SURXONDARYO KADASTR
1.56K subscribers
18.2K photos
2.21K videos
22 files
10.9K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Qurilish #Statistika #ma_lumot_uchun Yurtimiz hududlarida qurilish korxonalari soni jihatdan yetakchilik Toshkent shahrida.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 noyabr holatiga hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni quyidagicha:
▫️Toshkent shahri – 9 013 ta
▫️Toshkent viloyati – 3 946 ta
▫️Farg‘ona viloyati – 3 656 ta
▫️Qashqadaryo viloyati – 3 483 ta
▫️Andijon viloyati – 3 423 ta
▫️Samarqand viloyati – 3 395 ta
▫️Buxoro viloyati – 2 938 ta
▫️Surxondaryo viloyati – 2 810 ta
▫️Namangan viloyati – 2 552 ta
▫️Qoraqalpog‘iston R. – 2 489 ta
▫️Jizzax viloyati – 2 160 ta
▫️Xorazm viloyati – 2 079 ta
▫️Navoiy viloyati – 1 704 ta
▫️Sirdaryo viloyati – 1 611 ta
Qurilish litsenziyasini onlayn rasmiylashtiramiz!

💠Endilikda qurilish sohasining litsenziya talabgorlari litsenziya olish uchun uzoq hududlardan Qurilish vazirligiga tashrif buyurib hujjatlarni taqdim etishlari talab etilmaydi.

🔹Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatiga litsenziya;
🔹ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatiga “license.gov.uz” tizimi orqali litsenziya olish imkoni yaratildi.

💠Bunda arizani ko‘rib chiqilganligi hamda litsenziya berish uchun yig‘imlar va davlat bojlari bo‘yicha invoyslar real vaqt rejimida avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Litsenziya QR-kod qo‘yilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

#ma_lumot_uchun #qurilish #onlayn_litsenziya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
▫️O‘zbekiston Respublikasi hududiy strukturasi▫️

💠O’zbekiston Respublikasi - Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahridan iborat.

💠Ularning tarkibida 175 ta tumanlar mavjud.

💠Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahriga boʼysunuvchi 120 ta shahar mavjud boʼlib, shundan:

▫️ Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar - 9 ta;
▫️ Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar - 24 ta;
▫️ Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar - 87 ta.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔹O‘zbekiston Respublikasi hududiy strukturasi🔹

🔲O’zbekiston Respublikasida 2022 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra: ▫️8 934 tasi
– mahalla fuqarolar yig‘ini;
▫️195 tasi - ovul fuqarolar yig‘inlari mavjud.

🔲Eng ko‘p mahalla:
▫️Samarqand viloyatida bo‘lib u— 1 102 ta mahallaga ega.
▫️Undan so‘ng Toshkent viloyati - 10 53 ta,
▫️Farg‘ona viloyati 1041 ta mahalla bilan keyingi o‘rinlarni band qilgan.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️O‘zbekiston Respublikasi hududiy strukturasi▫️

💠O’zbekiston Respublikasi - Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahridan iborat.

💠Ularning tarkibida 175 ta tumanlar mavjud.

💠Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahriga boʼysunuvchi 120 ta shahar mavjud boʼlib, shundan:

▫️ Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar - 9 ta;
▫️ Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar - 24 ta;
▫️ Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar - 87 ta.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Yerni elektron tarzda xususiylashtirish▫️

Yer uchastkasini ham my.gov.uz yordamida xususiylashtirish mumkin

🟦 Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) my.gov.uz yordamida masofadan turib xususiylashtirish imkoniyatiga ega (agar bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi).

🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun – 24 300 so‘m
🔹Yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi.

🧑‍💻Xizmat ko‘rsatish muddati – 5 ish kuni

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹 Davlat tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazish muddatlari🔹

◽️ Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish hukumatning 2022-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 542-son qarori bilan tartibga solinadi.

📌 Davlat tashkiloti vakili Davlat tashkilotini tashkil etish haqidagi normativ-huquqiy hujjatda yoxud vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatida (qaror, buyruq va b.) nazarda tutilgan muddatlarda, agar bunday muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzi kelib murojaat etadi va Reglamentga muvofiq soʻrovnomani elektron ravishda toʻldiradi.

📂 Bunda, ariza beruvchi Davlat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzining vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun
▪️Nizolarni sudgacha hal qilishning mustaqil mexanizmi joriy etilgan▪️

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunining 9-bobi hamda Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi arizalar va shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomiga asosan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari huzurida Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Nizolarni sudgacha hal qilishning mustaqil mexanizmi joriy etilgan.

👉 Batafsil: https://telegra.ph/Nizolarni-sudgacha-hal-qilishning-mustaqil-mexanizmi-joriy-etilgan-07-19

#DavKadastrPalata #ma_lumot_uchun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM