SURXONDARYO KADASTR
1.48K subscribers
17.8K photos
2.16K videos
20 files
10.7K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
#jamiyat
O'zbekistonda 14−15 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Adliya vazirligining habar berishicha Navro‘z umumxalq bayrami arafiasida mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida hukumat farmoyishi qabul qilingan.
Xabarda «Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablag‘lari O‘zbekiston „Mahalla“ xayriya jamoat fondining bankdagi hisobvaraqlariga o‘z tashabbuslariga ko‘ra o‘tkazilishi tavsiya etildi» - deyiladi.
Xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga, yolg‘iz qariyalarga, pensionerlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.