SURXONDARYO KADASTR
1.36K subscribers
16.9K photos
2.06K videos
20 files
10.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasporti

🌳 Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi:

▫️Murojaatlar
Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali qabul qilinadi.

💳 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

✍️ Bilishingiz muhim

📃 Tashkilotimizga taalluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun foydali bo‘ladigan mazkur loyihamizning navbatdagi soni ham eng dolzarb savollar sirasiga kiruvchi murojaat hisoblanadi.

🤝 Sizlarning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimingizni yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ "Menga tegishli bino-inshootni xususiylashtirib bering, - deya bizga ko'p bora murojaat qilishadi. Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalaniladi


🇺🇿 “Hududlarning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va boʻsh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-245-son, 08.07.2024-y.) qabul qilindi.

📃Qarorga koʻra, quyidagilar tasdiqlandi:

◾️ Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shaharlar va tumanlar markazlarini rivojlantirish hamda aglomeratsiya hududlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar roʻyxati;

◾️ Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar roʻyxati;

◾️ Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar roʻyxati.

◼️Aholi ehtiyojidan kelib chiqib koʻp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil qilish master-rejalarning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

◼️2024-yil 1-avgustdan joriy yil yakunigacha belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-koʻngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot


📃Ko‘chmas mulkni bo‘lish dalolatnomasini rasmiylashtirishda:

▫️ yangi tashkil etilayotgan ko‘chmas mulklar o‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan bo‘lishi zarur;

◾️ bo‘lish yer uchastkasiga nisbatan amalga oshirilganda yer uchastkasi bo‘linadigan bo‘lishi;

▫️ yer uchastkalari yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda yangidan tashkil etilishi hamda bo‘lish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil yer uchastkasini tashkil etishi;

◾️ mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkasini bo‘lish natijasida hosil bo‘lgan yer uchastkasi kelgusida undan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda bino va inshootlarni loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lishi zarur;

▫️ yakka tartibdagi turar joy binolarining bir qismi boshqa shaxsga o‘tishi natijasida yuzaga keladigan alohida yer uchastkalarida joylashgan bino yoki bino qismida kamida bitta yashash xonasi, oshxona hamda hojatxona mavjud bo‘lishi lozim, mulk huquqida tegishli bo‘lgan yer uchastkasi bundan mustasno;

◾️ yer uchastkalarining egalari yoki undan foydalanuvchilar mustaqil ravishda yer uchastkasiga umumiy foydalanishdagi yer uchastkasi orqali o‘tish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasi bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

▫️ yer uchastkasining yangi chegaralari uning bo‘linishidan avvalgi chegaralari asosida belgilanishi lozim, bunda yangi yer uchastkalarining maydonlari yig‘indisi hamda chegaralari avvalgi chegara va maydondan farq qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

◾️ bo‘linayotgan yer uchastkasiga tutash o‘zboshimcha egallab olingan yer uchastkalari tomonlar o‘rtasida bo‘linishiga va dalolatnomada ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

SAVOL: Kadastr hujjatiga ega, chegara chiziqlari aniq bo'lgan tomorqa yeriga qurilish materiallari orqali chegaradan chiqmagan holda devor qilishim uchun nimalar talab etiladi?

JAVOB: “Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining 26-bandiga asosan tomorqa uchastkalari bo‘lgan shaxsiy qurilish tumanlari qurilishlarida quyidagi talablar qondirilishi lozim:
- Har qanday bino qurilishi qo‘shni uchastka egalari bilan kelishilishi;
- turar joy uyi va xo‘jalik binolarining qo‘shni uchastkalardan ko‘rinish panaligi ta’minlanishi;
- o‘z hududidan muhandislik tarmoqlarini kiritish;
- piyoda-transport va muhandislik aloqalari, shuningdek umumiy foydalanish ko‘kalamzorlarining saqlanishini ta’minlash;
- qo‘shnining turar-joy uyiga quyosh tushishi normalarini ta’minlash.

************

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DXMdagi xizmatlarimiz

Davlat kadastrlari palatasining bir qancha xizmatlari aynan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

◾️Mazkur ma’lumotlar jamlanmasida siz kadastr pasportingiz yo‘qolganda uni tiklash uchun qanday yo‘l tutishingiz lozimligi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy matbuot xizmatlari reytingi


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassislari kadastr tizimi hayoti bilan bog'liq eng dolzarb va muhim yangiliklar, faoliyatiga doir yangiliklarni yoritib borishda davom etmoqda.

📊 Davlat kadastrlari palatasi asosiy yo'nalishlariga doir statistik ma'lumotlarni yoritishdan tashqari matbuot xizmati faoliyatiga ham e'tibor qaratdi. Mazkur reyting uch yo‘nalish bo‘yicha matbuot xizmati faoliyati tahlili natijasidir, ya’ni:

◾️ Eng ko‘p matbuot tadbirlari o‘tkazilgan hudud;
◾️ Tashqi OAVlarda tashkilot faoliyatini eng ko‘p yoritgan hudud;
◾️ Ijtimoiy tarmoqlarda mazmunli materiallar eng ko‘p joylagan hudud.

Uning ko'rsatkichlari natijasi ushbu fotoinfografikada👆

Yuqorida qayd etilgan yutuqlar qatorida Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi kadastr rasmiy ijtimoiy tarmoqlari 2 tilda barobar yuritilishini ham e'tirof etish lozim.

🆙Shu o'rinda, yuqorida ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha eng quyi natija ko'rsatgan hududlar Xorazm, Navoiy hamda Buxoro viloyatlaridir.

👔DKP reytingi kadastr faoliyatining boshqa barcha yo'nalishlarida ham olib borilayotganini hamda yil yakuniga ko'ra natijalar tahlil etilishini, g'oliblar mukofotlanishini ma'lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #matbuot_xizmati #dkp_reytingi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilimli va tajribali kadrlar - soha rivoji garovi


🌐 Zamon shiddat bilan o'tib borayotgan bir paytda, har bir sohaga joriy etilayotgan yangiliklarni doimo o'zlashtirib borish davr talabiga aylanmoqda. Ayniqsa, kadastr tizimi kundan-kunga raqamlashib, soha bo'yicha ko'nikmalar kun sayin yangilanib bormoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda doimiy malaka oshirib borishlari haqida xabar bergan edik.

🗓 Joriy yilning 6 oyi davomida bilimlarini mustahkamlagan xodimlar, malaka oshirish kurslari jarayonidan lavhalarni batafsil mazkur videoda ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda jismoniy shaxslar egaligidagi umumiy ko'chmas mulklar soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2024-yilning 6 oyi davomida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 060 211 tani tashkil etadi.

📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdorlar doimgidek Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda.

👆 Hududlar kesimidagi batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎😎😎😎😎

Kadastr atamalari


➡️ berk ko‘cha — boshqa yo‘llarga o‘zaro o‘tib bo‘lmaydigan, tarkibida shu va shunga o‘xshash boshqa ko‘chalar mavjud bo‘lmagan, ko‘cha oxiri obyekt bilan to‘silgan ko‘cha shunday ataladi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM