Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
805 subscribers
16.7K photos
1.53K videos
63 files
5.78K links
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Download Telegram
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining aprel oyida amalga oshirgan ishlari, raqamlarda

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
“Yuqori To’palang” milliy tabiat bog’i olimlar nigohida

Joriy yilning 4-5-may kunlari Termiz Davlat universiteti, Samarqand Davlat universiteti, Guliston Davlat universiteti professor oʻqituvchilari hamda Zoologiya instituti bilan birgalikda "Yuqori To'palang" milliy tabiat bogʻi hududidagi malyuskalar, hasharotlar hamda yovvoyi hayvonlar dunyosini oʻrganish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.

Tadqiqot ishlarida milliy tabiat bog’ining ilmiy xodimlari professor o’qituvchilarga hamrohlik qilishdi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
“Surxon” qo’riqxonasiga noqonuniy kirganlarga chora ko’rildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo’riqxonasida huquqbuzarlik holati aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida fuqarolar - Termiz tumani “Gulbahor” mahallasida yashovchi fuqaro E.A. va Qiziriq tumani “Mehnatobod” mahallasida yashovchi fuqaro B.B. qo’riqxona hududiga noqonuniy kirganligi ma’lum bo’ldi.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 82-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Har bir fuqaro BHMning 10 baravari - 3 million 400 ming so’m miqdorida jarimaga tortildi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bobotog'" milliy tabiat bog'ida o'rnatilgan fotoqopqonlar obyektiviga ozuqa izlab yurgan tulki muhrlandi

Tulkilar  (Turkiston tulkisi) chuqurlarda in quradi. Tulkilar mart oyining ohiri aprel oylarining boshlarida, 3-7 tagacha bolalaydi.

Tulki bolalari tug’ilganidan  bir oy o’tgach yer yuzasiga chiqadi, kuz oylariga borib, mustaqil hayot kechira boshlaydi.

Ushbu jonivor  asosan  kemiruvchilar, quyonlar, qushlar va uning tuxumlari  hamda  turli xil mevalar bilan oziqlanadi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Denov tumanidagi tadbirkorlik subyekti kolodesidan badbo’y hid shu yerdan oqib o’tuvchi anhorga oqayotganligi bo’yicha e’lon qilingan xabar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O’rganish jarayonida ushbu tadbirkorlik subyekti Denov tumani “Elobod” mahallasida joylashgan “Denov Yog’-Moy Klaster” MChJning oqova suv kanalizatsiyasi betartib bo’lib, qishloq hududidan oqib o’tuvchi ariqqa qo’yilayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Denov tuman Ekologiya bo’limi tomonidan o’rganish ishlari bo‘yicha korxonaga nisbatan javobgarlik masalasi bo‘yicha tegishli harakatlar olib borilmoqda. Ko‘rilgan ta'sir choralari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga ulanish :https://t.me/surxoneko