Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Beshinchi yo‘nalish – mintaqaviy transport-logistika bog‘liqligini rivojlantirish.
Ma’lumki, investorlar uchun xalqaro savdo bozorlariga chiqish katta ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liq va butun jahonga ochiq bo‘lgan katta imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda.
Jumladan, Xitoy va Qirg‘iziston bilan hamkorlikda strategik temir yo‘l qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Shu bilan birga, janubiy dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkonini beradigan Transafg‘on koridori loyihasi ustida faol ish olib borilmoqda. Bundan tashqari, Kaspiy dengizi orqali o‘tadigan “O‘rta koridor” transport yo‘nalishi ham rivojlantirilmoqda.
Ushbu loyihalarni to‘liq ro‘yobga chiqarish evaziga O‘zbekiston Osiyo va Yevropani bog‘laydigan transport magistrallar tarmog‘iga qo‘shiladi.
O‘zbekistonda transport-logistika yo‘nalishida qator megaloyihalar ham boshlangan. Masalan, saudiyalik hamkorlar bilan yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadigan yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilmoqda.
Investorlar forum doirasida taqdim etilayotgan tezyurar avtomobil yo‘llarini barpo etish, ko‘p funksiyali logistika markazlari va “quruq portlar”ni qurish kabi loyihalarda faol ishtirok etishga taklif qilindi.
Facebook|Instagram|X

❤1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Oltinchi yo‘nalish – hududlarni rivojlantirishda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish.
O‘zbekiston aholisi qariyb 40 millionga yaqinlashdi. Jadal demografik va iqtisodiy o‘sish urbanizatsiya va shaharsozlik bo‘yicha katta dasturlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Ular doirasida 2040-yilga qadar quriladigan uy-joylarning sonini 2 karra oshirib, urbanizatsiya darajasini hozirgi 51 foizdan 65 foizga yetkazish reja qilingan.
Poytaxtimizga tutash hududda 2 million aholiga mo‘ljallangan zamonaviy Yangi Toshkent megapolisi bunyod etilmoqda. Shuningdek, Andijon, Namangan va Samarqandni millionli shaharlarga aylantirish bo‘yicha loyihalar boshlab yuborilgan. Umuman, yurtimizda uy-joy qurilishi loyihalari yiliga kamida 10 milliard dollarlik kafolatli bozorni ta’minlaydi.
Bunga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston infratuzilmani barpo etishda 27 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini investorlar bilan amalga oshirishga tayyor.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz hududlari rivojlanishida turizm va zamonaviy agrosanoat ham drayver yo‘nalishga aylanmoqda.
Xususan, o‘tgan besh oyda yurtimizga xorijiy turistlar oqimi 27 foizga o‘sib, 5,5 millionni tashkil etdi. Umuman, O‘zbekistonda har yili 15-20 million chet ellik sayyohlarni qabul qilish va ularga yiliga kamida 15 milliard dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatish salohiyati bor.
Prezidentimiz investorlar turizm durdonalari bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Xiva bilan bir qatorda boshqa hududlarimizda ham sayyohlik sohasiga faol sarmoya kiritishiga umid bildirdi.
Shu bilan birga, an’anaviy qishloq xo‘jaligini ilg‘or agrobiznes tarmog‘iga aylantirish bo‘yicha ham dadil qadamlar tashlanmoqda. Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston dunyoning 70 dan ortiq davlatiga yiliga 3,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilib, o‘z brendiga ega bo‘ldi.
– dedi davlatimiz rahbari.

“Bugungi anjumanda bizning 14 ta hudud rahbarlari ham ishtirok etmoqda. Marhamat, ular bilan birgalikda viloyatlarga borib, yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bevosita tanishing. Boy tajribangiz, texnologiya va sarmoyangiz bilan o‘zaro manfaatli loyihalarda faol ishtirok eting.
Bu jarayonlarda barcha hokimlar sizlarning yoningizda turib, yaqindan ko‘mak beradi va har jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Facebook|Instagram|X
❤1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tashabbusi bilan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya kengashlarining mintaqaviy alyansi tashkil etilayotganini o‘z vaqtida qabul qilingan qaror sifatida baholadi.
Bozor qanchalik katta va qoidalar qanchalik uyg‘un bo‘lsa, mintaqa davlatlariga sarmoyalar oqimi shuncha ko‘payadi. Shu ma’noda, bu muhim tashabbus kelgusida umumiy investitsiya makonini yaratish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘lishiga ishonch bildirildi.
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.

“Biz uchun investitsiya bu faqatgina iqtisodiy resurs emas, balki ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va tajribalar, yangi ish o‘rinlari va davr bilan hamnafas taraqqiyot demakdir.
Har qanday buyuk orzu va niyatni hayotga to‘la tatbiq etishda asosiy hamkor, hech shubhasiz, ezgu niyatli investorlar, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois, diyorimizga katta ishonch va g‘oyalar bilan kelayotgan xorijiy sarmoyadorlarga Yangi O‘zbekistonning eshiklari hamisha ochiq.
Prezident sifatida shaxsan o‘zim va Hukumatimiz yoningizda yelkadosh bo‘lishga doim tayyormiz.
Toshkent investitsiya ruhi barchangizni mamlakatimizga doim chorlab turishiga, umumiy muvaffaqiyat ramziga aylanishiga ishonaman.
Yurtimizning go‘zal tabiati, betakror madaniyati va olijanob xalqimizning mehmondo‘st qalbi esa do‘stligimizni mustahkamlash uchun o‘ziga xos investitsiya bo‘lishiga aminman”,
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.
Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati
Kanallarni betonlashtirish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Videorolik
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi “Dehqonbobo” fermer xo‘jaligida 20 gektar yer maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan.
Ushbu texnologiya yordamida g‘o‘za o‘z vaqtida va me’yor asosida sug‘orilib, suvdan samarali va oqilona foydalanilmoqda.
SUVNI TEJANG, U BEBAHO NE’MATDIR

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanidagi “Fayzli makon” fermer xo‘jaligi tomonidan 80 gektar yer maydonidagi ekinlar egiluvchan quvurlar orqali sug‘orilmoqda.

👍1🔥1
VAZIR OCHIQ MULOQOT VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZDI
Bugun Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, sohaviy va hududiy fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbir avvalida vazir suv xo‘jaligi sohasida eng muhim yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Global iqlim o‘zgarishlari, haroratning isishi va boshqa omillar ta’sirida, afsuski, so‘nggi yillarda mintaqamizda suv resurslarining kamayishi kuzatilayapti.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida dunyoda suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb bo‘lib borayotganini, shu bois islohotlarning ilk kunlaridanoq suvdan oqilona foydalanish davlat siyosati darajasiga olib chiqilganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbuslari bilan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qabul qilingan Farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash natijasida mamlakatimizda suv tanqisligi oqibatlarini kamaytirishga, xalqimizni belgilangan muddatlarda va miqdorlarda suv resurslari bilan ta’minlashga erishilmoqda.
2025-yilda 258 ta (217 ta irrigatsiya, 41 ta melioratsiya) obyektida 1 663 mlrd. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilib, 723 km kanallar betonlashtirildi, 158 km sug‘orish (lotok va quvur) tarmoqlari, 303 km kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi. 20 ming km dan ziyod ichki sug‘orish tarmoqlari betonlashtirildi.
Natijada 364 ming gektar yerlarning suv ta’minoti yaxshilandi, 500 mln. kub metrdan ortiq suv yo‘qotishlarining oldi olindi, 100 ming gektardan ortiq yerlarning meliorativ holati yaxshilandi, sho‘rlangan maydonlar 24 ming gektarga qisqarishiga erishildi.
Vazir suv tejovchi texnologiyalar, nasos stansiyalarida energiyatejamkorlik, mavjud suv zaxiralari, tizimdagi eng quyi bo‘g‘in bo‘lgan tuman “Suv yetkazib berish xizmatlari” faoliyati, xorijiy investitsiyalar, beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida suv xo‘jaligi sohasida erishilgan kelishuvlar va memorandumlar, suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi mexanizmlari, baliqchilikni rivojlantirish, raqamlashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, kadrlar masalasi, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, loyiha tashkilotlari, ekspertiza, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik bo‘yicha ma’lumot berdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustda qabul qilingan “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Ochiq muloqotda Jamoatchilik kengashi a’zolari, sohaviy va hududiy fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan tushgan savollarga javob berildi.
Ochiq muloqotda “Yuksalish” umummilliy harakati rais o‘rinbosari Davronbek Lutfiddinov, “Istiqbolli avlod” Respublika ijtimoiy-axborot markazi NNT boshqaruvi raisi o‘rinbosari, Jamoatchilik kengashi a’zosi Shohida Qosimova taklif, mulohazalarini bildirdi.
Matbuot anjumanida “O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi” jurnali bosh muharriri Tohir Doliyev, O‘zA sharhlovchisi Nasiba Ziyodullayeva, “Vaqt.uz” sayti bosh muharriri Ilyosbek Safarov o‘z savollariga vazirdan javob oldi.
Axborot xizmati

Rasmiy sahifalar👇🇺🇿 Web-site |📱 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident jurnalistlarga Milliy jamoamizning bugungi o‘yini haqida gapirdi:
🎤 Birinchi g‘alabamiz – bayrog‘imiz hilpiragani – bu Vatanimizni jahon hamjamiyati bilan tepa-tengligidan dalolat!
❗️Eslatib o‘tamiz, Portugaliyaga qarshi o‘yin bugun soat 22:00 da boshlanadi.

👍4
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilarimizga omad tiladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X