SURXONDARYO KADASTR
1.36K subscribers
16.9K photos
2.06K videos
20 files
10.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
⚡️Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar yer solig‘idan ozod qilinadi

🔖 Qonunchilikka ko‘ra, boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilinadi.

❗️Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir.

📃 Mazkur imtiyoz Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining maʼlumotnomasi asosida beriladi.
#huquq #bilasizmi
Kanalga ulanish: Telegram Facebook Instagram YouTube
#huquq #bilasizmi

⚡️Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi

🏠Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

❗️Biroq, mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

🌏Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 66-modda.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquq
🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:

o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishga;

pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga;

tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga;

o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

chet davlat fuqaroligini olishga;

qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga.

👉 Manba

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqvaqti #bilasizmi

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi

🌏Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladi.

🔵Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab beriladi

✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari qoplab berilishi belgilangan.

⚖️ Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravari miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati #bilasizmi
⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🤔Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🤔Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🤔Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🤔Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🤔Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati #bilasizmi
⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🤔Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🤔Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🤔Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🤔Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🤔Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqvaqti #bilasizmi #infografika

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari

❗️Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Huquqiy asos:
Yer kodeksi

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔵 yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);

🔵 binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🔵 belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;

🔵 ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;

🔵 ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

‼️ Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #infografika #kadastr_pasport

🔴 Necha turdagi kadastr pasporti borligi haqida bilasizmi ?

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM