Suhrob Ziyo
757 subscribers
1.27K photos
280 videos
18 files
848 links
Саҳифаларимиз:
👉🏻 @sz_fotopoeziya
👉🏻 @turkiysoz
👉🏻 @sz_turkce

Мурожаат учун: @suhrobziyodov
Download Telegram
Forwarded from Asaxiy Books
Tez kunda…


@asaxiybooks
Kópchilik kiril alifbosidan lotincha alifboga ögirishda yoki aksincha holatga matnlarni ógirishda qiynaladi. Mana bu yerda yaxshi bot borekan. Bemalol tezlikda matnlaringizni lotinchadan kirilchaga yoki kirilchadan lotinchaga ógirishda foydalansa bôlar ekan. Eng muhimi telegramdan chiqmay amalga oshirish imkoni mavjud. Katta hajmli matnlarni esa bu linkdagi onlayn konvertorda sifatli ôgirish mumkin.

Biz bilan qoling. Sizga foydali ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnunmiz.

@wefindyoubooksa
​​"DUEL" TUGAMADI!

Ha, to'g'ri o'qidingiz, "Duel" tugamadi! Negaki, loyihaning maqsadi - she'rning ko'ngillarni zabt etishi, she'riyatni xalqimizga yetqazish, o'zbek she'riyatida yangi to'lqin kirib kelayotganini ko'rsatish bugun ham davom etyapti. Bugun "DUEL" ga kelganlar, she'r eshitganlar qaysidir shoirning she'rini, satrini takrorlab yurganini yo o'zga bir olam ruhida uyg'onganini aytishyapti, yozishyapti har yonda. Shunday ekan "Duel" tugamadi!

Faqat biroz kechikib kelgan muxlislar joy topolmay qolgan yarim final va final o'z nihoyasiga yetdi. Chindan ham kecha 100 dan oshiq odamni bag'riga sig'dira oladigan zalda katta shoirimiz Usmon Azimning kuyunib aytgan so'zlari, she'rlaridan boshlab, to loyiha oxiriga qadar tik oyoqda turib she'r eshitgan muxlislarni ko'rish mumkin edi. Ana shuning o'zigina ko'nglimizdagi she'rga bo'lgan ehtiyojni ko'rsata oldi, bizningcha. Ha, biz she'rga, sof, toza adabiyotga tashna xalqmiz. Va kecha "Duel" mana shu chanqoqni bir qadar qondira oldi.

Shoiralar Feruza Xayrullayeva va Gulhayo Anorovaning yarim finaldagi she'rlashuvidan keyin ko'ngillarga kirib borgan go'zal tuyg'ular va dard shoirlar Suhrob Ziyo va Jontemirning she'rlarida shunchalar kattalashib, teranlashib ketdiki, ancha vaqtga qadar zalda qarsaklar sadosi tinmadi. Ta'bir joiz bo'lsa, har qanday san'atkor-u ijodkorning bu mehrga, tahsinga havasi kelgan bo'lardi.

Ikki juflikda kim g'alaba qozonganini e'lon qilingunga qadar Shuhrat Daryo, Batiyor Rahmon, Axror Baxshilar tomonidan kuylangan qo'shiqlar, termalar she'rlarga shu qadar hamohang ekanligidan she'r va musiqa san'ati birlashib ketdi.

Final maydonida hakamlarning qaroridan so'ng Jontemir va Feruza Xayrullayeva paydo bo'lishdi. O'qilgan ikkitadan she'rlar birinchi va ikkinchi o'rin sohiblarini aniqlab berdi! Ya'ni shoir Jontemir "Duel" loyihasining ikkinchi mavsumi g'olibiga aylandi!

Shundan so'ng taqdirlash marosimi boshlandi. "Yoshlik" jurnali tomonidan yarim finalchilarning har biriga tashakkurnoma, esdalik sovg'alari, kitoblar va jurnalga bir yillik obuna vaucheri taqdim etildi!

Yoshlar ishlari agentligi, Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan esa ikkinchi o'rin egasiga 5 000 000 so'm, mutloq g'olibga 10 000 000 so'm pul mukofoti topshirildi! Ana shunday ko'tarinki ruh va o'zbek she'riyati ertasiga bo'lgan ishonch bilan "Duel"ning ikkinchi mavsumi yakunlandi.

She'riyat muxlislari, adabiyot ixlosmandlariga, hakamlar - ustoz shoirlar Aziz Said va Eshqobil Shukurga, "Yoshlik" jurnaliga, Yoshlar ishlari agentligiga, shuningdek, loyihani qo'llab-quvvatlagan barcha insonlarga adabiyotga, so'zga bo'lgan muhabbat, e'tibor va g'amxo'rlik uchun tashakkur bildiramiz! Kecha adabiyot g'olib bo'ldi! Bu g'alaba bardavom bo'lishini, ko'ngillarimizni mudom adabiyot zabt etishini tilaymiz!
"Duel" yangi yilda ham davom etadi! Biz bilan qoling!

Respublika yosh ijodkorlar kengashi

@ijodkorlarkengashi
***
Сиз мени билмайсиз, билмайди дунё.
Уйғондим дунёлар ёришмасидан.
Мендан маъдан излар хамон алкимё,
Қаҳр ва севгининг қоришмасиман.

Кўзим xаритаю, адаштиради.
Қараманг демайман. Майли, адашинг.
Сизни топиб олай кўзим қаъридан,
Ўзни йўқотишим – сизга карашим.

Суҳробни танийсиз, у хам мен эмас.
Зулматга йўғрилар сиз билган Зиё,
Тилсимлаб ташланган ғорман безабон.
Сиз мени билмайсиз, билмайди дунё.

Қандай яшашимнинг кизиғи ҳам йўқ,
Чаёнман – тилимда ишқнинг заҳри бор.
Сиз менинг ёнимда бўлмас экансиз,
Қандай яшамоқнинг нима фарқи бор?

Суҳроб Зиё

@suhrob_ziyo1
Forwarded from Abdulaziz Ahmad | Blog (Abdulaziz AHMAD)
Буни шу ерда қолдираман :)
SURAI VA SHAMS
Sherali JO'RAYEV
Ey xush ulkim, ofiyat kunji manga erdi maqom,
Surai Vash-Shamsu Val-Layl erdi virdim subhu shom.

Subh andin xilvatimg‘a nafhai Ruhul Quds,
Shom mundin kunji faqrim ravzai dorussalom.

Saydi subham donasi birla maloik qushlari,
Anda qo‘ymay rishtai zuhdu riyoi birla dom.

Ne birovning qomati ra’nosidan nolam biyik,
Ne kishining g‘amzai jodusidan uyqum harom.

Ne ichimda lolaruhlar ishqidan qonlig‘ tugan,
Ne boshimda siymbarlar vaslidan savdoi xom.

Ham ko‘nguldan nozaninlar suhbati bo‘lg‘on unut,
Ham nazardan mahjabinlar surati borib tamom.

Nogahon shoh bazmida jonimga tushdi ofate,
Men o‘zimdan bordim, ul bilmam qayon qildi xirom.

Hush ketdi, aql itti, qolmadi jonu ko‘ngul,
Ishq chekti zuhd ila savdolarimg‘a intiqom.

Tushmish o‘t jonimga ul damdin beri ul na’vkim,
Jon berib o‘lmakni topmon, aylabon yuz ixtimom.

Yor g‘oyib, dard muhlik, xalq g‘ofil, naylayin,
G‘avrima kim yetgay, illo shohi gardun ihtishom.

Ey Navoiy, shohdan darding iloji bo‘lmasa,
Bosh olib ketgil, urib avvoralig‘ dashtini gom.
HAZRAT NAVOIYGA SAFAR

Ey xush ulkim, ofiyat kunji manga erdi maqom,
Surai Vash-Shams-u Val-Layl erdi virdim subh-u shom.

Bir xush dam (namoz vaqti) edi, salomatlik go‘shasi, halovat diyori (joynamoz) maqomim edi. Tongdan shomga qadar (5 mahal) Shams va Layli suralarini takror etardim. Allohning tong-u shomga tatirlik muborak so‘zlari xasta ko‘ngilga salomatlik bag‘ishlar edi.

Alloh toalo Qur’oni karimning Shams surasida marhamat qiladi:
“Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosi bilan, uning ortidan kelgan Oy bilan, uni (Yerni Quyosh) yoritgan paytidagi kunduzi bilan, osmonlar va Olloh bino qilgan (boshqa) narsalar bilan, uni qoplagan tun bilan, Yer va (U) yoyib qo‘ygan (boshqa) narsalar bilan…”

Uning so‘zlari tonglarimda shams yanglig‘ ko‘nglimni yoritar, shomimni esa Layl surasining hikmati munavvar etardi:
“Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa va (Olloh)dan qo‘rqsa hamda go‘zal (narsa)ni tasdiq etsa, bas, unga osonlikni muyassar qilurmiz…”

“Ofiyat kunji”da maqom tutishga Tangrining shu va’dasi sabab. Bu xush damlarning boisi Ollohning kafolatidir:
“Albatta, hidoyat faqat bizning zimmamizdadir” (Layl surasi).

Suhrob ZIYO

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
https://t.me/joinchat/AAAAAFHmfjV_EQHVqR8Rcw
🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂
HAZRAT NAVOIYGA SAFAR

Subh andin xilvatimg‘a nafhai Ruhul Quds,
Shom mundin kunji faqrim ravzai dorussalom.

Nimadan g‘am chekay? O‘tkinchi g‘am boqiy baxtning oldiga qanday yo‘laydi?

Subhlarda Ollohning “Shams”i tufayli men makon tutgan xilvatlarda (joynamozlarda) muqaddaslik yellari esa boshlaydi.

Shomga kelib “Layl”i bois dunyodan kechib borgan joyimda menga salomatlik inadi, Jannat ma’volaridan xabarlar keladi.

Suhrob ZIYO

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
https://t.me/joinchat/AAAAAFHmfjV_EQHVqR8Rcw
🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂
HAZRAT NAVOIYGA SAFAR

Saydi subham donasi birla maloik qushlari,
Anda qo‘ymay rishtai zuhd-u riyoi birla dom.

Endi maloik qushlari (farishtalar) tasbihim donalarini ov qila boshladilar, tasbih ipi — mening riyokorlik bilan qilgan ibodatim bu qushlarga tuzoq bo‘la olmadi.

Tasbih rishtasiga terilgan donalar — mening tama’kor zuhdim Alloh farishtalarini alday olmadi, ular bu tuzog‘imga tushmadilar. Ular chin oshiqlik talab etardilar.

Ikkiyuzlamachilik bilan qilgan taqvoyim bilan Uning huzurida mulzam bo‘ldim. Uning maloiklari mening yolg‘onimga uchmadilar, valloh!

Suhrob ZIYO

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
https://t.me/joinchat/AAAAAFHmfjV_EQHVqR8Rcw
🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂
Forwarded from Мирзо Кенжабек ижоди
Ҳазрати Увайс Қаранийдан:
– Қандоқсан? – деб сўрадилар.
– Тонгда туриб, кечгача яшаш-яшамаслигини билмайдиган киши қандоқ бўлур! – деб жавоб берди.

"Тазкират ул-авлиё"дан.
Форс тилидан Мирзо Кенжабек таржимаси.

⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️
https://t.me/joinchat/AAAAAETzHEzluSXPTKd2EA
⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️⚜️
***

Parilarning asil zurriyodiday
bir toza So‘z izlab o‘tmoqda kunim.
Bir so‘zki, kelmagan birov yodiga,
kirlangan zabonda topmagan qo‘nim.

Har kim qasamida tilga olmagan,
hech kim dildoriga aytmagan asta,
begunohlar qoni sachramagan So‘z,
go‘dakning sut tishi kabi norasta.

Ne-ne so‘zshunoslar unutgan o‘zni,
ne-ne haqparastlar lafzidan judo
bo‘lgan zamonda men izlagan So‘zni
qaysi kitobingda yozgansan, Xudo?!

Suhrob ZIYO

@suhrob_ziyo1
"ОЙБЕКНИНГ СЎЗЛАРИНИ УНУТМАБСАН...

Аслида уларнинг ҳаётини йигит кўнгли бирлаштирган бўлса, қиз кўнгли умр бўйи маҳкам тутиб турган. Ойбек илк хатини ёзади. Уни Зарифага тутқизади. Жуда таниш ҳолат:

Савдонинг ипаги қалбим ўради,
Руҳимда булбуллар дард-ла йиғлади,
Севгилим, хаёлинг мангу боғлади,
Шу ўксик кўнглимга нега боқмадинг?...


Зарифа уни суюна-суюна ўқийди... ва эгасига қайтиб бериб, бошқа ёзмасликни талаб қилади. Ойбек эса хафа бўлиб, йиртиб ташлаш ёки отиб юборишини сўрайди. Зарифа “шундай чиройли ёзилган шеърни йиртиб ташлашга қўлим бормайди”, “гуноҳ бўлади”, дейди. Аслида унга жавоб ҳам ёзган эди...

Суҳроб ЗИЁ

Давомини ҳам ўқинг...

🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁🍁
https://t.me/joinchat/AAAAAFHmfjV_EQHVqR8Rcw
🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂🍂
Forwarded from Xurshid Abdurashid
2020 йилда вафот этган маданият ва санъат вакиллари

Шукрулло, шоир (1921-2020).
Азим Суюн, шоир (1948-2020).
Аида Юнусова, киноактриса (1948 -2020).
Ойбарчин Бакирова, киноактриса ва дубляж устаси (1950-2020).
Нозим Аббосов, рассом ва кинорежиссёр (1962-2020).
Анвар Обиджон, шоир (1947-2020).
Ҳаким Мирзааҳмедов, рассом (1950-2020).
Руслан Шарипов, бастакор ва хонанда (1966-2020).
Дилшод Фатхуллин, кинотасвирчи (1940-2020).
Андрей Кубатин, турколог олим (1984-2020).
Клара Жалилова, актриса. (1938-2020).
Дилбар Икромова, актриса. (1947-2020).
Мамадали Маҳмудов, ёзувчи. (1940-2020).
Омон Матжон, шоир (1943-2020).
Насрулло Сагдуллаев, кинопродюсер, киноиқтисодчи (1955-2020).
Маҳмуд Тўйчиев, киносценарист (1951-2020).
Шуҳрат Қаюмов, хонанда ва сухандон (1969-2020).
Фатҳулла Масъудов, актёр (1963-2020).
Абдураим Абдуваҳобов, актёр (1963-2020).
Маҳмуджон Тожибоев, ҳофиз. (1957-2020).
Саидкарим Саидорипов, актёр (1963-2020).
Ғайбулла Хожиев, актёр ва дубляж устаси (1956-2020).


Ўтганларни Аллоҳ раҳматига олсин. Янги йилда барчамизни Аллоҳ ўз паноҳида асрасин.

👉 @xurshidabdurashid
Bugungi kunga kelib ingliz tilini o'rganishga bo'lgan talab avvalgidan ham oshib ketdi. To'g'rida, Istagan mamlakatga borib qolsangiz ham Ingliz tilini bilsangiz yukingiz yerda qolmaydi. Bu ingliz tili degani xo'p ajoyib narsa ekanda. Butun dunyo bilan tillasharkansan,vey. Shunga yarasha, shu Ingliz tilini o'rganish ham oson emas ekan. To'g'ri material tanlamasa "I am study" deb yuraverarkan kishi. Bu borada bitta yaxshi kanalni tavsiya qilmoqchiman. Hamma turdagi kitoblar, audio, video fayllar, dasturlar joylab borilar ekan. Botga yozib istalgan kitobni olsa bo'larkan. Muhimi, tekin. Tekin pishloq qopqonda bo'ladi, deyishga shoshilmay qiziqqanlar bir kirib ko'ringlar. Kitobni shu vaqtgacha foydasi tegsa tekkanki, ziyoni tegmagan, ishanovring.
Manzili👇

t.me/wefindyoubooksa