SURXONDA BUGUN |СУРХОНДА БУГУН
106 subscribers
468 photos
146 videos
2 files
168 links
SURXONDARYO VILOYATI YANGILIKLARI KANALIGA XUSH KELIBSIZ!!!!
Murojaat uchun: @Uzbekistan_0002



Surxondaryodagi voqea va hodisalarga guvoh boʻlsangiz foto va videolarni yuboring,biz yoritib boramiz!!!!!
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev 19-22-may kunlari Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashriflar bilan boradi

Davlatimiz rahbari 21-may kuni 🇭🇺Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Prezident 22-may kuni Lyublyana shahrida 🇸🇮Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan uchrashadi, ushbu mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi, qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.
@Surxondabugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maqsadingni katta qo‘y!

Kichik niyat — kichik natija beradi. Shuning uchun orzularing falakdek yuksak bo‘lsin!

Maqsading tog‘ bo‘lsa, toshlar yo‘lingda bo‘ladi — lekin har bir tosh seni kuchliroq qiladi.

Balandlikdan emas, pastlikdan qo‘rq — chunki pastga tushish uchun harakat kerak emas.

Odamlar ishonmasa — o‘zingga ishon! Chunki yuksaklikka faqat o‘ziga ishonganlar yetadi.

Orzularing seni uyg‘otsin, maqsading esa kuningni ma’no bilan to‘ldirsin.

Katta maqsad — katta insonni yaratadi. Shunchaki tirik bo‘lma, iz qoldir!

@surxondabugun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 18-may haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro muzeylar kuni.
Butunjahon OITSga qarshi emlash kuni.
Madaniyat erkinligi kuni.
Astronomiya kuni.
Global foydalanish imkoniyatidan xabardorlik kuni‌‌.

#muhim_voqealar
1888 – AQSh da birinchi grammafon plastinkasi namoyish qilindi.
1992 – Turkmaniston konstitutsiyasi qabul qilindi.
1993 – “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy avikompaniyasi navbatdagi “Bankok-Toshkent” yangi xalqaro marshrutini ochdi.

#tavalludlar
1048 – Umar Xayyom – Sharq mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, matematik va faylasuf.
1901 – Vinsent dyu Vin’o – amerikalik bioximik, Nobel mukofoti sohibi.
1912 – Richard Bruks – amerikalik kinorejissyor, “Oskar” mukofoti sohibi.
1957 – Mishel Kretu – rumin musiqachisi, “Enigma” loyihasi yetakchisi.
2002 – Alina Zagitova – rossiyalik figurali uchuvchi, jahon, Yevropa va Olimpiya o‘yinlari chempioni.
@surxondabugun
MUNOSABAT

Boshlanayotgan haftada yurtimiz maktablarida  so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir oʻtkazilishi taqiqlangani, cheklovlar oʻrnatilgani haqida turli notoʻgʻri xabarlar tarqalmoqda.

Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.

So‘nggi qo‘ng‘iroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. Bir tomondan, ko‘p yillik qadrdon sinfdoshlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlashish oson emas. Ikkinchi tomondan, mustaqil hayotga qadam qo‘yish zavqi, yangi marralar chorlovi, talabalik sururi. Bu endi chinakam bayram!

Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi.

Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz!
@surxondabugun
“Pulhokim ko‘prigi”

@Surxondabugun
💥Bugun 19 may Xalqaro shifokorlar kuni. Barcha shifokorlarni tabriklaymiz

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hamisha immunitetingiz yuqori,
ATFingiz ko‘p, gemoglobiningiz baland, qon bosimingiz 80 ga 120, ko‘zlaringiz lochindek o‘tkir, o‘pkangiz gipoksiyadan, jigaringiz gepatitdan, oshqozoningiz gastritdan uzoq, oyligingiz nerv hujayralaridek ko‘p, hayotingizda qo‘zg‘alish tormozlanishdan ustun bo‘lsin!

Sog‘lik salomatlik,oilaviy hotirjamlik hamisha xamrohingiz bo‘lsin!
@surxondabugun
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Pulhokim ko‘prigi”

@Surxondabugun
Siddiqova Sadoqat G‘afforovna Buxoro davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori edi.

To‘rayev Rasul Nortojiyevich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar Termiz davlat universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori edi.


@Surxondabugun
Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, shaharni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. To‘rayev O‘ktam Ismoilovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Termiz shahri hokimi lavozimidan ozod qilindi. Viloyat rahbari taklif etgan nomzod – Lolayev Sharofiddin Usanovich deputatlar tomonidan Termiz shahri hokimi etib tasdiqladi.

Sharofiddin Lolayev 1987-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Termiz davlat universitetini bakalavr, 2021-yilda magistr darajasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, bosh inspektori, birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahar hokimining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Sessiyada viloyat rahbari yangi hokimga Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish yuzasidan vazifalarni yukladi hamda yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
⚡️Rivojlanish uchun foydali manbalar

1. Ibrat farzandlari — xorijiy tillarni bepul o‘rganish;

2. Mutolaa — kitoblarni audio va elektron formatda o‘qish;

3. Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish;

4. Top100 Uni — dunyoning TOP universitetlariga tayyorlash;

5. Yosh kitobxon — bilimdonlar uchun kitobxonlik tanlovi;

6. UzChess — shaxmatni tez va oson o‘rganish;

7. Ibrate Debate — ingliz tilida debat sessiyalari;

8. Qizlar akademiyasi — xotin-qizlar uchun bepul ta’lim platformasi;

9. Qizlar ovozi — faol qizlarning tashabbuslari;

10. President Tech Award — eng yaxshi startaplar tanlovdan biri;

11. Digital Generation — dasturlashni o‘rganing va dunyoni o‘zgartiring;

12. PhD sari qadam xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;

13. WikiStipendiya — jahon internet tarmog‘idagi o‘zbekcha ma’lumotlar;

14. 1000Kitob — eng sara adabiyotlarning o‘zbekcha tarjimasi;

15. iQtidorly — STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash;

16. Yoshlar ovozi — yoshlar hayotiga bag‘ishlangan gazeta;

17. Bek va Lola — bolajonlar uchun animatsion multserial;

18. Beruniy sarguzashtlari — buyuk ajdodlarimiz tarixi;

19. Yashil makon — ekologiyaga bag‘ishlangan milliy multfilm;

20. Yoshlar ovozi Bo‘zatov — iste’dodlarni kashf etuvchi musiqiy tanlov;

21. Khan Academy Uzbek — bepul onlayn videodarsliklar;

22. Xalqaro imtihon kompensatsiyasi — Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish

23. Work and Travel — talabalar uchun xorijda ishlash va sayohat qilish;

24. Yoshtadbirkorlar.uz — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash;

25. Yoshlar Ventures — kichik biznes va startap g‘oyalarni moliyalashtirish

26. Startap Garage — startapingizni barqaror biznesga aylantirish;

27. AloqaVentures — texnologik g‘oyalar va innovatsion kelajak sari yo‘l;

28. Kelajak kasblari — yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;

29. SeeYoUzbekistan — O‘zbekistonning siz bilgan va bilmagan manzillar;

30. Milliy karaoke — Milliy qo‘shiqlarimizni karaokeda kuylang;

31. Yoshlar Akademiyasi — ilmiy-innovatsion g‘oyalar va startaplarni rivojlantirish.

Ushbu loyihalarning qaysi birida ishtirok etgansiz? Yoshlar uchun manfaatli yana qanday loyihalarni bilasiz? Izohlarda fikringizni qoldiring!

@Surxondabugun
Prezident tabriki!
Qadrli farzandlarim!

Avvalo, siz, azizlarni hayotingizdagi bugungi unutilmas quvonchli voqea – maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, yetuklik shahodatnomasini qabul qilib olayotganingiz va mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu shukuhli ayyomda mamlakatimizdagi 10 mingdan ziyod maktabda mehribon ustozlar, hurmatli ota-onalar ishtirokida “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar jaranglab, 450 ming nafardan ortiq bitiruvchi yoshlarimiz sha’niga ezgu tilaklar bildirilmoqda.
Barchamiz bu fikrlarga chin dildan qo‘shilgan holda, katta orzu-umidlar bilan kelajak rejalarini tuzayotgan o‘g‘il-qizlarimizga ularni amalga oshirishda ulkan kuch-g‘ayrat, omad va zafarlar tilaymiz.
Ayniqsa, maktabni oltin medal bilan bitirayotgan 11 ming 500 nafardan ziyod farzandlarimizga, 2 mingdan ortiq kumush medal sohiblariga o‘qish va izlanishda, jamoat ishlarida o‘z tengdoshlariga doimo o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotganlari uchun alohida tabrik va tilaklarimizni izhor etamiz.
Aziz bitiruvchi yoshlar!
Bugungi kunda biz o‘z oldimizga qo‘yayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirishda butun xalqimiz qatori, bilimli, hunarli, tadbirkor va vatanparvar, har tomonlama yetuk yoshlarimizga tayanamiz.
Kelajagimiz egalari bo‘lgan navqiron avlodimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta bunyodkor kuch sifatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bermoqdamiz. Jumladan, sizlarning zamonaviy ilm va kasb-hunarlar, ona tili bilan birga xorijiy tillar, IT va innovatsion texnologiyalarni, ijod va tadbirkorlik sohalarini puxta egallashingiz uchun hozirgi kunda 201 ta oliy o‘quv yurti, 598 ta texnikum, ko‘plab monomarkaz va texnoparklar, kutubxonalar, madaniyat, san’at va sport muassasalari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘quv-tarbiya ishlarining sifati va natijadorligini oshirish, bitiruvchi yoshlarimizga tanlov imkoniyatlarini kengaytirish uchun yangi-yangi tizim va dasturlar, elektron platformalar ishga tushirilmoqda.
Sizlar ana shunday beqiyos imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yoshlik faslining oltinga teng har bir daqiqasini qadrlab, kelgusida Vatanimiz mustaqilligini, el-yurtimiz manfaatlarini barcha sohalarda dadil himoya qiladigan yetuk kadrlar, ongli va olijanob insonlar bo‘lib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilasiz, deb ishonaman.
Shuni aslo unutmang, odamzot hayotda munosib o‘rin topishi, el-yurtning hurmati va e’tiboriga sazovor bo‘lishi uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlarni egallab, doimo oldinga intilib yashashi, izlanish va o‘rganishdan aslo to‘xtamasligi kerak.
Halol va mashaqqatli mehnat, ilmga, kasbga, ota-ona va oilaga sadoqat, hech shubhasiz, insonni yuksaltiradi, uning hayotini fayzli va charog‘on etadi.
Ayniqsa, sizlar kabi navqiron, azm-u shijoatli yoshlarimizga shiddatli zamondan ibrat olib, har kuni bir natijaga erishib, irodangizni sinovlarda toblab, faqat va faqat oldinga qarab borish yarashadi.
Aminman, sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, turli sohalardagi yutuqlaringiz Yangi O‘zbekistonni yanada qudratli etadigan moddiy va ma’naviy asoslarni barpo etishga beqiyos hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Sizlardek o‘z kuchiga ishongan, qat’iyatli yoshlardan qadrdon maktabingiz, aziz ustozlaringiz va ota-onalaringiz, butun xalqimiz faqat ezgu ishlar va yorqin natijalar kutadi.
Ana shunday yuksak ishonchga doimo munosib bo‘ling!
Intilish, izlanish va yangilik yaratishdan aslo charchamang!
Mustaqil hayot sari ilk qadamlaringiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!
 
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

@Surxondabugun