Studentlar
144 subscribers
1.41K photos
610 videos
6 files
1.52K links
Ta’limga oid barcha ma’lumotlar jamlangan platforma
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉Bugun universitetlarda talabalar Jahon chempionatini katta hayajon bilan birgalikda tomosha qildi.

Talabalar nafaqat musobaqani kuzatdi, balki jamoaviy ruh, birdamlik va g‘alabaga ishonch muhitini ham yaratdi. 🔥🏆

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Talabalar o‘rniga imtihon topshirgan kuryer 3 mln dollar ishlab topdi

Talabalar o‘rniga imtihon va kurs ishlarini bajarib bergan Amazon kuryeri Shahid Adnan 3 yilga qamaldi.
U ushbu noqonuniy faoliyat orqali qariyb 3,1 million dollar ishlab topgan. Tergovga ko‘ra, u dunyo bo‘ylab kamida 124 nafar talabaning ishlarini bajargan bo‘lishi mumkin.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi

2025/26-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million 535 ming nafarga yetdi. Bu o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, talabalarning 782,9 ming nafari ayollar, 752,1 ming nafari esa erkaklardir. So‘nggi yillarda mamlakatda oliy ta’lim qamrovi kengayib, talabalar soni izchil o‘sib bormoqda.
Shuningdek, 18-iyun holatiga ko‘ra, yangi o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 307 mingdan ortiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ERTAGA QABUL-2026’NING OXIRGI SANASI

Ertaga, 2026-yil 25-iyun soat 23:59 da oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish tugaydi.
24-iyun kuni soat 08:03 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 616 415 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat kvotasi uchun 185 000 o‘rin ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, har yili qabul oxirida abituriyentlar oqimi ortgani sababli tizim sekinlashadi va texnik xatolik yuzaga kelishi mumkin.
25-iyun 23:59 gacha shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Ammo qabul tugagach, barcha ma’lumotlar qat’iy hisoblanadi va siz ularni o‘zgartira olmaysiz!
 
🌐Ro‘yxatdan o‘tish uchun: my.uzbmb.uz

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishni ko‘chirmoqchimisiz? Sertifikatlaringiz sizga ustunlik berishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan, endilikda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar ham hisobga olinadi.
Yangi me’zonga asosan, sertifikati bor nomzodlar tegishli fan bo‘yicha tabaqalashtirilgan yoki maksimal ballga ega bo‘lishadi. Xususan, B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — maksimal ballning 75%; B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun esa - maksimal ball berilishi joriy etildi.
Avvalroq, o‘qishini ko‘chirish uchun imtihon topshirayotgan sertifikat egalari bunday imkoniyatga ega emasdi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xivada Xitoy universiteti filiali ochiladi
 
Xiva shahrida Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filiali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Tegishli qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Filialda bakalavriat, magistratura va kelgusida doktarantura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bosqichlari yo‘lga qo‘yiladi.

Filialda Xalqaro xitoy tili ta’limi, Turizm boshqaruvi, Xalqaro biznes, Sun’iy intellekt, Xitoy tili va madaniyatini o‘qitish metodikasi, Ta’lim boshqaruvi, Sun’iy intellekt va ta’lim texnologiyalari kabi ta’lim yo‘nalishlarida talabalar xitoy, o‘zbek va ingliz tillarida dars olishadi. Shuningdek, o‘qish kunduzgi va masofaviy shakllarda tashkil etiladi.
Muhokama 3-iyulgacha davom etadi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Maktab o‘qituvchilari magistraturada onlayn o‘qishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (VMQ-322-son) bilan oliy toifali maktab o‘qituvchilarini magistraturaga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi.
Qarorga binoan, maktablarda ishlayotgan xalqaro akkreditatsiyalangan tizimda oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy ta’lim shaklida o‘qishlari mumkin.
Buning uchun 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bunday pedagoglarni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida maqsadli magistraturada o‘qitish joriy qilinadi.
Maqsadli magistraturaga qabul oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 Portugallar ham o‘zbeklarga o‘xsharkan🎓

