,бир қувноқ бўласан,
Бошингда не бўлса кўрасан,
Не эксанг ўшани ўрасан,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Синмасин кўнгиллар дарчаси,
Фарзанддир юракнинг парчаси,
Бахтиёр қизлилар қанчаси,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Дармон бўл, дардларга яраб кўр,
Аёлинг кўнглига қараб кўр,
Тирноққа зорлардан сўраб кўр,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Меҳрибон, ҳолингни сўргани,
Отам деб бошингда тургани,
Шукур қил Аллоҳнинг бергани,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Ҳар неки Аллоҳдан атодир,
Қиз жони отага фидодир,
Аёлдан айб излаш хатодир,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Бандам деб Яратган суймаса,
Ҳолингга бир назар солмаса,
Нетардинг Аллоҳим бермаса,
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Не эксан ўшани ўрасан,
Бошингда борини кўрасан,
Узатиб йиғлаблар қоласан
Қиз туғиш айб эмас хотинга.
Менинг хам қизим бор
Сузимни ёзгандим шеримга
✍ТЕМИРОВ АБДУВОХИД
📝 Хар кимни жуфтидан қўймасин!
Сайраган ҳар қуш ҳам Булбул бўлмайди.
Севдим деган билан Кўнгил тўлмайди.
Бегона ҳеч қачон
Сингил бўлмайди.
Ҳар кимни жуфтидан Қўймасин Аллоҳ.
Ўзгадан ёрингиз
Меҳрин изламанг.
Вақтинча хушомад Сеҳрин кўзламанг.
Сени севдим дея
Ёлгон сўзламанг.
Хар кимни жуфтидан Қўймасин Аллох.
Хар ким тақдирига Битилгани бор.
Кимлардур бир фарзанд Тирноғига зор.
Сизга шу неъматни
Ҳадя қилган ёр.
Хар кимни жуфтидан Қўймасин Аллоҳ.
Оила муқаддас
Поёни йўқдур.
Вафодор бўлсангиз Кўнгиллар тўқдур.
Ҳиёнат йўллари
Беаёв чўқдур.
Ҳар кимни жуфтидан Қўймасин Аллох.
Топган тутганингиз Тўйга буюрсин.
Кулбами кошона
Уйга буюрсин.
Сиздан оилангиз
Жабр кўрмасин.
Хар кимни жуфтидан Қўймасин Аллоҳ.
ТЕМИРОВ АБДУВОХИД
❤️❤️❤️.
Сайраган ҳар қуш ҳам Булбул бўлмайди.
Севдим деган билан Кўнгил тўлмайди.
Бегона ҳеч қачон
Сингил бўлмайди.
Ҳар кимни жуфтидан Қўймасин Аллоҳ.
Ўзгадан ёрингиз
Меҳрин изламанг.
Вақтинча хушомад Сеҳрин кўзламанг.
Сени севдим дея
Ёлгон сўзламанг.
Хар кимни жуфтидан Қўймасин Аллох.
Хар ким тақдирига Битилгани бор.
Кимлардур бир фарзанд Тирноғига зор.
Сизга шу неъматни
Ҳадя қилган ёр.
Хар кимни жуфтидан Қўймасин Аллоҳ.
Оила муқаддас
Поёни йўқдур.
Вафодор бўлсангиз Кўнгиллар тўқдур.
Ҳиёнат йўллари
Беаёв чўқдур.
Ҳар кимни жуфтидан Қўймасин Аллох.
Топган тутганингиз Тўйга буюрсин.
Кулбами кошона
Уйга буюрсин.
Сиздан оилангиз
Жабр кўрмасин.
Хар кимни жуфтидан Қўймасин Аллоҳ.
ТЕМИРОВ АБДУВОХИД
❤️❤️❤️.
21- yanvar 2025-yil | Kunning 13-she'ri✓
Sevgim tugamadi...
Aytilgan izhorlar, unlar tugadi,
Armonli, visolli kunlar tugadi,
Osoyish, beorom tunlar tugadi,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
Mish-mishga yoʻgʻrilgan tillar tugadi,
Oʻrtada masofa, zillar tugadi,
Kun tugab, oy tugab, yillar tugadi,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
Yonimda boʻlsang ham yiroq boʻlsang,
Baxt olib bergani, firoq boʻlsang ham,
Oʻzgani qalbida chiroq boʻlsang ham,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
Ayrilmoq ma'qulmas, kechmoq ma'qulmas,
Ishqim alangadir, tugagan kulmas,
Hech qachon, hech kimsa tugata bilmas,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
Oshiq shu ekan-da oʻlguncha sevar,
Qiyomatda yorin koʻrguncha sevar,
Umrining poyoni boʻlguncha sevar,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
Mayliga ketaver, maylida unut,
Urushgin yo jimib, saqlagin sukut,
Lekin toabadga shuni yodda tut:
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
✍ Mumtozbegim
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
Sevgim tugamadi...
