SURXONDARYO KADASTR
1.52K subscribers
18.1K photos
2.2K videos
22 files
10.9K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🔷Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 709-son qarori bo'yicha elektron ochiq tanlovda ishtirok etish tartibi quyidagicha👆

#DavKadastrPalata #qaror #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️“E-auksion” platformasida savdolar o‘tkazishning yagona tartibi joriy etildi▫️

🔲 Endilikda savdoda qatnashish uchun arizalar savdo o‘tkaziladigan kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi hamda savdolar soat 10:00 da boshlanadi (avval xabarnomada ariza berish muddati va savdo vaqti e’lon qilingan lotlar bundan mustasno, xabarnomada e’lon qilingan vaqtda).

🔲 Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi "Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 18-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror va qaror bilan tasdiqlangan Nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #auksion #qaror

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▪️Dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga berish tartibi▪️

🟩 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021-yildagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 709-sonli qarori bo'yicha ma'lumot!

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos #qaror

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Kadastr #Qaror

🇺🇿Bugun “YER UCHASTKALARINI DAVLAT VA JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN DOIMIY FOYDALANISHGA AJRATISHNING MA’MURIY REGLAMENTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi VM-543-sonli qarorining mazmun-mohiyati bilan Davlat kadastrlarini yuritishda hududlar bilan ishlash boshqarmasi boshqarma boshlig'i o'rinbosari Qobil Babajanov agentlik xodimlarini tanishtirdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#qaror #bilasizmi

⚡️DAVLAT KADASTRLARI PALATASI FUNKSIYALARI KENGAYTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 19.01.2022 y. 35-son qaroriga muvofiq, tashkilot quyidagi funksiyalarga ega bo‘lmoqda:

▪️yer uchastkalarining Kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini taʼminlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

▪️yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha Milliy hisobotni Milliy geoaxborot tizimida yuritish;

▪️yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etish;

▪️yer hisobotini, tuman yer kadastri daftarini faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritish;

▪️har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.
#qaror #vmq_709 #kadastr

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabr kunidagi "QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TARTIBIGA DOIR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA"gi 709-son qarori Infografikada.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Yerlarni xususiylashtirishdagi masalalar▫️

Bugun, «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 71-son qarori bo‘yicha tizimda qilinayotgan ishlar tahlil qilindi.

Yiig‘ilishda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari qatnashib, bu yo‘nalishdagi belgilangan vazifalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.

#DavKadastrPalata #xususiylashtirish #qaror

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

💠Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 709-son qarori bo'yicha Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi quyidagicha👆

#DavKadastrPalata #qaror #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#qaror

🗓️2022-yil 30-noyabrda Vazirlar Mahkamasining 685-son qarori qabul qilindi.

Qaror bilan:

💬Amalda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish bosqichlari qisqartirilib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha sarflangan vaqt endilikda 16 va 22 ish kunigacha qisqartirildi;

💬Yerlarni hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda, master-reja asosida auksionga chiqarish orqali jarayonlarni tezlashtirish ko‘zda tutildi;

💬Yerlarni bosh rejada nazarda tutilgan lotlarga muvofiq, sodda tartibda tadbirkorlarga berish amaliyoti joriy etildi.

📑Aholi o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi yillik yer solig‘ining 20 baravari miqdorida edi.

Endilikda bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilandi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424


🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM