"YOY-YOY"
(Folklorshunos olim Shomirza Turdimovga)
Alpomish chohda qoldi. Ultontoz taxtga mindi. Keliboq Barchinga og‘iz soldi. Bodom bikach o‘gliga to‘y boshladi. Qo‘ng‘irot elini “yoy-yoy” aytib to‘yga chorladi. Bodom bikachning tili chuchuk. U "r"ni "y" deb talaffuz qilardi...
Bu qanday to‘y, elim-ov?
Davra tegdi mo‘ltonga.
Alpomishing Barchini
Uzatilar Ultonga.
Tili bor-u, ori yo‘q
Ulus endi qaytadi?
Bugun to‘yda “yor-yor”ni
Bodom bikach aytadi:
“O‘lan aytgan xo‘b qoyim
Tilim boydi, yoy-yoy.
Yut egasi bek Ulton
Ulim boydi, yoy-yoy…”
Baxshi aytar bilganni
O‘lan-o‘lan, deydi-yu,
Tiriltirar o‘lganni.
Noqisga ergashgan el
Kimga aytsin ginasin?!
Ming‘irlaydi baralla
Elning soqov “ena”si…
Suruv-suruv shon ketdi,
Qiy qoldimi, “yoy-yoy”?
Alplar o‘lib, bir bezot
Biy qoldimi, “yoy-yoy”?
Shoir – elning tilagi,
So‘zi chertsin tomirni.
Bo‘g‘izlanglar o‘z elin
Uyg‘otmagan shoirni.
Ming yillik shon yuz burib
Kirib ketdi bir joyga.
O‘zbakning bir shoiri
Jo‘r bo‘ladi “yoy-yoy”ga:
“Qulluq, bizga yopdingiz
Shoyi kiyim, yoy-yoy.
Tursin dunyo turguncha
Ulton biyim, yoy-yoy…”
Haqdan qaytgan nomardlar
Berkinadi panaga.
El ergashar “yoy-yoy”lab
Tili chuchuk “ena”ga.
“R”ni “y” deb tursa ham
Elning tili o‘lmaydi.
Biroq “ERK”, “OR”, “YURT” so‘zin
“R”siz aytib bo‘lmaydi.
Tig‘ tutmas qo‘l tutgani
Kosov bo‘lar, “yoy-yoy”.
O‘z tilidan tonganlar
Soqov bo‘lar, “yoy-yoy”.
Zamon shunday aylanar,
Ko‘pni ko‘rar sabrli.
Beklik bekka munosib,
Fuqaroga – faqirlik.
Bekligini bilmagan
Elning sho‘ri quriydi,
Avval zari quriydi,
Keyin zo‘ri quriydi.
Ultonlarga bosh egib
Qolay dema omonda.
Alpomishing o‘lmagan,
Alpomishing zindonda.
Alpdan yodgor ullaring
Yurmasinlar panalab,
Enasini ko‘rsinlar
Tili chuchuk enalar.
So‘zim tinglab ko‘ksingga
Qasos keldi, yor-yor.
Tog‘ boshidan “hayt” degan
Ovoz keldi, yor-yor.
Suhrob ZIYO
2021.Avgust.
___________________

(1)
O‘lan haqdan nishona,Baxshi aytar bilganni
O‘lan-o‘lan, deydi-yu,
Tiriltirar o‘lganni.
Noqisga ergashgan el
Kimga aytsin ginasin?!
Ming‘irlaydi baralla
Elning soqov “ena”si…
Suruv-suruv shon ketdi,
Qiy qoldimi, “yoy-yoy”?
Alplar o‘lib, bir bezot
Biy qoldimi, “yoy-yoy”?
Shoir – elning tilagi,
So‘zi chertsin tomirni.
Bo‘g‘izlanglar o‘z elin
Uyg‘otmagan shoirni.
Ming yillik shon yuz burib
Kirib ketdi bir joyga.
O‘zbakning bir shoiri
Jo‘r bo‘ladi “yoy-yoy”ga:
“Qulluq, bizga yopdingiz
Shoyi kiyim, yoy-yoy.
Tursin dunyo turguncha
Ulton biyim, yoy-yoy…”
Haqdan qaytgan nomardlar
Berkinadi panaga.
El ergashar “yoy-yoy”lab
Tili chuchuk “ena”ga.
“R”ni “y” deb tursa ham
Elning tili o‘lmaydi.
Biroq “ERK”, “OR”, “YURT” so‘zin
“R”siz aytib bo‘lmaydi.
Tig‘ tutmas qo‘l tutgani
Kosov bo‘lar, “yoy-yoy”.
O‘z tilidan tonganlar
Soqov bo‘lar, “yoy-yoy”.
Zamon shunday aylanar,
Ko‘pni ko‘rar sabrli.
Beklik bekka munosib,
Fuqaroga – faqirlik.
Bekligini bilmagan
Elning sho‘ri quriydi,
Avval zari quriydi,
Keyin zo‘ri quriydi.
Ultonlarga bosh egib
Qolay dema omonda.
Alpomishing o‘lmagan,
Alpomishing zindonda.
Alpdan yodgor ullaring
Yurmasinlar panalab,
Enasini ko‘rsinlar
Tili chuchuk enalar.
So‘zim tinglab ko‘ksingga
Qasos keldi, yor-yor.
Tog‘ boshidan “hayt” degan
Ovoz keldi, yor-yor.
Suhrob ZIYO
2021.Avgust.
___________________
(1) "Alpomish"dan.
@suhrob_ziyo1Forwarded from SHOM.UZ
Миллатимизнинг улуғ шоири, марҳум Шавкат Раҳмон "Фидокорона хизматлари учун" ордени билан мукофотланибди.
Бу тарихий адолатнинг тикланиши ва шоир бир умр куйлаган ҳақиқатнинг тантанаси бўлибди.
Адолатингиз ва адабиётга бўлган чексиз меҳрингиз учун ташаккур, азиз Юртбошим!
Илоҳим, устоз Шавкат Раҳмоннинг охирати обод бўлсин!
@shomuz - Yo‘limiz bir!

МИЛЛАТ ФАРЗАНДЛАРИ ТЎЛИҚ ОҚЛАНМОҚДА
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 8 октябрдаги “Қатағон қурбонларининг меросини янада чуқур ўрганиш ва улар хотирасини абадийлаштиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги фармойишига мувофиқ ташкил этилган Қатағон қурбонларининг меросини янада чуқур ўрганиш, улар хотирасини абадийлаштириш ишларини ташкил этиш ва мувофиқлаштириш бўйича Республика ишчи гуруҳи томонидан илмий-тадқиқот ишларини амалга ошириш жараёнида аниқланган, айрим сабабларга кўра реабилитация қилинмай қолиб кетган қатағон қурбонлари номларини оқлаш юзасидан таклифлар киритилган бўлиб, 2021 йил 25 август куни соат 17.00 да Ўзбекистон Республикаси Олий судида мустабид совет тузуми даврида қатағон қурбони бўлган ва ҳозирги кунга қадар оқланмаган бир гуруҳ шахсларга оид жиноят ишлари очиқ суд мажлисларида кўриб чиқилади.

🌱Xushxabar
Nargiza opa (Asadova) Turkiyaning "Güncel Sanat" jurnalida Shahzod Shodmon tarjimasidagi she'rim chop etilgani haqida xabar berdilar.
Nargiza opa (Asadova) Turkiyaning "Güncel Sanat" jurnalida Shahzod Shodmon tarjimasidagi she'rim chop etilgani haqida xabar berdilar.
Олим қаламининг қиртиллаши тасбиҳдир. Илмни ёзиши ва уни мулоҳаза этиши ибодатдир.
Сиёҳлари шаҳиднинг қони билан тенг. Қабридан турса ҳамма унга қарайди. Маҳшаргоҳда пайғамбарлар билан бирга бўлади.
Кечасидан бир вақт илм билан шуғулланиш, бошқа нарса билан тўлиқ тунни бедор ўтказишдан афзалдир. Илмни дарс қилиш зикрдан яхшидир.
Ҳасан Басрий роҳимаҳуллоҳ
•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•
🕊Фақат қалби борлар келсин биз томон:
@m_kenjabek

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uyg'urlarim...
Fasllarni bilib turdim kunjaklardan,
Hech bir xabar ololmadim chechaklardan,
Bu sog'inish o'tib ketdi suyaklardan,
Qandoq joy bu bororim bor, qaytarim yo'q.
Fasllarni bilib turdim kunjaklardan,
Hech bir xabar ololmadim chechaklardan,
Bu sog'inish o'tib ketdi suyaklardan,
Qandoq joy bu bororim bor, qaytarim yo'q.
***
Bevaqt gullab qo'ydi
qancha daraxtlar,
Gullab qo'ygan kabi
maxfiy bir sirni.
Bevaqt yoqqan qorlar
eslatib qo'ydi.
O'zgartirib bo'lmas,
qishni — taqdirni.
Deylik, barra o'tdan
farqi bo'lmaydi,
Bahorda ochilmay
turaversa gul.
Qo'qqisdan kelsa tong
zavqli bo'lmaydi,
Bevaqt quyosh botsa,
Qiyomatdir ul.
Kechikkan visol ham
to'ydirgay jondan,
Toqat rishtalari
uzilsa barvaqt.
Ostonada kutib
qolishi mumkin
Ko'ngil tomonlarga
erta kelgan baxt.
Endi ko'zlarimdan
umid uzilmas,
Istagan vaqtida
kelsa ham ag‘yor.
Sevgilim,
vaqtida kelding,
Sevgilim,
Endi yashamoqqa
bahonam tayyor.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
Bevaqt gullab qo'ydi
qancha daraxtlar,
Gullab qo'ygan kabi
maxfiy bir sirni.
Bevaqt yoqqan qorlar
eslatib qo'ydi.
O'zgartirib bo'lmas,
qishni — taqdirni.
Deylik, barra o'tdan
farqi bo'lmaydi,
Bahorda ochilmay
turaversa gul.
Qo'qqisdan kelsa tong
zavqli bo'lmaydi,
Bevaqt quyosh botsa,
Qiyomatdir ul.
Kechikkan visol ham
to'ydirgay jondan,
Toqat rishtalari
uzilsa barvaqt.
Ostonada kutib
qolishi mumkin
Ko'ngil tomonlarga
erta kelgan baxt.
Endi ko'zlarimdan
umid uzilmas,
Istagan vaqtida
kelsa ham ag‘yor.
Sevgilim,
vaqtida kelding,
Sevgilim,
Endi yashamoqqa
bahonam tayyor.
S.Z.
@suhrob_ziyo1
ERK HAQIDA
Suhrob Ziyoga maktub
Assalomu alaykum! Salomatmisiz? Aslini olib qaraganda siz meni umuman tanimaysiz, men ham kecha oqshomgacha sizni umuman bilmasdim ham...Hozir ham bilaman deb aytolmayman... Ertaga ham, indinga ham sizni baribir bila olaman, tushuna olaman deb ayta olmayman... Inson zotini toʻla anglab yetish uchun yana boshqa bir insonning bor kuchi va fitrati doim ojizlik qilib qoladi... Inson mukarram! Inson bu — inson! Oddiy xilqat emas u!!! U oliy mavjudot!!! Uni oʻrganuvchi ham qaysidir maʼnoda oliy ufqlarga intiluvchi boʻlishi kerak... Doim oliy tushunchalarga tomon harakatlanishi darkor!!!
Hozir mening ruhiyatimda qandaydir oʻylar kezmoqda... Balki chopmoqda, pishqirib yugurmoqda... Xuddi koʻpkaridagi bebosh otlar singari... Qonida necha yuz ming yillik erk tuygʻusi ayqirib turgan yovvoyi bir qora tulporlar bordek ichimda... Nega shunday ekan?
Ijodkor inson, adabiyotga daxldor inson qalbi doim erkka tashna boʻlib yashaydi... Dili qanot chiqarish maqsadida oʻzini oʻqqayam, choʻqqayam tashlayverib bor-budini yoʻqotib yashashdan masrur boʻladi... Bir paytlar... Koʻzlari ikki nuqtachaga aylanib qoladi... Goʻyo olamda mana shu ikki nuqtachadan boshqa hech narsa yoʻqdek... Goʻyo faqat u mavjuddek bu yorugʻ dunyoda... Qulogʻi garangsib,nigohlari maʼnisiz bir ahvolda charaqlay boshlaydi... Balki shomdagi mahzun quyosh kabi ufqqa toʻshaladi butun hislari... U qandaydir sirli va gʻalati oʻlchamga tushib qoladi... Na u boshqalarni koʻradi va na uni,borligini birov anglay oladi... Nafas oladi,bu nafaslarni oldin hech kim olmagandek... Undan oldin hech kim yashamagandek... Bu qanday holat boʻldi... Oʻsha paytda ijodkor sekin Yerdan uzila boshlaydi... Koinot qafasini sindirib OLIY bir MAKONga tomon yoʻl sola boshlaydi... Vujudi erib ketayotgandek... Oʻzi esa laxcha choʻgʻ hoʻplagan shabnamdek beozor va beiz nurga aylanayotgandek sekin yuqorilab boradi...
Ammo....
Uning oyogʻidan yashil kishanlar torta boshlaydi... Xuddi gravitatsiya maydoni kabi butun borliq unga imkon qoldirmaslikka jon-jahdi bilan harakat qiladi... Shoir esa mahzun qaraydi... Bu kishanlar oʻtingansimon asta shivirlaydi:
“Axir sen insonsan... Axir sen ham inson-ku!”...Birdan ijodkorning tanasi yana oʻz oʻlchamlarga qayta boshlaydi... Yana odamsiyoq mavjudotga doʻnib boradi... Koʻzlari kattalashib oddiy koʻzlarga aylanib boradi... Chorasiz shoir oʻpkasini toʻldirib takroriy va insoniy havodan erinibgina nafas ola boshlaydi... Haliyam u shoir boʻlib tugʻilibdi... Haliyam u inson boʻlib oʻlish orzusida,agar u shoir boʻlib oʻlishni niyat qilsa allaqachon mavhum makonda oʻlib yashovchi mavhum bir xilqatga aylanib qolardi... Ijodkorni Yerda ushlab turgan narsa shu inson degan bir koʻrinish-u matlab boʻlsa kerak...Yoʻqsa u uchib ketardi qushga aylanib...Yoki nur boʻlib QUYOSHga tomon siljib ketardi...Yaxshiyam kishanlar bor...Yashil va tirik,begʻubor va qadrdon kishanlar...Ular borki shoir inson ekanligini eslab qoladi...Ular borki xotirasi past telba bolakay boʻlgan bu devona shoir haliyam takroriy mavjudlikni,takroriy umrini hamma qatori yashayveradi...Garchi bundan hecham qoniqmasa ham...Garchi qalbi erk istasa ham!!! Doʻstim,men ham erkka intildim...Qalbimdagi armon qogʻozning qop-qora yuzidan oʻpdi...Oʻpganidan keyin qogʻoz ham qalb ham oqargandek goʻyo...Bularni sizga aytyapman...Chunki koʻnglim shuni buyurdi...Men koʻnglimga xiyonat qilmayman!!! Men undan oʻzgasini tinglamayman hech!!! Shunday ekan maʼzur tutgaysiz...Bezori va sotqin shamollarga aytmaganimni siz eshitayapsiz...Rahmat sizga!!! Kattakon rahmat...
(Erk orzusi yana qachon qiynashini bilmasdan yashil kishanlarni silab tanamga qaytyapman...)
©️...
24.08.2021

УЛДИР ХОЙИННИ УЛДИР
ДАДАХОН Х
"Xoinni o'ldir"
✍Mirzo Kenjabek she'ri.
🎼Dadaxon Xasanov musiqasi.
🎤Dadaxon Xasanov ijrosi.
✍Mirzo Kenjabek she'ri.
🎼Dadaxon Xasanov musiqasi.
🎤Dadaxon Xasanov ijrosi.
Forwarded from SHOM.UZ
Қалбимдан ненидир юлди ҳабибим,
қолгани оҳмиди,
нолами,
войми...
йигирма биринчи аср табиби,
тузай олурмисан
қалб деган жойни?!
Руҳим қанотини кесди қарибим,
ё алам,
ё нафрат,
ё ғамдир жазо...
йигирма биринчи аср табиби,
айт,
қандай тузалгай
руҳ деган аъзо?!
На қалбсиз жасадда қолди тароват,
на руҳсиз баданда топилди маъни;
ким дейсан,
"жон қуши рам қилиб",
фақат —
тан отига хашак берган кимсани?!
Табибим,
танамга тилаб фароғат,
насиҳат ўқирсан:
катбий,
шифоҳий;
энг аввал қалбимни қилгил табобат,
энг аввал руҳимга шифо қил.
То фалак пойимга тўшалса,
энса,
то мажруҳ заминни кўтарсам бошга...
табибим,
даво қил,
қўлингдан келса;
келмаса,
мен табиб ахтарай бошқа.
То юлуқ қалбимга қайтарсин чиндан
шабоб ҳисларимни —
содда,
самимий,
қаноти бут руҳим учсин ичимда,
йигирма биринчи аср табиби!
Нега лол қарайсан кўзимга,
бор-йўқ —
шу десам биргина ўтинч,
ўй,
тилак;
наҳотки мендайин бошқа бемор йўқ,
наҳотки табиб йўқ
ўзимдан бўлак?!
Мансур Жумаев
@shomuz - Yo‘limiz bir!
қолгани оҳмиди,
нолами,
войми...
йигирма биринчи аср табиби,
тузай олурмисан
қалб деган жойни?!
Руҳим қанотини кесди қарибим,
ё алам,
ё нафрат,
ё ғамдир жазо...
йигирма биринчи аср табиби,
айт,
қандай тузалгай
руҳ деган аъзо?!
На қалбсиз жасадда қолди тароват,
на руҳсиз баданда топилди маъни;
ким дейсан,
"жон қуши рам қилиб",
фақат —
тан отига хашак берган кимсани?!
Табибим,
танамга тилаб фароғат,
насиҳат ўқирсан:
катбий,
шифоҳий;
энг аввал қалбимни қилгил табобат,
энг аввал руҳимга шифо қил.
То фалак пойимга тўшалса,
энса,
то мажруҳ заминни кўтарсам бошга...
табибим,
даво қил,
қўлингдан келса;
келмаса,
мен табиб ахтарай бошқа.
То юлуқ қалбимга қайтарсин чиндан
шабоб ҳисларимни —
содда,
самимий,
қаноти бут руҳим учсин ичимда,
йигирма биринчи аср табиби!
Нега лол қарайсан кўзимга,
бор-йўқ —
шу десам биргина ўтинч,
ўй,
тилак;
наҳотки мендайин бошқа бемор йўқ,
наҳотки табиб йўқ
ўзимдан бўлак?!
Мансур Жумаев
@shomuz - Yo‘limiz bir!
NOZIM HIKMAT
Qo‘llaringiz va yolg‘on haqida
Barcha toshlar kabi vazmin,
hibsda kuylangan
barcha turkular kabi kadarli,
yuk tashuvchi hayvonlar kabi
ulkan va og‘ir
va och go‘daklarning
qotma yuzlariga mengzagan qo‘llaringiz.
Arilar kabi mohir va yengil,
sutli siynalar kabi to‘lg‘in,
tabiat kabi jasur
va do‘stona samimiyatini
dag‘al terilarning ostida
yashirgan qo‘llaringiz.
Bu dunyo
ho‘kizning shoxlarda emas,
bu dunyo qo‘llaringizning ustida turibdi,
va insonlar,
oh, mening insonlarim,
yolg‘on bilan boqishyapti sizni,
holbuki, siz ochsiz,
go‘sht-la, yemak-la
to‘qlanishga muhtojsiz
va oppoq dasturxonda bir marta to‘yib ovqatlanmasdan
o‘tib ketasiz
bu turfa yemishlar to‘la dunyodan,
insonlar.
Oh, mening insonlarim,
Osiyodagilar, Afrikadagilar,
Yaqin Sharq, O‘rta Sharq,
Tinch okeani orollari
va mening vatandoshlarim,
ya’ni butun insoniyatning
yuzdan yetmish qismi,
qo‘llaringiz kabi
keksa va horg‘insiz,
qo‘llaringiz kabi
sertashvish, hayron va murg‘aksiz,
insonlarim,
oh, mening insonlarim,
yevropalik,
amerikaliklarim mening,
hushyor, hujumkor,
va unutuvchansiz qo‘llaringiz kabi,
qo‘llaringiz kabi tez aldanib,
oson yengilasiz…
insonlarim,
oh, mening insonlarim,
antennalar yolg‘on so‘zlayversa,
yolg‘on so‘zlayversa bosmaxonalar,
kitoblar yolg‘on so‘zlayversa,
devordagi afisha,
ustundagi e’lonlar
yolg‘on so‘zlayversa,
qizlarning yalang‘och boldirlari
sahnalarda yolg‘on so‘zlayversa,
duo yolg‘on so‘zlayversa,
alla yolg‘on so‘zlayversa,
tush yolg‘on so‘zlayversa,
mayxonaning cholg‘uchilari
yolg‘on so‘zlayversa,
yolg‘on so‘zlayversa umidsiz kunlarning
kechalarida oy nurlari,
so‘z yolg‘on so‘zlayversa,
rang yolg‘on so‘zlayversa,
sas yolg‘on so‘zlayversa,
qo‘llaringizdan o‘tgan
va qo‘llaringizdan boshqa har narsa,
har kimsa yolg‘on so‘zlayversa,
qo‘llaringiz balchiq kabi itoatli,
qo‘llaringiz zulmat kabi ko‘r.
Qo‘llaringiz isyon etmasa,
zotan bu qadar
oz musofir bo‘lib turganimiz
bu qadar o‘limli,
bu taqiqli dunyoda
bu isnod saltanati,
bu zulm bitmasdir.
Turkiya turkchasidan Suhrob ZIYO o‘zbekchalashtirdi.

XUROSON
Zolimlarning kelganda ro‘zi,
Ne muqaddas tug‘lar bosildi.
Bu tuproqqa ozodlik so‘zi
Mardlar qoni bilan yozildi.
Gohi tig‘ ham o‘tmaydi jondan,
Bo‘yin egmas sultonu bekka.
Afg‘on keldi Afg‘onistondan,
So‘zlarining yarmi o‘zbekcha.
Jonimgacha botmasin nega,
Bu diyorning bud-u nobudi.
"Yurtga ko‘ming" degandi Bobur,
Kobulgacha keldi tobuti.
Biz unutdik, ulug' Xuroson,
Necha shonli davlatlaringni,
G‘aznaviyning g‘aznalari-yu
Boyqaroning sarvatlarini.
Turkistonning nobop beklari
Saqlolmagan qutlug‘ xazina,
Men ham seni asrolmayapman,
Ko‘zlarimni to‘sdi ajina.
Necha taxtlar bo‘ldi yuztuban,
Qulab tushdi qancha ustunlar.
Temuriylar, shayboniylarning
Izin bosdi necha do‘stumlar.
Yov goh nayza, gohi miltiq bilan,
Zug‘umlarin sochaverdilar.
Xalq erk deya jon beraverdi,
Poshsholari qochaverdilar.
Uzatmagan qo‘llarim qondir,
Netay, Xoliq bersa jazoni.
Xufton cho‘kdi Sharif Mozorga,
Termizgacha keldi azoni.
Yilda bir bor eslab nomini,
Anglolmadik biroq fig‘onin,
Navoiyning devonigacha
Sizib kirdi shahidlar qoni.
Bu dunyoning o‘z do‘zaxi bor –
O‘tru kelar nafsi g‘oliblar.
Zulm qayda avvalqadamdir,
Bordir unga sodiq toliblar.
Bir parchamni yulqilab otdim,
Endi borlik menga uyotdir.
Kim ko‘ksida Hiroti yo‘qdir,
Demak, unga Navoiy yotdir.
Senga nima, deydi nokaslar,
Ichim tilib isyon oqadi,
Turkistonning qoq o‘rtasidan
Amudaryo hayron oqadi.
U tomonda ozodlik deya
Chekilmoqda qancha xo‘rliklar.
Bu tomonda baxtsizligidan
G‘ofil o‘tib borar sho‘rliklar.
Bu tomonda bir chaqa uchun
Nomusini, bolasin pullab.
Hujjatida fuqaro, lekin
Botinida yashaydi qullar.
U tomonda millatning, yurtning,
Ozodlikning tutqunlari bor.
Nomusini erday qo‘rigan
O‘zbekning mard xotinlari bor.
Qo'llarimda qizil xarita –
Maydalangan ko'zgu singari.
Yov otiga yemish tashiydi.
Tarqab ketgan Temur lashkari.
To birlik yo‘q – borlik ham yo'qdir!
Bu g‘aflatga qo‘ymay turib chek,
Noming aytib she'r to‘qiyotgan
Shoiringni kechirma, O‘zbek.
2021.Avgust.
Suhrob ZIYO
@suhrob_ziyo1
Zolimlarning kelganda ro‘zi,
Ne muqaddas tug‘lar bosildi.
Bu tuproqqa ozodlik so‘zi
Mardlar qoni bilan yozildi.
Gohi tig‘ ham o‘tmaydi jondan,
Bo‘yin egmas sultonu bekka.
Afg‘on keldi Afg‘onistondan,
So‘zlarining yarmi o‘zbekcha.
Jonimgacha botmasin nega,
Bu diyorning bud-u nobudi.
"Yurtga ko‘ming" degandi Bobur,
Kobulgacha keldi tobuti.
Biz unutdik, ulug' Xuroson,
Necha shonli davlatlaringni,
G‘aznaviyning g‘aznalari-yu
Boyqaroning sarvatlarini.
Turkistonning nobop beklari
Saqlolmagan qutlug‘ xazina,
Men ham seni asrolmayapman,
Ko‘zlarimni to‘sdi ajina.
Necha taxtlar bo‘ldi yuztuban,
Qulab tushdi qancha ustunlar.
Temuriylar, shayboniylarning
Izin bosdi necha do‘stumlar.
Yov goh nayza, gohi miltiq bilan,
Zug‘umlarin sochaverdilar.
Xalq erk deya jon beraverdi,
Poshsholari qochaverdilar.
Uzatmagan qo‘llarim qondir,
Netay, Xoliq bersa jazoni.
Xufton cho‘kdi Sharif Mozorga,
Termizgacha keldi azoni.
Yilda bir bor eslab nomini,
Anglolmadik biroq fig‘onin,
Navoiyning devonigacha
Sizib kirdi shahidlar qoni.
Bu dunyoning o‘z do‘zaxi bor –
O‘tru kelar nafsi g‘oliblar.
Zulm qayda avvalqadamdir,
Bordir unga sodiq toliblar.
Bir parchamni yulqilab otdim,
Endi borlik menga uyotdir.
Kim ko‘ksida Hiroti yo‘qdir,
Demak, unga Navoiy yotdir.
Senga nima, deydi nokaslar,
Ichim tilib isyon oqadi,
Turkistonning qoq o‘rtasidan
Amudaryo hayron oqadi.
U tomonda ozodlik deya
Chekilmoqda qancha xo‘rliklar.
Bu tomonda baxtsizligidan
G‘ofil o‘tib borar sho‘rliklar.
Bu tomonda bir chaqa uchun
Nomusini, bolasin pullab.
Hujjatida fuqaro, lekin
Botinida yashaydi qullar.
U tomonda millatning, yurtning,
Ozodlikning tutqunlari bor.
Nomusini erday qo‘rigan
O‘zbekning mard xotinlari bor.
Qo'llarimda qizil xarita –
Maydalangan ko'zgu singari.
Yov otiga yemish tashiydi.
Tarqab ketgan Temur lashkari.
To birlik yo‘q – borlik ham yo'qdir!
Bu g‘aflatga qo‘ymay turib chek,
Noming aytib she'r to‘qiyotgan
Shoiringni kechirma, O‘zbek.
2021.Avgust.
Suhrob ZIYO
@suhrob_ziyo1
citadel-of-herat-herat.jpg
197.2 KB
Xurosonning tarixiy poytaxti Hirot.
43522837.jpg
81.9 KB
Hirotning mashhur Ixtiyorridin qal'asi.
unnamed.jpg
47.6 KB
Hirotdagi Mir Alisher Navoiy maqbarasi.
Forwarded from Oyina.uz | Tafakkur
“YARATGANNI QANCHALIK HIS QILSANGIZ, SHUNCHALIK ISTE’DODLISIZ”
Yosh shoir Suhrob Ziyo bilan suhbat
“Jaloliddin Manguberdining Temur Malikka aytgani” she’rida atrofida buyuk raqibga qarshi turish uchun yaraydigan do‘st izlayotgan bir er yigitning ko‘nglidan o‘tgan tuyg‘ularni ifoda etmoqchi bo‘lganman.
Jaloliddin Chingizxon qo‘lida o‘lim topmagani ham sultonning salohiyatidan darak beradi. Shavkat Rahmon aytganidek, “Botirlar o‘lmagan hech qachon jangda, qo‘rqoqlar o‘ldirgan bahodirlarni”.
Batafsil: 👉🏽 http://oyina.uz/uz/article/84
📲 Kanalga ulanish: https://t.me/oyina_portali

Мен ўқиган энг буюк китоблардан бири "Баҳрул-маҳабба"дан иқтибос:
•┈❁✿❁┈••┈❁✿❁┈••┈❁✿❁┈•
Юсуф сурасининг 21-оятидан:
"...Аллоҳ Ўз ишида ғолибдир."
Бу оятда баъзи ишоратлар мавжуд. Гўё Аллоҳ таоло айтадики:
«Одам жаннатда абадий қолишни хоҳлади, Мен унинг ер юзига тушишини хоҳладим. Бас, Менинг хоҳлаганимдек бўлди.
Иблис ғоят иззатли, яхшилик тимсоли бўлган котиб фаришталарга бошлиқ бўлишни хоҳлади, Мен эса унинг кофир ва фожирларга бошлиқ бўлишини хоҳладим. Менинг хоҳлаганимдек бўлди.
Қобил Одам алайҳиссалом фарзандларининг энг азизи, шарафлиси, энг яхшиси бўлишни хоҳлади, Мен эса уни уларнинг энг ёмони бўлишини хоҳладим. Менинг хоҳлаганимдек бўлди.
Нуҳнинг қавми Нуҳни қавмнинг энг хорроғи бўлишини хоҳлади, Мен эса у зот уларнинг энг азизи бўлишини хоҳладим. Менинг хоҳлаганимдек бўлди.
Подшоҳ Добил Нуҳни ҳалок қилишни хоҳлади, Мен унинг ўзини ҳалок қилишни хоҳладим. Бас, Менинг хоҳлаганимдек бўлди.
Фиръавн Мусони ҳалок қилишни хоҳлади, Мен Фиръавнни ҳалок қилишни хоҳладим. Менинг хоҳлаганимдек бўлди.
Абу Жаҳл пайғамбарликнинг Валид ибн Муғирада бўлишини хоҳлади, Мен эса пайғамбарлик Муҳаммад (соллаллоҳу алайҳи ва саллам)да бўлишини хоҳладим. Менинг хоҳлаганимдек бўлди.
Юсуф алайҳиссаломнинг акалари Юсуфнинг қудуқ тубида бўлишини хоҳлашди, Мен эса у зотнинг Мисрга подшоҳ бўлишини хоҳладим. Менинг хоҳлаганимдек бўлди, уларнинг хоҳлаганидек эмас».
Шайх Аҳмад Ғаззолийнинг "Баҳрул-маҳабба" асаридан.

Olamdagi barcha mavjudotlar o‘z tabiati bilan yaratilgan. Shu jumladan, so‘zlar ham...
So‘zga yuklangan ma’no uning shakliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi shubhasiz. Xuddi insonning ismi uning taqdiriga ishora qilgandek.
“Ko‘klam” deganda, har bir tovushdan bahor yellari esayotgandek bo‘ladi. Birinchi bo‘g‘in toshlarga urilib oqayotgan soy suvidek sharqiroq, keyingisi endi sabza urgan maysadek muloyim. “Maysa” desak, so‘z ohangining o‘zida muloyimlik balqiydi. “Bulbul” so‘zi bulbul sayrog‘idek jaranglaydi.
Va erk... Jangchining so‘nggi nafasidek qisqa, qilichdek keskir.
Mustaqillik va istiqlol so‘zlari unga ma’nodosh deymiz. Lekin istiqlolga erishiladi, erk insonning o‘zida bo‘ladi. E’tiqod erki, so‘z erki, fikr erki — bular erkinlikning ijtimoiy ko‘rinishlari, xolos. Uning eng asl shakli ichkariroqda, uni ruh va ko‘ngil erki deymiz.
"Erk". ("Ma’rifat" gazetasi, 2018).
Suhrob ZIYO.
@suhrob_ziyo1
🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
https://t.me/joinchat/AAAAAFHmfjV_EQHVqR8Rcw
🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂

Telegram
Suhrob Ziyo
Саҳифаларимиз:
👉🏻 @sz_fotopoeziya
👉🏻 @turkiysoz
👉🏻 @sz_turkce
Мурожаат учун: @suhrobziyodov
👉🏻 @sz_fotopoeziya
👉🏻 @turkiysoz
👉🏻 @sz_turkce
Мурожаат учун: @suhrobziyodov