Studentlar
141 subscribers
1.4K photos
609 videos
6 files
1.51K links
Ta’limga oid barcha ma’lumotlar jamlangan platforma
Download Telegram
18 yoshida talaba emas, professor: amerikalik yigit rekord o‘rnatdi

AQShlik Natan Tomas 18 yoshida universitet professori bo‘lib, tarixdagi eng yosh professor sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Natan muhandislar oilasida voyaga yetgan va bolaligidan matematika, texnologiya hamda muhandislik fanlariga qiziqqan. U 10 yoshida kollejda, 14 yoshida esa Florida xalqaro universitetida tahsil olishni boshlagan.
2023-yilda elektrotexnika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistr darajalarini a’lo natijalar bilan tamomlagach, o‘zi tahsil olgan oliy ta’lim muassasasida dars bera boshladi. Shu tariqa u 18 yoshida professorlik faoliyatini boshlagan eng yosh inson sifatida Ginnes rekordini o‘rnatdi. Natijada 19 yoshida professor bo‘lgan shotlandiyalik olim Kolin Maklorenga tegishli rekord yangilandi.
Hozirda 21 yoshli Natan Mayami universitetida huquqshunoslik bo‘yicha doktoranturada tahsil olmoqda. U kelajakda fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasidagi intellektual mulk huquqi yo‘nalishida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.
Natan o‘z muvaffaqiyati haqida shunday deydi: “Bu yerda hammaning maqsadi bir xil — bilim olish. Yosh aslida ahamiyatga ega emas. Muhimi, o‘z ishingni sidqidildan bajarish va boshqalarga foyda keltirishdir.”

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy sertifikat topshiruvchilar uchun yangi tartiblar e’lon qilindi

Bilim va malakalarni baholash agentligi chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga oid bir qator yangi tartiblarni e’lon qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, imtihonga uzrli sabab bilan qatnasha olmagan talabgorlarning to‘lovi endi kuyib ketmaydi. Kasallik, xizmat safari yoki yaqin oila a’zosining vafoti kabi holatlar tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslanganda, talabgorlar keyingi imtihonda qo‘shimcha to‘lovsiz ishtirok etishi yoki to‘lagan mablag‘ini qaytarib olishi mumkin. Mazkur imkoniyat uzrsiz kelmagan, kechikkan yoki imtihon qoidalarini buzgan talabgorlarga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, 2026-yil 1-sentabrdan yana 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari Multi-level formatiga o‘tkaziladi. Unga xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uyg‘ur tillari kiradi.
Yangi formatda talabgorlar har bir til darajasi uchun alohida imtihon topshirish o‘rniga bitta imtihon orqali o‘zining B1, B2 yoki C1 darajasini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Avval Multi-level tizimi faqat ingliz, nemis, fransuz, arab va turk tillari bo‘yicha qo‘llanilgan edi. Endilikda ushbu format yana 11 ta chet tiliga ham tatbiq etiladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli bugun yakunlanadi
 
Joriy yilning 5-avgust sananasi o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lganlar uchun oxirgi muddat. O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar arizalarini transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz platformalari orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin.
Arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi, ularni ko‘rib chiqish esa 5-avgustdan 30-avgustgacha davom etadi.
Davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish faqat ayrim holatlarda ruxsat etiladi. Jumladan, talaba turmush qurganda turmush o‘rtog‘i yashaydigan hududdagi OTMga yoki davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda uning farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli tavsiyanoma asosida o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘qishni ko‘chirish uchun ariza, akademik ma’lumotnoma yoki reyting daftarchasi nusxasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda zarur hollarda asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etiladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga imtihonlarda qo‘shimcha vaqt beriladi
 
“Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–292-son, 04.08.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida, shuningdek, nogironligi bo‘lgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlarida belgilangan vaqt me’yorining 50 % miqdorida qo‘shimcha vaqt beriladi.
Bundan tashqari, ular uchun Brayl alifbosidagi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyati ham yaratiladi. Bu o‘zgarishlar alohida ta’lim ehtiyojiga ega shaxslar uchun imtihon jarayonining yanada qulay va inklyuziv bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijda o‘qish istagidagilar endi 20 ming dollargacha ta‘lim krediti olishi mumkin

 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab QS yoki Times Higher Education (THE) xalqaro reytinglarining TOP-300 taligiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat va magistraturada tahsil oladigan O‘zbekiston fuqarolari hamda pedagog xodimlar uchun yangi ta’lim krediti mexanizmi joriy etildi.
Yangi tartibga ko‘ra, har bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi.
Kredit o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan 7 oy o‘tib qaytarila boshlaydi va 7 yil davomida to‘lanadi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.
Kredit olish uchun bankka ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, universitetning taklifnoma xati yoki o‘qishni tasdiqlovchi hujjatlar, kontrakt shartnomasi va invoys, birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot hamda ayrim hollarda mehnat daftarchasidan ko‘chirma taqdim etiladi.
Mazkur mexanizm iqtidorli yoshlar va pedagoglarning dunyoning yetakchi universitetlarida ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash hamda malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nodavlat OTMlarga o‘qishni ko‘chirish muddati 10-avgustgacha uzaytirildi

Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati 2026-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.
Yangi muddat davomida talabalar nodavlat oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirishlari mumkin. Belgilangan sanadan keyin yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan transfer qilish uchun esa my.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Studentlar loyihasi videograf qidirmoqda!

Agar kamera bilan “til topisha olsangiz” va montajni yaxshi ko‘rsangiz — bu vakansiya aynan siz uchun!
Vazifalar:
— Bizning ijtimoiy tarmoq/kanallarimiz uchun video syomka va montaj;
Talablar:
— Mas’uliyatli, intizomli, tezkor bo‘lish, qisqa muddatli dedlaynlarga amal qilish;
— Studiyada svetlar bilan ishlash;
— Premiere Pro kabi montaj dasturlarida ishlashni bilish;
Sharoitlar:
— Media sohasida professional o‘sish va tajriba orttirish;
—    Ish vaqti: 10:00 – 19:00, oflayn tarzda, Toshkent shahrida;
—    Maosh suhbatda kelishiladi;
—    Talabalar uchun moslashuvchan grafik qilib beriladi.

📩 Rezyume va portfoliongizni @GalacticaAgencyHR ga yuboring

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8-avgust — OTM va yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni
 
Ertaga, 8-avgust kuni 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladigan so‘nggi kun hisoblanadi.
Abituriyentlar tanlovni my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali amalga oshirishi mumkin. Buning uchun platformadagi “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “OTM tanlash” xizmatidan foydalanish kerak.
Tanlov jarayonida abituriyentlar avvalo ustuvorlik va maqsadli qabul bo‘yicha tanlovini belgilaydi. Shundan so‘ng test topshirgan fanlar majmuasi hamda ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashi mumkin.
Belgilangan muddatgacha OTM va yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinmaydi.
Turli texnik nosozliklarga duch kelmaslik uchun abituriyentlarga tanlovni oxirgi daqiqalarga qoldirmasdan, imkon qadar ertaroq amalga oshirish tavsiya etiladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun AI bo‘yicha o‘quv materiallari ishlab chiqiladi

7-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar bilan tanishdi.
Taqdimotda, ayniqsa, yoshlar va talabalarni sun’iy intellekt sohasiga jalb qilish hamda ularning bilimini oshirish masalasiga e’tibor qaratildi.
Ma’lum, hozirgacha 1,5 milliondan ortiq foydalanuvchi sun’iy intellekt bo‘yicha maxsus sertifikat olgan. Kelgusi ikki yilda esa “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini to‘liq amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Loyiha doirasida o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha zamonaviy o‘quv materiallari ishlab chiqiladi. Bu yoshlarning AI texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, sun’iy intellektga qiziqadigan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun hududlarda xakaton va turli tanlovlar o‘tkazish kengaytiriladi. Hozirning o‘zida Nukus, Samarqand, Termiz, Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Guliston va Jizzax shaharlarida shu yo‘nalishdagi tadbirlar tashkil etilgan.
Bundan tashqari, “Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovi boshlangan. Kelgusida bunday loyihalar va tanlovlarni mamlakatning barcha hududlarida tashkil etish rejalashtirilgan.
Mas’ullarga sun’iy intellekt bo‘yicha amaliy loyihalarni ko‘paytirish, yoshlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, soha uchun zarur texnik imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
58 ming abituriyent universitet xatosi sabab kirish imtihonini qayta topshiradi

Meksikaning eng yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri — Meksika Milliy avtonom universiteti (UNAM) 2026-yilgi qabul jarayonida yuzaga kelgan muammolar sabab minglab abituriyentlar uchun qayta nazorat imtihoni o‘tkazishga qaror qildi.
Bu yil universitet kirish imtihonlarini ilk bor to‘liq onlayn shaklda tashkil etdi. Jarayon davomida nomzodlarni nazorat qilish uchun yuz va ovozni aniqlash kabi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilgan. Biroq yakuniy natijalarda avvalgi yillarga nisbatan juda yuqori ballar qayd etilgan.
Masalan, 2021–2025-yillarda abituriyentlarning o‘rtacha 3,5 foizi 100 va undan yuqori ball olgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 16 foizga yetgan. Tibbiyot yo‘nalishida esa 100 va undan yuqori ball olganlar ulushi bir yil ichida 9 foizdan qariyb 30 foizga oshgan.
Shubhali natijalar sabab dastlab 3 174 ta test natijasi bekor qilingan. Keyinchalik universitet qariyb 58 ming nafar abituriyentni qayta nazorat imtihoniga jalb qilishini ma’lum qildi. Ayrim ekspertlar esa qoidabuzarliklar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Universitetda imtihon savollarining internetga sizdirilishi, boshqa shaxs nomidan test topshirish va sun’iy intellektdan noqonuniy foydalanish kabi holatlar ham tekshirilmoqda. UNAM bu holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Qayta imtihon o‘tkazilishi ayrim abituriyentlarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Universitet rahbariyati halol topshirgan, biroq qayta sinovga chaqirilayotgan nomzodlardan uzr so‘ragan va qabul jarayonining adolatli bo‘lishi zarurligini ta’kidlagan.
UNAMga bu yil 150 mingdan ortiq abituriyent 21 962 ta o‘rin uchun hujjat topshirgan. Mojaro sabab yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi ham 10-avgustdan 31-avgustga ko‘chirilgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat topshirish yakunlanadi!

2026/2027-o‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limda o‘qishni istagan fuqarolar uchun hujjat topshirish jarayoni bugun, 10-avgust kuni yakunlanadi.
Soat 09:35 holatiga ko‘ra, 25 373 nafar talabgor onlayn ariza topshirgan.
Hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Nomzodlar ariza topshirishda pasport va JSHSHIR ma’lumotlarini kiritishi, diplom hamda uning ilovasini elektron shaklda yuklashi va o‘qimoqchi bo‘lgan OTM hamda ta’lim yo‘nalishini tanlashi kerak.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Qabul kvotalari esa har bir OTMning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning Kengashi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Qabul natijalari 30-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari tomonidan e’lon qilinadi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTMlarda bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha qabul o‘tkaziladi

Kirish imtihonlarida belgilangan minimal ballni to‘plagan, ammo talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga OTMlarda bo‘sh qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda qatnashish imkoniyati beriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, qo‘shimcha qabul fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan vakant yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Abituriyentlar imtihon natijalari e’lon qilinganidan bir hafta o‘tib, ro‘yxatdan o‘tish uchun bir hafta vaqtga ega bo‘ladi.
Bo‘sh o‘rinlarga qabul abituriyentlarning to‘plagan ballari asosida, ya’ni reyting ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qabul qilinganlar bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.
Mazkur tartib Hukumatning 578-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida joriy etildi. Qabul natijalari bo‘yicha shakllantirilgan qaydnomalar OTMlarda tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi.
Shuningdek, qabul tartibining 74-bandiga ham o‘zgartirish kiritilib, ayrim masalalar bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati Davlat komissiyasidan OTM rektori yoki direktoriga o‘tkazildi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga 4 840 ta kvota ajratildi

2027-yilda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlariga jami 4 840 nafar talabgor qabul qilinadi. Kvotalar stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktorantura yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlangan.
Ta’lim bosqichi
Kvota
Stajyor-tadqiqotchilik — 400 ta
Tayanch doktorantura — 3 900 ta
Doktorantura — 540 ta
Jami — 4 840 ta
Kvotalar mamlakatdagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkiloti kesimida belgilangan. Eng ko‘p o‘rin — 3 900 ta — tayanch doktoranturaga ajratilgan.
Mazkur kvotalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan bo‘lib, 2027-yilgi qabul jarayonini tashkil etish uchun asos bo‘ladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2027-yildan barcha OTMlarda karyera markazlari tashkil etilishi taklif qilinmoqda

Oliy ta’lim tashkilotlarida karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan barcha OTMlarda karyera markazlari tashkil etilishi taklif qilinmoqda. Ular talabalarni kasbga yo‘naltirish, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish hamda bitiruvchilarning ishga joylashishini kuzatib boradi.
Karyera markazlari xodimlari uchun yagona malaka talablari joriy etiladi. Ular maxsus “Karyera markazi menejeri” dasturini tamomlab, sertifikat olishi kerak bo‘ladi. Dasturda mehnat bozori, kasbiy yo‘naltirish, amaliyot, KPI va sun’iy intellektdan foydalanish kabi yo‘nalishlar o‘rgatiladi.
Shuningdek, karyera markazlari faoliyati OTMlar reytingi va davlat akkreditatsiyasida hisobga olinadi. Ularning samaradorligi, jumladan, bitiruvchilarning ishga joylashish darajasi orqali baholanadi.
Agar bitiruvchilarning ishga joylashish ko‘rsatkichi 50 foizdan past bo‘lsa, OTMga keyingi o‘quv yilida yangi ta’lim dasturlarini joriy etishni cheklash taklif qilinmoqda.
2028-yildan yangi tashkil etiladigan nodavlat OTMlar uchun ham karyera markazlarini tashkil etish majburiy bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Hujjat hozircha loyiha shaklida bo‘lib, jamoatchilik muhokamasidan o‘tmoqda.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro Informatika olimpadasida O‘zbekiston jamoasining barcha a’zosi g‘olib bo‘ldi.
 
O‘zbekiston 9-16-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan 38-xalqaro informatika olimpiadasiga (IOI 2026) mezbonlik qilmoqda. Olimpiada Toshkent shahrida o‘tkazilib, AQSh, Xitoy, Germaniya, Singapur, Koreya Respublikasi, Yaponiya va Buyuk Britaniya kabi 97 dan ortiq mamlakatdan 386 nafar o‘quvchi qatnashmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro olimpiadada 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jamoa tarixida ilk bor uning barcha 4 nafar a’zosi sovrindor bo‘ldi.
🥈 Jahonali Haydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal;
🥉 Timur Qodirbergenov — Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal;
🥉 Ulug‘bek Raxmatullayev — Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal;
🥉 Jahongirshoh Avazxonov — Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal.

O‘zbekiston 2015-yildagi Qozog‘istondan keyin IOI ni o‘tkazayotgan Markaziy Osiyodagi ikkinchi mamlakatga hisoblanib, Boliviyada o'tgan IOI 2025 da kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan milliy terma jamoa bu safar o‘z yurtida bellashib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️MANDAT CHIQDI.
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi.

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi “CS” va “Dota” o‘ynab ham diplom olish mumkin 😅

Endilikda talabalar Qozog‘istonda kibersport bo‘yicha Milliy sport universitetida oliy ta’lim olishi mumkin bo‘ladi.
Talabalar nafaqat professional o‘yinchi, balki kibersport murabbiyi, tahlilchisi, menejeri va sharhlovchisi bo‘lishni ham o‘rganadi.

Qisqasi, “Kompyuterda o‘ynab nima qilasan?” degan savolga endi diplom bilan javob berish mumkin. 😄

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Perevod” uchun test sanalari ma’lum qilindi

Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish uchun test sinovlari 19–20-avgust kunlari o‘tkaziladi.
Testlar ikki smenada bo‘lib o‘tadi:
1-smena: 08:00–11:00
2-smena: 15:00–18:00
Talabgorlar test o‘tkaziladigan joyga kamida 1,5 soat oldin pasport yoki ID-karta va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi kerak. Birinchi smenadagilar 07:30 gacha, ikkinchi smenadagilar esa 14:30 gacha tekshiruvdan o‘tib, joylashib olishi lozim.
Testda 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha jami 90 ta savol beriladi. Barcha topshiriqlarni bajarish uchun 3 soat vaqt ajratiladi.
Testda qatnashish uchun kerakli ruxsatnomani my.uzbmb.uz orqali olish mumkin.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Sen qanday odamning skeletisan?
— Men ozg‘in odamning skeletiman, Senchi?
— Men semiz odamning skeletiman.

— Hoy, sen qanday odamning skeletisan?
— Men skelet emasman, studentman🗿

Studentlarga yuborib qo‘ying 😅...

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2
1-bosqichga qabul qilingan abituriyentlar uchun yotoqxonaga ariza berish boshlandi
 
2026-2027- o‘quv yili uchun talabalikka qabul qilingan abituriyentlar uchun talabalar turar joylariga ariza berish xizmatiishga tushirildi.
Talabgorlar arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz onlayn portal orqali berishlari mumkin.
Talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish belgilangan tartibda hamda mavjud bo‘sh o‘rinlarga qarab amalga oshiriladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM