Suitcase Diary💼
18 subscribers
17 photos
2 videos
5 files
9 links
Bu joyda nimadir bo'lish kerak edi.
Download Telegram
🎓 SAT nima? Yevropaga yoki AQShga o‘qishga ketmoqchiga qisqacha tushuncha

SAT (Scholastic Assessment Test) — bu AQSh va ba’zi boshqa davlatlarda universitetga kirish uchun talab qilinadigan standart test. Asosan Amerika universitetlari SAT balliga qarab talaba qabul qiladi.

🧠 SAT nimalarni tekshiradi?

Imtihon 2 asosiy qismdan iborat:

✍️ Reading & Writing – matnni tushunish, grammatika, uslub, fikr tahlili.

Math – algebra, geometriya, funksiya va statistikani o‘z ichiga oladi.

📱 2024-yildan boshlab SAT faqat kompyuterda (online) topshiriladi.

📏 Ball tizimi qanday?

🟤Har bir bo‘lim: 200–800 ball
🟤Umumiy ball: maksimal 1600

📌 Misol:
⚪️1200+ – o‘rtacha yaxshi
⚪️1400+ – kuchli
⚪️1500+ – TOP universitetlar (MIT, Harvard) uchun mos

🌍 SAT qayerda kerak bo‘ladi?

🟢AQSh universitetlarida keng qo‘llaniladi
🟢Yevropaning ayrim universitetlari (masalan, Italiyaning Bocconi, Litva, Niderlandiyadagi ba’zi universitetlar) ham SATni qabul qiladi.

🎯 Kimlar uchun foydali?

🟢AQShda grant asosida o‘qishni rejalashtirayotganlar
🟢Yevropada SAT talab qiladigan universitetni tanlaganlar
🟢IELTS/TOEFL dan tashqari kuchli portfolioga ega bo‘lishni xohlovchilar

💼@suitcase_diary
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇺 A va C tipi viza – farqi nimada?
Ko‘pchilik Yevropaga borishda qaysi vizani tanlashni bilmaydi. Keling, sodda tushuntiraman:

🔹 A tipi viza – aeroport tranzit vizasi
✈️ Faqat Yevropa aeroportida samolyot almashtirish uchun.
🚫 Chegaradan o‘tolmaysiz, shaharga chiqa olmaysiz.
🕐 24 soat ichida boshqa reysga o‘tib ketishingiz kerak.
👤 Masalan: Dubaydan Parij orqali Kanadaga ketayotganlar.

Kimga kerak?
– Yevropa orqali boshqa davlatga uchayotganlarga.
– Tranzit hududida qoluvchilarga.

🔹 C tipi viza – Schengen qisqa muddatli viza
🕒 90 kungacha Yevropada qolish huquqi.
🏖 Turizm, do‘st/oilani ziyorat, biznes, tadbirlar uchun.

📍 C vizasi bilan 27 ta Schengen davlatida erkin harakat qila olasiz.

Kimga kerak?
– Yevropada qisqa muddat yashamoqchi bo‘lganlar.
– Sayohat qilmoqchi bo‘lganlar.
– O‘qish yoki ishlash emas, faqat vaqtincha boruvchilar.

Yana qanday ma'lumot qiziq izohlarda yozib qoldiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
🎓 Amerika universitetlaroga o‘zim mustaqil topshirmoqchiman. Nima qilishim kerak?

Ajoyib! Mustaqil harakat qilish — bu jasorat. Ammo ishni chalkashtirib yubormaslik uchun quyidagi aniq qadamlar bo‘yicha harakat qilishingiz kerak.

Keling, step-by-step ko‘rib chiqamiz:

1. Maqsadingizni aniqlang

— Qaysi yo‘nalishda o‘qimoqchisiz?
— Bakalavrmi, magistratura yoki boshqa darajadami?
— Qaysi mamlakat (AQSH, Kanada, Yevropa)?

2. Universitetlarni tanlang:

— 10–15 ta universitet tanlang (shu jumladan “safety”, “match” va “reach” universitetlar).
— Har birining grant siyosati, deadline’lari va talablarini solishtiring.

3. Hujjatlaringizni tayyorlang:

— IELTS / TOEFL
— SAT (agar kerak bo‘lsa)
— Transkript va baholar
— Recommendation letters
— Motivatsion xat (Statement of Purpose)
— CV/Resume

4. Essay va motivatsion xat yozing

Bu eng muhim bosqich! Sizni tanishtiradigan yagona hujjat — bu xat. Shunchaki “Men yaxshi o‘qiyman” demasdan, shaxsiy tarixingiz, qiziqishlaringiz va nimaga bu universitet aynan siz uchun kerakligini aniq yozing.

5. Universitet saytlaridan akkaunt oching va ariza topshiring

Ko‘pchilik CommonApp yoki Coalition orqali topshiradi. Boshqalar esa o‘z saytlarida ariza qabul qiladi.

6. Application fee to‘lang

Ayrim universitetlar bepul qabul qiladi, boshqalari esa $30–$300 oralig‘ida to‘lov talab qiladi. Fee waiver so‘rash ham mumkin.

7. Hujjatlarni yuklang, test ballarini yuboring

Transkript, IELTS/SAT ballari, tavsiyanomalar — hammasi rasmiy manbadan universitetga borishi kerak.

8. Grant uchun alohida hujjatlar tayyorlang (agar kerak bo‘lsa)

Ba’zi grantlar uchun qo‘shimcha essay, moliyaviy holat ma’lumotlari yoki CSS Profile talab qilinadi.

9. Javobni kuting va vizaga tayyorlaning

Agar qabul bo‘lsangiz — I-20 olasiz. Keyin esa DS-160, SEVIS to‘lovi, va viza intervyu bosqichlari boshlanadi.

💼@suitcase_diary
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda viza olish qiyinmi?

Keling, yaxshisi bu savolga biz emas, raqamlar javob bersin. Statistik ma'lumotlar viza olish, rad etilish darajasini ko'rsatib beradi.

🔗Manbaa: https://visagrader.com/visa-approvals-and-refusals/F1/uzbekistan-uzb

💼@suitcase_diary
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
– Ideal CV kerakmi?

Siz uchun ideal CV tayyorlab beradigan saytlar ro'yxatini o'zingizga saqlab oling!

🔗 Havola ustiga bosib, to'g'ridan-to'g'ri saytga o'tishingiz mumkin.

American.edu

Resumeranger

Resume-now

Yana-da foydali ma'lumotlar uchun kanalni kuzatishda davom eting!


💼@suitcase_diary
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ResumeTemplate.docx
12.8 KB
📁 American university tomonidan CV shablon

💼@suitcase_diary
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro valantyorlik dasturlari

🤓 Xalqaro universitetlarga topshirishda talab qilinuvchi valantyorlik faoliyatingizni yaxshilash uchun maxsus dasturlar.

1. United Nations Volunteers (UNV) - Xalqaro valantyorlik dasturlari haqida ma'lumot beruvchi sayt. Sertifikat taqdim etiladi. https://www.unv.org/

2. Peace Corps - Dasturlar haqida ma'lumotlar berib boriladi. https://www.peacecorps.gov/

3. Global Volunteers - Sertifikat taqdim etuvchi nufuzli programmalar uchun valantyorlik dasturlari. https://globalvolunteers.org/

4. VolunteerMatch - dunyo bo'ylab valantyorlik dasturlari https://www.volunteermatch.org/

5. World Wildlife Fund (WWF) - Sertifikat taqdim etuvchi dasturlar. https://www.worldwildlife.org/

📌 Qo'shimchasiga, sizga yordam beradi:
youth.europa.eu/solidarity_en
goodsurfing.org
mosvolonter.ru
volonter.ru
dobro.ru
starikam.org
unv.org
volunteerworld.com
si.edu/volunteer
catchafire.org

💼@suitcase_diary
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
DS-160 haqida nimalarni bilishingiz kerak?


Viza suhbatda "отказ" olishda asosiy sabablardan biri bu DS-160 formasini xato to'ldirishdir.

🟢 Ushbu forma Amerikaga nomigratsion maqsadda ketuvchilar uchun viza suhbatga kirish oldi siz o'zingiz va maqsadlaringiz haqida ma'lum qilishingiz bo'lgan ma'lumotlar jamlanmasidir.

🟢 Formani siz online tarzda, hech qaysi punktni e'tibordan chetda qoldirmasdan va ma'lumotlarni to'g'ri kiritishingiz lozim.

🟢 Viza suhbatga DS-160 ning to'liq to'ldirilgan shaklini emas, balki, ushbu formani to'ldirib bo'lgach, sizga taqdim etiluvchi ma'lumotnomani olib kirasiz.

🌐 DS-160 formasini to'ldirish va rasmiy ma'lumot olish uchun⬇️

https://ceac.state.gov/genniv/

💼@suitcase_diary
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🏡 Yevropada vaqtincha yashash uchun ARZON turar joy topish yo‘llari.

Agar o‘qish, sayohat yoki ishlash uchun Yevropaga kelgan bo‘lsang, eng katta muammolardan biri – bu turar joy topish. Ayniqsa, qisqa muddatga va byudjet cheklangan bo‘lsa...

Quyidagi usullar yordamida vaqtincha arzon (ba’zida tekin) yashash joyini topish mumkin 👇

1. Hostellar – eng byudjet variant
🛏 O‘rtoqlashilgan xona (shared dorm) yotoqxonasi.
Ilovalar: Booking, Hostelworld
Narx: 10–25 yevro/kecha (shaharga qarab)

2. Airbnb – qisqa muddatli xonadon
Ba’zida uzoq muddatga (haftalik/oylik) ijarada chegirma bo‘ladi.
Tip: “Monthly stay” opsiyasini belgilang.
Narx: 300–800 yevro/oy atrofida (shaharga qarab)

3. Facebook guruhlari va marketplace
🔍 Guruh nomlari: “Rooms in Warsaw”, “Berlin Housing”, “Rent in Budapest” va hokazo.
Talabalar, expatlar, qisqa muddatli mehmonlar joy qidiradi yoki taklif qiladi.
Narx ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishiladi.

4. Couchsurfing – tekin yashash imkoniyati
Mahalliy odamlar mehmon qilib, joy beradi.
Yashash bepul, lekin madaniy almashinuv asosida.
Ilova: Couchsurfing

5. Workaway / Worldpackers – ish evaziga yashash
Mehmonxona, hostel yoki fermer xo‘jaligida yordam berib, o‘rniga yashash + ovqat olasiz.
Ideal: sayohat qilishni va tajriba orttirishni istaganlar uchun.
Ilovalar: Workaway, Worldpackers

Katta shaharlardan biroz chetda yashash — ancha arzon tushadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21
✈️Milliy samolyot, ammo imloviy xatolar bilan...

O'zbekistonga kelayotganimda milliy aviakompaniyamiz samolyotida ya'ni Uzbekistan Airwaysda, o‘rindiq monitoridagi menyu va xabar matnlarida juda ko‘p imloviy xatolarga ko‘zim tushdi. Ehtimol, kimdir bunga e’tibor bermas. Ammo bu oddiy yozuv emas – bu butun davlat imidjining bir qismi.

💡Tasavvur qiling: xorijdan sayyoh kelmoqda. U samolyotga o‘tirib, monitorda xatoga to‘la o'zbekcha matnni o‘qiydi. Bu holda u qanday taassurot oladi?
🟢E’tiborsizlik.
🟢Savodsizlik.
🟢Noaniqlik.
Milliy aviakompaniya – bu oddiy transport vositasi emas. Bu – davlatning samodagi yuzi. Har bir jumla, har bir so‘z, hatto bir harf – mehmon ko‘zida biz haqimizda fikr uyg‘otadi.

📌 Menimcha, bunday holatlarga befarq bo‘lmasligimiz kerak. Imkon bo‘lsa, rasmiy sahifalarga hurmat bilan bildiruv yuborish, taklif qilish foydadan holi emas.

🔁 Detallarga e’tibor – katta o‘zgarishlarga olib keladi. Kichik xato – katta ishonchni yemirishi mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯3❤‍🔥1
🔥 Menda bir fikr bor!

Ushbu kanalni challenge kanaliga aylantirsak qanday bo‘ladi? 😎
Bu yerda o‘zimizni rivojlantiradigan, hayotimizga foydali bo‘ladigan oson va qiyin challengelar qilamiz.

Masalan:
📌 30 kun shakarsiz yashash
📌 Har kuni 10 bet kitob o‘qish
📌 Telefon vaqtini 5 soat bilan cheklash
📌 Erta turish yoki shunga o'xsash challengelar

Maqsad — hayotimizni birdaniga emas, har kuni atigi 1% ga yaxshilash. Chunki kichik odatlar vaqt o‘tib katta natijalarga olib keladi. 💯

@suitcase_diary
💯2
🔥 30 KUNLIK CHALLENGE BOSHLAYMAN 🔥

Bugundan o‘zimga 30 kunlik challenge e’lon qilaman. Maqsad — intizom, sog‘lom tana va kuchli mindset.

Keyingi 30 kun davomida o‘zimga quyidagi qoidalarni qo‘yaman:
Shakar iste’mol qilmaslik
Energetik va gazli ichimliklardan voz kechish
Faqat sog‘lom ovqatlanish
30 kun non yemaslik
76 kg → 70 kg tushish maqsadi

📚 O‘z ustimda ishlash:
Har kuni ingliz tilidan 7 ta yangi so‘z yodlash
Kuniga 2 ta kichik reading o‘qish
Har kuni 15 minut listening ustida ishlash

💪 Jismoniy challenge:
10 ta arjimaniya bilan boshlayman
➡️ Har kuni 1 tadan qo‘shib boraman

Bu challenge faqat ozish yoki sport emas. Bu — intizomni sinash, o‘zimni yangi versiyamga yaqinlashtirish uchun.
Har kuni natijalarni shu kanalda ulashaman. Balki challenge davomida yangi qoidalar ham qo‘shilar :)

@suitcase_diary
💯2
Bugungi challenge natijalari 📊

🍽 Ovqatlanish bo‘yicha:
Shakar iste’mol qilinmadi
Energetik va gazli ichimliklardan voz kechildi
Faqat sog‘lom ovqatlanish qilindi
Bugun non yemadim umuman

📚 O‘z ustida ishlash:
7 ta yangi inglizcha so‘z yodlandi
2 ta qisqa reading o‘qildi
15 daqiqa listening mashq qilindi
💪 Jismoniy challenge:
10 ta arjimaniya bajarildi

Xulosa:
Bugun barcha belgilangan vazifalar to‘liq bajarildi. Ritm saqlanmoqda.
❤‍🔥4