58 ming abituriyent universitet xatosi sabab kirish imtihonini qayta topshiradi
Meksikaning eng yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri — Meksika Milliy avtonom universiteti (UNAM) 2026-yilgi qabul jarayonida yuzaga kelgan muammolar sabab minglab abituriyentlar uchun qayta nazorat imtihoni o‘tkazishga qaror qildi.
Bu yil universitet kirish imtihonlarini ilk bor to‘liq onlayn shaklda tashkil etdi. Jarayon davomida nomzodlarni nazorat qilish uchun yuz va ovozni aniqlash kabi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilgan. Biroq yakuniy natijalarda avvalgi yillarga nisbatan juda yuqori ballar qayd etilgan.
Masalan, 2021–2025-yillarda abituriyentlarning o‘rtacha 3,5 foizi 100 va undan yuqori ball olgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 16 foizga yetgan. Tibbiyot yo‘nalishida esa 100 va undan yuqori ball olganlar ulushi bir yil ichida 9 foizdan qariyb 30 foizga oshgan.
Shubhali natijalar sabab dastlab 3 174 ta test natijasi bekor qilingan. Keyinchalik universitet qariyb 58 ming nafar abituriyentni qayta nazorat imtihoniga jalb qilishini ma’lum qildi. Ayrim ekspertlar esa qoidabuzarliklar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Universitetda imtihon savollarining internetga sizdirilishi, boshqa shaxs nomidan test topshirish va sun’iy intellektdan noqonuniy foydalanish kabi holatlar ham tekshirilmoqda. UNAM bu holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Qayta imtihon o‘tkazilishi ayrim abituriyentlarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Universitet rahbariyati halol topshirgan, biroq qayta sinovga chaqirilayotgan nomzodlardan uzr so‘ragan va qabul jarayonining adolatli bo‘lishi zarurligini ta’kidlagan.
UNAMga bu yil 150 mingdan ortiq abituriyent 21 962 ta o‘rin uchun hujjat topshirgan. Mojaro sabab yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi ham 10-avgustdan 31-avgustga ko‘chirilgan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat topshirish yakunlanadi!
2026/2027-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qishni istagan fuqarolar uchun hujjat topshirish jarayoni bugun, 10-avgust kuni yakunlanadi.
Soat 09:35 holatiga ko‘ra, 25 373 nafar talabgor onlayn ariza topshirgan.
Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Nomzodlar ariza topshirishda pasport va JSHSHIR ma’lumotlarini kiritishi, diplom hamda uning ilovasini elektron shaklda yuklashi va o‘qimoqchi bo‘lgan OTM hamda ta’lim yo‘nalishini tanlashi kerak.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Qabul kvotalari esa har bir OTMning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Qabul natijalari 30-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilinadi.

OTMlarda bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha qabul o‘tkaziladi
Kirish imtihonlarida belgilangan minimal ballni to‘plagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga OTMlarda bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda qatnashish imkoniyati beriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, qo‘shimcha qabul fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan vakant yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Abituriyentlar imtihon natijalari e’lon qilinganidan bir hafta o‘tib, ro‘yxatdan o‘tish uchun bir hafta vaqtga ega bo‘ladi.
Bo‘sh o‘rinlarga qabul abituriyentlarning to‘plagan ballari asosida, ya’ni reyting ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qabul qilinganlar bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.
Mazkur tartib Hukumatning 578-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida joriy etildi. Qabul natijalari bo‘yicha shakllantirilgan qaydnomalar OTMlarda tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
Shuningdek, qabul tartibining 74-bandiga ham o‘zgartirish kiritilib, ayrim masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati Davlat komissiyasidan OTM rektori yoki direktoriga o‘tkazildi.

2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga 4 840 ta kvota ajratildi
2027-yilda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlariga jami 4 840 nafar talabgor qabul qilinadi. Kvotalar stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlangan.
Ta’lim bosqichi
Kvota
Stajyor-tadqiqotchilik — 400 ta
Tayanch doktorantura — 3 900 ta
Doktorantura — 540 ta
Jami — 4 840 ta
Kvotalar mamlakatdagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkiloti kesimida belgilangan. Eng ko‘p o‘rin — 3 900 ta — tayanch doktoranturaga ajratilgan.
Mazkur kvotalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, 2027-yilgi qabul jarayonini tashkil etish uchun asos bo‘ladi.

