SURXONDARYO KADASTR
1.5K subscribers
17.4K photos
2.13K videos
20 files
10.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Huquqiy_asoslar #Xizmatlar #Vazirlar_mahkamasi_qarori

🏢 KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQLAR VA ULAR BO‘YICHA TUZILGAN BITIMLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH BO'YICHA YANGI XIZMATLAR JORIY ETILDI.

📝
Jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

📝Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari
#Huquqiy_asoslar #Aktual_savollar

15 sotix yer uchastkamizga 1998 yil kadastr hujjat rasmiylashtirganmiz. Hozir yagona darchaga murojaat qilsak, guvohnomasi yo‘q ekan boshqatdan kadastr qilish kerak deyapti. Shu to‘g‘rimi?

1998 yil kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan bo‘lsa va Hozirgi kunga kelib joyida o‘zgarishlar bo‘lmasa kadastr hujjatlarini yangilash mumkin. O‘sha davrda huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma rasmiylashtirish jarayoni mavjud bo‘lmagan. Huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlash uchun huquq belgilovchi hujjatga usti xat (shtamp va muhr) qo‘yilgan.

Agar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, ushbu ko‘chmas mulkka huquq belgilovchi hujjatlarni (davlat orderi, shartnoma, tuman(shahar) hokimining qarori, sud qarori. v.b.) davlat xizmatlari markaziga taqdim etiladi.

Hozirgi kunda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlashda davlat reyestridan ko‘chirma taqdim etiladi.
#Huquqiy_asoslar #Xizmatlar #Vazirlar_mahkamasi_qarori

🏢 KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQLAR VA ULAR BO‘YICHA TUZILGAN BITIMLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH BO'YICHA YANGI XIZMATLAR JORIY ETILDI.

📝
Jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

📝Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari
#Huquqiy_asoslar #E_auksion

🔷Endilikda:

📄Ishtirokchilarga, shu jumladan chet el fuqarolariga auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib, "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK tomonidan bepul taqdim qilinadi;

🚫Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan obyektlarni auksionga chiqarish uchun to‘lanadigan yig‘im bekor qilinadi;

🔔Auksion o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar u o‘tkaziladigan kundan 30 kun oldin e’lon qilinadi;

💰Sotilgan obyektning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 5 000 baravarigacha bo‘lganda, to‘lovlarni 10 ish kuni, 5 000 baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lganda to‘lovlarni 15 ish kuni mobaynida to‘lash imkoniyati yaratiladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
#Xizmatlar #Ipoteka #Huquqiy_asoslar

Ko‘chmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka to‘g‘risidagi shartnomalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish REGLAMENTI

🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi (birlamchi bozordan ko‘chmas mulk olishda ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma bundan mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.

🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.

🔹Ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Huquqiy_asoslar #Davlat_kadastrlari_palatasi #Vazifalar

🔰 Loyiha doirasida:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda – faqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun qishloq xo‘jaligi maqsadlarida;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarda – qonunchilik bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin.

⚠️ Yakka tartibdagi uy-joy va ko‘p kvartirali uylar qurilishini nazarda tutuvchi loyihalar yirik investisiya loyihasi hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlangan yerga bo‘lgan huquqning bozor qiymatidan kam qiymatdagi yirik investisiya loyihasi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

🖥 Bo‘sh turgan yer uchastkasi bo‘yicha hujjatlar yig‘ma jildi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan “YERELEKTRON” AAT orqali tayyorlanadi.

BATAFSIL
#Huquqiy_asoslar #Yer_kadastri #xizmatlar

Yer uchastkasining kadastr
yig‘majildini tayyorlashda
bajariladigan ishlar

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining VM-389-son qarori 22.06.2021

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asoslar #Bino_inshootlar

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

🔹1-bosqichbinolar va inshootlarning texnik ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;

🔹2-bosqich obyektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;

🔹3-bosqicholdingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud maʼlumotlarni yangilash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyun saanasidagi 389-son qarori

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari 👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asoslar

🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING ASOSIY VAZIFALARI

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;

🔹ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;

🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (Milliy Geoaxborot tizimi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

🔹davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;