💥Bugun 19 may Xalqaro shifokorlar kuni. Barcha shifokorlarni tabriklaymiz
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hamisha immunitetingiz yuqori,
ATFingiz ko‘p, gemoglobiningiz baland, qon bosimingiz 80 ga 120, ko‘zlaringiz lochindek o‘tkir, o‘pkangiz gipoksiyadan, jigaringiz gepatitdan, oshqozoningiz gastritdan uzoq, oyligingiz nerv hujayralaridek ko‘p, hayotingizda qo‘zg‘alish tormozlanishdan ustun bo‘lsin!
Sog‘lik salomatlik,oilaviy hotirjamlik hamisha xamrohingiz bo‘lsin!
@surxondabugun

➖ Siddiqova Sadoqat G‘afforovna Buxoro davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori edi.
➖ To‘rayev Rasul Nortojiyevich Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori etib tayinlandi.
U bunga qadar Termiz davlat universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori edi.
@Surxondabugun

Termiz shahriga yangi hokim tayinlandi
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, shaharni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. To‘rayev O‘ktam Ismoilovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Termiz shahri hokimi lavozimidan ozod qilindi. Viloyat rahbari taklif etgan nomzod – Lolayev Sharofiddin Usanovich deputatlar tomonidan Termiz shahri hokimi etib tasdiqladi.
Sharofiddin Lolayev 1987-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Termiz davlat universitetini bakalavr, 2021-yilda magistr darajasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, bosh inspektori, birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahar hokimining o‘rinbosari kabi mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
Sessiyada viloyat rahbari yangi hokimga Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish yuzasidan vazifalarni yukladi hamda yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

⚡️Rivojlanish uchun foydali manbalar
1. Ibrat farzandlari — xorijiy tillarni bepul o‘rganish;
2. Mutolaa — kitoblarni audio va elektron formatda o‘qish;
3. Ustoz AI — zamonaviy kasblarni bepul o‘rganish;
4. Top100 Uni — dunyoning TOP universitetlariga tayyorlash;
5. Yosh kitobxon — bilimdonlar uchun kitobxonlik tanlovi;
6. UzChess — shaxmatni tez va oson o‘rganish;
7. Ibrate Debate — ingliz tilida debat sessiyalari;
8. Qizlar akademiyasi — xotin-qizlar uchun bepul ta’lim platformasi;
9. Qizlar ovozi — faol qizlarning tashabbuslari;
10. President Tech Award — eng yaxshi startaplar tanlovdan biri;
11. Digital Generation — dasturlashni o‘rganing va dunyoni o‘zgartiring;
12. PhD sari qadam — xotin-qizlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
13. WikiStipendiya — jahon internet tarmog‘idagi o‘zbekcha ma’lumotlar;
14. 1000Kitob — eng sara adabiyotlarning o‘zbekcha tarjimasi;
15. iQtidorly — STEM fanlari bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash;
16. Yoshlar ovozi — yoshlar hayotiga bag‘ishlangan gazeta;
17. Bek va Lola — bolajonlar uchun animatsion multserial;
18. Beruniy sarguzashtlari — buyuk ajdodlarimiz tarixi;
19. Yashil makon — ekologiyaga bag‘ishlangan milliy multfilm;
20. Yoshlar ovozi Bo‘zatov — iste’dodlarni kashf etuvchi musiqiy tanlov;
21. Khan Academy Uzbek — bepul onlayn videodarsliklar;
22. Xalqaro imtihon kompensatsiyasi — Xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish
23. Work and Travel — talabalar uchun xorijda ishlash va sayohat qilish;
24. Yoshtadbirkorlar.uz — Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlash;
25. Yoshlar Ventures — kichik biznes va startap g‘oyalarni moliyalashtirish
26. Startap Garage — startapingizni barqaror biznesga aylantirish;
27. AloqaVentures — texnologik g‘oyalar va innovatsion kelajak sari yo‘l;
28. Kelajak kasblari — yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish;
29. SeeYoUzbekistan — O‘zbekistonning siz bilgan va bilmagan manzillar;
30. Milliy karaoke — Milliy qo‘shiqlarimizni karaokeda kuylang;
31. Yoshlar Akademiyasi — ilmiy-innovatsion g‘oyalar va startaplarni rivojlantirish.
Ushbu loyihalarning qaysi birida ishtirok etgansiz? Yoshlar uchun manfaatli yana qanday loyihalarni bilasiz? Izohlarda fikringizni qoldiring!

Telegram
Ibrat Farzandlari
Ibrat Academy bilan o’zbek va xorijiy tillarni bepul, oson va kreativ usulda o’rganing!
Yuklab oling - https://onelink.to/ibratfarzandlari
📞 Telefon raqam: +99878 555 5505

Prezident tabriki!
Qadrli farzandlarim!
Avvalo, siz, azizlarni hayotingizdagi bugungi unutilmas quvonchli voqea – maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, yetuklik shahodatnomasini qabul qilib olayotganingiz va mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy muborakbod etaman.
Ushbu shukuhli ayyomda mamlakatimizdagi 10 mingdan ziyod maktabda mehribon ustozlar, hurmatli ota-onalar ishtirokida “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar jaranglab, 450 ming nafardan ortiq bitiruvchi yoshlarimiz sha’niga ezgu tilaklar bildirilmoqda.
Barchamiz bu fikrlarga chin dildan qo‘shilgan holda, katta orzu-umidlar bilan kelajak rejalarini tuzayotgan o‘g‘il-qizlarimizga ularni amalga oshirishda ulkan kuch-g‘ayrat, omad va zafarlar tilaymiz.
Ayniqsa, maktabni oltin medal bilan bitirayotgan 11 ming 500 nafardan ziyod farzandlarimizga, 2 mingdan ortiq kumush medal sohiblariga o‘qish va izlanishda, jamoat ishlarida o‘z tengdoshlariga doimo o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotganlari uchun alohida tabrik va tilaklarimizni izhor etamiz.
Aziz bitiruvchi yoshlar!
Bugungi kunda biz o‘z oldimizga qo‘yayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirishda butun xalqimiz qatori, bilimli, hunarli, tadbirkor va vatanparvar, har tomonlama yetuk yoshlarimizga tayanamiz.
Kelajagimiz egalari bo‘lgan navqiron avlodimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta bunyodkor kuch sifatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bermoqdamiz. Jumladan, sizlarning zamonaviy ilm va kasb-hunarlar, ona tili bilan birga xorijiy tillar, IT va innovatsion texnologiyalarni, ijod va tadbirkorlik sohalarini puxta egallashingiz uchun hozirgi kunda 201 ta oliy o‘quv yurti, 598 ta texnikum, ko‘plab monomarkaz va texnoparklar, kutubxonalar, madaniyat, san’at va sport muassasalari samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘quv-tarbiya ishlarining sifati va natijadorligini oshirish, bitiruvchi yoshlarimizga tanlov imkoniyatlarini kengaytirish uchun yangi-yangi tizim va dasturlar, elektron platformalar ishga tushirilmoqda.
Sizlar ana shunday beqiyos imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yoshlik faslining oltinga teng har bir daqiqasini qadrlab, kelgusida Vatanimiz mustaqilligini, el-yurtimiz manfaatlarini barcha sohalarda dadil himoya qiladigan yetuk kadrlar, ongli va olijanob insonlar bo‘lib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilasiz, deb ishonaman.
Shuni aslo unutmang, odamzot hayotda munosib o‘rin topishi, el-yurtning hurmati va e’tiboriga sazovor bo‘lishi uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlarni egallab, doimo oldinga intilib yashashi, izlanish va o‘rganishdan aslo to‘xtamasligi kerak.
Halol va mashaqqatli mehnat, ilmga, kasbga, ota-ona va oilaga sadoqat, hech shubhasiz, insonni yuksaltiradi, uning hayotini fayzli va charog‘on etadi.
Ayniqsa, sizlar kabi navqiron, azm-u shijoatli yoshlarimizga shiddatli zamondan ibrat olib, har kuni bir natijaga erishib, irodangizni sinovlarda toblab, faqat va faqat oldinga qarab borish yarashadi.
Aminman, sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, turli sohalardagi yutuqlaringiz Yangi O‘zbekistonni yanada qudratli etadigan moddiy va ma’naviy asoslarni barpo etishga beqiyos hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Sizlardek o‘z kuchiga ishongan, qat’iyatli yoshlardan qadrdon maktabingiz, aziz ustozlaringiz va ota-onalaringiz, butun xalqimiz faqat ezgu ishlar va yorqin natijalar kutadi.
Ana shunday yuksak ishonchga doimo munosib bo‘ling!
Intilish, izlanish va yangilik yaratishdan aslo charchamang!
Mustaqil hayot sari ilk qadamlaringiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

👍1
⚡️O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun, juma kuni nishonlanadi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, Zulhijja oyining birinchi kuni bugun — 28-may, chorshanbaga to‘g‘ri keldi.
Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun, juma kuni nishonlanadi.
👉 @surxondabugun

⚡️ O'ZBEKISTON - JAHON ChEMPIONATIDA !
🌍 JCh-2026 saralash, 3-bosqich | 9-tur
🇦🇪 BAA 0:0 O'zbekiston 🇺🇿
@surxondabugun
🌍 JCh-2026 saralash, 3-bosqich | 9-tur
🇦🇪 BAA 0:0 O'zbekiston 🇺🇿
@surxondabugun
🇺🇿 Prezidentimiz futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yo‘lladi
Qadrli farzandlarim!
Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o‘yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, tom ma’noda ulkan g‘alabaga erishganingiz – Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
➡️ Tabrikni batafsil o'qing!

🕌 Али розияллоҳу анҳу ўғли Ҳасан розияллоҳу анҳуга: «Эй ўғлим, ҳақиқий ғариб бу - дўсти йўқ кишидир», дер эдилар.
Муҳаммад бин Холид ҳикоя қилади:
«Бир куни Абу Сулаймон Доронийга: «Бир одам Африкада яна бириси Самарқандда яшайди. Яна улар бир-бирларига дўст бўлишади (шу мумкинми)?», дедим.
«Ҳа, албатта, (мумкин)!», деди у.
«Қандай қилиб?» дедим мен.
Жавоб берди: «Уларнинг ҳар бирининг нияти агар дўстим билан кўришиш насиб қилса, албатта, унинг кўнглини оламан (дўстлик қиламан), деган нарса бўлади. Модомики, нияти шундай экан, албатта, у унинг дўстидир», дедилар».
🔗 Манба: islom.uz

Ҳасан Басрий айтадилар:
«Дўстларимиз бизларга оила аҳлимиздан-да маҳбуброқдирлар. Зеро, улар бизга охиратни эслатишади, оила аҳлимиз эса дунёни эслатишади».
Саид ибн Мусайяб дедилар:
«Чин дўстларни лозим тутки, уларнинг соясида яшайсан. Улар фароғатда зийнат, мусибатда эса қувватдирлар».
Абдуллоҳ ибн Масъуд розияллоҳу
анҳу дўстлари билан учрашиб қолса:
«Сизлар маҳзунлигим давосидирсиз!», дер эди.
🔗 Манба: islom.uz
@Surxondabugun
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo yoshlarini Termiz shahriga taklif etamiz!
⠀
Manzil:Termiz shahri,Termiziy ko’chasi,Mustaqillik maydoni📌
@Surxondabugun
⠀
⚡️Bu galgi Yoshlar oyligi shou-konsert dasturi Surxon vohasida davom etadi. Barcha Surxondaryo yoshlarini 17-iyun soat 19:00 da Termiz shahrida taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi gala-konsert dasturida kutamiz.
Estradamizning yorqin yulduzlari, xalqimiz sevgan xushovoz xonandalar ishtirokidagi shou-konsert dasturi barcha Surxondaryo yoshlarini xursand qilishiga ishonamiz!
Manzil:Termiz shahri,Termiziy ko’chasi,Mustaqillik maydoni📌
@Surxondabugun
Assalomu alaykum azizlar!
Hozirgi kunda ko'plab abiturentlar barcha bloklarini yozib muddatidan oldin talaba bo'layotganligi barchamizzga sir emas .
2026 - o'quv yilida o'qishga topshirishingiz kerak ammo hali ham ona tili fanidan asosiy va majburiy bloklaringiz yopilmaganmi? Offline darslarga qatnagani vaqtingiz yo'qmi?
Aziz ustozlar sizlar hali ham ustama ololmadingizmi?
Unda bu imkoniyat aynan siz uchun bizning "Milliy sertifikat intensive" kursimiz orqali A+, A, B+, B , C+, C darajagacha chiqing!!!
✅ Hammasi noldan o'rgatiladi
✅ Tilshunoslik nazariyasi
✅ Adabiyot nazariyasi
✅ O'qish savodxonligi
✅Lingvistik va badiiy tahlil
✅ Esse
✅To'g'ri g'azal tahlil qilish texnikasi
✅ Milliy sertifikatlar haqida yangi va aniq ma'lumotlar
Biz sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim qilamz
✔️ 24/7 shaxsiyda savollaringizga javoblar
✔️ Kunlik darslar ustozlar tomonidan tekshirilib boriladi va individualniy shug'ullaniladi
✔️ Har bir guruhga 15 tadan o'quvchilar qabul qilinadi
✔️ 3 oy ichida to'liq mavzular o'tilishi
✔️ Haftalik mock testlari, esselaringiz tekshirilib , ballingiz chiqarib beriladi
⚡️Joylar soni cheklangan
⚡️Darslar Telegram platformasida onlayn o'tib boriladi
⚡️ Murojaat uchun
@Fozilova_Gulchehra
+998995343907
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2❤1👍1