2027-yildan barcha OTMlarda karyera markazlari tashkil etilishi taklif qilinmoqda
Oliy ta’lim tashkilotlarida karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan barcha OTMlarda karyera markazlari tashkil etilishi taklif qilinmoqda. Ular talabalarni kasbga yo‘naltirish, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish hamda bitiruvchilarning ishga joylashishini kuzatib boradi.
Karyera markazlari xodimlari uchun yagona malaka talablari joriy etiladi. Ular maxsus “Karyera markazi menejeri” dasturini tamomlab, sertifikat olishi kerak bo‘ladi. Dasturda mehnat bozori, kasbiy yo‘naltirish, amaliyot, KPI va sun’iy intellektdan foydalanish kabi yo‘nalishlar o‘rgatiladi.
Shuningdek, karyera markazlari faoliyati OTMlar reytingi va davlat akkreditatsiyasida hisobga olinadi. Ularning samaradorligi, jumladan, bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi orqali baholanadi.
Agar bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichi 50 foizdan past bo‘lsa, OTMga keyingi o‘quv yilida yangi ta’lim dasturlarini joriy etishni cheklash taklif qilinmoqda.
2028-yildan yangi tashkil etiladigan nodavlat OTMlar uchun ham karyera markazlarini tashkil etish majburiy bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Hujjat hozircha loyiha shaklida bo‘lib, jamoatchilik muhokamasidan o‘tmoqda.

Xalqaro Informatika olimpadasida O‘zbekiston jamoasining barcha a’zosi g‘olib bo‘ldi.
O‘zbekiston 9-16-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan 38-xalqaro informatika olimpiadasiga (IOI 2026) mezbonlik qilmoqda. Olimpiada Toshkent shahrida o‘tkazilib, AQSh, Xitoy, Germaniya, Singapur, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Buyuk Britaniya kabi 97 dan ortiq mamlakatdan 386 nafar o‘quvchi qatnashmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro olimpiadada 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jamoa tarixida ilk bor uning barcha 4 nafar a’zosi sovrindor bo‘ldi.
🥈 Jahonali Haydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal;
🥉 Timur Qodirbergenov — Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal;
🥉 Ulug‘bek Raxmatullayev — Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal;
🥉 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal.
O‘zbekiston 2015-yildagi Qozog‘istondan keyin IOI ni o‘tkazayotgan Markaziy Osiyodagi ikkinchi mamlakatga hisoblanib, Boliviyada o'tgan IOI 2025 da kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan milliy terma jamoa bu safar o‘z yurtida bellashib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

‼️MANDAT CHIQDI.
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi.
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi “CS” va “Dota” o‘ynab ham diplom olish mumkin 😅
Endilikda talabalar Qozog‘istonda kibersport bo‘yicha Milliy sport universitetida oliy ta’lim olishi mumkin bo‘ladi.
Talabalar nafaqat professional o‘yinchi, balki kibersport murabbiyi, tahlilchisi, menejeri va sharhlovchisi bo‘lishni ham o‘rganadi.
Qisqasi, “Kompyuterda o‘ynab nima qilasan?” degan savolga endi diplom bilan javob berish mumkin. 😄
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Endilikda talabalar Qozog‘istonda kibersport bo‘yicha Milliy sport universitetida oliy ta’lim olishi mumkin bo‘ladi.
Talabalar nafaqat professional o‘yinchi, balki kibersport murabbiyi, tahlilchisi, menejeri va sharhlovchisi bo‘lishni ham o‘rganadi.
Qisqasi, “Kompyuterda o‘ynab nima qilasan?” degan savolga endi diplom bilan javob berish mumkin. 😄
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Perevod” uchun test sanalari ma’lum qilindi
Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish uchun test sinovlari 19–20-avgust kunlari o‘tkaziladi.
Testlar ikki smenada bo‘lib o‘tadi:
1-smena: 08:00–11:00
2-smena: 15:00–18:00
Talabgorlar test o‘tkaziladigan joyga kamida 1,5 soat oldin pasport yoki ID-karta va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi kerak. Birinchi smenadagilar 07:30 gacha, ikkinchi smenadagilar esa 14:30 gacha tekshiruvdan o‘tib, joylashib olishi lozim.
Testda 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha jami 90 ta savol beriladi. Barcha topshiriqlarni bajarish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Testda qatnashish uchun kerakli ruxsatnomani my.uzbmb.uz orqali olish mumkin.

😁2
1-bosqichga qabul qilingan abituriyentlar uchun yotoqxonaga ariza berish boshlandi
2026-2027- o‘quv yili uchun talabalikka qabul qilingan abituriyentlar uchun talabalar turar joylariga ariza berish xizmatiishga tushirildi.
Talabgorlar arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz onlayn portal orqali berishlari mumkin.
Talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish belgilangan tartibda hamda mavjud bo‘sh o‘rinlarga qarab amalga oshiriladi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
2026-2027- o‘quv yili uchun talabalikka qabul qilingan abituriyentlar uchun talabalar turar joylariga ariza berish xizmatiishga tushirildi.
Talabgorlar arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz onlayn portal orqali berishlari mumkin.
Talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish belgilangan tartibda hamda mavjud bo‘sh o‘rinlarga qarab amalga oshiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Talabalikka tavsiya etilganlar OTMga qanday hujjatlar topshiradi?
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar OTMga hujjat topshirishda quyidagilarni tayyorlab qo‘yishi kerak:
🔹 Rektor nomiga ariza — OTMning o‘zida yoziladi;
🔹 Pasport yoki ID-karta nusxasi — asli bilan;
🔹 Diplom yoki attestat — ilovasi bilan birga asli;
🔹 Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat — mavjud bo‘lsa;
🔹 3,5×4,5 hajmdagi 6 ta fotosurat;
🔹 Imtiyoz asosida tavsiya etilganlar uchun imtiyozni tasdiqlovchi hujjat asli;
🔹 Abituriyent qayd varaqasi;
🔹 Hujjatlar yig‘ma jildi;
🔹 A5 formatdagi konvert.
📌 Hujjatlarni topshirishdan oldin OTM tomonidan berilgan qo‘shimcha ko‘rsatmalarni ham tekshirib olish tavsiya etiladi.

O‘zbekiston OTMlarida qo‘shni davlatlar fuqarolari uchun 70 ta grant ajratildi
2026/2027-o‘quv yilida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun O‘zbekistonning davlat oliy ta’lim tashkilotlarida jami 70 ta davlat granti ajratildi. Bu qabul parametrlari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan.
Grantlar quyidagicha taqsimlangan:
🇰🇬 Qirg‘iziston — 20 ta
🇰🇿 Qozog‘iston — 20 ta
🇹🇯 Tojikiston — 20 ta
🇲🇳 Mo‘g‘uliston — 10 ta.
Mazkur o‘rinlar respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun ajratilgan. Ya’ni ushbu to‘rtta davlat fuqarolari O‘zbekistondagi davlat OTMlarida grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
2026/2027-o‘quv yilida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun O‘zbekistonning davlat oliy ta’lim tashkilotlarida jami 70 ta davlat granti ajratildi. Bu qabul parametrlari Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan.
Grantlar quyidagicha taqsimlangan:
🇰🇬 Qirg‘iziston — 20 ta
🇰🇿 Qozog‘iston — 20 ta
🇹🇯 Tojikiston — 20 ta
🇲🇳 Mo‘g‘uliston — 10 ta.
Mazkur o‘rinlar respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun ajratilgan. Ya’ni ushbu to‘rtta davlat fuqarolari O‘zbekistondagi davlat OTMlarida grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 2026/2027-o‘quv yili uchun OTM qabulining yakuniy natijalari e’lon qilindi
18-avgust kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Yakuniy tanlov natijalariga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 209,1 ming nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan:
52,8 ming nafari — davlat granti;
156,3 ming nafari — to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etildi.
Bundan tashqari, belgilangan imtiyozlar doirasida yana 20,5 ming nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan.
Bu yil davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa 93,7 ballni tashkil etdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 121,8 va 84,9 ball bo‘lgan.
Qabul jarayonida jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Test sinovlarida qatnashganlarning 233 935 nafari yoki 37,54 foizi 56,7 ballik minimal chegaradan o‘ta olmagan. 389,1 ming nafar abituriyent esa 56,7 va undan yuqori ball to‘plab, tanlovning keyingi bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan.

Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
📚 Akademik litsey va texnikumlar — 2-sentyabrdan;
🎓 OTMlarning 1-bosqich talabalari — 7-sentyabrdan;
🎓 2-bosqich va undan yuqori kurslar — 14-sentyabrdan o‘qishni boshlaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Talabalar o‘rtasida qayta taqsimlangan grant natijalari e’lon qilinmoqda
Davlat OTMlarida 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari o‘rtasida yangi o‘quv yili uchun davlat granti qayta taqsimlanishi natijalari e’lon qilinmoqda.
Qayta taqsimlashda grantlar ikki turga bo‘linadi:
🔹 To‘liq ta’lim granti — o‘qish xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi va talaba stipendiya bilan ta’minlanadi.
🔹 To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti — kontrakt summasining 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi, biroq stipendiya berilmaydi.
Grant uchun arizalar bu yil 15–20-iyul kunlari qabul qilingan.
📌 Grantga da’vogarlik qilgan talabalar natijalarini HEMIS tizimidagi shaxsiy kabineti orqali tekshirishi mumkin.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Davlat OTMlarida 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari o‘rtasida yangi o‘quv yili uchun davlat granti qayta taqsimlanishi natijalari e’lon qilinmoqda.
Qayta taqsimlashda grantlar ikki turga bo‘linadi:
🔹 To‘liq ta’lim granti — o‘qish xarajatlari davlat tomonidan to‘liq qoplanadi va talaba stipendiya bilan ta’minlanadi.
🔹 To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti — kontrakt summasining 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi, biroq stipendiya berilmaydi.
Grant uchun arizalar bu yil 15–20-iyul kunlari qabul qilingan.
📌 Grantga da’vogarlik qilgan talabalar natijalarini HEMIS tizimidagi shaxsiy kabineti orqali tekshirishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2
Talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun 6-yo‘nalish tanlash boshlandi
2026/2027-o‘quv yilida OTMga kirish imtihonida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga yana bir imkoniyat berildi.
🏫 80 ta OTMda jami 31 808 ta vakant o‘rin mavjud. Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan yo‘nalishlarni tanlash mumkin.
📅 Ro‘yxatdan o‘tish 22–28-avgust kunlari, shu jumladan 28-avgust kuni ham davom etadi.
📍 Arizalar my.uzbmb.uz platformasi orqali topshiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan minimal balldan o‘tgan, ammo o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar, shuningdek, ikkinchi bosqichda OTM va yo‘nalish tanlamaganlar ham qatnashishi mumkin.
Abituriyentlar faqat vakant o‘rin mavjud bo‘lgan va o‘zlari topshirgan fanlar majmuasi hamda ta’lim tiliga mos yo‘nalishlarni tanlaydi.
🎓 Talabalikka tavsiya etish esa to‘plangan ballar ketma-ketligi asosida, bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida amalga oshiriladi.

O‘qishni ko‘chirish natijalari e’lon qilindi
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabgorlar uchun 19–20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalrni baholash agentligi xabar berdi.
Testda qatnashgan talabgorlar o‘z natijasini my.uzbmb.uz platformasidagi shaxsiy ma’lumotlari orqali tekshirishi mumkin. Buning uchun pasport seriyasi va raqami hamda JSHSHIRni kiritish kerak.

Endi OTMlarda kunning ikkinchi yarmida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati misolida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarni oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, o‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari talabalarining 63 %i o‘qish jarayonida yetarli amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmayotganini bildirgan. Shu sababli, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish, OTMlarning mavjud imkoniyatlaridan kasbga o‘rgatishda keng foydalanish topshirildi.
Bu shuni anglatadiki, universitetlarda kunning ikkinchi yarmida talabalarning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.