Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
805 subscribers
16.7K photos
1.53K videos
63 files
5.78K links
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Download Telegram
Davlatimiz rahbarining joriy yil 29-mart kuni o‘tkazilgan “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, respublika hududlarida atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish sohasini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish barobarida hududlarda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va boshqarish bo‘yicha “Andijon” tajribasini keng yoritish va amaliyotga tatbiq etishga ahamiyat qaratilmoqda.

Surxondaryo  viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tegishli buyrug’i  bilan Surxondaryo viloyatini ekologik  toza hududga aylantirish bo’yicha ishlab chiqilgan dasturga muvofiq respublika ishchi guruhi o'z ishini boshladi.

O'rganishlar jarayonida bir qator viloyat mutasaddi tashkilorlar mas'ullari ishtirokida hududda chiqindilarni boshqarish sohasi, bu borasida aholiga sifatli xizmat ko’rsatish, poligonlarda chiqindilarni tartibli ravishda utilizatsiya qilish, ularni qayta ishlashni kengaytirish va mavjud investitsiya dasturi majburiyatlari bajarilishi yuzasidan qilingan va kelgusida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar muhokama qilindi..

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
JARQO‘RGʻON TUMANIDA «BUTUNJAXON KO‘CHMANCHI QUSHLAR» KUNIGA BAGʻISHLANGAN TADBIR O‘TKAZILDI...

Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 28-umumta’lim maktabida tuman ekologiya bo‘limining mas’ul xodimlari va 28-maktab o‘qituvchilari hamkorligida maktab o‘quvchilari bilan 2024-yil 13-may Respublikamizda "Butunjaxon ko‘chmanchi qushlar" kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar olishdi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Surxondaryo viloyati ekologiya boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Boysun davlat o’rmon xo’jaligida korrupsiyaga qarshi kurashish, o’rmon xo’jaligida korrupsion holatlarni keskin kamaytirish mavzusida yig’ilish o’tkazildi.

Unda Boysun davlat o’rmon xo’jaligi bo’lim boshliqlari, bosh o’rmonchilar ishtirok etishdi.

Yig’ilishda viloyat Ekologiya boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish boshlig’I Alisher Meyliqulov korrupsiyaning kelib chiqishi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy zararlari, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari va mexanizmlari to‘g‘risida batafsil tushuntirib o‘tdi.
Yakunda mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bilan almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida ochiq eshiklar kuni o’tkazildi

Termiz pedagogika institutining kimyo fakulteti talabalari viloyat Ekologiya boshqarmasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Talabalar asosan boshqarmaning latrof-muhit monitoring va cho’llanishga qarshi kurashish bo’limida bo’lishdi.

Talabalarga ekologiya boshqarmasi tomonidan olib boriladigan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bundan tashqari laboratoriya kuzatuvlari, atmosfera havosidan, oqova suvlardan tahlil olish jarayonlari bilan tanishtirildi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko