Bakalavrni xorijiy tilda o‘qigan talabalardan magistraturaga topshirishda til sertifikati talab etilmaydi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriatni xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat taqdim etishdan ozod etiladi.
Yangi tartib bakalavriatni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasdiqlagan ro‘yxatdagi 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bitiruvchilarga tatbiq etiladi.
Bunda abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu tilda tahsil olgan bo‘lishi hamda diplom ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Agar diplom ilovasida ta’lim tili qayd etilmagan bo‘lsa, bakalavriat xorijiy tilda o‘zlashtirilgani oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida tasdiqlanadi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTM qabuli: testlar yakunlandi, tanlov bosqichi 25-iyuldan boshlanadi
Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan qabul test sinovlari yakunlandi. O‘n kun davom etgan imtihonlarda qatnashishi belgilangan 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 mingdan ortig‘i ishtirok etdi. Test sinovi tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ortiq abituriyent esa jarayondan chetlatildi.
Qabulning so‘nggi kuni test topshirgan abituriyentlarning natijalari 24-iyul kuni e’lon qilinadi.
Shundan so‘ng, 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) qabulning ikkinchi bosqichi — tanlov jarayoni bo‘lib o‘tadi. Bu bosqichda abituriyentlar o‘z ballaridan kelib chiqib oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli hamda tanlov ustuvorligini belgilaydi.
Yakuniy mandat natijalari esa tanlov bosqichi yakunlanganidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.

🔥1
Ilm olish uchun yosh chegarasi yo‘qligini isbotlagan 63 yoshli talaba
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi 63 yoshli Gulsum Xurramova Qarshi davlat universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, bakalavr diplomini oldi.
U universitetning Tarix fakulteti “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida tahsil olgan. Gulsum Xurramova 2020-yilda, 58 yoshida talabalikka qabul qilingan.Uning aytishicha, oliy ma’lumot olish bolalikdagi orzusi bo‘lgan. Mahalla tizimi xodimlari uchun yaratilgan imtiyozlardan foydalanib, universitetga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
“Eng quvonarlisi, universitetga farzandim bilan emas, nevaram bilan bir vaqtda talabalikka qabul qilinganman”, — deydi Gulsum Xurramova.
U uzoq yillar mahalla tizimida faoliyat yuritgan. Hozirda esa Nishon tumanidagi Abdulla Qodiriy mahallasida ijtimoiy xodim sifatida ishlamoqda.

Xorijiy va nodavlat OTMlarga 1 452 ta davlat granti ajratildi
2026/2027-o‘quv yili uchun respublikadagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga jami 1 452 ta davlat granti ajratildi. Bu haqdagi tegishli buyruq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
Davlat granti uchun avvalo abituriyent xorijiy yoki nodavlat oliy ta’lim muassasasiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng grant tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tadi va alohida test sinovida ishtirok etadi. Grantlar test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan nomzodlarga beriladi.
Shuningdek, davlat OTMlariga kirish imtihonida qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ham to‘plagan ballari asosida mos yo‘nalishlar bo‘yicha ushbu grant tanlovida ishtirok etishi mumkin.
Test sinovlari va ro‘yxatdan o‘tish muddatlari qabul jarayonlari yakunlangach alohida e’lon qilinadi.

📚 B2 sertifikati bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin
O‘zbekistonda B2 darajadagi til sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ishlayotgan, belgilangan B2 yoki unga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasi amaldagi qonunchilik asosida bekor qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, B2 sertifikati talabi 2021-yilda joriy etilgan. Avval bu talab bir necha bor uzaytirilib, o‘qituvchilarga 2026/2027-o‘quv yili boshlanguniga qadar muddat berilgandi.
🗓 Qaror loyihasi 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
O‘zbekistonda B2 darajadagi til sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ishlayotgan, belgilangan B2 yoki unga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasi amaldagi qonunchilik asosida bekor qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, B2 sertifikati talabi 2021-yilda joriy etilgan. Avval bu talab bir necha bor uzaytirilib, o‘qituvchilarga 2026/2027-o‘quv yili boshlanguniga qadar muddat berilgandi.
🗓 Qaror loyihasi 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3–4-kurs talabalari uchun ishga kirishda yangi yengillik
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi yangi tashkil etilayotgan maktablarga ishga kirish uchun ariza topshirayotgan oliy ta’lim muassasalarining 3- va 4-kurs talabalari endilikda “Pedagog” platformasida diplom nusxasini yuklamaydi.
Yangi tartibga ko‘ra, “Pedagog” platformasida ariza to‘ldirish jarayonida tizim foydalanuvchining talaba maqomini avtomatik aniqlaydi. Shundan so‘ng talabalar diplom hujjatini yuklamasdan ariza topshirishni davom ettirishi mumkin.
Mazkur o‘zgarish 3- va 4-kurs talabalari uchun ishga qabul qilish jarayonini yanada qulay va soddalashtirishga xizmat qiladi.

Oliy ta’limda baholash tizimiga o‘zgartirishlar kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi bilan Talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom ishlab chiqildi. Hujjat tasdiqlansa, yangi tartib 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga yangi qabul qilinadigan talabalarga tatbiq etiladi.
Loyihaga ko‘ra, yakuniy nazorat imtihonlari ovoz va video kuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkaziladi. Imtihon jarayonlari yozib olinib, videolar kamida bir yil saqlanadi. Shuningdek, imtihonlarni oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn kuzatish imkoniyati ham yaratiladi.
Professor-o‘qituvchilar har bir bahoga 2–3 gapdan iborat izoh (feedback) yozishi talab etiladi. Baholashning 100 ballik tizimi saqlanib qoladi:
joriy nazorat — 30 ball;
oraliq nazorat — 20 ball;
yakuniy nazorat — 50 ball.
Shuningdek, uch oy ichida imtihonlarni kompyuterda topshirish va onlayn kuzatish platformalari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun esa Brayl alifbosi, ovozli o‘qish va assistent yordami kabi moslashtirilgan imtihon shakllari joriy etilishi nazarda tutilgan.

Magistratura uchun qabul bugun tugaydi!
Joriy yilning 30-iyul sanasi bilan OTMlarda 2026/2027 o‘quv yili magistratura bosqichi uchun qabul yakunlanadi. Bugun 30-iyul soat 10:45 holatiga ko‘ra, jami arizalar soni jami 60,884 nafarni tashkil etgan. Ko‘rsatkichlar jins bo‘yicha taqsimlanganda, talabgorlarning 13,762 nafari (22,6%) erkaklar, 47,122 nafari (77,4%) esa ayollar ekanligi ko‘rsatilgan.
Talabgorlardan arizalari to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilish so‘raladi.
Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshiriladi.

O‘zbekistonda stipendiya va ta’lim kreditlari tizimini o‘zgartirish taklif qilinmoqda
O‘zbekistonda talabalarga stipendiya va ta’lim kreditlarini ajratish tartibini o‘zgartirish taklif qilinmoqda. Bu tashabbus 30-iyul kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi institut tomonidan fiskal muloqotda taqdim etildi.
Taklifga ko‘ra, ta’lim kreditlari uch turda berilishi mumkin. Ehtiyojmand talabalar foizsiz kredit, o‘qish ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan talabalar imtiyozli kredit, qolgan talabalar esa umumiy shartlar asosidagi kredit olishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, manzilli stipendiya tizimini joriy etish, stipendiya miqdorini oshirish va talabalar turar joyi ijarasi uchun berilayotgan subsidiyani saqlab qolish ham taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida haq to‘lanadigan amaliyot (stajirovka), ish beruvchilar ishtirokidagi stipendiyalar hamda yashash xarajatlari uchun kreditlar joriy etish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, magistraturada tahsil olayotgan ayollarning kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun ajratilayotgan 125 mlrd so‘mlik davlat yordamini saqlab qolish taklif etilgan.

Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun arizalar qabuli boshlandi
Joriy yilning 1-avgust sanasidan boshlab talabalar yotoqxonalariga joylashish uchun arizalar topshirish jarayoni boshlandi. Arizalar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda topshiriladi. Arizalar o‘quv yili boshlanguniga qadar qabul qilinadi.
Dastlab yotoqxonalarga imtiyozli toifadagi talabalar joylashtiriladi. Qolgan o‘rinlar esa kurslar kesimida belgilangan kvotalar asosida taqsimlanadi.
Shuningdek, joriy yildan boshlab yotoqxonaga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari bitta elektron xizmat orqali avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Joriy yilning 1-avgust sanasidan boshlab talabalar yotoqxonalariga joylashish uchun arizalar topshirish jarayoni boshlandi. Arizalar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda topshiriladi. Arizalar o‘quv yili boshlanguniga qadar qabul qilinadi.
Dastlab yotoqxonalarga imtiyozli toifadagi talabalar joylashtiriladi. Qolgan o‘rinlar esa kurslar kesimida belgilangan kvotalar asosida taqsimlanadi.
Shuningdek, joriy yildan boshlab yotoqxonaga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari bitta elektron xizmat orqali avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika nomdor va Prezident davlat stipendiyalari uchun arizalar qabuli boshlandi
Joriy yilning 1-avgustidan Respublika nomdor hamda Prezident davlat stipendiyalari uchun hujjatlar qabuli boshlandi. Arizalar 15-avgustga qadar my.edu.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Tanlovda oliy ta’lim muassasasining birinchi bosqich saralashidan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli bakalavriat talabalari ishtirok etishi mumkin.
Prezident davlat stipendiyasiga nomzodlarning barcha baholari faqat “5” bo‘lishi shart. Respublika nomdor stipendiyalariga da’vogarlarda esa “4” baholar ulushi 25 % dan oshmasligi, shuningdek, “3” bahosi mavjud bo‘lmasligi talab etiladi.
Nomzodlardan akademik ma’lumotnoma (transkript), dekanat va kafedra tavsiyanomasi, ilmiy rahbar tavsiyanomasi, ilmiy ishlar ro‘yxati hamda tarix va chet tili bo‘yicha suhbat natijalari taqdim etilishi so‘raladi.
Shuningdek, Prezident davlat stipendiyasiga hujjat topshirayotgan bakalavriat talabalari kamida ikkita e’lon qilingan ilmiy maqola, tezis yoki boshqa ilmiy-tadqiqot ishiga ega bo‘lishi kerak.

18 yoshida talaba emas, professor: amerikalik yigit rekord o‘rnatdi
AQShlik Natan Tomas 18 yoshida universitet professori bo‘lib, tarixdagi eng yosh professor sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Natan muhandislar oilasida voyaga yetgan va bolaligidan matematika, texnologiya hamda muhandislik fanlariga qiziqqan. U 10 yoshida kollejda, 14 yoshida esa Florida xalqaro universitetida tahsil olishni boshlagan.
2023-yilda elektrotexnika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistr darajalarini a’lo natijalar bilan tamomlagach, o‘zi tahsil olgan oliy ta’lim muassasasida dars bera boshladi. Shu tariqa u 18 yoshida professorlik faoliyatini boshlagan eng yosh inson sifatida Ginnes rekordini o‘rnatdi. Natijada 19 yoshida professor bo‘lgan shotlandiyalik olim Kolin Maklorenga tegishli rekord yangilandi.
Hozirda 21 yoshli Natan Mayami universitetida huquqshunoslik bo‘yicha doktoranturada tahsil olmoqda. U kelajakda fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasidagi intellektual mulk huquqi yo‘nalishida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.
Natan o‘z muvaffaqiyati haqida shunday deydi: “Bu yerda hammaning maqsadi bir xil — bilim olish. Yosh aslida ahamiyatga ega emas. Muhimi, o‘z ishingni sidqidildan bajarish va boshqalarga foyda keltirishdir.”

Milliy sertifikat topshiruvchilar uchun yangi tartiblar e’lon qilindi
Bilim va malakalarni baholash agentligi chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlariga oid bir qator yangi tartiblarni e’lon qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, imtihonga uzrli sabab bilan qatnasha olmagan talabgorlarning to‘lovi endi kuyib ketmaydi. Kasallik, xizmat safari yoki yaqin oila a’zosining vafoti kabi holatlar tasdiqlovchi hujjatlar bilan asoslanganda, talabgorlar keyingi imtihonda qo‘shimcha to‘lovsiz ishtirok etishi yoki to‘lagan mablag‘ini qaytarib olishi mumkin. Mazkur imkoniyat uzrsiz kelmagan, kechikkan yoki imtihon qoidalarini buzgan talabgorlarga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, 2026-yil 1-sentabrdan yana 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari Multi-level formatiga o‘tkaziladi. Unga xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uyg‘ur tillari kiradi.
Yangi formatda talabgorlar har bir til darajasi uchun alohida imtihon topshirish o‘rniga bitta imtihon orqali o‘zining B1, B2 yoki C1 darajasini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Avval Multi-level tizimi faqat ingliz, nemis, fransuz, arab va turk tillari bo‘yicha qo‘llanilgan edi. Endilikda ushbu format yana 11 ta chet tiliga ham tatbiq etiladi.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli bugun yakunlanadi
Joriy yilning 5-avgust sananasi o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lganlar uchun oxirgi muddat. O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar arizalarini transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz platformalari orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin.
Arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi, ularni ko‘rib chiqish esa 5-avgustdan 30-avgustgacha davom etadi.
Davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish faqat ayrim holatlarda ruxsat etiladi. Jumladan, talaba turmush qurganda turmush o‘rtog‘i yashaydigan hududdagi OTMga yoki davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda uning farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli tavsiyanoma asosida o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘qishni ko‘chirish uchun ariza, akademik ma’lumotnoma yoki reyting daftarchasi nusxasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda zarur hollarda asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etiladi.

Nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga imtihonlarda qo‘shimcha vaqt beriladi
“Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–292-son, 04.08.2026-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida, shuningdek, nogironligi bo‘lgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlarida belgilangan vaqt me’yorining 50 % miqdorida qo‘shimcha vaqt beriladi.
Bundan tashqari, ular uchun Brayl alifbosidagi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyati ham yaratiladi. Bu o‘zgarishlar alohida ta’lim ehtiyojiga ega shaxslar uchun imtihon jarayonining yanada qulay va inklyuziv bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

Xorijda o‘qish istagidagilar endi 20 ming dollargacha ta‘lim krediti olishi mumkin
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab QS yoki Times Higher Education (THE) xalqaro reytinglarining TOP-300 taligiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat va magistraturada tahsil oladigan O‘zbekiston fuqarolari hamda pedagog xodimlar uchun yangi ta’lim krediti mexanizmi joriy etildi.
Yangi tartibga ko‘ra, har bir o‘quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalent miqdorda milliy valyutada ta’lim krediti ajratiladi.
Kredit o‘qishning rasmiy muddati tugaganidan 7 oy o‘tib qaytarila boshlaydi va 7 yil davomida to‘lanadi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.
Kredit olish uchun bankka ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, universitetning taklifnoma xati yoki o‘qishni tasdiqlovchi hujjatlar, kontrakt shartnomasi va invoys, birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot hamda ayrim hollarda mehnat daftarchasidan ko‘chirma taqdim etiladi.
Mazkur mexanizm iqtidorli yoshlar va pedagoglarning dunyoning yetakchi universitetlarida ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash hamda malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

❤1
Nodavlat OTMlarga o‘qishni ko‘chirish muddati 10-avgustgacha uzaytirildi
Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati 2026-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.
Yangi muddat davomida talabalar nodavlat oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirishlari mumkin. Belgilangan sanadan keyin yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan transfer qilish uchun esa my.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati 2026-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi.
Yangi muddat davomida talabalar nodavlat oliygohlarga o‘qishni ko‘chirish uchun ariza topshirishlari mumkin. Belgilangan sanadan keyin yuborilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan transfer qilish uchun esa my.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Studentlar loyihasi videograf qidirmoqda!
Agar kamera bilan “til topisha olsangiz” va montajni yaxshi ko‘rsangiz — bu vakansiya aynan siz uchun!
Vazifalar:
— Bizning ijtimoiy tarmoq/kanallarimiz uchun video syomka va montaj;
Talablar:
— Mas’uliyatli, intizomli, tezkor bo‘lish, qisqa muddatli dedlaynlarga amal qilish;
— Studiyada svetlar bilan ishlash;
— Premiere Pro kabi montaj dasturlarida ishlashni bilish;
Sharoitlar:
— Media sohasida professional o‘sish va tajriba orttirish;
— Ish vaqti: 10:00 – 19:00, oflayn tarzda, Toshkent shahrida;
— Maosh suhbatda kelishiladi;
— Talabalar uchun moslashuvchan grafik qilib beriladi.
📩 Rezyume va portfoliongizni @GalacticaAgencyHR ga yuboring

8-avgust — OTM va yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni
Ertaga, 8-avgust kuni 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladigan so‘nggi kun hisoblanadi.
Abituriyentlar tanlovni my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali amalga oshirishi mumkin. Buning uchun platformadagi “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “OTM tanlash” xizmatidan foydalanish kerak.
Tanlov jarayonida abituriyentlar avvalo ustuvorlik va maqsadli qabul bo‘yicha tanlovini belgilaydi. Shundan so‘ng test topshirgan fanlar majmuasi hamda ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashi mumkin.
Belgilangan muddatgacha OTM va yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinmaydi.
Turli texnik nosozliklarga duch kelmaslik uchun abituriyentlarga tanlovni oxirgi daqiqalarga qoldirmasdan, imkon qadar ertaroq amalga oshirish tavsiya etiladi.

Talabalar, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun AI bo‘yicha o‘quv materiallari ishlab chiqiladi
7-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar bilan tanishdi.
Taqdimotda, ayniqsa, yoshlar va talabalarni sun’iy intellekt sohasiga jalb qilish hamda ularning bilimini oshirish masalasiga e’tibor qaratildi.
Ma’lum, hozirgacha 1,5 milliondan ortiq foydalanuvchi sun’iy intellekt bo‘yicha maxsus sertifikat olgan. Kelgusi ikki yilda esa “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini to‘liq amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Loyiha doirasida o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha zamonaviy o‘quv materiallari ishlab chiqiladi. Bu yoshlarning AI texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, sun’iy intellektga qiziqadigan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun hududlarda xakaton va turli tanlovlar o‘tkazish kengaytiriladi. Hozirning o‘zida Nukus, Samarqand, Termiz, Buxoro, Farg‘ona, Andijon, Guliston va Jizzax shaharlarida shu yo‘nalishdagi tadbirlar tashkil etilgan.
Bundan tashqari, “Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovi boshlangan. Kelgusida bunday loyihalar va tanlovlarni mamlakatning barcha hududlarida tashkil etish rejalashtirilgan.
Mas’ullarga sun’iy intellekt bo‘yicha amaliy loyihalarni ko‘paytirish, yoshlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, soha uchun zarur texnik imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

58 ming abituriyent universitet xatosi sabab kirish imtihonini qayta topshiradi
Meksikaning eng yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri — Meksika Milliy avtonom universiteti (UNAM) 2026-yilgi qabul jarayonida yuzaga kelgan muammolar sabab minglab abituriyentlar uchun qayta nazorat imtihoni o‘tkazishga qaror qildi.
Bu yil universitet kirish imtihonlarini ilk bor to‘liq onlayn shaklda tashkil etdi. Jarayon davomida nomzodlarni nazorat qilish uchun yuz va ovozni aniqlash kabi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilgan. Biroq yakuniy natijalarda avvalgi yillarga nisbatan juda yuqori ballar qayd etilgan.
Masalan, 2021–2025-yillarda abituriyentlarning o‘rtacha 3,5 foizi 100 va undan yuqori ball olgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 16 foizga yetgan. Tibbiyot yo‘nalishida esa 100 va undan yuqori ball olganlar ulushi bir yil ichida 9 foizdan qariyb 30 foizga oshgan.
Shubhali natijalar sabab dastlab 3 174 ta test natijasi bekor qilingan. Keyinchalik universitet qariyb 58 ming nafar abituriyentni qayta nazorat imtihoniga jalb qilishini ma’lum qildi. Ayrim ekspertlar esa qoidabuzarliklar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkinligini bildirgan.
Universitetda imtihon savollarining internetga sizdirilishi, boshqa shaxs nomidan test topshirish va sun’iy intellektdan noqonuniy foydalanish kabi holatlar ham tekshirilmoqda. UNAM bu holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Qayta imtihon o‘tkazilishi ayrim abituriyentlarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Universitet rahbariyati halol topshirgan, biroq qayta sinovga chaqirilayotgan nomzodlardan uzr so‘ragan va qabul jarayonining adolatli bo‘lishi zarurligini ta’kidlagan.
UNAMga bu yil 150 mingdan ortiq abituriyent 21 962 ta o‘rin uchun hujjat topshirgan. Mojaro sabab yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi ham 10-avgustdan 31-avgustga ko‘chirilgan.