🇺🇿 SYSDC.Uz - Качество, о котором вы мечтали!
307 subscribers
170 photos
24 videos
2 files
116 links
Download Telegram
🚀Assalomu aleykum hammaga

Endi bizning sysdc.uz rasmiy support guruhi va kanali doimiy ravishda faol ishlaydi! 🎉

Guruh va kanal orqali siz:

- Hosting va IT masalalar bo‘yicha tezkor yordam olasiz ✅
- Foydali ma’lumotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lasiz 📢
- Savol-javob va texnik maslahatlar olishingiz mumkin 💡

Guruhning faol ishlashi sizga ham bog‘liq! Agar guruhni faol ishlashini istasangiz, 💯 bosib qo‘ying!

Hurmat bilan, BIG-IT jamoasi – sysdc.uz
🎉 Xurmatli aʼzolar!

Siz kutgan lahza keldi – support guruhi endi rasmiy ravishda ochildi! ✅

Endi har biringiz hosting, IT va texnik masalalar bo‘yicha savol berishingiz mumkin, yordam so‘rashingiz mumkin, va barcha muhokamalar faqat foydali va hurmatli tarzda bo‘lishi lozim.

Guruhimizni faol ishlashi va hamma foyda ko‘rishi sizga bog‘liq!

💡 Agar savolingiz bo‘lsa — guruhga yozing, mamnuniyat bilan yordam beramiz!
📢 Hurmatli mijozlar!

Sizlarga quvonchli yangilik bilan murojaat qilamiz!

Avval xizmatlarimiz xvest.uz va xvest.ru domenlari orqali ko‘rsatilganini ko‘pchilik eski mijozlar yaxshi eslaydi. Ma’lum vaqt davomida biz ushbu domenlardan foydalanishni vaqtincha to‘xtatgan edik.

🔔 Endi esa sizga yanada qulaylik yaratish maqsadida bu domenlar yana to‘liq tiklandi va faoliyatini davom ettirmoqda!

Bu sizga qanday afzallik beradi?

* Tanish domenlar orqali bizni yana tez va oson topishingiz mumkin ✔️
* Eski va yangi mijozlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratildi ✔️
* Xizmatlarimizning barqarorligi va birlashtirilgan tizimi kuchaydi ✔️

Biz doimo sizga yanada yaxshi xizmat ko‘rsatish uchun ishlaymiz.
BIG-IT jamoasi – SysDC.Uz siz bilan birga rivojlanishda davom etadi!

🌐 Hozirda bizga quyidagi domenlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

- xvest.uz
- xvest.ru
- sysdc.uz
- sysdc.ru
- mobile.sysdc.uz
- xvest1.ru
- xvest2.ru
- xvest3.ru
- xvest4.ru
- xvest5.ru
- xvest6.ru
- xvest-ress1.ru
- goldxost.ru
- clouduz.ru
Assalomu alaykum, hurmatli mijozlar!

Avval Rossiya mijozlarimiz SysDC xizmatlariga sanksiyalar tufayli kira olmayotgan edi.

🔧 Endi bu muammo to‘liq hal qilindi.

Iltimos, sinab ko‘ring va agar kirishda hali ham biror qiyinchilik bo‘lsa, bizga xabar bering.
Sizning fikringiz biz uchun muhim! ✅
Hurmatli hamkasblar va do'stlar!

SYSDC hosting provayderi jamoasi nomidan barchangizni
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

Konstitutsiyamiz — davlatimiz mustaqilligi, fuqarolar huquq va erkinliklari, tinchlik va barqaror taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va yangi yutuqlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
SYSDC jamoasi 🤍
🔐 SYSDC akkauntingizni xavfsiz saqlash bo‘yicha muhim tavsiyalar

Hurmatli mijozlar! Xavfsizlik — hosting xizmatlaridan foydalanishda eng muhim omillardan biri. Akkauntingiz himoyasini kuchaytirish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilishingizni tavsiya qilamiz:

1️⃣ 2FA (Two-Factor Authentication) yoqing

Bu akkauntingizga kirishda qo‘shimcha himoya qatlamini yaratadi. Agar login-parolingiz tarqalib qolsa ham, 2FA bo‘lmagan holda kirish imkonsiz bo‘ladi.
Tavsiya: Google Authenticator yoki Authy kabi dasturlardan foydalaning.

