Qaysi OTMlarda grant o‘rinlari ko‘paydi? 2026-yilgi qabul tahlili
Grant kvotalari universitetlar kesimida emas, asosan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanadi. Ya’ni bir OTMning ayrim yo‘nalishlarida grantlar ko‘payishi mumkin, boshqa yo‘nalishlarida esa o‘zgarish bo‘lmasligi yoki aksincha, kamayishi ehtimoli mavjud.
Grantlar qaysi yo‘nalishlarda ko‘paymoqda?
Muhandislik va IT yo‘nalishlari. Mamlakatda texnik mutaxassislarga bo‘lgan talab ortib borayotgani sababli muhandislik, axborot texnologiyalari va sanoatga oid yo‘nalishlarda grant o‘rinlari kengaytirilmoqda.
Pedagogika yo‘nalishlari. Hududlarda malakali o‘qituvchilarga ehtiyoj yuqori bo‘lgani uchun ayrim pedagogika ta’lim yo‘nalishlarida ham davlat granti asosidagi o‘rinlar soni oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar. Agrar soha, ekologiya hamda tabiiy fanlarga oid ayrim yo‘nalishlarda ham grant kvotalari ko‘paytirilgani kuzatilmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Doktoranturaga yangi ixtisosliklar joriy etiladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘iga binoan, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, 2027-yildan doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchanlikka qabul yangilangan ixtisosliklar asosida ya’ni, 7 ta ustuvor yo‘nalishdagi 193 ta ixtisoslik ro‘yxati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi yildan ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilinganlar 1,7 baravar oshirilgan miqdorda stipendiya oladi.

❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma imtihonlarni yakunlab, universitetdan qutulgan hamma talabalar😅
Video: Instagram/@ling_yerrry_malisorn
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Video: Instagram/@ling_yerrry_malisorn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bakalavr va magistraturaga yangi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar kiritildi
Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan bakalavriat va magistraturaga quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari kiritildi.
Bakalavriat bo‘yicha yangi yo‘nalishlar:
– ekologiya va atrof-muhit;
– yashil iqtisodiyot;
– iqlim o‘zgarishi;
– qayta tiklanuvchi energiya;
– suv resurslarini boshqarish;
– mobil robototexnika;
– uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar);
– barqaror qishloq xo‘jaligi;
– ekoturizm;
– temir yo‘l muhandisligi;
– ekologiya va atrof-muhit;
Magistratura bo‘yicha esa quyidagi yangi mutaxassisliklar:
– xalqaro energetik siyosat;
– xalqaro suv diplomatiyasi;
– sirkulyar iqtisodiyot;
– barqaror moliya;
– rivojlanish iqtisodiyoti;
– ekologiya huquqi;
– xalqaro savdo huquqi;
– nazariy va muhandislik fizikasi;
– urbanistika;
– barqaror shaharsozlik;
– iqlimga chidamli o‘rmon xo‘jaligi;
– barqaror turizm va boshqa zamonaviy mutaxassisliklar.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli sanasi e’lon qilindi
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanadi.
Qabul jarayonida talab etiladigan asosiy hujjatlardan biri transkript hisoblanadi. Shu sababli uni oldindan rasmiylashtirib olish tavsiya etiladi.
Qabul davri yaqinlashgani sari oliy ta'lim muassasalari dekanatlariga murojaatlar soni ortadi. Bu esa transkriptni berish jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar hujjat topshirishda kechikishlarning oldini olish uchun transkriptni qabul boshlanishidan avval olib qo‘yishni tavsiya etdi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli 15-iyuldan boshlanadi.
Qabul jarayonida talab etiladigan asosiy hujjatlardan biri transkript hisoblanadi. Shu sababli uni oldindan rasmiylashtirib olish tavsiya etiladi.
Qabul davri yaqinlashgani sari oliy ta'lim muassasalari dekanatlariga murojaatlar soni ortadi. Bu esa transkriptni berish jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislar hujjat topshirishda kechikishlarning oldini olish uchun transkriptni qabul boshlanishidan avval olib qo‘yishni tavsiya etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Texnikum bitiruvchilarini 2-kursga qabul qilish boshlandi
Joriy yilning 5-iyulidan texnikumni tugatgan bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilish boshlandi.
Hujjatlar 25-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Ariza topshirishda diplomning asl nusxasini taqdim etish talab etilmaydi. Abituriyent faqat shaxsini tasdiqlovchi ma'lumotlarni kiritadi, qolgan zarur ma'lumotlar tizim tomonidan avtomatik to‘ldiriladi.
Mazkur tartib texnikumni o‘qish davomida asosan 4 va 5 baholar bilan tamomlagan, baholarining kamida 50%i (tibbiyot yo‘nalishlarida 85%i ) 5 baho bo‘lgan bitiruvchilarga tatbiq etiladi.
Suhbat yakunida komissiya a'zolari bergan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 67 ball va undan yuqori bo‘lgan abituriyentlar suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan deb hisoblanadi va to‘lov-kontrakt asosida 2-kursga o‘qishga qabul qilinadi.
Oliy harbiy va oliy harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy hamda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari uchun ushbu tartib amal qilmaydi.

❤1👍1
7-iyuldan abituriyentlar ruxsatnoma olishni boshlaydi
2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta'lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar 7-iyuldan boshlab test sinovlari uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishi mumkin.
Ruxsatnomani @DTM_Mandat_Bot orqali pasport yoki ID-karta seriyasi va raqamini kiritish orqali olish mumkin.
Test sinovlarida qatnashishda abituriyentlarga o‘zlari bilan pasport yoki ID-karta hamda ruxsatnomani test o‘tkaziladigan manzilga o‘z vaqtida olib kelishi tavsiya etiladi.

19 yoshli xitoylik talaba yaratgan AI radar 317 ming dollarga sotildi
Financial express sayti ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli xitoylik talaba Claude AI yordamida atigi 9 kun ichida sun’iy intellekt asosidagi tezlik radarini yaratgan. Postda aytilishicha, talaba loyiha uchun taxminan 20 dollar sarflagan, eski kamera ishlatgan va keyinchalik tizim shahar tumanlaridan biriga 317 ming dollarga sotilgan.
Postga ko‘ra, sun’iy intellekt asosidagi ushbu tizim tezlikni oshirgan avtomobillarni aniqlash va ularning davlat raqamlarini o‘qish imkoniyatiga egaligi aytilgan. Biroq tizimning qanday ishlashi, texnik imkoniyatlari yoki uning mustaqil ekspertlar tomonidan sinovdan o‘tkazilgani haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan.

Magistraturani bitirgan pedagoglarga avtomatik 1-malaka toifasi beriladi
Pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2026-yildan boshlab magistratura bosqichini tamomlagan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 1-malaka toifasi, imtiyozli diplom bilan bakalavrni bitirib maktabga ishga kirganlarga esa 2-malaka toifasi berilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovlari ham kamayadi, ya’ni o‘qituvchilar foydalanadigan ayrim davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni 2 baravar kamaytirish ko‘zda tutilgan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2026-yildan boshlab magistratura bosqichini tamomlagan pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 1-malaka toifasi, imtiyozli diplom bilan bakalavrni bitirib maktabga ishga kirganlarga esa 2-malaka toifasi berilishi rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovlari ham kamayadi, ya’ni o‘qituvchilar foydalanadigan ayrim davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni 2 baravar kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
Forwarded from casiauz
Buxoroda ikki hindistonlik talabaning janjali o‘lim bilan tugadi
Buxoro viloyatidagi tibbiyot oliygohida o‘qiydigan hindistonlik yigit 22 yoshli vatandoshining boshiga noutbuk bilan urib, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Hindistonning “Onmanorama” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, marhuma Savariya Kerala shtatining Alappuja tumanidan, uning o‘limida gumonlanayotgan talaba esa Malappuram tumanida tug‘ilgan 23 yoshli Sadharul Anam. Gumondor talaba yigit huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ikki talaba o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal vaqtida yuz bergan. Yigit qizning boshiga noutbuk bilan urganidan keyin jabrlanuvchi og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan. Biroq, talaba qiz ichki qon ketishi oqibatida vafot etgan.
Hozirda yigitga nisbatan tergov olib borilmoqda. Nashrning yozishicha, marhumaning jasadi Hindistonga olib ketilgan va tez orada tug‘ilib o‘sgan joyida dafn etiladi.

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi o‘zgaradi
Qonunchilik palatasi islohoti bo‘yicha, 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topishi, shuningdek, ayrim harflarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritilishi nazarda tutilmoqda.
Qonun kuchga kirgunigacha, rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlarning amal qilishi saqlab qolinishi, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha va ko‘rsatkichlari hamda boshqa atributlardan belgilangan muddatgacha foydalanish tartibi nazarda tutildi. Bu bir vaqtning o‘zida almashtirish zaruratini bartaraf etadi. Natijada davlat byudjeti mablag‘larining asossiz sarflanishining oldi olinadi,
Quyidagi ikki belgi bilan yozib kelinadigan 4 harf bitta simvol bilan yoziladigan shaklga o‘tkaziladi:
Gʻ gʻ → Ğ ğ
Oʻ oʻ → Ö ö
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
Shuningdek, ng harfidan voz kechilmoqda.
Ushbu qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangani va Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng kuchga kiradi.

Barcha fanlardan milliy sertifikat egalari ruxsatnoma olmaydi va test sinovlaridan ozod etiladi
Xabar berganimizdek, 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlarga abituriyent ruxsatnomasini berish boshlandi. Shu bilan birga, barcha fanlardan milliy sertifikatga ega ayrim abituriyentlarning shaxsiy kabinetida ruxsatnoma chiqmayotgani yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Ma’lum qilinishicha, barcha fanlardan milliy sertifikatga ega bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tishda “sertifikatdan foydalanaman”
variantini tanlagan abituriyentlar test sinovlaridan ozod etiladi. Shu sababli ularga test topshirish uchun ruxsatnoma shakllantirilmaydi va ular test o‘tkaziladigan hududga borishi talab etilmaydi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, bunday toifadagi abituriyentlar test sinovlari yakunlangach qabulning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichda ularga 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli hamda tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati yaratiladi.

🔥2
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari e’lon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish istagidagi talabgorlar uchun o‘tkaziladigan maxsus sinovlarning o‘tish ballari tasdiqlandi. Tegishli buyruq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan imzolangan.
Tasdiqlangan mezonlarga ko‘ra,
—Huquq — 165 ball;
—Siyosatshunoslik — 140 ball;
—Xalqaro munosabatlar — 140 ball;
—Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball;
—Sogʻliqni saqlash — 132 ball;
—Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball;
—Transport xizmatlari — 104 ball;
—Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball;
—Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball;
—Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball;
—Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball;
—Veterinariya — 60 ball etib belgilangan.
Shu bilan birga, xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston davlat OTMlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Ikkinchi oliy ta’lim uchun hujjatlar qabuli 10-iyuldan boshlanadi
Oliy ma’lumotga ega fuqarolar uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha hujjatlar qabuli 10-iyuldan boshlanadi. Arizalar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda qabul qilinadi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar bakalavriatning boshqa ta’lim yo‘nalishida ikkinchi yoki undan keyingi oliy ma’lumot olish uchun hujjat topshirishi mumkin. Qabul faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishda pasport va JShShIR ma’lumotlari kiritiladi, shuningdek, diplom hamda uning ilovasi elektron shaklda yuklanadi. Talabgor o‘qishni istagan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ham tanlashi kerak.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul kvotalari har bir oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda moddiy-texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar oliy ta’lim muassasalari kengashlari tomonidan mustaqil tasdiqlanadi.

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan pedagoglar 1 yil ishlay olmaydi
Senatning 17-yalpi majlisida bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun ma’qullandi. Unga ko‘ra, 6 ta kodeks va 13 ta qonunga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritiladi.
Endilikda ta’lim muassasasida bolani urgan, unga nisbatan jismoniy zo'ravonlik qilgan, kamsitgan yoki xo‘rlagan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Bundan tashqari, bolalarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘ravonlik qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan pedagoglar 1 yil davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlay olmaydi.
Bundan tashqari, endi davlat yoki nodavlat muassasasida to‘liq ta’minotda bo‘lgan bola uchun ota-ona aliment to‘lashdan ozod etilmaydi. Shuningdek, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga tarbiyaga berishda avvalo ularning qarindoshlariga ustuvorlik beriladi.
Senatorlar ushbu qonun bolalar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish, ularning qadr-qimmati va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Bugundan ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat topshirish boshlandi
2026–2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul jarayoni rasman boshlandi. 10-iyuldan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar bakalavriatning ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlariga hujjatlarini my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin. Arizalar 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:
• pasport va JShShIR ma’lumotlari;
• diplom hamda uning ilovasining elektron nusxasi;
• o‘qish istalgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlash.
Shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlar belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha qabul kvotalari har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘zining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib mustaqil belgilanadi.

❤🔥1
⚡️ Bu yil OTMga kirish imkoniyati yuqoriroq bo‘lishi mumkin!
📚 2026-yilgi qabul uchun O‘zbekistonda 664 609 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu so‘nggi 10 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.
📊 So‘nggi yillardagi statistika:
• 2019 — 1,066 mln
• 2020 — 1,48 mln
• 2022 — 1,21 mln
• 2023 — 1,18 mln
• 2025 — 732,4 ming
• 2026 — 664,6 ming
✅ Abituriyentlar sonining kamaygani sababli, bu yil ayrim yo‘nalishlarda o‘qishga kirish imkoniyati o‘tgan yillarga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Biroq yakuniy natija tanlangan yo‘nalish, kvotalar va to‘plangan ballarga bog‘liq.

2026/2027-o‘quv yili test sinovlari sanalari e’lon qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’im muassasalariga kirish test sinovlari 14–23-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Imtihonlar 10 kun davomida kuniga ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00, ikkinchi smena esa 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlar test o‘tkaziladigan hududga imtihon boshlanishidan kamida 1,5 soat oldin yetib kelishlari kerak. Testda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan “Abituriyent ruxsatnomasi” onlayn ro‘yxatdan o‘tganlarga @DTM_Mandat_Bot orqali taqdim etilmoqda. Ruxsatnomani oldindan yuklab olib, chop etish tavsiya etiladi.
Har bir abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzil, sana va smena bo‘yicha test sinovida qatnashadi. Belgilangan hudud, kun yoki smenadan tashqarida imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi. Test sinoviga kirishda pasport yoki ID-karta hamda abituriyent ruxsatnomasini olib kelish majburiy.

Barcha fanlardan sertifikatga ega 13 mingga yaqin abituriyent testdan ozod etildi
Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy o‘quv yili uchun 677 ming 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.
Ro‘yxatdan o‘tganlarning 451 ming 744 nafari (66,6%) joriy yil bitiruvchilari bo‘lsa, qolgan 226 ming 163 nafari (33,4%) avvalgi yillarda ta’lim muassasasini tamomlaganlardir. Abituriyentlarning 365 ming 196 nafari (53,9%) ayollar, 312 ming 711 nafari (46,1%) esa erkaklarni tashkil etadi.
Test sinovlarida jami 664 ming 609 nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, 24 ming 526 tasi tasdiqlangan. Shuningdek, 193 ming 186 nafar abituriyent umumta’lim fanlari bo‘yicha, 125 ming 354 nafar abituriyent esa chet tillari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanini ko‘rsatilgan.
Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 ming 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod etilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlov bosqichiga o‘tkazilgan.
Taqqoslash uchun, 2025-yilda bunday imkoniyatdan atigi 678 nafar abituriyent foydalangan edi.

O‘qishni ko‘chirishda sertifikat egalariga qo‘shimcha imkoniyat beriladi
2026-yildan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabgorlar uchun yangi tartib amal qiladi.
Unga ko‘ra, chet tili va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga o‘qishni ko‘chirish sinovlarida tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.
Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, hujjat 12-iyundan kuchga kirgan. Yangi qoidalar 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi.