Yangi Oʻzbekiston yoshlari
94 subscribers
880 photos
87 videos
58 files
2.88K links
Yangi Oʻzbekiston yoshlari kanaliga xush kelibsiz!


Kanalning rasmiy botidan foydalaning:

@sss0959892bot
Download Telegram
​​AVTOKREDITLAR
Bizning kanal bilan begʻaraz hamkorlikda ishlab kelayotgan tijorat banklarida mavjud avtokreditlar shartlari toʻgʻrisida maʼlumot. Maʼlumot 2023-yil 9-11-iyun kunlari Bosh bank mutasaddilaridan olingan.

☑️Qishloq qurilish bank
Foizi 24-27.99%
Muddati 48 oygacha
Boshlangʻich toʻlov 20-30%


▪️Mikrokreditbank
Foizi 23,9-25.9%
Muddati 60 oygacha
Boshlangʻich toʻlov 10-30%


▪️Trastbank
Yangi avtomobil uchun
Muddati 60 oygacha
Foizi 23% dan boshlab
Boshlangʻich toʻlov 15 % dan boshlab


Ikkilamchi bozor uchun
Muddati 60 oygacha
Foizi 24% dan boshlab
Boshlangʻich toʻlov 20% dan boshlab


▪️Oʻzsanoatqurilishbank
Yangi avtomobil uchun
Muddati 5-yilgacha
Foizi 20%dan boshlab
Boshlangʻich toʻlov 10%dan
Batafsil

KIA, CHERY, RENAULT uchun
Muddati 5-yilgacha
Foizi 3%dan boshlab
Boshlangʻich toʻlov 30%dan boshlab


▪️Hamkorbank
Yangi avtomobil uchun
Muddati 60 oygacha
Foizi 26%
Boshlangʻich toʻlov 20%


Ikkilamchi bozor uchun
Muddati 60 oygacha
Foizi 26%
Boshlangʻich toʻlov 20%


▪️Turonbank
Birlamchi bozor uchun
Muddati 60 oygacha
Foizi 24,9%
Boshlangʻich toʻlov 10%


Ikkilamchi bozor uchun
Muddati 60 oygacha
Foizi 24,9%
Boshlangʻich toʻlov 10%


▪️Ipoteka-bank
Yangi avtomobil uchun
Muddati 60 oygacha
Foizi 24%
Boshlangʻich toʻlov 30%


Ikkilamchi bozor uchun
Muddati 60 oygacha
Foizi 25%
Boshlangʻich toʻlov 25%


▪️Ipak Yoʻli bank
Birlamchi bozor uchun
Foizi 23,99%
Muddati 60 oygacha
Boshlangʻich toʻlov 25%


Ikkilamchi bozor uchun
Muddati 5-yilgacha
Foizi 23,99%
Boshlangʻich toʻlov 15%


▪️Xalq banki
Yangi avtomobil uchun «Tezkor» avtokredit
Muddati 48 oy
Foizi 23%
Boshlangʻich toʻlov 20%


(Kredit Xalq bankining ish haqi loyihasi ishtirokchisi boʻlgan tashkilot xodimlariga ajratiladi)

▪️Agrobank
Yangi avtomobil uchun
Muddati 60 oygacha
Foizi 27%
Boshlangʻich toʻlov 10%


Ikkilamchi bozor uchun
Muddati 60 oygacha
Foizi 28%
Boshlangʻich toʻlov 10%


https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
❗️Shtat qisqarishi natijasida ishdan boʻshatilgan xodimlar tashkilotda yangi ish oʻrni boʻlishi bilanoq ishga olinishi shart

Davlat organlari yoki xodimlarning vakillik organlariga saylanganligi uchun ishdan boʻshatilgan xodimlarga vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa boshqa teng ish (lavozim) beriladi.

Harbiy xizmatga chaqirilgan xodim harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilganidan yoki isteʼfoga chiqarilganidan keyin, avvalgi ish joyiga boʻshatilganidan boshlab 3 oydan kechikmay murojaat qilsa, ishga joylashishda ustuvor huquqqa ega boʻladi.

➡️ Tashkilot qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni tashkilotning huquqiy vorisi, tashkilot tugatilganda esa mahalliy mehnat organi amalga oshiradi.

📌 Yuqoridagi kafolatlarni xodimlarga ish berish imkoni boʻlmaganida mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirishni, zarur boʻlganda esa ularni bepul kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni taʼminlaydi.

⚠️Tashkilotda shtat qisqargandan keyin 6 oy ichida boʻsh ish oʻrni ochilsa, shtatlar qisqarishi natijasida ishdan boʻshatilgan xodimlar yangi paydo boʻlgan ish oʻrniga ishga qabul qilinishi shart.


https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
❗️Қонунчиликда ўқитувчиларга берилган айрим имтиёзлар

Ўқитувчилар тиббий кўрикдан ўтиш учун пул тўламайди;

Мактаб директорларига ҳам ойлик устамалар тўланиши мумкин;

Ўқувчилари ОТМга кўп кирган мактаблар раҳбарияти рағбатлантирилади;

Ўқитувчи бўлиб ишлаётган халқаро олимпиадалар ғолибларига ҳар ой 150 фоиз устама тўланади;

Пенсия ёшидаги педагоглар навбатдаги аттестацияга жалб этилмайди;

Инклюзив таълим синфлари ўқитувчиларига қўшимча устама тўланади;

Қишлоқлардаги мактабларда жисмоний тарбия ўқитувчиси бўлиб ишлаётган аёлларга устама тўланади;

PhD ва унга тенглаштирилган бошқа илмий даражага эга мутахассисларга устама тўланади;

Спортчи-тренерларга имтиёзлар берилади;

Таълим сифати паст мактабларда бошқа ҳудудлардан келиб дарс бераётган ўқитувчилар учун махсус устамалар жорий қилинган;

Математика, физика, кимё ва биология фанлари бўйича халқаро ва республика олимпиадалари ғолибларини тайёрлаган профессор-ўқитувчиларга пул мукофоти берилади;

Айрим жисмоний тарбия ўқитувчиларига малака тоифаси аттестациясиз берилади;

Халқ таълими тизими педагог ходимларига истеъмол кредитлари ва автотранспорт сотиб олиш учун имтиёзли кредитлар берилади;

Тиббиёт соҳаси профессор-ўқитувчиларига даволаш-ташхис ишларини бажарганликлари учун қўшимча ҳақ тўланади;

Таълим муассасаларининг чет тиллар фанлари ўқитувчиларига ойлик устамалар берилади.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
⚡️Prezident ayrim toifadagi mashinalar uchun bojxona toʻlovlarini keskin kamaytirish boʻyicha uzoq kutilgan qarorni imzoladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Aholining yengil avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan, dvigatel hajmi 1 200 sm kubdan yuqori boʻlmagan yangi yengil avtotransport vositalari uchun (TN TIF kodi 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) 2026-yil 1-yanvarga qadar quyidagi bojxona boji stavkalari belgilanmoqda:

1 000 sm kubgacha — 0 foiz (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm);

1 000–1 200 sm kub 5 foiz (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).

Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha boʻlgan avtomobillar uchun bojxona toʻlovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub boʻlgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️Toʻlov-kontrakt yoki ipoteka kreditlari uchun toʻlangan mablagʻdan 12% daromad soligʻini qaytarib olish mumkin. Buning uchun ushbu videoqoʻllanmani yaxshilab koʻrib chiqing.

1️⃣Barchasi onlayn my3.soliq.uz sayti orqali (shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda) deklaratsiya yuborishdan boshlanadi.

2️⃣«Soliq deklaratsiyalarini yuborish» elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

☑️12% daromad soligʻini quyidagi toʻlovlar uchun qaytarib olish mumkin:
▪️kontrakt;
▪️nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
▪️ipoteka kreditlari.

☑️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

☝🏻Barcha maʼlumotlar toʻgʻri toʻldirilsa va boshqa soliqlardan qarzdorlik mavjud boʻlmasa, mablagʻlar soliq toʻlovchining bank plastik kartasiga 15 kun ichida qaytariladi.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
⚡️Xususiy maktab tashkil etishga ajratiladigan kreditning 14 foizdan ortgan qismi qoplab beriladi

Buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev xususiy taʼlimni rivojlantirishga oid rejalar haqida maʼlumot berdi.

«Xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik toʻlovining 450 ming soʻmi kompensatsiya qilib beriladi.

⚡️Tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil etish uchun olinadigan kreditning 14 foizdan ortgan qismi qoplab beriladi.

Xususiy maktablarda muallimlar uchun talablar davlat maktablari bilan bir xil boʻladi. Shu orqali, maktablarda oʻquvchilar soni 35 nafardan koʻp boʻlgan birorta sinf qolmaydi (hozir 37 mingta bunday sinf bor).

Umuman, hozirgi vaqtda xususiy maktablarda mavjud 85 ming oʻquvchi oʻrnini 2030 yilga qadar kamida 400 mingtaga etkazish boʻyicha barcha sharoitlarni yaratib beramiz», – dedi nomzod.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
Er uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri berish boʻyicha barcha imtiyozlar tugatildi

Prezident Farmoni bilan yer uchastkalarini berish boʻyicha ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda:

qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);

er uchastkalarini toʻgʻridan toʻgʻri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni toʻliq chiqarib tashlash;

jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari boʻyicha oʻzgarishlar.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
⚡️Қуёш панел ўрнатган шахсларга компенсация берилади

Энергия тежовчи қурилмаларни харид қилиш ҳамда ушбу мақсадларга олинган кредитлар бўйича фоиз ҳаражатларининг бир қисмини қоплаш учун бюджет маблағлари ҳисобидан компенсация ажратилади.

☑️Компенсация қуйидаги харажатларнинг бир қисмини қоплаш учун ажратилади:

▪️жисмоний шахсларга қуёш фотоэлектрик станциялари, қуёш сув иситкичлари, шунингдек, энергия самарадор газ-горелкали қурилмаларни сотиб олиш харажатларининг 30 фоизи миқдорида, бироқ:

▪️қуёш фотоэлектрик станциялари учун – 3 миллион сўмдан;

▪️қуёш сув иситкичлари учун – 1,5 миллион сўмдан;

▪️энергия самарадор газ-горелкали қурилмалар учун – 200 минг сўмдан ошмайдиган миқдорда;

☑️қайта тикланувчи энергия манбалари қурилмалари, энергия самарадор газ-горелкали қурилмалар ва қозонлар, шунингдек, энергия самарадор бошқа ускуналарни харид қилиш учун олинган кредитлар бўйича фоиз харажатларининг бир қисми қоплашга:

▪️жисмоний шахсларга – 500 миллион сўмдан ошмайдиган кредитлар бўйича – Марказий банкининг асосий ставкасидан ошган қисмида, бироқ 8 фоиз пунктидан кўп бўлмаган миқдорда;

▪️юридик шахсларга – 5 миллиард сўмдан ошмайдиган кредитлар бўйича – Марказий банкининг асосий ставкасидан ошган қисмида, бироқ 5 фоиз пунктидан кўп бўлмаган миқдорда.

Манба.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
⚡️TADBIKRORLARGA 7-YIL MUDDATGA 14 FOIZDAN, 15 MLRD. SOʻMGACHA KREDITLAR AJRATILISHI BELGILANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» gi qarori (07.07.2023y, VM-279-son) qabul qilindi.

☑️Unda tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kredit olish shartlari kiritilgan.

Kredit olish uchun mustaqil yoki hokim yordamchisi koʻmagi bilan platforma orqali elektron shaklda ariza taqdim etiladi.

☝🏻Mazkur nizom talablari uy-joy qurilishi bilan bogʻliq loyihalar uchun kredit olishga tadbiq etilmaydi.

Ariza banklar tomonidan bir kun muddatda avtomatlashtirilgan holda koʻrib chiqiladi.

☝🏻Muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlganda, ariza avtomatik ravishda rad etiladi.

☑️Kreditlar 14 foiz stavkada 7-yilgacha, aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi. Bunda kreditlar:

▪️5 mlrd. soʻmgacha – 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrinlari yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga;

▪️10 mlrd. soʻmgacha – 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrinlari yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga;

▪️15 mlrd. soʻmgacha – 200 tadan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga ajratiladi.

Kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlar banklarning ichki kredit siyosati va kreditlash bilan bogʻliq amaldagi tartiblarga muvofiq anderrayting tizimi tomonidan koʻrib chiqiladi (Shu joyi yaxshi boʻlmabdi. YAʼni kredit ajratishga hech qanday qoʻshimcha oʻzgarish kiritilmabdi desa ham boʻlaveradi. Bu anderrayting tizimi, oʻzini ustidan qulflab olib, telefonni oʻchirib qoʻyib, faqat qogʻozga qarab qaror qabul qiladi. Ayrim banklarda anderrayterlar kimligini quyi filiallardagilar tanimaydi ham).

Tadbirkorlik subyekti tomonidan hamkorlik shartnomasida belgilangan majburiyatlar bajarilmaganda, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari va hokim yordamchilarining bu haqida tuzgan dalolatnomalari asosida ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari moliyalashtiruvchi bankning tijorat kreditlari uchun belgilangan foiziga oʻzgartiriladi. Ushbu qoida kredit shartnomasida aks ettiriladi.

☑️Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi Dastur doirasida barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar uchun quyidagi miqdorlarda kafillik taqdim etadi:

▪️3 mlrd. soʻmgacha
– 51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga;

▪️4 mlrd. soʻmgacha – 101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga;

▪️5 mlrd. soʻmgacha – 200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektiga.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”dagi fuqarolar uchun ish o‘rni yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”
dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
👉VMQ-279-son 07.07.2023

Nizomga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda:
🔹51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;
🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;
🔹200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) ta’minotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga bo‘lib to‘lash huquqi beriladi:
▫️51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;
▫️101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;
▫️200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.

Dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi:
🔸51 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi o‘tkazilmaydi;
🔸200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
❗️12 nafar hokim ishdan olindi. Ularning faoliyatini Bosh prokuratura tekshiradi

Ayni daqiqalarda bo'layotgan videoselektorda Amudaryo, Qo‘rg‘ontepa, Buxoro, Mirishkor, Chiroqchi, Xatirchi, Payariq, Oqoltin, Guliston, Oqqo‘rg‘on tumanlari, Navoiy va Yangiyo‘l shaharlarida tegishli ko‘rsatkichlar pastligi, investitsiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi.

Prezident ushbu tuman va shahar hokimlarini lavozimidan ozod qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bosh prokuratura va Hisob palatasiga ushbu hokimlar faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini taʼminlash topshirildi.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
⚡️Rasman: Texnikumni tugatganlar imtihonsiz 2-kursdan OTMlarga qabul qilinadi

➡️ Hozir ayni shu toifaga kiruvchi abituriyentlar uchun qabul davom etyapti. Bu toifadagi abituriyentlar hujjatlarini 5-iyuldan 25-iyulgacha my.edu.uz portali orqali topshirishi mumkin.

Kimlar suhbat asosida o‘qishga kira oladi?
Texnikum bitiruvchisi bu imtiyozdan foydalanish uchun uning baholari "4", "5" bo‘lishi, kamida 50 foizi faqat "5" bo‘lishi lozim. Tibbiyot texnikumlarini tugatadiganlarning esa kamida 85 foiz bahosi "5" bo‘lishi kerak.

📄 5-avgustgacha talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, ularga shaxsiy kabinetdan javob beriladi. 10-avgustdan 25-avgustgacha esa suhbat bo‘lib o‘tadi.

🧑‍🎓Suhbatdan o‘tganlar to‘lov-shartnoma asosida 2-kursdan boshlab o‘qishga qabul qilinadi.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
#Ijtimoiy_aksiya 

❗️Xodim ishdan bo'shash haqidagi arizasini pochta orqali yuborishi mumkin

📝 Xodim ish beruvchini 14 kun oldin yozma ogohlantirib o'z tashabbusi bilan ishdan bo'shashga haqli. Ya'ni, arizani kamida 14 kun oldin yozish kerak.

🔰 Ayrim xodimlar uchun ogohlantirish muddatlari 14 kundan farq qiladi, ular quyidagilar:

▫️tashkilot rahbari uchun – 2 oy;
▫️rahbar o'rinbosari, bosh buxgalter, alohida bo'linmalar rahbarlari uchun – 1 oy;

Alohida bo'linmalar deganda tashkilot filiallari, vakolatxonalari yoki boshqa alohida tarkibiy bo'linmalari tushuniladi.

▫️mavsumiy xodimlar uchun – 3 kun;
▫️mikrofirma hamda YATT xodimlari, uy ishchilari uchun –7 kun;

⚠️ Mikrofirma
ta'sischisi jismoniy shaxs bo'lgan hamda daromadi 1 yilda 1 milliard so'mgacha bo'lgan tadbirkorlar.

Arizani berish sanasi uni ish beruvchiga (korxona boshlig'iga, uning muoviniga, qabulxona kotibiga, kadrlar bo'limiga, devonxonaga va b.) topshirgan kun hisoblanadi, ogohlantirish muddati esa keyingi kundan boshlanadi.

➡️ Xodim ishdan bo'shash haqidagi arizasini pochta orqali yuborishi mumkin, bunda muddat pochta orqali ariza tashkilotga yetib borgan kundan hisoblanadi.

Xodim va ish beruvchi kelishuviga ko'ra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashigacha ham bekor qilinishi mumkin.

📌 Ogohlantirish muddati tugaganidan keyin xodim ishni tugatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga ishdan bo'shatish haqidagi buyruqning ko'chirma nusxasini, mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirmani berishi hamda u bilan hisob-kitobni amalga oshirishi shart.

🗓 Xodim ogohlantirish muddati tugaydigan vaqtgacha istalgan vaqtda arizasini qaytarib olishi mumkin. Masalan, ogohlantirish muddati 14-iyulda tugasa, xodimning ish vaqti soat 18:00 gacha bo'lsa, xodim shu soatgacha arizasini qaytarib olishga va ishlashni davom ettirishga haqli.

🔘 Ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim ishdan bo'shatilmasa, xodim ishni davom ettirayotgan bo'lsa, xodimning arizasi o'z kuchini yo'qotadi, keyinchalik xodimni mazkur ariza bilan bo'shatish mumkin emas.

☑️ Xodim o'z ishini davom ettirishi mumkin bo'lmagan hollarda (o'qishga kirganda, pensiyaga chiqqanda, saylanganda va boshqalarda) xodimni u iltimos qilayotgan muddatda ishdan bo'shatish kerak.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
❗️Олий маълумотли боғча тарбиячиларининг ойлиги оширилади

Президентнинг тегишли фармони (ПФ–79-сон, 26.05.2023-й.) билан 2023 йил 1 сентябрдан:

умумий ўрта таълим муассасалари директорларига ўз ўринбосарларини ишга қабул қилиш ва ишдан бўшатиш, ажратилган умумий соатлар доирасида ўқув режаларига 15 фоизгача ўзгартириш киритиш масалаларини мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими бўлимларининг умумий ўрта таълим муассасалари фаолиятини текшириш ва таълим сифатини баҳолаш бўйича ваколатлари бекор қилинади.

▪️ Шунингдек, 2024 йил 1 январдан:
давлат боғча, мактаб ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагогларига малака тоифасини беришнинг янги тартиби жорий қилинади;

давлат боғча, мактаб ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагогларига малака тоифаси учун синовлар 1 йилда камида бир маротаба икки босқичда ўтказилади;

мактабга биринчи марта ишга қабул қилинаётган ўқитувчиларни касбий сертификатлаш жорий этилади.

❗️2024 йил 1 июндан боғчалардаги олий маълумотли тарбиячиларнинг ойлиги мактаб ўқитувчилари ойлигига тенглаштирилади.
⚡️ТАЪЛИМ КРЕДИТИ КИМЛАРГА БЕРИЛАДИ

📃 Вазирлар Маҳкамасининг 18.08.2021 йилдаги 527-сон қарори билан тасдиқланган низомга кўра, таълим кредитлари таълим ташкилотлари бакалавр ҳамда магистратуранинг кундузги, сиртқи ва кечки таълим шаклида тўлов-контракт асосида ўқишга тавсия этилган ёки қабул қилинган, шунингдек ўқишини кўчирган Ўзбекистон фуқароси бўлган талабаларга берилади.

Бунда, кредит олувчининг доимий даромад манбаига эга оила аъзолари (ота-онаси, ака-укаси, опа-синглиси, эри ёки хотини) ёки васийлари биргаликда кредит олувчи сифатида қатнашиши мумкин.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг ўқиш муддати расман тугаганидан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
❗️Мактаб директорларининг ваколат доираси кенгайтирилади

Президентнинг тегишли фармони (ПФ–79-сон, 26.05.2023 й.) билан 2023 йил 1 сентябрдан:

умумий ўрта таълим муассасалари директорларига ўз ўринбосарларини ишга қабул қилиш ва ишдан бўшатиш, ажратилган умумий соатлар доирасида ўқув режаларига 15 фоизгача ўзгартириш киритиш масалаларини мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

туман (шаҳар) мактабгача ва мактаб таълими бўлимларининг умумий ўрта таълим муассасалари фаолиятини текшириш ва таълим сифатини баҳолаш бўйича ваколатлари бекор қилинади.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
#QQS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotiga kiritiladi;
- QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
⚡️1 авгусдан иш стажига эга бўлмаганларга бериладиган нафақа миқдори оширилади

2023 йил 1 августдан:

Зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа миқдори – ойига 568 000 сўм;

Иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – ойига 568 000 сўм;

Ўзгалар парваришига муҳтож ногиронлиги бўлган 18 ёшгача болаларнинг парвариши билан банд бўлган боланинг қонуний вакилига бериладиган нафақа миқдори – ойига 568 000 сўм;

Боқувчисини йўқотганлик нафақаси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун нафақа миқдори – ойига 568 000 сўм ва кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун – 198 000 сўм этиб белгиланади;

Боқувчисини йўқотганлик пенсияси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун пенсиянинг энг кам миқдори – ойига 568 000 сўм этиб белгиланиб, кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун амалдаги тартибга мувофиқ пенсия тўланади.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
#Bilasizmi

🔰 Jismoniy shaxsni, uning vakilini, ularning oila a'zolarini, yuridik shaxsni, uning vakilini va yuridik shaxs vakilining oila a'zolarini ular davlat organiga, davlat muassasasiga yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun, xuddi shuningdek boshqacha shaklda tanqid qilganligi uchun mansabdor shaxs tomonidan ta'qib etish:

BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi
❗️Haydovchilik guvohnomasini olish tartibi

🔰 Milliy haydovchilik guvohnomalarini berish xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari yoki Davlat xizmatlari markazlari tomonidan koʻrsatiladi.

📝 Haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqaro belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qiladi.

Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun BHMning 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi
.

▶️ Haydovchilik guvohnomasi nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarga beriladi.

🔰 Bunda quyidagi miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi:

🔹nazariy imtihon topshirish uchun – BHMning 10 foizi;

🔹har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun – BHMning 15 foizi;

🔹avtomototransportlarni, shu jumladan, transport vositalari tarkibini amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun – BHMning 10 foizi;

🔹har bir qayta amaliy boshqarishda imtihon topshirish uchun – BHMning 15 foizi.

☑️ Ariza beruvchi nazariy imtihondan oʻtgan taqdirda, unga darhol avtomatik tarzda amaliy imtihonga ruxsat beriladi hamda 2 oylik muddat ichida amaliy imtihonni topshirishi lozimligi haqida ogohlantiriladi.

Agar ariza beruvchi nazariy imtihondan oʻtmolmasa, 7 kundan soʻng imtihonni takroran topshirishi mumkin.

📌 Ariza beruvchi sunʼiy ong orqali baholanadigan faqat maxsus tashkil etilgan avtodromda amaliy imtihonlarni topshiradi.

Ariza beruvchi nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, unga milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.

Mazkur guvohnomani berish uchun BHMning 70 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

https://t.me/+Lf_WW2hQBb9iMTdi