This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Grantda o‘qiganlar uchun 3 yil davomida ishlab berish talabi o‘zgarishi mumkin
Oldin davlat granti asosida o‘qigan talabalar, o‘qishi tugagandan so‘ng, vazirlik bilan tuzilgan shartnoma asosida korxona va tashkilotlarda kamida uch yil ishlab berishi kerak edi. Endilikda, mazkur qaror o‘zgartirilib, bitiruvchilarning ishlash davomiyligi ularning ta’lim yo‘nalishi xususiyatini hisobga olgan holda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanilishi mumkin. Hozirda, tegishli qaror loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirilgan bo‘lib, muhokamalar 26-martgacha davom etadi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HEMIS’da o‘quv rejasidan tashqari fanlar uchun ham davomat qilish imkoniyati yaratildi
HEMIS tizimiga “Ma’rifat soati” kabi o‘quv rejasidan tashqari bo‘lgan mashg‘ulotlar bo‘yicha davomatni yuritish funksiyasi qo‘shildi. Mazkur funksiya hozirda Tyutor rolida ishlab, unga o‘quv rejasiga tegishli bo‘lmagan fanlar kiritilgan hamda uning davomat bo‘limida darsga kelmagan talabalarning ro‘yhati saqlanib boradi. Ma’lumot uchun, ushbu turdagi (o‘quv rejasidan tashqari) fanlar bo‘yicha qilingan davomat talabaning tizimdagi umumiy davomat ko‘rsatkichiga (foiziga) ta’sir qilmaydi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
HEMIS tizimiga “Ma’rifat soati” kabi o‘quv rejasidan tashqari bo‘lgan mashg‘ulotlar bo‘yicha davomatni yuritish funksiyasi qo‘shildi. Mazkur funksiya hozirda Tyutor rolida ishlab, unga o‘quv rejasiga tegishli bo‘lmagan fanlar kiritilgan hamda uning davomat bo‘limida darsga kelmagan talabalarning ro‘yhati saqlanib boradi. Ma’lumot uchun, ushbu turdagi (o‘quv rejasidan tashqari) fanlar bo‘yicha qilingan davomat talabaning tizimdagi umumiy davomat ko‘rsatkichiga (foiziga) ta’sir qilmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dunyoning 1-raqamli universitetiga kirgan o‘quvchilarning unutilmas onlari
Al-Xorazmiy maktabining ikki nafar o‘quvchisi Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatov Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100% lik grant asosida o’qishga qabul qilindi. Ma’lumot uchun, Asilbek Sunnatov 2021-yil matematika fanidan o‘tkazilgan Qo‘qon olimpiadasida birinchi o‘rinni egallab, “Nexia-3” mashinasi bilan mukofotlangan edi. Shu bilan birga, Asilbek 2025-yil o‘tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida, kumush medali sohibi bo‘lgan. Elbek Zohidjonov esa ushbu Xalqaro olimpiadaga informatika yo‘nalishi bo‘yicha qatnashib, kumush medalini qo‘lga kiritgan. Bitiruvchilar kirgan mazkur universitet 1861-yilda AQShning Kembrij shahrida tashkil etilgan hamda bugungi kunda dunyoning birinchi raqamli texnik universiteti hisoblanadi. Shuningdek, u QS jahon reytingida ketma-ket 13 yil davomida 1-o‘rinni o‘zida saqlab kelmoqda. Hozirda, universitetda jami 11,500 atrofida talaba tahsil oladi.

Maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi. Bu Ramazon hayiti munosabati bilan belgilangani ma’lum qilindi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, ta’til 28-martgacha davom etadi. 4-chorak esa 30-mart, dushanba kunidan boshlanadi.
Shuningdek, 20-mart va 28-mart kunlariga to‘g‘ri kelgan darslar keyinchalik 4-chorak davomida o‘quv dasturiga qo‘shib o‘tiladi.

Kavkaz matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 7 ta medal yutdi
Joriy yilning 13-18-mart kunlari o‘tkazilgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasidan 7 nafar o‘quvchi qatnashdi. Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada o‘quvchilar 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi:
Abdulaziz Radjabov (senior) — Toshkent shahar IMA Al-Xorazmiy IMI o‘quvchisi — oltin medal,
• Elshod Oʻralov (senior) — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — oltin medal,
• Ashrafjon Ravshanov (junior) — Kattaqo‘rg‘on tuman 1-IDUM o‘quvchisi — kumush medal,
• Rasulbek G‘afforov (senior) — Toshkent shahar IMA al-Xorazmiy IM o‘quvchisi — kumush medal,
• Dostonbek Rahmonqulov (junior)— Sirdaryo viloyati ITMA IM o‘quvchisi — bronza medal,
• Fayzulloh Toxirov (junior) — Toshkent shahar IMA al-Xorazmiy IM o‘quvchisi — bronza medal,
• Muhammadfotih Murodov (junior) — Karakul international school o‘quvchisi — bronza medal.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan mazkur olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalar ro’yxatiga kiritilganligi bois, g‘olib o‘quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

😁1
O‘zbekistonda “yashil texnikumlar” tashkil etiladi
Joriy yilning 23-mart kuni Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 2026-2030-yillarga moʻljallangan ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda Ekomadaniyat umummilliy loyihasi taqdim etildi. Biroq, aholi oʻrtasida ekologik ong va barqaror odatlar hali yetarli darajada shakllanmagani, innovatsiya va iqlim texnologiyalarini amaliyotga joriy qila oladigan kadrlar taqchilligi qayd etildi. Shu munosabat bilan yangi oʻquv yilidan boshlab Respublikaning 14 ta hududida “yashil texnikumlar” tashkil etilib, ular “Green University” tizimiga akademik hamkorlik asosida biriktiriladi. Loyihaga ko‘ra, oʻquvchi va talabalar soni 2028-2029-oʻquv yiligacha, 10 ming nafarga yetkaziladi. Bakalavriat va magistraturada atrof-muhit va barqaror boshqaruv, yashil iqtisodiyot, atrof-muhit muhandisligi, iqlim oʻzgarishi, choʻllanishga qarshi kurashish, barqaror shaharsozlik, barqaror energiya almashinuvi kabi yangi yoʻnalishlar ochiladi. Taʼlim jarayonida dual tizim joriy qilinib, nazariy bilim bilan amaliyot uygʻunlashtiriladi. Shu bilan birga universitet taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy-innovatsion loyihalar va targʻibot ishlari uchun katta miqdorda mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.

Prezident stipendiyasini yutgan magistrantlar aniq bo‘ldi
2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichidagi 22 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorida e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tanlovga jami 195 nafar nomzodning hujjati taqdim etilgan. Jumladan, 22 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi suhbat bosqichiga tavsiya qilingan 61 nafar talaba bilan alohida suhbatlar o‘tkazilgan. Suhbat natijasi esa maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan. Prezident stipendiyasi g‘oliblariga bir yil davomida har oy 2 mln 410 ming 645 so‘mdan beriladi. Shuningdek, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan hamda suhbatga tavsiya etilmagan talabalar ham universitetlari rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Dunyoning top-1000 universitetlari ro‘yxatiga O‘zbekistonning 7 ta oliygohi kiritildi
Joriy yilning 25-mart kuni dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi – “QS World University Rankings by Subject – 2026” natijalari e’lon qilindi. Ushbu natijalar xalqaro “QS Quacquarelli Symonds” agentligi tomonidan taqdim etildi. Dunyoning top-1000 universitetlari ro‘yxatidan O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 12 fan yo‘nalishi bo‘yicha joy oldi. Natijalarni o‘tgan yil bilan solishtirganda, reytingga kirgan universitetlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga oshganini ko‘rish mumkin.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Joriy yilning 25-mart kuni dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi – “QS World University Rankings by Subject – 2026” natijalari e’lon qilindi. Ushbu natijalar xalqaro “QS Quacquarelli Symonds” agentligi tomonidan taqdim etildi. Dunyoning top-1000 universitetlari ro‘yxatidan O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 12 fan yo‘nalishi bo‘yicha joy oldi. Natijalarni o‘tgan yil bilan solishtirganda, reytingga kirgan universitetlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga oshganini ko‘rish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
65d66336-cde8-ebe4-6563-ffe8eb1f40a2_media_.pdf
241.8 KB
2025-yilda “Narxoz” eng ko‘p daromad qilgan OTM bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalarining 2025-yilgi moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, barcha universitetlarning umumiy daromadi 12 trln so‘mni, xarajatlari esa 12,3 trln so‘mni tashkil qilgan. Eng ko‘p daromad va xarajat qilgan universitet sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ko‘rsatilgan. Ushbu oliygoh xarajatlariga 886,2 milliard so‘m sarflab, 909 mlrd so‘m daromad qilgan. Ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Milliy universiteti (650 milliard so‘m), undan keyin esa Qoraqalpoq davlat universiteti (571,2 milliard so‘m) egallagan. Shuningdek, eng katta zarar 93,8 milliard so‘m bilan Navoiy davlat pedagogika institutida kuzatilgan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalarining 2025-yilgi moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, barcha universitetlarning umumiy daromadi 12 trln so‘mni, xarajatlari esa 12,3 trln so‘mni tashkil qilgan. Eng ko‘p daromad va xarajat qilgan universitet sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ko‘rsatilgan. Ushbu oliygoh xarajatlariga 886,2 milliard so‘m sarflab, 909 mlrd so‘m daromad qilgan. Ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Milliy universiteti (650 milliard so‘m), undan keyin esa Qoraqalpoq davlat universiteti (571,2 milliard so‘m) egallagan. Shuningdek, eng katta zarar 93,8 milliard so‘m bilan Navoiy davlat pedagogika institutida kuzatilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda ta'lim sohasi mutasaddilari pora bilan ushlandi
Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi maktab direktori, Urganch tumanida yashovchi ayolni fizika fani o‘qituvchisi qilib ishga olish evaziga 14 mln so‘m pora olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Xuddi shunday korrupsion holat viloyatning Shovot tumanida ham kuzatilib, tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bosh mutaxassisi kredit ishlarida yordam berish uchun fuqarodan 100 mln so‘m pora talab qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Xiva tumanida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan ayol ta’lim bo‘limi xodimidan tuman hududidagi qurilishi tugallanmagan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini sotib olish va qurilish ishlarini yakuniga yetkazish uchun bankdan 2 mlrd so‘m miqdorda imtiyozli kredit ajratish masalasida yordam so‘ragan. Xodim xizmati uchun 29 800 AQSH dollari va 80 mln so‘mni xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda, gumondorlarga nisbatan qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda ehtiyot choralari ko‘rildi.

Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti xalqaro tanlovda I darajali mukofotni qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonda “Bilim-Orkenieti” Milliy innovatsion ilmiy-tadqiqot markazi xalqaro forum o‘tkazdi. Mazkur forumda MDH davlatlari pedagoglari ishtirok etdi. Tadbirning “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining eng yaxshi pedagogi” tanlovida Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti Maksim Tsukanov ishtirok etib, faxrli I darajali mukofotni qo‘lga kiritdi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Qozog‘istonda “Bilim-Orkenieti” Milliy innovatsion ilmiy-tadqiqot markazi xalqaro forum o‘tkazdi. Mazkur forumda MDH davlatlari pedagoglari ishtirok etdi. Tadbirning “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining eng yaxshi pedagogi” tanlovida Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti Maksim Tsukanov ishtirok etib, faxrli I darajali mukofotni qo‘lga kiritdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda talaba qiz chaqalog‘ini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 23 yoshli talaba qiz yanvar oyida tug‘ilgan chaqalog‘ini 1,5 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda ‘‘Millar’’ informatsion dasturi ma’lum qilindi. Aniqlanishicha, talaba qiz tug‘ruqdan atigi to‘rt kun o‘tib, farzandini xaridorlarga topshirmoqchi bo‘lgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda, mazkur holat yuzasidan talaba qizga nisbatan bola savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ma’lumot uchun, qizning qaysi oliygohda o‘qishi ochiqlanmagan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 23 yoshli talaba qiz yanvar oyida tug‘ilgan chaqalog‘ini 1,5 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda ‘‘Millar’’ informatsion dasturi ma’lum qilindi. Aniqlanishicha, talaba qiz tug‘ruqdan atigi to‘rt kun o‘tib, farzandini xaridorlarga topshirmoqchi bo‘lgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda, mazkur holat yuzasidan talaba qizga nisbatan bola savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ma’lumot uchun, qizning qaysi oliygohda o‘qishi ochiqlanmagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisini zo‘rlagani aytilmoqda
Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlangani aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, 28-mart kuni tumanda yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga 1973-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi 2013-yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganini bildirgan. Viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlangani aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, 28-mart kuni tumanda yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga 1973-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi 2013-yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganini bildirgan. Viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxorolik o‘quvchi AQSHning mashhur oliygohlari talabasi bo‘ldi
Buxorolik 16 yoshli o‘quvchi Amirbek Baxshilloyev AQSHning eng nufuzli Stenford, Braun universitetlari hamda Kaliforniya texnologiya institutiga yadro muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Amirbek bu yutuqlarga erishish uchun, IELTS imtihonidan 8,5 ball, SAT imtihonidan esa 1520 ballni qo‘lga kiritgan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Buxorolik 16 yoshli o‘quvchi Amirbek Baxshilloyev AQSHning eng nufuzli Stenford, Braun universitetlari hamda Kaliforniya texnologiya institutiga yadro muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Amirbek bu yutuqlarga erishish uchun, IELTS imtihonidan 8,5 ball, SAT imtihonidan esa 1520 ballni qo‘lga kiritgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Termizda O‘zbekiston Milliy gerbariysining filiali ochildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Milliy gerbariysining hududiy filiali ochildi. Mazkur filialda 4 000 dan ziyod o‘simliklar bo‘lib, ularni keyingi yillarda 10 000 taga yetkazish va ulkan o‘simlik arxivini yaratish rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy gerbariysi dunyoda muqobili kam bo‘lgan muassasa hisoblanib, unda jami 1,5 milliondan ortiq namuna mavjud.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Milliy gerbariysining hududiy filiali ochildi. Mazkur filialda 4 000 dan ziyod o‘simliklar bo‘lib, ularni keyingi yillarda 10 000 taga yetkazish va ulkan o‘simlik arxivini yaratish rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy gerbariysi dunyoda muqobili kam bo‘lgan muassasa hisoblanib, unda jami 1,5 milliondan ortiq namuna mavjud.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda poyezd kechiksa, talabalarga bilet puli qaytariladi
O‘zbekistonda mahalliy poyezdlar kechikkan va’ziyatlarda yo‘lovchilarga pullik kompensatsiya to‘lash tartibi joriy etilmoqda. Murojaatlarda poyezdlar 40 daqiqadan 1 soatgacha kechikib kelayotgani yo‘lovchilarning shaxsiy rejalariga jiddiy ta’sir qilayotgani ta’kidlangan. Jumladan, o‘tgan yil davomida Raqobat qo‘mitasiga ushbu masala bo‘yicha 51 ta murojaat kelib tushgan. Yangi qoidalarga ko‘ra, poyezd 15 daqiqadan 30 daqiqagacha kechiksa, chipta qiymatining 15 foizi, 31–60 daqiqada esa 25 foizi qaytarilishi belgilanmoqda. Agar kechikish 61 daqiqadan 120 daqiqagacha davom etsa, yo‘lkiraning 50 foizi, 121 daqiqadan ortiq hollarda esa to‘liq — 100 foizi qaytarilishi ko‘zda tutilgan. Xabarni butun umrini avtovokzalda poyezd kutish bilan o‘tkazib yuborgan talaba do‘stlarizga jo‘natib qo‘ying.

O‘zbekistonda ta’lim xizmatlaridagi o‘sish eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi
Joriy yilning yilning yanvar-fevral oylarida mamlakatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168,2 trln so‘mni tashkil etib, shundan 121,2 foizi ta’lim xizmatlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Keyingi o‘rinlardan moliyaviy xizmatlar, savdo xizmatlari, aloqa va axborotlashtirish hamda boshqa xizmatlar joy olgan. Ma’lumot uchun, ta’lim xizmatlariga maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim, Oliy ta’lim va boshqa ta’lim xizmatlari kiradi. Shu o‘rinda qayd etish mumkinki, O‘zbekistonda o‘tgan yilga nisbatan maktablar soni 175 taga ko‘payib, jami 11 118 tani tashkil etgan. Bu yurtimizda ta’lim sohasiga bo‘lgan talabning kundan-kunga oshayotganligidan dalolat beradi.