2️⃣ Kuchli va noyob parol o‘rnating

Oddiy yoki oson topiladigan parollardan saqlaning.
Parol quydagilardan iborat bo‘lsin:

- kamida 12 belgidan iborat bo‘lishi
- katta-kichik harflar
- raqamlar
- maxsus belgilar (!, %, #, ?, va boshqalar)

3️⃣ Bir xil paroldan ko‘p joyda foydalanmang

Bitta servis buzilsa — hammasi xavf ostiga tushadi. Har bir xizmat uchun alohida parol bo‘lishi kerak.

4️⃣ Internetda tarqalgan “tayyor bot kodlari”dan foydalanmang

So‘nggi vaqtlarda Telegram botlar uchun tarqalgan ko‘plab kodlarda:

- yashirin token yig‘uvchi funksiyalar
- hosting buyurtmasiga kirishni ta’minlaydigan zararli kodlar
- API & SSH ma’lumotlarini o‘g‘irlash modullari

aniqlanmoqda.
Manbasi noma’lum bo‘lgan kodlardan qat’iy saqlaning.


🔒 Xavfsizlik — bir martalik emas, doimiy jarayon.
Parollarni vaqt-vaqti bilan yangilang, 2FA ni o‘chirib qo‘ymang va ishonchsiz kodlardan yiroq bo‘ling.

— BIG-IT jamoasi | sysdc.uz
✨ Hurmatli SYSDC.uz mijozlari va aziz kanal obunachilari!

🎉 Yangi 2026-yil bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz!

O‘tgan yil har birimiz uchun yangi tajribalar, qimmatli uchrashuvlar va muhim yutuqlar bilan esda qoldi. Kirib kelayotgan yangi yil esa yangi umidlar, aniq rejalar va keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

🎁 Bayram munosabati bilan yoqimli yangilik:
2GB, 5GB, 10GB va 20GB tariflariga 26% chegirma taqdim etiladi.
Ushbu aksiya orqali yangi yilingizni yanada foydali boshlang.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik va farovonlik tilaymiz. Ishlaringizda baraka, rejalarinizda muvaffaqiyat, yuraklaringizda esa doimiy ilhom va quvonch hamroh bo‘lsin.

🌟 Yangi yilingiz muborak!
Yangi kunlaringiz yorug‘ va nurli bo‘lsin.

Hurmat bilan,
SYSDC jamoasi
Assalomu alaykum, hurmatli mijozlar va do‘stlar! 👋

SYSDC hosting tezligi haqida savollaringiz bo‘lsa, endi uni o‘zingiz mustaqil ravishda, bir necha soniyada tekshirishingiz mumkin.

Biz maxsus tezlik test botlarini ishga tushirdik:

🔹 @server1_pingbot
🔹 @server2_pingbot

Botni oching va shunchaki /speed buyrug‘ini yuboring — bot sizga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

📡 Telegram API → servergacha real javob vaqti (ping)
📊 Serverning 1, 5, 15 daqiqalik o‘rtacha yuklanishi
📌 Serverning umumiy holati


Bu usul eng real, eng shaffof, va eng sodda yo‘l — server tezligini aniqlash uchun ishonchli variant.

Agar qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, texnik yordam jamoamiz doim aloqada.

Rahmat, ishonchingiz uchun ❤️
SYSDC jamoasi
🇺🇿 Hurmatli SYSDC mijozlari!

Sizning loyihalaringiz barqarorligi biz uchun ustuvor vazifadir. Shuni ma’lum qilamizki, ayni damda 1-serverimizdagi ISPmanager boshqaruv panelida dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi tomonida texnik sozlash ishlari olib borilmoqda.

✅ Muhim: Barcha mijozlarning veb-saytlari va loyihalari odatdagi rejimda, uzilishlarsiz ishlamoqda. Ushbu holat faqatgina boshqaruv paneliga tegishli bo‘lib, loyihalaringiz faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Vaziyat nazorat ostida va ISPmanager mutaxassislari bilan hamkorlikda 24 soat ichida to‘liq tiklanishi kutilmoqda. Kodga zudlik bilan o'zgartirish kiritish zarur bo'lsa, FTP orqali ulanishingiz mumkin.

Vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz va bizga bo‘lgan ishonchingiz uchun rahmat aytamiz.

---

🇷🇺 Уважаемые клиенты SYSDC!

Стабильность ваших проектов — наш главный приоритет. Сообщаем вам, что в настоящее время на панели управления ISPmanager (Сервер №1) наблюдаются технические работы со стороны разработчика ПО.

✅ Важно: Все веб-сайты и проекты клиентов работают в штатном режиме, без сбоев. Данная ситуация касается исключительно панели управления и не влияет на работоспособность ваших ресурсов.

Ситуация находится под полным контролем, ожидаемое время устранения в течение 24 часов. Если вам необходимо внести срочные изменения в код, вы можете воспользоваться доступом по FTP.

Благодарим за понимание и доверие к нашему сервису.

---

🇬🇧 Dear SYSDC Clients!

The stability of your projects is our top priority. Please be informed that the ISPmanager control panel on Server #1 is currently undergoing technical maintenance from the software vendor's side.

✅ Note: All client websites and projects are running smoothly without any interruptions. This occurrence only affects the control panel and does not impact your live projects.

The situation is under full control, and we expect a resolution within 24 hours. If you need to make urgent code changes, please use FTP access.

We apologize for the temporary inconvenience and appreciate your continued trust in us.

---
SYSDC Team
🇺🇿 Hurmatli SYSDC mijozlari!

Sizlarga shuni xursandchilik bilan ma'lum qilamizki, 1-serverimizdagi ISPmanager boshqaruv paneli faoliyati to'liq tiklandi va odatdagi rejimda ishlamoqda.

✅ Barcha xizmatlar faol: Hozirda boshqaruv paneli orqali loyihalaringizga kirish va ularni boshqarish imkoniyati 100% barqaror ishlamoqda.

Vaziyatni to'g'ri tushunib, sabr qilganingiz va bizga bo'lgan ishonchingiz uchun chin dildan minnatdorchilik bildiramiz. Biz sizning biznesingiz uzluksiz ishlashi uchun doim harakatdamiz!

---

🇷🇺 Уважаемые клиенты SYSDC!

Рады сообщить вам, что работа панели управления ISPmanager на Сервере №1 полностью восстановлена и функционирует в штатном режиме.

✅ Все сервисы активны: На данный момент доступ к управлению вашими проектами через панель работает стабильно и на 100%.

Искренне благодарим вас за терпение, понимание и доверие к нашему сервису. Мы всегда заботимся о бесперебойной работе вашего бизнеса!

---

🇬🇧 Dear SYSDC Clients!

We are pleased to inform you that the ISPmanager control panel on Server #1 has been fully restored and is operating in its normal mode.

✅ All services are active: Access to manage your projects via the control panel is now 100% stable and functional.

We sincerely appreciate your patience, understanding, and continued trust in our service. We are always working to ensure the uninterrupted operation of your business!

---
SYSDC Team 💙
Assalomu alaykum, hurmatli mijozlar!

8-avgust kuni 1-serverdagi ISPManager boshqaruv panelida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli kun davomida panelga kirish va undan foydalanishda noqulayliklar yuzaga keldi.

Ushbu holatni sezganimizdan so‘ng, mutaxassislarimiz muammoni bartaraf etish ustida tezkor ravishda ish olib bordilar. Muammoning kutilganidan uzoqroq davom etgani va sizlarga noqulaylik tug‘dirgani uchun chin dildan afsusdamiz.

Muhim jihat — ushbu nosozlik faqat 1-serverdagi ISPManager paneliga taalluqli bo‘lib, hostingda joylashgan saytlar, botlar va boshqa loyihalar barqaror ishlashda davom etdi.

🛠 Hozirda muammo to‘liq bartaraf etildi va panel odatdagidek ishlamoqda. Shu bilan birga, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi uchun server infratuzilmasi va monitoring tizimlari ustida qo‘shimcha ishlarni davom ettirmoqdamiz.

🎁 Yetkazilgan noqulaylik uchun 7 kunlik xizmat muddati kompensatsiya sifatida taqdim etiladi.

Agar sizda muammo hali ham davom etayotgan bo‘lsa yoki xizmatlarimizdan foydalanishda boshqa biror noqulaylik yuzaga kelgan bo‘lsa, iltimos, biz bilan bog‘laning. Mutaxassislarimiz sizga yordam berish va muammoni imkon qadar tez hal qilishga doimo tayyor. 🤝

Bizni tanlaganingiz, sabr bilan yondashganingiz va ishonchingiz uchun katta rahmat. Sizning barqaror va sifatli xizmat olishingiz biz uchun muhim.

Hurmat bilan,
SYSDC jamoasi
Assalomu alaykum, hurmatli mijozlar!

Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi va Germaniya o'rtasidagi magistral tarmoqda yuzaga kelgan uzilish sababli ayrim O'zbekistonlik mijozlarimiz serverlariga ulanishda vaqtinchalik qiyinchiliklar kuzatilmoqda.

🌐 Mazkur holat SYSDC infratuzilmasidagi nosozlik emas, balki xalqaro magistral tarmoqdagi uzilish bilan bog'liq.

🛠 Hozirda tegishli provayderlar tomonidan muammoni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Biz ham vaziyatni doimiy nazorat qilib, jarayonni kuzatib bormoqdamiz.

⏳ Aloqa bosqichma-bosqich tiklanmoqda va xizmatlar asta-sekin to'liq ish holatiga qaytmoqda.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz. Sabr va tushunishingiz uchun katta rahmat.

SYSDC — Siz bilan birga. ❤️
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Bugun — xalqimizning g‘ururi, erkinligi va birligining ramzi bo‘lgan ulug‘ kun.

35 yil davomida O‘zbekiston ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar, zamonaviy texnologiyalar va katta maqsadlar bilan kelajak bunyod etilmoqda.

Biz — SYSDC jamoasi ham shu yurtning bir qismi sifatida O‘zbekistonning rivojlanishi, ayniqsa IT va raqamli texnologiyalar sohasidagi yutuqlaridan faxrlanamiz. Dasturchilarimiz, IT mutaxassislarimiz va tadbirkorlarimiz yaratgan har bir yangi loyiha — yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shilgan yana bir hissadir.

Biz esa o‘z yo‘nalishimizda ularni ishonchli va zamonaviy IT infratuzilmasi bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

Ushbu qutlug‘ kunda xalqimizga tinchlik, farovonlik, ulkan zafarlar va yangi marralar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz birdamligi va mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
SYSDC Hosting Provider jamoasi
⚠️ Hurmatli mijozlar!

Hosting infratuzilmamizdagi ikkinchi serverda (ispsystem.xvest-ress1.ru) ISPmanager boshqaruv paneli bilan bog‘liq texnik muammo yuzaga kelgan.

Ushbu masala bo‘yicha Data Center texnik mutaxassislariga murojaat qilingan. Hozirda ulardan rasmiy javob va muammoning yechimini kutmoqdamiz.

Vaziyat nazoratimizda. Data Center tomonidan yangi ma’lumot kelishi bilan sizlarni darhol xabardor qilamiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Sabringiz va tushunishingiz uchun rahmat!

Hurmat bilan,
SYSDC jamoasi
✅ BARCHA XIZMATLAR BARQAROR ISHLAMOQDA!

Hurmatli mijozlar!

Kecha kechqurun yuzaga kelgan qisqa muddatli texnik uzilishdan so‘ng, jamoamiz tomonidan tezkor va uzluksiz rejimda zarur ishlar amalga oshirilib, barcha xizmatlar kechaning o‘zidayoq to‘liq tiklangan.

✅ Barcha serverlar, saytlar va loyihalar to‘liq ishlamoqda.

✅ Hozirda barcha xizmatlar odatiy rejimda, barqaror faoliyat yuritmoqda.

🛡 Xizmatlar faoliyati doimiy nazoratimiz ostida.

Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishonchingiz, sabringiz va tushunishingiz uchun minnatdormiz!

Hurmat bilan,
SYSDC.UZ jamoasi ❤️
🛡 SYSDC.UZ | MUHIM XAVFSIZLIK XABARNOMASI

Hurmatli mijozlar!

So‘nggi kunlarda PHP, Java va Node.js kabi keng qo‘llaniladigan texnologiyalarda jiddiy xavfsizlik zaifliklari aniqlanib, muhim yangilanishlar e’lon qilindi.

🚨 So‘nggi xavfsizlik zaifliklari:

🔴 PHP — CVSS 9.2/10 (Critical)
CVE-2026-109618, CVE-2026-109619
🔗 https://www.php.net/archive/2026.php#2026-10-21-5

🟠 Java (Oracle) — CVSS 7.5/10 (High)
CVE-2026-43660
🔗 https://www.oracle.com/security-alerts/cpuoct2026.html

🔴 Node.js / Brotli — CVSS 9.2/10 (Critical)
CVE-2026-111497
🔗 https://nodejs.org/en/blog/vulnerability/october-2026-security-releases
🔗 https://www.akamai.com/blog/security-research/inside-node2shell-closer-look-cve-2026-111497

🔐 Shu kabi xavflarni hisobga olgan holda, SYSDC.UZ infratuzilmasida kengaytirilgan xavfsizlik auditi, Linux serverlari va boshqaruv panellarining himoya tizimlarini chuqur tekshirish hamda kuchaytirish ishlari olib borilmoqda.

🛡 Ehtiyot chorasi sifatida ISPmanager boshqaruv panellariga kirish vaqtincha cheklangan.

✅ Muhim: Saytlaringiz va loyihalaringiz odatiy rejimda ishlashda davom etmoqda. Paneldagi «Заблокировано» yozuvi loyihangiz bloklanganini anglatmaydi.

❤️ Sizning mehnatingiz biz uchun qadrlidir!

Har bir loyihangiz ortida oylar, hatto yillar davomida sarflangan mehnat va mablag‘ borligini yaxshi tushunamiz.

Maqsadimiz faqat mavjud xavflarni tekshirish emas, balki kelajakdagi tahdidlarni oldindan aniqlash, ularning oldini olish va siz uchun yanada ishonchli infratuzilma yaratishdir.

⏳ Zarur xavfsizlik tekshiruvlari yakunlangach, panellarga kirish qayta tiklanadi. Ungacha zarur boshqaruv amallari bo‘yicha texnik yordam xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin.

🙏 Vaqtinchalik cheklovlarni to‘g‘ri tushunishingizni va sabr qilishingizni so‘raymiz.

Ishonchingiz uchun rahmat!

Hurmat bilan,
SYSDC.UZ jamoasi ❤️
🌐 https://sysdc.uz
🛡 SYSDC.UZ | ВАЖНОЕ УВЕДОМЛЕНИЕ О БЕЗОПАСНОСТИ

Уважаемые клиенты!

В последнее время в широко используемых технологиях PHP, Java и Node.js выявляются серьёзные уязвимости, в связи с чем разработчики выпускают важные обновления безопасности.

