SUV | BRM
132 subscribers
142 photos
26 videos
127 links
Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi

🏢Manzil: Shayxontohur tumani, Labzak ko'chasi 1

📍faceboo:https:www.facebook.com/suvbarqarorrivojlan
📍instagram: www.instagram.com/suv.brm/
📍youtube: http://www.youtube.com/@suvbrm

Xatlar uchun: suvbrm@gmail.com
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Buxoro viloyati va tumanlari rahbariyati ishtirok etgan yig‘ilishda respublikamizdagi eng qadimiy kanallardan biri – “Jo‘yzar” kanalining 22,5 kilometrlik qismini betonlash masalasini muhokama qildik. Bu bilan yiliga 12 million kub metr suv isrof bo‘lishining oldi olinadi.

Shuningdek, madaniyat obyektlari, xususan, Buxoro qo‘g‘irchoq teatri, S. Ayniy nomidagi teatr rekonstruksiyasiga alohida e’tibor qaratildi, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi.



На совещании с областным и районным руководством Бухарской области обсудили бетонирование 22,5 км канала «Жуйзар», одного из самых старых в республике. Это позволит сократить ежегодные потери воды на 12 миллионов кубометров.

Отдельное внимание уделили реконструкции объектов культуры, в частности Бухарского кукольного театра и театра имени С. Айни, а также обсудили развитие туристической инфраструктуры.
👍1
💧Suv xo‘jaligida murojaatlar bilan ishlashda yangi tizim yo‘lga qo‘yildi

Suv xo‘jaligi vazirligi tizimida Prezident virtual qabulxonasi bilan integratsiyalashgan hamda 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi call-markazlar orqali aholi va tadbirkorlar murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish tizimi samarali ishlamoqda.

2026-yilning birinchi choragida vazirlikka 544 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning asosiy qismi suvdan foydalanish, irrigatsiya, melioratsiya, nasos stansiyalari va ijtimoiy masalalarga oid bo‘lgan.

Murojaatlarning 90 foizi ijobiy hal etilgani esa tizimda olib borilayotgan ishlar amaliy natija berayotganini ko‘rsatmoqda.

👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
👍2🔥1
"Qiyomat muzligi" tezroq eriy boshladi: olimlar xavotir bildirishmoqda

Olimlar Antarktidadagi "Qiyomat muzligi" deb nomlanuvchi Tueyts muzligining erishi keskin tezlashishini prognoz qilishmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2067-yilga borib u har yili 200 gigatonnagacha muz yo‘qotishi mumkin - bu butun Antarktika muzlik qalqonining hozirgi yo‘qotishlariga teng.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, muzlik 1990-yillarga nisbatan besh barobar tezroq erimoqda. Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari muzning yupqalashib borayotganini va okeanga tez sur’atlar bilan oqib ketayotganini ko‘rsatmoqda.

Agar bu tendensiya davom etsa, Tueyts muzliklarining erishi Jahon okeani sathi ko‘tarilishini sezilarli darajada tezlashtirishi mumkin. Muzlikning butunlay erishi dengiz sathini taxminan 65 santimetrga ko‘tarishi mumkin.

👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
1👍1
Olimlar iqlim o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab daryolarda kislorod miqdori kamayishiga olib kelayotganini aniqlashdi

Xitoylik tadqiqotchilar 1985-yildan buyon butun dunyo bo‘ylab 21 mingdan ortiq daryolardagi kislorod darajasini kuzatish va tahlil qilish uchun sun’iy yo‘ldoshlar va sun’iy intellektdan foydalanishmoqda.

Science Advances
jurnalida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, ular 1985-yildan beri kislorod darajasi o‘rtacha 2,1 foizga pasayganini aniqlashgan. Bu unchalik ahamiyatli ko‘rinmasligi mumkin, ammo umumiy hisobda bu sezilarli natijaga olib keladi va agar bu jarayon davom etsa yoki tezlashsa, AQSh sharqidagi, Hindistondagi va tropik mintaqalardagi daryolar asr oxiriga borib shunchalik ko‘p kislorod yo‘qotishi mumkinki, bu ba’zi baliq turlarining nobud bo‘lishiga va o‘lik zonalar paydo bo‘lishiga olib keladi, deyiladi tadqiqotda.

👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
#bilasizmi

Oziq-ovqat mahsulotlardagi suv miqdori


👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
👍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi Qarori

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Курбан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 20.05.2026

Zomin tumanida 14 ming gektar yer maydonini suv bilan ta’minlash imkonini beruvchi 3 ta nasos stansiyasi foydalanishga topshirildi.

🎥 Batafsil "O‘zbekiston-24" lahvasida

👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
#bilasizmi

O‘zbekiston iqlim sharoitida manzarali o‘simliklarni sug‘orish


👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
🌍 O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida transchegaraviy suv monitoringi bo‘yicha hamkorlik tadbiri o‘tkazildi

📅 2026-yil 20-may kuni O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati hamda Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi gidrologik postlarda suv sathi va suv sarfini o‘lchash ishlari amalga oshirildi.

