Tajribali Onalar
11.8K subscribers
296 photos
235 videos
538 links
Download Telegram
Tarbiya bu faqat onaning, yoki faqat otaning ishi emas, U hamkorlikdagi yaxlit vazifadir!

Bolaning tarbiyasiga ona mas'ul, ota faqat ko'chada ishlagani yetarli degan tushuncha mutlaq xato. Doim aytaman, agar tarbiya faqat onaning ishi bo'lganida, bola bir erkak va bir ayoldan paydo bo'lmasdi, faqat ayol o'zidan dunyoga kelaverardi.

❤️ Bola onadan halimlikni, sabrni, itoatni, bag'rikenglikni o'zlashtiradi.

❤️Otadan bo'lsa, qat'iyatni, irodali bo'lishni, mas'uliyatni o'rganadi.

Ayol erkaklik xususiyatlarini bolasiga singdirishi mumkin. Lekin, otalik mehri, otalik e'tibori boshqa masala.

Qizlar, otasi misolida bo'lajak turmush o'rtog'ini ko'radi. Yigitlar otasi misolida, shunday turmush o'rtoq bo'ladi. Agar, ota zulm qilmagan bo'lsa. Ya'ni, zulm qilmagan, lekin tarbiya jarayonida qatnashmagan, e'tibor qilmagan bo'lsa, qiz uchun er normalda shunday bo'lishi tasavvuri yashaydi. Yigit kishi uchun ham, normal oila boshi shunday bo'ladi degan namuna tarbiya topib boradi.

❤️Ota faqat ishlash, uyga ro'zg'or qilish bilan cheklanmasligi kerak. Otaning, otalik mas'uliyati faqat moddiyat emas. Ma'naviy mas'uliyatlar ham borligini unutmaslik kerak.

Oysha Davlatova

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
6👏4
Ko‘krak bezi saratoni - bu kasallik dunyoda ayollar orasida eng keng tarqalgan saraton turidir. Ko‘pincha u hech qanday og‘riq yoki aniq belgilarsiz boshlanadi. Har yili dunyo bo‘yicha millionlab ayollarda ushbu kasallik aniqlanadi.

Kasallikdan saqlanish uchun quyidagilarni qilish kerak:

- Sog‘lom ovqatlanish va ortiqcha vazndan saqlanish;
- Jismoniy faollikni oshirish;
- Chekish va spirtli ichimliklardan voz kechish;
- Stressni kamaytirish va yetarlicha uxlash.

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hatto bolajonlar ham bu ovozga dosh berolmaydi...😂

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
4🤩3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🥰1
🥰 Ayollarga kun bo'yi, yaxshi kayfiyatda yurish uchun kichik eslatma!

— Uyg'ongandan so'ng shaxsiy xonangizni shamollating.
— O'rningizni bira to'la to'g'rilab, tekkislab chiqishga odat qiling, onalar uchun bu biroz mushkul, tushunaman.
— Shirin aromatlardan xona uchun foydalaning.


Yotoqxona — oromxonadir. Issiq kunda tashqaridagi ishlardan charchab kirganingizda, 5 daqiqa oyoq cho'zish uchun qulaylik yarating.

Hovli ishlaridan charchab kirgan ayolni, to'zg'igan yotoqxona battar asabiylashtiradi. Agar ertalab bu narsaga imkon qila olmasangiz, uhlashdan avval, tartibsiz joylarni yig'ib, uyquga yoting.
Dam olishga kirganda xonadagi tartib, qiz/ayolga rohat bermay iloji yo'q, to'g'rimi? 🙂

Najiya

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
🤗138🥰1👏1
⁉️ Chaqaloqqa qachondan vitaminD3 berish mumkin?

— 21-kunligidan 2 tomchi vit D3 berishni boshlang. Agar bola muddatidan oldin tuģilgan bòlsa, 2 xaftaligida vit D3 berishni boshlasangiz bo'ladi.

☀️ Qanchadan berish kerak?
— 2 tomchidan. Bu profilaktik miqdor. 1tomchi 500 XM vitD3 saqlaydi. Gòdakga kuniga 1000 XM vitD3 kerak. Ona sutida 400 XM vitD3 bor. Shuning uchun 1 tomchi yetarli bo'lmaydi.

Yozda vitD3 berish mumkinmi?
— Albatta mumkin va kerak, sababi hech kim yangi tuģilgan chaqaloqni quyoshda kiyimsiz olib yurmaydi.

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
🥰74
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15 haftalik egizaklar ona qornida talashib-tortishib katta bo‘lishmoqda.. ❤️

Egizaklarni niyat qilganlar bormi?

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
🥰2118😍5😁1
👩🏻‍🍼Ba’zan onalar shamollaganda, bolani koʻkrak suti bilan emizmaslikni maʼqul koʻradilar lekin, ba’zi choralarni ko‘rgan holda bolani emizishi mumkin.
Gripp havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi, emizish bilan emas.

Sog'liq dunyosi

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
5👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌷 Ona bilan bola, gul bilan lola

Boshlangan kuningiz yuqori kayfiyatda oʻtsin!

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
13
❗️1 yoshgacha bolalarga sigir sutini berish tavsiya etilmaydi!

Ko‘p onalar sigir sutini foydali deb o‘ylashadi, ammo bu yoshda bolaning organizmi uni hazm qilishga hali tayyor emas.

Suv bilan tengma-teng aralashtirilib tayyorlangan bo'tqalarga ham qo'shish kerak emas.

Nega xavfli?

— Sigir sutida oqsil va tuzlar juda ko‘p, bu buyraklarga ortiqcha yuk beradi.
— Unda temir kam, natijada bola kamqon bo‘lib qolishi mumkin.
— Ba’zi bolalarda allergiya va ich buzilishi kuzatiladi.
— Ichak shilliq qavati nozik bo‘lgani uchun hatto yashirin qon ketishlari ham bo‘lishi mumkin.

1 yoshgacha — faqat ona suti yoki moslashtirilgan aralashma.
Sigir sutini esa faqat 12 oydan keyin, oz-ozdan kiritish kerak.

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
2🔥2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har ishingizni kuzatib turadigan mehrli qarashlar 😍

Sizdayam shunaqami?

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
🥰184🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar uchun ham foydali shokolad retsepti 😍

Kerak bo'ladi:

• arab xurmosi
• yeryong'oq pastasi
• handon pista
• qovurilgan yeryong'oq
• qora shokolad

😋 Mmm, bolajoningizga yoqimli ishtaha!

👩🏻‍🍼 Tajribali Onalar
👍4