🚨 Последние уязвимости:

🔴 PHP — CVSS 9.2/10 (Critical)
CVE-2026-109618, CVE-2026-109619
🔗 https://www.php.net/archive/2026.php#2026-10-21-5

🟠 Java (Oracle) — CVSS 7.5/10 (High)
CVE-2026-43660
🔗 https://www.oracle.com/security-alerts/cpuoct2026.html

🔴 Node.js / Brotli — CVSS 9.2/10 (Critical)
CVE-2026-111497
🔗 https://nodejs.org/en/blog/vulnerability/october-2026-security-releases

🔐 Учитывая потенциальные риски, мы проводим расширенный аудит безопасности инфраструктуры SYSDC.UZ, тщательно проверяем серверы Linux и усиливаем механизмы защиты панелей управления.

🛡 В качестве меры предосторожности доступ к панелям управления ISPmanager временно ограничен.

✅ Важно: Ваши сайты и проекты продолжают работать в штатном режиме. Сообщение «Заблокировано» при входе в панель не означает блокировку вашего аккаунта или проекта.

❤️ Мы ценим ваш труд!

Мы понимаем, что за каждым вашим проектом стоят месяцы и даже годы работы, вложенные силы, время и средства.

Наша цель — не только устранение существующих рисков, но и заблаговременное выявление потенциальных угроз, их предотвращение и обеспечение ещё более надёжной инфраструктуры.

⏳ Доступ к панелям управления будет восстановлен после завершения необходимых проверок и мер защиты. При необходимости выполнения операций через панель вы можете обратиться в техническую поддержку.

🙏 Просим с пониманием отнестись к временным ограничениям и благодарим вас за терпение.

Спасибо за ваше доверие!

С уважением,
Команда SYSDC.UZ ❤️
🌐 https://sysdc.uz
🇺🇿 SYSDC.UZ | MUHIM E’LON

Hurmatli mijozlar!

Boşqaruv panellariga kirişni 28-oktabr kuni keçqurun qayta tiklaşni rejalaştirgan edik. Afsuski, jamoamiz tun davomida tinimsiz olib borgan işlarga qaramay, barça jarayonlarni belgilangan vaqtda yakunlaşga ulgurmadik.

Buning uçun sizlardan samimiy uzr söraymiz. Vaqtinçalik çeklovlar işlaringizga qanңalik noqulaylik tuğdirayotganini yaxşi tüşunamiz.

🔐 Hozirda xavfsizlikni ta’minlaş böyiça yakuniy işlar va tekşiruvlar davom etmoqda.

🕒 Bugun, 29-oktabr kuni, Xudo xohlasa, boşqaruv panellariga kirişni qayta tiklaşni rejalaştirganmiz.

Maqsadimiz xizmatlarni şunçaki tezroq oçiş emas, balki ularning xavfsiz va işonçli işlaşini ta’minlaşdir.

🙏 Marraga oz qoldi. Sizlardan yana biroz sabr va tüşuniş söraymiz.

İşonçingiz va sabringiz uçun çin dildan minnatdormiz!

Hurmat bilan,
SYSDC.UZ jamoasi ❤️

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

🇷🇺 SYSDC.UZ | ВАЖНОЕ ОБЪЯВЛЕНИЕ

Уважаемые клиенты!

Мы планировали восстановить доступ к панелям управления вечером 28 октября. К сожалению, несмотря на непрерывную работу нашей команды в течение всей ночи, нам не удалось завершить все необходимые мероприятия в запланированный срок.

Приносим искренние извинения за задержку. Мы прекрасно понимаем, какие неудобства временные ограничения создают для вашей работы и проектов.

🔐 В настоящее время продолжаются завершающие работы и проверки, направленные на обеспечение безопасности инфраструктуры.

🕒 Сегодня, 29 октября, мы планируем восстановить доступ к панелям управления, если всё пройдёт по плану.

Наша цель — не просто как можно быстрее открыть доступ, а обеспечить безопасную и надёжную работу всех систем.

🙏 Мы уже близки к завершению. Просим вас проявить ещё немного терпения и понимания.

Искренне благодарим вас за доверие и терпение!

С уважением,
Команда SYSDC.UZ ❤️
🇺🇿 SYSDC.UZ | MUHIM XABARNOMA

Hurmatli mijozlar!

Rossiya Federatsiyasida domenlarni röyxatdan ötkaziş tartibidagi özgarişlar sababli xvest1.ru, xvest2.ru, xvest3.ru va xvest4.ru domenlarining faoliyati tugatilgan.

Şu sababli, uşbu vaqtinçalik domenlardan foydalanayotgan ayrim loyihalar faoliyatida uzilişlar yuzaga kelgan.

🔧 Hozirda muammoni bartaraf etiş böyiça tezkor işlar olib borilmoqda.

Domenlarni qayta faollaştiriş imkoniyatlarini körib çiqmoqdamiz. Agar buning imkoni bölmasa, loyihalaringiz faoliyatini tiklaş uçun yangi vaqtinçalik domenlar taqdim etamiz.

🙏 Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz. Vaziyatni imkon qadar tezroq hal etişga harakat qilmoqdamiz.

📢 Yangiliklar bölişi bilan sizlarni xabardor qilamiz.

Hurmat bilan,
SYSDC.UZ jamoasi ❤️

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

🇷🇺 SYSDC.UZ | ВАЖНОЕ УВЕДОМЛЕНИЕ

Уважаемые клиенты!

В связи с изменениями в правилах регистрации доменов в Российской Федерации действие доменов xvest1.ru, xvest2.ru, xvest3.ru и xvest4.ru было прекращено.

В результате работа некоторых проектов, использующих данные временные домены, была приостановлена.

🔧 В настоящее время мы оперативно работаем над устранением проблемы.

Мы рассматриваем возможность восстановления работы указанных доменов. Если это окажется невозможным, предоставим новые временные домены для возобновления работы ваших проектов.

🙏 Приносим извинения за доставленные неудобства. Мы прилагаем все усилия для скорейшего решения проблемы.

📢 О любых изменениях и новостях обязательно сообщим дополнительно.

С уважением,
Команда SYSDC.UZ ❤️
🇺🇿 SYSDC.UZ | ✅ XIZMATLAR TÖLIQ TIKLANGAN!

Hurmatli mijozlar!

xvest1.ru, xvest2.ru, xvest3.ru va xvest4.ru domenlari bilan boğliq texnik muammolar keçagi kun, 17-noyabrda muvaffaqiyatli bartaraf etilgan.

✅ Uşbu domenlar orqali işlaydigan saytlar va loyihalar faoliyati keçanoq töliq tiklangan.

🟢 Hozirda barça tegishli xizmatlar odatiy rejimda, barqaror işlamoqda.

Ayrim texnik va taşkiliy sabablarga köra, bu haqda sizlarni öz vaqtida xabardor qila olmadik. Buning uçun uzr söraymiz.

❤️ Sabringiz, tüşunişingiz va işonçingiz uçun samimiy minnatdormiz!

Hurmat bilan,
SYSDC.UZ jamoasi

━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━

🇷🇺 SYSDC.UZ | ✅ РАБОТА СЕРВИСОВ ПОЛНОСТЬЮ ВОССТАНОВЛЕНА!

Уважаемые клиенты!

Технические проблемы, связанные с доменами xvest1.ru, xvest2.ru, xvest3.ru и xvest4.ru, были успешно устранены ещё вчера, 17 ноября.

✅ Работа сайтов и проектов, использующих указанные домены, была полностью восстановлена ещё вчера.

🟢 В настоящее время все соответствующие сервисы работают в штатном и стабильном режиме.

По некоторым техническим и организационным причинам нам не удалось своевременно опубликовать данное уведомление. Приносим извинения за задержку.

❤️ Искренне благодарим вас за терпение, понимание и доверие!

С уважением,
Команда SYSDC.UZ