👥 Tadbirda ikki davlat Suv xo‘jaligi vazirliklari mutaxassislari hamda Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi xodimlari ishtirok etdi.

💧 Tadbir davomida zamonaviy gidrologik qurilmalar va raqamli monitoring texnologiyalari namoyish etilib, suv resurslarini hisobga olish, real vaqt rejimida kuzatish hamda ma’lumot almashinuvini avtomatlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

📡 Shuningdek, transchegaraviy suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, gidrologik kuzatuvlar samaradorligini oshirish, axborot almashinuvini takomillashtirish va texnik hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
👍2👏1
💧 Suv masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiya

📍 2026-yil 25–28-may kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Barqaror rivojlanish uchun suv, 2018–2028-yillar” xalqaro harakat o‘n yilligi doirasida 4-yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌍 Mazkur nufuzli anjuman suv resurslarini barqaror boshqarish, suv xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishi sharoitida amaliy yechimlarni ishlab chiqish hamda BMTning suv sohasidagi xalqaro kun tartibini ilgari surishga qaratilgan muhim muloqot maydoni hisoblanadi.

🤝 Konferensiyada 2500 dan ortiq delegat, 30 dan ziyod davlat vakillari, shuningdek, BMT tuzilmalari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor va yoshlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.


🎯 Konferensiyaning asosiy maqsadi — suv bilan bog‘liq global va mintaqaviy muammolar bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish, ilg‘or tajribalarni almashish, yangi sherikliklarni shakllantirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga, xususan, BRM-6 — toza suv va sanitariya maqsadiga erishishni jadallashtirishdan iborat.

📌 Anjuman doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinishi kutilmoqda:

suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish;
suv xavfsizligini ta’minlash;
transchegaraviy suv resurslarini boshqarishda hamkorlikni mustahkamlash;
iqlim o‘zgarishining suv resurslariga ta’sirini kamaytirish;
suv sohasida innovatsion va raqamli yechimlarni joriy etish;
BMTning 2026-yilgi Suv konferensiyasiga tayyorgarlik jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash.


🌐 Dushanbe konferensiyasi 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan BMT Suv konferensiyasi oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Anjuman xalqaro hamjamiyatni suv masalalarida umumiy yondashuv, ochiq muloqot va amaliy hamkorlik atrofida birlashtirishga xizmat qiladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, 🇺🇿O‘zbekiston uchun ham suv resurslaridan oqilona foydalanish, transchegaraviy suv hamkorligini rivojlantirish va suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish strategik ahamiyatga ega. Shu bois Dushanbe konferensiyasi mintaqaviy suv xavfsizligi, ochiq ma’lumot almashinuvi va barqaror boshqaruv masalalarini muhokama qilishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.


📄 Konferensiya yakunida Dushanbe deklaratsiyasi va boshqa muhim hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
👍1👏1
Prezident Shavkat Mirziyoyev suv fondi yerlari hamda sel suvlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot24 | 25.05.2026

Prezident huzurida suv fondi yerlari hamda sel suvlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish va qaror sharhi


👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
👍2
💧 Suv xavfsizligi — kelajak xavfsizligi

Bugun suv resurslaridan oqilona foydalanish, ichimlik suvi ta’minoti va ekologik barqarorlikni ta’minlash mamlakat taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 16-fevraldagi PF–21-sonli Farmoni ijrosi doirasida 2027–2050-yillarga mo‘ljallangan milliy konsepsiya ishlab chiqilmoqda. Ushbu hujjat suv xavfsizligi, atrof-muhit muhofazasi hamda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli strategik yo‘nalishlarni belgilaydi.

🌍 O‘zbekistonning Jahon banki guruhining Water Forward global tashabbusiga qo‘shilishi sohada yangi bosqichni boshlab berdi. Mazkur tashabbus doirasida “O‘zbekiston milliy suv strategiyasi — Suv pakti” ishlab chiqilib, xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi.

🎯 2030-yilga qadar:
🔹 3,8 mln aholi uchun suv xavfsizligini ta’minlash;
🔹 2,2 mln aholi uchun irrigatsiya xizmatlarini kengaytirish;
🔹 1,7 mln gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
🔹 200 mingta suv olish nuqtasini raqamlashtirish;
🔹 suv ta’minoti, kanalizatsiya, kanal va kollektor-drenaj tarmoqlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.

🚰 Ushbu chora-tadbirlar suv yo‘qotishlarini kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish hamda aholining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

🔗 Batafsil: https://gov.uz/uz/suvchi/news/view/169590

✍️ Jaloliddin Usmonov,
Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi direktori

👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
👍3🔥2👏1
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
#bayram

🌙QURBON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

Ushbu muborak ayyom xonadonlaringizga tinchlik, fayz-u baraka va quvonch olib kelsin. Qalblaringiz buloqdek tiniq, hayotingiz esa suvdek pokiza va musaffo bo‘lsin.

Sizga mustahkam sog‘lik, daryodek keng rizq, oilaviy baxt-saodat va osuda hayot tilaymiz.

Qurbon hayiti barchamizga ezgulik, mehr-oqibat va xotirjamlik olib kelsin!

👉 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
🔥2