Aytilgan izhorlar, unlar tugadi,
Armonli, visolli kunlar tugadi,
Osoyish, beorom tunlar tugadi,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
Mish-mishga yoʻgʻrilgan tillar tugadi,
Oʻrtada masofa, zillar tugadi,
Kun tugab, oy tugab, yillar tugadi,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
Yonimda boʻlsang ham yiroq boʻlsang,
Baxt olib bergani, firoq boʻlsang ham,
Oʻzgani qalbida chiroq boʻlsang ham,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
Ayrilmoq ma'qulmas, kechmoq ma'qulmas,
Ishqim alangadir, tugagan kulmas,
Hech qachon, hech kimsa tugata bilmas,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
Oshiq shu ekan-da oʻlguncha sevar,
Qiyomatda yorin koʻrguncha sevar,
Umrining poyoni boʻlguncha sevar,
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
Mayliga ketaver, maylida unut,
Urushgin yo jimib, saqlagin sukut,
Lekin toabadga shuni yodda tut:
Senga boʻlgan sevgim tugab qolmadi!
✍ Mumtozbegim
Telegram.me/Sherlari_Sevgi
АНГЛАБ ЕТАСАН!
Ич-ичингга оқиб, кўздаги ёшинг,
Кераксиз темирдек занглаб кетасан,
Омонат дунёнинг, омонатлигин,
Отанг ўтгандан сўнг англаб етасан.
Хар гал кўрганингда тандир, ўчоқни,
Мехрини қўмсайсан, иссиқ қучоқни,
Беозор, фариштанг, кўзи муштоқни,
Онанг ўтгандан сўнг англаб етасан.
Тириклик чоғида қанча мехнатин,
Қадрига етмайсан чеккан захматин,
Елкангга қўйилган қўлнинг қийматин,
Отанг ўтгандан сўнг англаб етасан.
Деворга суяниб, вужудинг музлаб,
Кийган нимчаларин, рўмолин хидлаб,
Йўқотсанг бир умр, изларин излаб,
Онанг ўтгандан сўнг англаб етасан.
Тўй қилсанг, уйингга дўстларинг келса,
Дастурхон атрофи мехмонга тўлса,
Дуогўй инсонинг, энди йўқ бўлса,
Отангни қадрини, кейин биласан.
Ҳовлингда ўсса, бегона ўтлар,
Офтобда тўкилиб қуриса тутлар,
Қаймоғи олинмай ачиса сутлар,
Онангни қадрига ,кейин етасан.
Тўлдириб ётганда тупроқ бағрини,
Қон йиғлаб қучасан, бориб қабрини,
Чин дилдан қилинган дуо қадрини,
Отанг ўтгандан сўнг, англаб етасан.
Эй фарзанд дунёдан армонсиз кетгин,
Вақтингни қизғонма, ёнига ўтгин,
Тириклик чоғида қадрига етгин,
Йўқотиб қўйсанг сўнг, нима қиласан?
Ич-ичингдан оқиб, кўздаги ёшинг,
Кераксиз темирдек занглаб кетасан.
Беш кунлик дунёни, омонатлигин,
Онанг ўтгандан сўнг англаб етасан.
➪@Ona_haqida_sherlar
🍃Ота онасига мехрибонлар канали🌸
Яқинларингизга улашинг, обуна бўлишни унутманг..?
Ич-ичингга оқиб, кўздаги ёшинг,
Кераксиз темирдек занглаб кетасан,
Омонат дунёнинг, омонатлигин,
Отанг ўтгандан сўнг англаб етасан.
Хар гал кўрганингда тандир, ўчоқни,
Мехрини қўмсайсан, иссиқ қучоқни,
Беозор, фариштанг, кўзи муштоқни,
Онанг ўтгандан сўнг англаб етасан.
Тириклик чоғида қанча мехнатин,
Қадрига етмайсан чеккан захматин,
Елкангга қўйилган қўлнинг қийматин,
Отанг ўтгандан сўнг англаб етасан.
Деворга суяниб, вужудинг музлаб,
Кийган нимчаларин, рўмолин хидлаб,
Йўқотсанг бир умр, изларин излаб,
Онанг ўтгандан сўнг англаб етасан.
Тўй қилсанг, уйингга дўстларинг келса,
Дастурхон атрофи мехмонга тўлса,
Дуогўй инсонинг, энди йўқ бўлса,
Отангни қадрини, кейин биласан.
Ҳовлингда ўсса, бегона ўтлар,
Офтобда тўкилиб қуриса тутлар,
Қаймоғи олинмай ачиса сутлар,
Онангни қадрига ,кейин етасан.
Тўлдириб ётганда тупроқ бағрини,
Қон йиғлаб қучасан, бориб қабрини,
Чин дилдан қилинган дуо қадрини,
Отанг ўтгандан сўнг, англаб етасан.
Эй фарзанд дунёдан армонсиз кетгин,
Вақтингни қизғонма, ёнига ўтгин,
Тириклик чоғида қадрига етгин,
Йўқотиб қўйсанг сўнг, нима қиласан?
Ич-ичингдан оқиб, кўздаги ёшинг,
Кераксиз темирдек занглаб кетасан.
Беш кунлик дунёни, омонатлигин,
Онанг ўтгандан сўнг англаб етасан.
➪@Ona_haqida_sherlar
🍃Ота онасига мехрибонлар канали🌸
Яқинларингизга улашинг, обуна бўлишни унутманг..?