SURXONDARYO KADASTR
1.36K subscribers
16.9K photos
2.06K videos
20 files
10.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun asoslar

🏠Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🫥 yer uchastkasining chegarasi o‘zgarganligi (chiziqlarning uzunligi, yer uchastkasining burilish nuqtalari soni yoki uning chegarasining burilish burchaklari o‘zgarganligi, bunda kadastr raqami va yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarmaydi);

🫥 binoning, inshootning yuqori qavati, uyga tutash qism, alohida joy qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🫥binoning, inshootning qayta qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;

🫥 binoning, inshootning, qurilishi tugallanmagan obyektning bir qismi buzilganligi (vayron bo‘lganligi) yoki yo‘q qilinganligi;

🫥 ko‘chmas mulkning mo‘ljallangan maqsadi o‘zgarganligi;

🫥 qurilishi tugallanmagan obyektning qurilishi tugallanganligi va foydalanishga topshirilganligi.

🫥 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildiga va kadastr pasportiga o‘zgartishlar kiritish qonunchilikka muvofiq boshqa asoslarda ham amalga oshirilishi mumkin.

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq turi yoki huquq egasi o‘zgarganda kadastr pasporti o‘zgartirilmaydi. Ko‘chmas mulkning bir qismi boshqa shaxsga o‘tkazilganda yoki unga o‘zgartishlar kiritilganda (rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha imorat qurish va (yoki) alohida imorat qurish), ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi shakllantirilganidan va kadastr pasporti berilganidan keyin amalga oshiriladi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot
xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #kadastr_xizmati #bilasizmi
💰Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiydir.

⚖️Qonunchilikka muvofiq ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

💫Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot
xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish shakllari

🏠Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

xususiylashtirish subyektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish;

yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Huquqiy asos: 🌏O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.11.2021 yildagi O‘RQ-728-son

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot
xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️ KADASTRDA YANGI XIZMAT !

⭐️ Kadastr sohasiga doir yana bir yangi xizmat, “Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

🖥 Bu esa fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi

✔️Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish shakllari

🏠Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

xususiylashtirish subyektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish;

yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Huquqiy asos: 🌏O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.11.2021 yildagi O‘RQ-728-son

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot
xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati
⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari quyidagicha

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

💠Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

💠Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 3 910 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot
xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #taqiq #kadastr_xizmati

⚡️Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

➡️binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

➡️binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

➡️binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

➡️tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

☝️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirish shakllari

🏠Yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

xususiylashtirish subyektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olish;

yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

Huquqiy asos: 🌏O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.11.2021 yildagi O‘RQ-728-son

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot
xizmati.
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Qanday hollarda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtriladi ?

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.