Studentlar
144 subscribers
1.41K photos
610 videos
6 files
1.52K links
Ta’limga oid barcha ma’lumotlar jamlangan platforma
Download Telegram
⚡️ Bu yil OTMga kirish imkoniyati yuqoriroq bo‘lishi mumkin!

📚 2026-yilgi qabul uchun O‘zbekistonda 664 609 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu so‘nggi 10 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.

📊 So‘nggi yillardagi statistika:
• 2019 — 1,066 mln
• 2020 — 1,48 mln
• 2022 — 1,21 mln
• 2023 — 1,18 mln
• 2025 — 732,4 ming
• 2026 — 664,6 ming

✅ Abituriyentlar sonining kamaygani sababli, bu yil ayrim yo‘nalishlarda o‘qishga kirish imkoniyati o‘tgan yillarga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Biroq yakuniy natija tanlangan yo‘nalish, kvotalar va to‘plangan ballarga bog‘liq.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
2026/2027-o‘quv yili test sinovlari sanalari e’lon qilindi
 
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’im muassasalariga kirish test sinovlari 14–23-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Imtihonlar 10 kun davomida kuniga ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00, ikkinchi smena esa 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlar test o‘tkaziladigan hududga imtihon boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin yetib kelishlari kerak. Testda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan “Abituriyent ruxsatnomasi” onlayn ro‘yxatdan o‘tganlarga @DTM_Mandat_Bot orqali taqdim etilmoqda. Ruxsatnomani oldindan yuklab olib, chop etish tavsiya etiladi.
Har bir abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzil, sana va smena bo‘yicha test sinovida qatnashadi. Belgilangan hudud, kun yoki smenadan tashqarida imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi. Test sinoviga kirishda pasport yoki ID-karta hamda abituriyent ruxsatnomasini olib kelish majburiy.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barcha fanlardan sertifikatga ega 13 mingga yaqin abituriyent testdan ozod etildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy o‘quv yili uchun 677 ming 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Ro‘yxatdan o‘tganlarning 451 ming 744 nafari (66,6%) joriy yil bitiruvchilari bo‘lsa, qolgan 226 ming 163 nafari (33,4%) avvalgi yillarda ta’lim muassasasini tamomlaganlardir. Abituriyentlarning 365 ming 196 nafari (53,9%) ayollar, 312 ming 711 nafari (46,1%) esa erkaklarni tashkil etadi.
 Test sinovlarida jami 664 ming 609 nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, 24 ming 526 tasi tasdiqlangan. Shuningdek, 193 ming 186 nafar abituriyent umumta’lim fanlari bo‘yicha, 125 ming 354 nafar abituriyent esa chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanini ko‘rsatilgan.
Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 ming 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod etilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov bosqichiga o‘tkazilgan.
Taqqoslash uchun, 2025-yilda bunday imkoniyatdan atigi 678 nafar abituriyent foydalangan edi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishni ko‘chirishda sertifikat egalariga qo‘shimcha imkoniyat beriladi
 
2026-yildan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabgorlar uchun yangi tartib amal qiladi.
Unga ko‘ra, chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga o‘qishni ko‘chirish sinovlarida tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.
Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, hujjat 12-iyundan kuchga kirgan. Yangi qoidalar 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1
O‘qishni ko‘chirish va tiklash uchun arizalar qabuli boshlandi
 
15-iyuldan 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi. Hujjatlar 5-avgustga (shu kuni ham) qadar onlayn qabul qilinadi.
Davlat OTMlari o‘rtasida ikki uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish yoki bir OTM doirasida o‘qishni tiklash istagidagi talabgorlar transfer.edu.uz platformasi orqali murojaat qiladi.
Xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar esa arizalarini my.uzbmb.uz platformasi orqali topshiradi.
Bu yilgi tartibga ko‘ra, milliy sertifikatlar avtomatik tekshiriladi, xalqaro sertifikatlar esa elektron shaklda yuklanadi. Shuningdek, tegishli sertifikatga ega talabgorlarga o‘qishni ko‘chirish sinovlarida ayrim fanlardan maksimal yoki tabaqalashtirilgan ball beriladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o‘quv yili uchun bakalavriat qabul kvotalari ma’lum qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlari tasdiqlandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ma’lum qilishicha, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 234 mingdan ortiq qabul o‘rni ajratilgan.
Yangi o‘quv yilida 36 ming 23 ta davlat granti ajratilishi rejalashtirilgan. Qabul kvotalarini shakllantirishda muhandislik, axborot texnologiyalari, pedagogika va agrar yo‘nalishlar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.
So‘nggi yillarda kunduzgi ta’lim uchun ajratilgan qabul o‘rinlari ham sezilarli oshgan. Xususan, 2024-yilda 127 ming 995 ta, 2025-yilda 148 ming 400 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich 234 mingdan ortiqni tashkil etdi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijdagi o‘zbekistonlik talabalarni ish beruvchilar bilan bog‘lovchi yangi modul yaratiladi

2026-yil 1-oktabrdan career.edu.uz platformasida “Xorijdagi talabalar ” moduli ishga tushiriladi. Yangi tizim xorijda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarni mahalliy davlat idoralari va xususiy kompaniyalar bilan bog‘laydi.
Modul orqali talabalar amaliyot o‘tashi, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi va o‘qishni tamomlagach ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qozog‘istonda diplomni “yirtgan” bitiruvchi 5 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida bitiruv marosimida diplomini yirtgandek ko‘ringan yigit 5 sutkaga ma’muriy qamaldi. Tekshiruvda u haqiqiy diplomni emas, oldindan tayyorlangan soxta muqovani yirtgani aniqlandi. Shunga qaramay, video tez fursatlarda tarqalib, shov-shuvlarga sabab bo‘ldi va sud uni mayda bezorilikda aybdor deb topdi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BAAda maktabni a'lo bahoga bitirganlarga 27 ming AQSh dollaridan berildi
 
Birlashgan Arab Amirliklarida maktabni eng yuqori baholar bilan tamomlagan 12 nafar bitiruvchilar taqdirlanib, ularning har biriga 100,000 dirhamdan (27 ming AQSh dollari) berildi. Bu haqida “Khaleej Times” xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘quvchilar turli yo‘nalishlar bo‘yicha eng yuqori natijalarni qayd etgan bitiruvchilar orasidan saralangan. Mukofotlarni Dubay hokimi va BAA Bosh vaziri o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum topshirgan.
Dubay hokimi bitiruvchilarning muvaffaqiyatida ota-onalar va ustozlarning hissasi beqiyos ekanligini qayd etib, ularga minnatdorlik bildirgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩1
OTMlarga qabul kvotalari rasman tasdiqlandi
 
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga qabul parametrlari rasman tasdiqlandi. Unga ko‘ra, bakalavriat va magistratura bosqichlari bo‘yicha kunduzgi, kechki hamda masofaviy ta’lim shakllari uchun jami 227 mingdan ortiq qabul o‘rni ajratildi.
—Kunduzgi bakalavriat — 155 852 ta;
—Kechki bakalavriat — 28 942 ta;
—Masofaviy bakalavriat — 20 810 ta;
—Magistratura — 22 050 ta (10 340 ta davlat granti, 11 710 ta to‘lov-kontrakt).

Qabul kvotalari til kesimlari bo‘yicha:
—Bakalavriat, kunduzgi ta’lim: 130 843 tasi o‘zbek, 19 341 tasi rus, 4 888 tasi qoraqalpoq, 335 tasi qozoq, 315 tasi tojik, 75 tasi qirg‘iz va 55 tasi turkman
—Bakalavriat, kechki ta’lim: 26 010 tasi o‘zbek, 2 277 tasi rus, 655 tasi qoraqalpoq
—Bakalavriat, masofaviy ta’lim: 18 543 tasi o‘zbek, 1 800 tasi rus va 467 tasi qoraqalpoq
—Magistratura, kunduzgi ta’lim: 18 568 tasi o‘zbek, 3 392 tasi rus

Shuningdek, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshirildi.
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — 2%;
yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar uchun — 1%;
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari uchun — 10%;
ichki ishlar, bojxona organlari, Qurolli Kuchlar va Milliy gvardiya xodimlari farzandlari uchun alohida grant o‘rinlari;
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolar uchun 5% alohida qabul ko‘rsatkichi ajratildi.

Bundan tashqari, xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’limga qo‘shimcha 4 mingta davlat granti, 5 yillik mehnat stajiga ega ayollar uchun 2 500 ta alohida to‘lov-kontrakt o‘rni, xorijdagi yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti, Green University uchun esa 100 ta davlat buyurtmasi o‘rni tasdiqlandi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident va nomli davlat stipendiyalari uchun kvotalar e’lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 15-iyuldagi 02/10-5795-sonli xatiga binoan, 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida davlat stipendiyalari kvotalari tasdiqlandi. Yangi o‘quv yilida iqtidorli talabalar uchun jami 776 ta Prezident va nomli davlat stipendiyasi ajratiladi.

Stipendiyalar taqsimoti oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo’nalishlari kesimida quyidagicha belgilangan:
Prezident stipendiyasi — 187 ta;
Islom Karimov stipendiyasi — 194 ta;
Navoiy stipendiyasi — 175 ta;
Bobur stipendiyasi — 51 ta;
Imom al-Buxoriy stipendiyasi — 44 ta;
Beruniy stipendiyasi — 38 ta;
Ibn Sino stipendiyasi — 33 ta;
Abdulla Avloniy stipendiyasi — 16 ta;
Ulug‘bek stipendiyasi — 13 ta;
To‘lepbergen Qaipbergenov stipendiyasi — 11 ta;
Ibroyim Yusupov stipendiyasi — 11 ta;
Pahlavon Mahmud stipendiyasi — 3 ta.
Ushbu stipendiyalar respublika bo‘yicha 335 ming 471 nafar yuqori bosqich talabasi orasidan o‘qishdagi yuqori natijalari, ilmiy izlanishlari hamda jamoatchilik faolligi bilan ajralib turgan eng munosib nomzodlarga beriladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy toifali pedagoglar uchun maqsadli magistraturaga qabul boshlandi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega pedagoglar uchun pedagogika yo‘nalishidagi maqsadli magistratura dasturiga hujjat topshirish boshlandi.
Nomzodlar 30-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.
Mazkur qabulda ishtirok etish uchun pedagog umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida ishlayotgan bo‘lishi, hamda 2025-yil 1-yanvardan keyin Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqaro akkreditatsiyalangan tizimi orqali oliy malaka toifasini olgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, o‘rta maxsus yoki kasbiy ta’lim tizimida oliy malaka toifasini olib, keyinchalik maktabga ishga o‘tgan pedagoglar ushbu maqsadli qabulda ishtirok eta olmaydi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ayrim talabalarning xorijdagi ta’lim xarajatlarini moliyalashtiradi

Prezidentning 2026-yil 17-iyuldagi PQ–269-son qaroriga muvofiq, 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab integratsiyalashgan ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan ayrim talabalarning xorijdagi ta’lim xarajatlari qoplanadi.
Qarorga ko‘ra, Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida faoliyat yuritadi. Dastur doirasida texnikumlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Oliy maktabning mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarisiz o‘qishga qabul qilinadi. Shuningdek, ularning kreditlari xorijdagi hamkor oliy ta’lim muassasalari tomonidan tan olinadi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi top-300 talikka kiruvchi hamda sohaviy yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtiradi. Bundan tashqari, shartli qabul qilingan talabalarning mahalliy oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan foundation dasturi bo‘yicha kontrakt (tuition fee) xarajatlari ham qoplanadi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlar uchun 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi tasdiqlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarida 11 ta yangi ta’lim yo‘nalishi hamda ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) fanlari majmuasi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘ida ma’lum qilindi.

Yangi ta’lim yo‘nalishlari quyidagilar:
—Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili
—Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili
—Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili
—Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili
—Davlat auditi
—Islomiy moliya
—Islom iqtisodiyoti va moliyasi
—Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik;
—Raqamli huquq
—Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik
—Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab belgilangan fanlar majmuasi asosida test sinovi yoki kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachonki darsda ustoz talabalarga “o‘qish yoqmasa ketaveringlar” deganda talabalar😂


📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bakalavrni xorijiy tilda o‘qigan talabalardan magistraturaga topshirishda til sertifikati talab etilmaydi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriatni xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat taqdim etishdan ozod etiladi.
Yangi tartib bakalavriatni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasdiqlagan ro‘yxatdagi 16 ta xorijiy tilning birida tamomlagan bitiruvchilarga tatbiq etiladi.
Bunda abituriyent bakalavriatga qabul qilingan yildagi tasdiqlangan qabul parametrlariga muvofiq aynan shu tilda tahsil olgan bo‘lishi hamda diplom ilovasida ta’lim tili xorijiy til ekani ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Agar diplom ilovasida ta’lim tili qayd etilmagan bo‘lsa, bakalavriat xorijiy tilda o‘zlashtirilgani oliy ta’lim muassasasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida tasdiqlanadi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OTM qabuli: testlar yakunlandi, tanlov bosqichi 25-iyuldan boshlanadi

Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan qabul test sinovlari yakunlandi. O‘n kun davom etgan imtihonlarda qatnashishi belgilangan 664 ming 609 nafar abituriyentdan 610 mingdan ortig‘i ishtirok etdi. Test sinovi tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ortiq abituriyent esa jarayondan chetlatildi.
Qabulning so‘nggi kuni test topshirgan abituriyentlarning natijalari 24-iyul kuni e’lon qilinadi.
Shundan so‘ng, 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) qabulning ikkinchi bosqichi — tanlov jarayoni bo‘lib o‘tadi. Bu bosqichda abituriyentlar o‘z ballaridan kelib chiqib oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli hamda tanlov ustuvorligini belgilaydi.
Yakuniy mandat natijalari esa tanlov bosqichi yakunlanganidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Ilm olish uchun yosh chegarasi yo‘qligini isbotlagan 63 yoshli talaba

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi 63 yoshli Gulsum Xurramova Qarshi davlat universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, bakalavr diplomini oldi.
U universitetning Tarix fakulteti “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida tahsil olgan. Gulsum Xurramova 2020-yilda, 58 yoshida talabalikka qabul qilingan.Uning aytishicha, oliy ma’lumot olish bolalikdagi orzusi bo‘lgan. Mahalla tizimi xodimlari uchun yaratilgan imtiyozlardan foydalanib, universitetga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
“Eng quvonarlisi, universitetga farzandim bilan emas, nevaram bilan bir vaqtda talabalikka qabul qilinganman”, — deydi Gulsum Xurramova.
U uzoq yillar mahalla tizimida faoliyat yuritgan. Hozirda esa Nishon tumanidagi Abdulla Qodiriy mahallasida ijtimoiy xodim sifatida ishlamoqda.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorijiy va nodavlat OTMlarga 1 452 ta davlat granti ajratildi

2026/2027-o‘quv yili uchun respublikadagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga jami 1 452 ta davlat granti ajratildi. Bu haqdagi tegishli buyruq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
Davlat granti uchun avvalo abituriyent xorijiy yoki nodavlat oliy ta’lim muassasasiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng grant tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tadi va alohida test sinovida ishtirok etadi. Grantlar test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan nomzodlarga beriladi.
Shuningdek, davlat OTMlariga kirish imtihonida qatnashib, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar ham to‘plagan ballari asosida mos yo‘nalishlar bo‘yicha ushbu grant tanlovida ishtirok etishi mumkin.
Test sinovlari va ro‘yxatdan o‘tish muddatlari qabul jarayonlari yakunlangach alohida e’lon qilinadi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
📚 B2 sertifikati bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

O‘zbekistonda B2 darajadagi til sertifikatiga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihaga ko‘ra, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ishlayotgan, belgilangan B2 yoki unga tenglashtirilgan sertifikatga ega bo‘lmagan pedagoglar bilan mehnat shartnomasi amaldagi qonunchilik asosida bekor qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, B2 sertifikati talabi 2021-yilda joriy etilgan. Avval bu talab bir necha bor uzaytirilib, o‘qituvchilarga 2026/2027-o‘quv yili boshlanguniga qadar muddat berilgandi.

🗓 Qaror loyihasi 12-avgustga qadar jamoatchilik muhokamasida bo‘ladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM