Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
811 subscribers
16.9K photos
1.56K videos
59 files
5.86K links
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Download Telegram
Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasida "Kitob bilan bir kun" aksiyasi oʻtkazildi. Aksiya doirasida ishchi-xodimlar ma'naviyat xonasida, tabiat qoʻynida va sokin joylarda kitob mutoalasi bilan band boʻldilar.

Badiiy va she'riy kitoblar mutoalasidan bahramand boʻlganlar oʻzlari uchun ma'naviy ozuqa, ma'naviy hordiq va bir olam quvonchga ega boʻldilar.

"Kitob bilan bir kun" aksiyasini oilangiz davrasida ham har kuni davom ettirishingiz mumkin.

Bizdan uzoqlashmang!!

https://t.me/surxoneko/22976
#daraxt #murojaat #ekologiya
Aholi diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida” Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi 46-son Farmoni asosida ekologik barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan kechiktirib boʻlmas choralarni koʻrish belgilab berilgan.

Hozirgi kunda Respublika bo‘ylab kuchli shamol kabi gidrometerologik favqulodda vaziyatlarning tabiatga va jamiyatga salbiy taʼsiri ortib bormoqda. Bu holat tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari ta'sirida zararlangan, qurib qolgan, shuningdek, insoniyat hayoti va sog‘lig‘i, mol-mulkiga tahdid solayotgan daraxtlar bilan alohida ishlashni taqozo etadi.

Shu bois yurtimizda aholining qulay tabiiy muhitga ega boʻlishini taʼminlash, zarur shart-sharoitlarni yaratish va yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olish va bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Sizlardan:

— daraxtlarning ildiz tizimlari beton va asfalt qoplamalar bilan qoplanganligi, ularga turli yoritkich moslamalari, reklama bannerlari va shitlar ilinganligi;
— daraxtlarning tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari taʼsirida zararlanganligi, chirigan va qurib qolganligi hamda avariya holatiga kelganligi;
— daraxtlarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar

kabi holatlarga Surxondaryo viloyati miqyosida guvoh bo‘lsangiz, @ecogovuz_bot telegram boti, 76 221 43 06 .raqamlari hamda 76 221 44 79 va 1157 qisqa raqamlari orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Unutmang! Hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi. Daraxtlarni muhofaza qilishda sizning ishtirokingiz biz uchun muhim! Zero tabiatni asrash barchamizning burchimizdir.

Telegram bot orqali murojaat yo‘llash tartibi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari!

Agarda siz ekologiya sohasidagi korrupsiоn holatlarga guvoh boʼlsangiz, ekologiya xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo'yib pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Alisher Meyliqulovga murojaat qilishingiz so'raladi.

📞📲 tel: +998996777609

МUROJAATLAR TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Yuqori Toʻpalang milliy tabiat bogʻi hududida bahorgi hayvonot dunyosi sanog'i o'tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda o’rmonlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasida o’tkazilgan yig’ilish O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi "Yashil hudud va o'rmonlarni rivojlantirish departamenti" boshlig'i Olimjon Hakimov boshchiligida bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda loyiha doirasida ekilgan ko’chatlarni parvarish qilib, unib ketishini ta’minlash, bunda javobgarlikni kuchaytirish, o’rmonlarda kuzgi ko’chat ekish mavsumida ko’chat zaxirasini yanada ko’paytirish, o’rmon xo’jaliklarida o’rmon bilan qoplangan hududlar miqdorini oshirish borasida ishlarni jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz Hayvonot bog’idagi mavjud noyob hayvonlarning electron pasporti tizimi tashkil etilayapti.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ekologiya 24 |Termiz Hayvonot bog’idagi mavjud noyob hayvonlarning electron pasporti tizimi tashkil etilayapti.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko