Ta'ammulot - تأملات
10 subscribers
9 photos
12 videos
4 links
Download Telegram
لو فهم الناس التلاقي و حسنه، لحبب من أجل التلاقي التفرقَ

Agar insonlar uchrashishni, uni go'zalligini anglashganda edi, uchrashish uchun ajralishni ham yaxshi ko'rib qolgan boʻlishardi.
👍1
O'lgan insonga janoza qanchalik tez o'qilsa, balog'atga yetgan yigit ham shunchalik tez nikohlanish kerak.

Mansur Ali hafizahulloh
👍1👀1
Faqirlikni eng yaxshi davosi nikohdir

Mansur Ali hafizahulloh
👍1
Yusufni quduqqa tashlagan qo’llar, yillar o’tib bizga sadaqa bering dedi.

Taqdir - eng go’zal hisob kitobdir!
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir kuni yosh yigit mahalliy sartaroshxonaga kirdi. Sartarosh bir mijozning soqolini olayotgan edi. Yosh yigit buni ko‘rdi va kutib o‘tirdi. Shu payt sartarosh mijozning qulog‘iga: "Hayotimda ko‘rgan eng ahmoq yigit bu", deb pichirladi. Mijoz sartaroshning gapidan hayratlandi. Sartarosh: "Kutib tur, senga buni isbotlab beraman", dedi.

Va o‘ng qo‘liga bir dirham, chap qo‘liga yigirma besh chaqa tangani qo‘ydi va yigitga ikkisidan birini tanlash imkonini berdi. Yosh yigit yigirma besh chaqa bor bo‘lgan chap qo‘lni tanladi. Shunda sartarosh mijozga qaradi va kulgan holatda: "Uni ahmoq deb aytmaganmidim? Doim keladi va dirhamni tanlamay, chaqa tangalarni tanlaydi", dedi.

Shundan keyin mijoz haligi yosh yigitni ko‘chada ko‘rib qoldi va so‘radi: "Nima uchun doim dirhamni emas, chaqa tangani tanlaysan? Ishonchim komil, sen dirhamning chaqa tangadan qimmat ekanini bilasan."

Yosh yigit kuldi va javob berdi: "Chunki men dirhamni tanlagan kunim bu o‘yin tugaydi" (Sartarosh boshqa pul bermay qo‘yadi)

Mutanabbiy aytadi: "Husumat ishida kichikni past sanamagin, sherni ko‘zini pashsha qonatadi."
👍1
Bugungi magʻlubiyat Connavroni boʻynida

Cannavaroout
🤔1
Do’stimiz Avazxon Abduxalimov tomonidan CV va resume tayyorlashda ajoyib website yaratilibdi. Barchaga ishlatib ko'rishni tavsiya qilaman.
Muhimi bepul😄

https://tarjimago.com/
1
30-iyun.

Vaqtdan vaqtning farqi bor.
Yoshlikdagi vaqt qarilikdagi vaqtdan qadrliroq.

Ilm olish, yaxshi odatlar qurish, yaqin do’stlar orttirish uchun yoshlikdan yaxshiroq vaqt yo’q.

Majbur bo’lmasangiz bu vaqtni pulga almashmang. Shunchaki pul topish uchun vaqtingizni sarflamang.

Hali ko’p pul topasiz.
Yoshlikni qaytib topmaysiz.

Vaqtni sarmoya qiling, xarajat emas.
Yoshlarga maslahatim: t.me/azim_pulat/s/42

Kuningiz bilan, yoshlar!
🔥1🥰1🎉1💊1
Nima deb oʻylasiz, Arab tili ilohiy tilmi yoki yoʻqmi?
Anonymous Poll
63%
Ha, ilohiy til
25%
Yoʻq, boshqa tillar kabi oddiy til
13%
Bilmadim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
«ЖАҲОНДА ЖОҲИЛДАН ЧИН ДЎСТ ЧИҚМАДИ...»



Жаҳонда жоҳилдан чин дўст чиқмади,
Тонгги уйқулардан ризқ-рўз чиқмади.
Неча йил оғзингни пойладим, эй дўст,
Тилингдан ҳикматли бир сўз чиқмади!.

Мирзо Кенжабек


@m_kenjabek
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

Agar biron narsani boshlash uchun munosib vaqtni kutayotgan bo'lsang,

Hozir boshla!

Ey do'stim ! Munosib vaqtlar kutilmaydi, ular faqatgina yaratiladi!

Barcha vaqt yaxshi ishlarni qilish uchun munosibdir.

Kutish - himmatlar o'ladigan o'rin!

Adham Sharqoviy
👍1
A1 daraja uchun qo'llanma qilyabmiz
Ojiz oshiq dastidan
ishqning yuzi parishon,
Soxta ma’shuqlarni deb
qoldirmadi nom-nishon.

Ishon, menga azizam,
ishqning shodon kuyi yo‘q,
yetim boshiga uning
bizdan boshqa uyi yo‘q.

Ayriliqdan ayrildik,
Keldi bugun davrimiz,
Endi so‘ngsiz uch kecha
ishqning bag‘ri - Savrimiz.

✍️Shamsuddin Sadruddin (10.07.2025)


@Vahmiy
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Shovqin nazariyasi

6 yilda 20ta davlatda bo'ldim.
Aholi qancha kambag'al bo'lsa, shuncha shovqin-suronda yashashini kuzatdim. Eng sukunat sevar xalqlar, ko'rganlarim orasida eng boylari bo'ldi.

6 oyda 20ta sport zalda bo'ldim.
Sport zallar shu qadar shovqinki o'z fikrlarimni eshita olmayman. Bir kuni Toshkentdagi juda boy mahalladagi sport zalga borishni boshladim. Fikrlogdagi 15-20ta maqolani o'sha yerda yozdim.

Shovqin bizni kambag'alikka tortyaptimi yoki kambag'allik shovqin-sevar qilib qo'yyaptimi bilmayman. Ammo ular bog'likligiga ishonchim komil.

Toshkent eng shovqin shaharlardan biri.
Magazinda qulog'izni tagida "BARBII" deb baqiradimi-ye, avtobusda Yulduz Usmonovani qo'shig'ini qo'yadimi-ye. Qaysi taksiga o'tirmang musiqa tinmaydi.

Buyoqdan boshqa shovqin ham bor.
Jahon chempionati, keraksiz yangiliklar, baqiroq bloggerlar.

Agar kambag'allik muhit tanlasa, u shovqinli bo'lardi.