Portugaliyaning Koimbra universitetidagi qiziqarli an’ana keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. U yerda bitiruvchilarni boshiga tayoq bilan uch marta urib, uch marta o‘pib, oxirida “omad uchun” yengilgina tepishar ekan.
Bu safargi an’anada Portugaliyaning sobiq prezidenti shaxsan o‘zi ishtirok etib, bitiruvchilarga “omadli tepki” ulashdi. Ma’lum bo‘lishicha, u restoranga kirganida bitiruvchilar undan shu marosimni bajarishni so‘rashgan.
Tashqaridan qaraganda g‘alati tuyulsa-da, mahalliy aholi uchun bu shunchaki qiziqarli va zararsiz bitiruv an‘anasi.
🤔 Oldinlari bizda ham kattalarning kichiklarni og‘ziga tuflash an’anasi bo‘lgan. Kattalardan shunaqa tuflash olganlar, izohlarda sizlarni kutamiz.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
O‘zbekistonning 24 ta oliygohi Top-1000 talikka kirdi
 
24-iyun kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan “Global Sustainable Development Congress-2026” doirasida nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education (THE) tomonidan “THE Sustainability Impact Ratings-2026” (avvalgi THE Impact Rankings) natijalari e’lon qilindi.
Mazkur reyting oliy ta’lim tashkilotlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) qo‘shayotgan hissasini, jumladan ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, institutsional boshqaruv, ijtimoiy mas’uliyat, ekologik barqarorlik va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi faoliyatini baholaydi.
2026-yilgi reytingda O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim tashkiloti qayd etilib, shundan 24 tasi dunyoning Top 1000 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoriga kirgan.
Ular orasidan ikkita universitet reytingning eng yuqori — 101–200 o‘rinlariga kira olgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nukuslik talabalar mintaqaviy xakaton finaliga chiqishdi

Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish uchun yashil va raqamli yechimlarni ishlab chiqishga bagʻishlangan Green & Digital Solutions for Central Asia mintaqaviy xakatonining Oʻzbekiston bosqichida Nukus davlat texnika universiteti talabalari gʻolib boʻlib, final bosqichiga yo‘l oldi.
Ushbu xakaton Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonning 18–30 yosh orasidagi yoshlarini jamlab, iqlim oʻzgarishi, energiya samaradorligi, suv resurslarini boshqarish, chiqindilarni qayta ishlash hamda raqamli ekologik monitoring yo‘nalishlarida innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishni maqsad qilgan
Tanlovning Oʻzbekiston bosqichida Nukus davlat texnika universiteti jamoasi munosib qatnashdi hamda 1-oʻrinni egalladi va Qirgʻizistonning Issiqkoʻl shahrida o‘tkaziladigan mintaqaviy final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Xakaton ishtirokchilariga loyihalarini xalqaro ekspertlar va soha mutaxassislari ko‘magida takomillashtirish, mentorlik koʻmagini olish hamda oʻz gʻoyalarini amaliy mahsulotga aylantirish imkoniyati yaratiladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar yotoqxonalari sotilmaydi — Oliy ta’lim vazirligi

Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli oliygohlarning talabalar turar joylari sotuvga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalib, bu talabalar o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova bu noto‘g‘ri talqin qilinayotganini aytdi.
Unga ko‘ra, talabalar yashaydigan xonalar emas, balki talabalar turar joylari tarkibidagi bo‘sh turgan yerto‘la, hovli qismi, oshxona, bufet hamda yotoq joy sifatida foydalanilmaydigan boshqa yordamchi maydonlarni ijaraga berish nazarda tutilgan.  
- Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar turar joyining hovli qismidagi 69,8 kv.m bo‘sh maydon;
- Farg‘ona davlat universitetida yerto‘ladagi 40 kv.m bo‘sh xona;
- Guliston davlat universitetidagi 37 va 52 kv.m bo‘sh xonalar;
- Urganch davlat universitetidagi 36 kv.m oshxona;
- Farg‘ona davlat texnika universitetidagi oshxona binosi;
- Termiz davlat universiteti hududidagi texnologik maydon

ommaviy savdolar orqali ijaraga berish uchun joylashtirilgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jamoat xavfsizligi universitetida qabul kvotasi oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektorlari va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini takomillashtirish, sohada kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida Jamoat xavfsizligi universitetini transformatsiya qilish, kunduzgi ta’lim kvotasini 600 nafargacha, masofaviy ta’lim kvotasini 300 nafargacha oshirish taklifi bilan tanishdi.
Universitetda huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash va qo‘riqlash faoliyati doirasida kadrlar tayyorlanadi. Loyihaga binoan, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yo‘nalishi va kafedrasi tashkil qilinib, xotin-qizlar, yoshlar va voyaga yetmaganlar, bozor va savdo majmualari bo‘yicha profilaktika inspektorlari tayyorlanadi.
Dars jarayonlari xavf-xatar tahlili, geoaxborot tizimlari, dron va robototexnika, profayling, konfliktologiya, muammoli sotsiologiya, ochiq manbalardan foydalangan holda raqamli tahlil, oilaviy mediatsiya kabi yangi fanlar asosida olib borilishi reja qilingan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
1-iyuldan magistraturaga hujjat topshirish boshlanadi

Joriy yilning 1-iyulidan magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirish boshlanadi. Hujjat qabuli 30-iyulgacha davom etib, my.edu.uz platformasi orqali onlayn amalga oshiriladi. Magistraturaga hujjat topshirishda bakalavriat bitiruvchilaridan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) yoki uning ilovasi hamda xorijiy tilni bilish darajasini ko‘rsatuvchi milliy yoki xalqaro sertifikat talab etiladi. Ta’lim yo‘nalishiga qarab, magistratura bosqichida B1, B2 yoki C1 darajadagi xorijiy til sertifikati qabul qilinadi.
 
Bundan tashqari, SAT xalqaro imtihonida 1200 va undan yuqori ball olgan talabgorlar magistraturaga qo‘shimcha davlat granti bilan o‘qishga qabul qilinadi.
Shuningdek, ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘yicha I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan magistraturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talab qilinmaydi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
“O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi

Yoshlarning yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. Unda yoshlar o‘z natijalarini platformaga kiritadi, ular tegishli vazirlik va idoralar tomonidan baholanib, ball beriladi.
Yuqori ball to‘plagan yoshlar ta'lim granti, kontrakt uchun chegirma, “kasb vaucheri”, xorijda o‘qish xarajatlarini qoplash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Shuningdek, ularga imtiyozli kredit olish, akselerator dasturlarida qatnashish, amaliyotni xorijda o‘tash, davlat xizmatiga kadrlar zaxirasiga kiritilish hamda uy-joy uchun imtiyozli ipoteka imkoniyati yaratiladi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar yil yakunida tantanali tarzda mukofotlanadi.
Prezidentimiz ta'kidlashicha, bu platforma O‘zbekistondagi va xorijdagi yoshlarni Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida birlashtiradigan umumxalq harakatiga aylanishi ko‘zda tutilgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Talaba yigit-qizlar uchun 2 ta stipendiya joriy qilindi
Yangi o‘quv yilidan muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli qizlar uchun “Muhandis qizlar” stipendiyasi beriladi.
Shuningdek, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalari uchun mutaxassis tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining 3-bosqich talabalari o‘qishni IT Parkda dual ta’lim tizimi asosida davom ettiradi.Ushbu yo‘nalishlardagi iqtidorli talabalar uchun “Muhammad al-Xorazmiy” nomidagi davlat stipendiyasi ham ta’sis etiladi.Yangi o‘quv yilidan boshlab ushbu stipendiyalarni nafaqat davlat oliygohlari, balki xususiy oliy ta'lim muassasalari talabalariga ham beriladi.
Hozirda kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ularning ustozlari esa 200 million so‘m miqdorida mukofot olmoqda. Endilikda ushbu rag‘batlantirish sun'iy intellekt yo‘nalishidagi nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning ustozlariga ham tatbiq etiladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Yosh ixtirochi talaba Volkswagen egasiga aylandi
 
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan bayram tadbirida iqtidorli yoshlarning bir qator innovatsion loyihalari prezidentga taqdim qilindi. Tadbirda yoshlar o‘zlarining ilg‘or g‘oya va tashabbuslari bilan qatnashishdi. Tadbirning eng e’tiborli jihati esa Nukus davlat texnika universiteti talabasi Asanova Ayzadaning Prezident sovg‘asi — Volkswagen elektromobili bilan  mukofotlangani bo‘ldi. Asanova Ayzada — “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishi g‘olibasi bo‘lib, Belgiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro tanlov yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari. taqdimotda Ibrohimov No‘monjon “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalining natijalari hamda O‘zbekistonda muhandislik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Ismoilov Biloliddin 2024–2025-yillarda FPV dronlar poygasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi chempioni sifatida “Shunqor-8” va “X1” antidron tizimlarini yaratish hamda takomillashtirish ishlaridagi ishtiroki haqida taqdimot qildi. Kurmanova Diyora esa oliy ta’lim muassasalarida “Fudomika va metabolomika” ta’lim yo‘nalishi hamda maxsus laboratoriyani tajriba tariqasida tashkil etish bo‘yicha taklifini ilgari surdi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Texnikumlarda 9-sinf bitiruvchilari uchun qabul boshlandi

Joriy yilning 1-iyulidan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga hujjat topshirish jarayoni boshlandi. Hujjat qabuli 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etib my.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Talabgorlarda 570 ta texnikumdan birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllarida o‘qish imkoniyati mavjud.
Hujjat topshirishda platformaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (o‘quvchining 3x4 hajmidagi fotosurati bilan) yoki ID-karta va maktabning 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi elektron shahodatnoma ma’lumotlari kiritiladi.
166 ta kasb-hunar yo‘nalishi uchun umumiy qabul kvotasi 202 657 tani tashkil qiladi va 9-sinf bitiruvchilari uchun kvotalar to‘liq davlat granti asosida shakllantirilgan. Shuningdek, 14 ta ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida 27 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha qabul amalga oshiriladi. Ularda umumiy kvota 1 760 tani tashkil etib, shundan 1 640 tasi davlat granti.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Texnikumlarda dual ta'lim o‘quvchilariga stipendiya to‘lanadi
 
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda dual ta’lim shaklida o‘qiyotgan o‘quvchilar stipendiya olishlari tasdiqlandi.
 Nizomga ko‘ra, fanlarni o‘zlashtirish natijalaridan qat’iy nazar, har bir dual ta’lim o‘quvchisiga bazaviy hisoblash miqdorining (BMH) 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. Bundan tashqari, kasblar bo‘yicha respublika va xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va semester yakuni bo‘yicha hamma fanlaridan “5” (a’lo) va “4” (yaxshi) baholari mavjud hamda fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 85% dan baland bo‘lgan o‘quvchilar uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BMH) 3 baravari miqdoridagi stipendiya tayinlanishi belgilandi.
Stipendiya tayinlash va to‘lash jarayonlarining barchasi maxsus platforma orqali yuritib boriladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Qaysi OTMlarda grant o‘rinlari ko‘paydi? 2026-yilgi qabul tahlili

Grant kvotalari universitetlar kesimida emas, asosan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanadi. Ya’ni bir OTMning ayrim yo‘nalishlarida grantlar ko‘payishi mumkin, boshqa yo‘nalishlarida esa o‘zgarish bo‘lmasligi yoki aksincha, kamayishi ehtimoli mavjud.

Grantlar qaysi yo‘nalishlarda ko‘paymoqda?

Muhandislik va IT yo‘nalishlari. Mamlakatda texnik mutaxassislarga bo‘lgan talab ortib borayotgani sababli muhandislik, axborot texnologiyalari va sanoatga oid yo‘nalishlarda grant o‘rinlari kengaytirilmoqda.

Pedagogika yo‘nalishlari. Hududlarda malakali o‘qituvchilarga ehtiyoj yuqori bo‘lgani uchun ayrim pedagogika ta’lim yo‘nalishlarida ham davlat granti asosidagi o‘rinlar soni oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar. Agrar soha, ekologiya hamda tabiiy fanlarga oid ayrim yo‘nalishlarda ham grant kvotalari ko‘paytirilgani kuzatilmoqda.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Doktoranturaga yangi ixtisosliklar joriy etiladi
 
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 1-iyuldagi 267-son buyrug‘iga binoan, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlariga oid ixtisosliklar ro‘yxati qayta tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2027-yildan doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchanlikka qabul yangilangan ixtisosliklar asosida ya’ni, 7 ta ustuvor yo‘nalishdagi 193 ta ixtisoslik ro‘yxati bo‘yicha amalga oshiriladi.

Keyingi yildan ustuvor yo‘nalishlarga oid ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilinganlar 1,7 baravar oshirilgan miqdorda stipendiya oladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma imtihonlarni yakunlab, universitetdan qutulgan hamma talabalar😅

Video: Instagram/@ling_yerrry_malisorn

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1