✅ Lotok tarmoqlarining o‘rnatilishi - suv yetkazib berish samaradorligining oshishiga xizmat qiladi
📍 2026 — 2028-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan ZM–5 sug‘orish tarmog‘ida LR–80 rusumli lotok tarmoqlarini o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
📏 Rejaga muvofiq, jami 14,8 kilometr uzunlikda lotok tarmoqlarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunga qadar 1,0 kilometr qismida qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib, lotok tarmoqlari foydalanishga tayyor holatga keltirildi.
🌊 Mazkur lotok tarmoqlari ishga tushirilishi natijasida suvni aniq va talafotsiz yetkazib berish imkoniyati kengayadi, sug‘orish tarmoqlaridan samarali foydalanish darajasi oshadi.
🌾 ZM–5 sug‘orish tarmog‘i orqali Shirin hududidagi 5 214 gektar sug‘oriladigan yer maydonlarini barqaror suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi hamda suv tanqisligining oldi olinadi. Shuningdek, suv yetkazib berish jarayonida yuzaga keladigan isrofgarchiliklar sezilarli darajada kamayadi.
📉 Ayni paytda lotok tarmoqlarini o‘rnatish ishlari soha mutaxassislari tomonidan qat’iy nazorat ostida, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda olib borilmoqda.
✅ Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 Suv tejovchi texnologiyalar — barqaror taraqqiyot kafolati
📍 Samarqand viloyatida Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis va xodimlar uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
📜 Tadbir davomida Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati keng va atroflicha tushuntirildi.
⚖️ Shuningdek, seminarda Suv kodeksi hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasida suv xo‘jaligi sohasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, suv obyektlarini muhofaza qilish, gidrotexnik inshootlarni xavfsiz ekspluatatsiya qilish, raqamlashtirish va monitoring tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
🌱 Belgilangan vazifalar doirasida qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, zamonaviy sug‘orish usullarini amaliyotga tatbiq qilish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
📊 Shu bilan birga, suv sarfini qisqartirish orqali hosildorlikni oshirish, sohada raqamli yechimlardan foydalanish, nazorat va hisobot mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
🤝 Seminarda vazifalar ijrosini ta’minlashda har bir mutaxassisning mas’uliyati muhim ekanini ta’kidlab, suv resurslaridan samarali foydalanish barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridan biri ekani qayd etildi.
✅ Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💦 Xorazm viloyatida sug‘orish tarmoqlarini betonlash ishlari jadal davom etmoqda
🌾 Sug‘orish tarmoqlarini betonlash agrar sektor samaradorligini oshirish, suv resurslarini tejash hamda kanallarning uzoq muddatli foydalanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Shu maqsadda Xorazm viloyatida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi doirasida kanallar va sug‘orish tarmoqlarini betonlash hamda rekonstruksiya qilish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
🔹 Xonqa tumani
Umumiy uzunligi 13,1 km bo‘lgan “Madir yop–1” kanalida betonlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar 9 km qismida ishlar yakunlandi. Kanal 2 750 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlaydi.
🔹 Bog‘ot tumani
1552 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlovchi “Qal’ajiq” kanalida betonlash ishlari davom etmoqda. Uzunligi 7,8 km bo‘lgan mazkur kanalning 4,9 km qismida betonlash ishlari amalga oshirildi.
💧 Mazkur tadbirlar natijasida suvni samarali va talafotsiz taqsimlash, suv yo‘qotishlarini kamaytirish hamda mustahkam va barqaror infratuzilmani shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
📈 Betonlash ishlari qishloq xo‘jaligi yerlarining barqaror suv ta’minotini ta’minlash bilan birga, foydalanish xarajatlarini qisqartirish va kanallarning xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.
✅ Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🚜 Zarbdorda kollektor tarmoqlari yangilanmoqda: meliorativ holat yaxshilanadi
📍 2026 — 2028-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish davlat dasturi doirasida Zarbdor tumani “Istiqbol” FXU hududida joylashgan K-11-1-1b kollektor tarmog‘ini rekonstruksiya qilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
📏 Loyihaga muvofiq, tarmoqning 900 metr qismida rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish belgilangan. Bugungi kunga qadar 400 metr qismida ishlar to‘liq yakunlanib, kollektor o‘zanidagi cho‘kindi va loyqalar bartaraf etildi.
⚙️ Ayni paytda hududda 4 ta ekskavator jalb qilingan holda ishlar davom ettirilmoqda. Maxsus texnika yordamida suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan omillar bartaraf etilmoqda, o‘zan chuqurlashtirilib, suv o‘tkazish qobiliyati tiklanmoqda.
💧 Ushbu tadbirlar natijasida kollektor tarmog‘ining meliorativ holati yaxshilanadi, yerlarning sho‘rlanish darajasi pasayadi hamda qishloq xo‘jaligi maydonlarida barqaror agrotexnik sharoit yaratiladi.
📈 Rekonstruksiya ishlari belgilangan muddatlarda va sifat talablariga muvofiq yakunlanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.
✅ Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling!📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1