SURXONDARYO KADASTR
1.36K subscribers
16.9K photos
2.06K videos
20 files
10.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#Savol_Javob

Savol: Qurilishi tugallanmagan obyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkinmi?

Javob: Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin.

▪️Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Doimiy yashashga mo‘ljallanmagan yangi qurilgan, ko‘p qavatli, qurilishi tugallanmagan binoni turar joy qilib davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkinmi?

✍️ JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 535 hamda 1060-son qarorlariga ko‘ra, qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi. Shuningdek, qurilishi tugallanmagan turar joy binoga kadastr pasporti tayyorlash mumkinligi belgilangan.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #huquq
Savol:
- Tuman hokimi qaroriga asosan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 1 gektar yer maydonini 25 yil muddatga ijara huquqi asosida olganman. Shu yerimni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob:

- "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, yer uchastkalarini xususiylashtirish ularga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish orqali amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish:https://t.me/surxonkadastr
#Kadastr_agentligi #hudud_intervyu

🌍 YERNI ASRAGANNI- EL ASRAYDI.

🌟 Kadastr xizmatlarini ko'rsatish, yer va kadastr nazorat ishlarini olib borish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va shunga o'xshash bir qancha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i O'razbaev Ruslan Xajibaevich javob beradi.

➡️ Hurmatli fuqarolar loyihamizning navbatdagi mehmoni 🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i bo'ladi. Sizda Kadastr sohasiga oid savollaringiz bormi unda 📱Telegram messenjeri orqali @Kadastrga_murojaat akauntiga yuborishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #hudud_intervyu

🌍 YERNI ASRAGANNI- EL ASRAYDI.

🌟 Kadastr xizmatlarini ko'rsatish, yer va kadastr nazorat ishlarini olib borish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va shunga o'xshash bir qancha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i-Habibov Yashin Xayrullayevich javob berdi.

➡️ Hurmatli fuqarolar loyihamizning navbatdagi mehmoni 🌟Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i bo'ladi. Sizda Kadastr sohasiga oid savollaringiz bormi unda 📱Telegram messenjeri orqali @Kadastrga_murojaat akauntiga yuborishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #hudud_intervyu

🌍 YERNI ASRAGANNI- EL ASRAYDI.

🌟 Kadastr xizmatlarini ko'rsatish, yer va kadastr nazorat ishlarini olib borish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va shunga o'xshash bir qancha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i-Nishonov Doniyor Baxtiyorovich hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig'i- Tuxtayev Otabek Uzokovichlar javob berdi. ▶️

➡️ Hurmatli fuqarolar loyihamizning navbatdagi mehmoni 🌟Kadastr agentligining 💫Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i bo'ladi. Sizda Kadastr sohasiga oid savollaringiz bormi unda 📱 Telegram messenjeri orqali @Kadastrga_murojaat akauntiga yuborishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #hudud_intervyu

🌍 YERNI ASRAGANNI- EL ASRAYDI.

🌟 Kadastr xizmatlarini ko'rsatish, yer va kadastr nazorat ishlarini olib borish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va shunga o'xshash bir qancha savollarga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i-Usmonov Jasur Ziyodullayevich javob berdi. ▶️

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Kadastr qilingan uyimizni buzib yangi uy qurdik. Ushbu uyni qurishda qurilish bo'limidan ruxsat olmaganmiz, loyiha ham chizdirmaganmiz. Endi yangi qurgan uyimni qanday kadastr qildiraman?

✍️ JAVOB: Murojaat bo'yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qаrоrida "Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rеkоnstruksiуа qilishga ruхsаtnоmа bеrish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning mа’muriу rеglаmеnti" gа muvofiq amalga oshirilishi belgilanganligi sababli Davlat xizmatlari markaziga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilishigiz maqsadga muvofiq.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Menga tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tgan yer uchastkasida qo'shimcha yer bor. Shu qo‘shimcha yerni auksion savdosiga qo'ysa bo'ladimi?

✍️ JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi 14.02.2022 yildagi 71-son qaroriga muvofiq, fuqarolar tomonidan egalik huquqi mavjud bo‘lgan yoki umumiy foydalanishdagi bo‘lgan yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarish mumkin emas. Qonunchilikka ko‘ra, faqat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda auksion savdolariga taqdim qilish mumkin.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

✏️Savol: Qanday hollarda yer uchastkalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi. ?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021-yildagi 6243-sonli farmonining 3-bandiga asosan.

🔵 qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalariga — Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan;

🔵agrosanoat klasterlariga — yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag‘i depozitga qo‘yilganda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;

🔵 eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun — loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag‘ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;

🔵 chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq to‘lagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #murojaatlar #foydali

📩 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kechiktirilgan bo‘lsa ya’ni o‘z vaqtida murojaat qilinmagan bo‘lsa, mulk egasi kadastr idoralari tomonidan jarimaga tortiladimi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoniga asosan 👍Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarma, tuman (shahar) boʻlimi inspektorlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik holati boʻyicha jarima qoʻllash vakolati berilgan.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 68-prim 1-moddasiga asosan jarima miqdori fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravarini tashkil etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan bo'sh yer uchastkasini boshqa odamdan sotib olib, o'zimning nomimga o'tkazsam bo'ladimi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi 71-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan, yer uchastkalarini xususiylashtirish «Yerxususiylashtirish» AAT orqali amalga oshiriladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan mulk huquqi berilganligi yuzasidan Davlat orderi taqdim etilib, davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan so'ng, yer uchastkasini notarial tartibda oldi-sotdi qilsa bo'ladi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️ SAVOL: Ba'zi bir fermerlarga tegishli lekin ular ancha yillardan beri foydalanmayotgan yerlar bor bo'lsa, bu yerlarni ulardan boshqa jismoniy shaxs qonuniy tarzda olib qo'yishi mumkinmi?

✍️ JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi 10-bandiga ko'ra, qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkasida 1yil mobaynida foydalanilmaganda yer uchastkasiga bo'lgan huquq bekor qilinishi belgilangan.

◼️Bunday hollarda, belgilangan tartibda ushbu yer uchastkalari davlat zaxira yerlari fondiga qaytarib olinadi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 709-son qaror talablariga ko'ra, qayta ochiq elektron tanlovga chiqariladi.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM