Studentlar
144 subscribers
1.41K photos
610 videos
6 files
1.52K links
Ta’limga oid barcha ma’lumotlar jamlangan platforma
Download Telegram
⚡️ 1-iyundan nodavlat OTMlarga qabul boshlandi

1-iyundan boshlab O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalarida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari start oladi. Qabul sentabr oyiga qadar davom etadi.

📌 Talabalar faqat davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadi.

📌 Har bir nodavlat OTM uchun maksimal qabul kvotasi belgilanadi. Kvotalar oliygohning moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati va o‘quv dasturlari asosida tasdiqlanadi.

📌 Qabul qilingan talabalar haqidagi ma’lumotlar 1-oktyabrgacha HEMIS tizimiga kiritilishi shart.

📌 O‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash, chetlashtirish va yakuniy attestatsiya jarayonlari davlat OTMlari uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.

🎓 Nodavlat OTMga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun qabul mavsumi rasman boshlandi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sessiyalarni tugatib uyga qaytgan talabalar hozir😁

Yana kimda shunaqa?

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yangi qarori bilan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati hamda ular bo‘yicha beriladigan imtiyozlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔹 TOEFL iBT sertifikatlari uchun avvalgi tartibda berilgan imtiyozlar sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar saqlanib qoladi.

🔹 Maktab va kollej pedagoglari uchun TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari CEFR B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birga qabul qilinadi. Ustama to‘lash muddati endilikda CEFR sertifikati emas, balki mazkur pedagogik sertifikatlarning amal qilish muddatiga bog‘liq bo‘ladi.

🔹 Kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglariga xorijiy tilda maxsus fan o‘qitgani uchun: ✅ B2 sertifikati — 50% ustama ✅ C1 sertifikati — 100% ustama

🔹 2026-yil 3-iyungacha olingan Digital SAT sertifikatlari bo‘yicha mavjud imtiyozlar sertifikat muddati tugagunga qadar amal qiladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda amaliyotchi talaba qizlarga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida ishlovchi urolog-shifokor amaliyot o‘tayotgan ikki nafar talaba qizga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilganlikda aybdor deb topildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shifokor talaba qizlardan biriga jinsiy aloqani taklif qilgan, ikkinchisiga esa unga nisbatan his-tuyg‘ulari borligini bildirib, uylanish niyatini aytgan hamda amaliyotga kelmagan kunlari uchun ijobiy baholar qo‘yib berishni va’da qilgan.

Har ikki talaba qiz ushbu holat yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilgan. Qizlardan biri suhbatning audioyozuvini ham dalil sifatida taqdim etgan.

Olmazor tuman sudi taqdim etilgan dalillarni o‘rganib, shifokorni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugundan davlat OTMlariga hujjat topshirish boshlandi

Bugun, 5-iyundan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari start oldi. Abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan 25-iyunga qadar o‘tishlari mumkin.

Qabul jarayonlari avvalgidek ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tib, fanlar majmuasi, ta’lim tili va imtihon topshirish hududini tanlaydi. Bu bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi.

Test sinovlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. Imtihonlar yakunlangach, ikkinchi bosqich boshlanadi. Unda abituriyentlar 15 kun davomida to‘plagan ballariga qarab oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Test natijalari imtihondan keyingi kuni e’lon qilinadi. Talabalikka tavsiya etilganlar ro‘yxati esa qabulning ikkinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida ma’lum qilinadi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imtihon yaqinlashgani sari yana kimni xayolida hammasi esidan chiqib ketayotgandek tuyuladi?

Shunaqa tanishlaringizga yuborib qo'ying! 😁
🧠 18 yoshli o‘quvchi ko‘zi ojizlar uchun “aqlli ko‘zoynak” yaratdi

18 yoshli qozog‘istonlik o‘quvchi Jankeldi Darmenov ko‘zi ojiz insonlar uchun “aqlli ko‘zoynak” yaratdi. Qurilma ultratovush datchiklari, kamera va sun’iy intellektga asoslangan navigatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga mustaqil harakatlanishda yordam beradi. Loyiha ishlaydigan prototip darajasiga yetib, allaqachon davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va 1 million tengedan ortiq investitsiya jalb qilgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓2026-yilda O‘zbekistonda 320 ming talaba oliygohlarni bitiradi

2026-yilda O‘zbekistonda oliygohlarni taxminan 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda. Shu sababli bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va karyera markazlari faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlarning biznes loyihalari moliyalashtirilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Shuningdek, mehnat yarmarkalari, “TalabaExpo” tadbirlari va “career.edu.uz” platformasi orqali bitiruvchilar bandligini oshirish rejalashtirilgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun yangi tartib: bilimlar tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari har yili bir marta tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi. Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, uni bajarish uchun 45 daqiqa vaqt beriladi. Natijalar talabalarning reytingiga ta’sir qilmaydi, biroq pedagog kadrlar tayyorlash sifatini baholash va tahlil qilishga xizmat qiladi. Diagnostika tizimi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kimda ingliz tiliga boradigan do‘sti bor 😂

O‘ziga yuborib qo‘yamiz ✈️

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15 oy davomida shimini yuvmagan talaba

Kanadalik talaba Josh Le jinsi shimni 330 kun davomida deyarli har kuni kiyib, umuman yuvmagan. Tajriba yakunida shimda bakteriyalar aniqlangan bo‘lsa-da, ularning aksariyati inson salomatligi uchun xavfli emasligi ma’lum bo‘lgan.

Eng qizig‘i, shim yuvilgandan keyin ham bakteriyalar miqdori deyarli o‘zgarmagan.

Siz jinsi shimni necha kunda bir yuvib turasiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 2025-yil OTM bitiruvchilarining o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 mln so‘mni qayd etdi

Bitiruvchilar sifati indeksining dastlabki natijalariga ko‘ra, 2025-yilda OTM bitiruvchilarining bandlik darajasi 75 foizni, o‘rtacha oylik ish haqi esa 5,1 mln so‘mni tashkil etdi.
Eng yuqori maosh biznes va boshqaruv (8,5 mln so‘m), huquq (7,3 mln so‘m) hamda AKT (6,8 mln so‘m) yo‘nalishlarida qayd etilgan.
Shuningdek, bitiruvchilarning 60,1 foizi kamida 4 oy davomida barqaror ish bilan ta’minlangan. Yakuniy natijalar 12 oylik kuzatuv ma’lumotlari asosida avgust oyida e’lon qilinadi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1
Nizomiy universitetining talabalar turar joylari 272,3 mlrd so‘mga savdoga qo‘yildi

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetiga qarashli 5, 7, 8 va 9-sonli talabalar turar joylari majmuasi xususiylashtirish uchun savdoga chiqarildi. Obyektning boshlang‘ich narxi 272,3 milliard so‘m etib belgilangan. Sotuvdan tushadigan mablag‘lar Yangi Toshkent shahrida universitetning yangi kampuslarini qurishga yo‘naltiriladi. Investor hududda nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etishi va ta’lim yo‘nalishini saqlab qolishi shart.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉Bugun universitetlarda talabalar Jahon chempionatini katta hayajon bilan birgalikda tomosha qildi.

Talabalar nafaqat musobaqani kuzatdi, balki jamoaviy ruh, birdamlik va g‘alabaga ishonch muhitini ham yaratdi. 🔥🏆

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Talabalar o‘rniga imtihon topshirgan kuryer 3 mln dollar ishlab topdi

Talabalar o‘rniga imtihon va kurs ishlarini bajarib bergan Amazon kuryeri Shahid Adnan 3 yilga qamaldi.
U ushbu noqonuniy faoliyat orqali qariyb 3,1 million dollar ishlab topgan. Tergovga ko‘ra, u dunyo bo‘ylab kamida 124 nafar talabaning ishlarini bajargan bo‘lishi mumkin.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi

2025/26-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million 535 ming nafarga yetdi. Bu o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, talabalarning 782,9 ming nafari ayollar, 752,1 ming nafari esa erkaklardir. So‘nggi yillarda mamlakatda oliy ta’lim qamrovi kengayib, talabalar soni izchil o‘sib bormoqda.
Shuningdek, 18-iyun holatiga ko‘ra, yangi o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 307 mingdan ortiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ERTAGA QABUL-2026’NING OXIRGI SANASI

Ertaga, 2026-yil 25-iyun soat 23:59 da oliy ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish tugaydi.
24-iyun kuni soat 08:03 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 616 415 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat kvotasi uchun 185 000 o‘rin ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, har yili qabul oxirida abituriyentlar oqimi ortgani sababli tizim sekinlashadi va texnik xatolik yuzaga kelishi mumkin.
25-iyun 23:59 gacha shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘zgartirishingiz mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Ammo qabul tugagach, barcha ma’lumotlar qat’iy hisoblanadi va siz ularni o‘zgartira olmaysiz!
 
🌐Ro‘yxatdan o‘tish uchun: my.uzbmb.uz

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qishni ko‘chirmoqchimisiz? Sertifikatlaringiz sizga ustunlik berishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan, endilikda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar ham hisobga olinadi.
Yangi me’zonga asosan, sertifikati bor nomzodlar tegishli fan bo‘yicha tabaqalashtirilgan yoki maksimal ballga ega bo‘lishadi. Xususan, B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun — maksimal ballning 75%; B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat uchun esa - maksimal ball berilishi joriy etildi.
Avvalroq, o‘qishini ko‘chirish uchun imtihon topshirayotgan sertifikat egalari bunday imkoniyatga ega emasdi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xivada Xitoy universiteti filiali ochiladi
 
Xiva shahrida Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filiali tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Tegishli qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Filialda bakalavriat, magistratura va kelgusida doktarantura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash bosqichlari yo‘lga qo‘yiladi.

Filialda Xalqaro xitoy tili ta’limi, Turizm boshqaruvi, Xalqaro biznes, Sun’iy intellekt, Xitoy tili va madaniyatini o‘qitish metodikasi, Ta’lim boshqaruvi, Sun’iy intellekt va ta’lim texnologiyalari kabi ta’lim yo‘nalishlarida talabalar xitoy, o‘zbek va ingliz tillarida dars olishadi. Shuningdek, o‘qish kunduzgi va masofaviy shakllarda tashkil etiladi.
Muhokama 3-iyulgacha davom etadi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Maktab o‘qituvchilari magistraturada onlayn o‘qishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (VMQ-322-son) bilan oliy toifali maktab o‘qituvchilarini magistraturaga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi.
Qarorga binoan, maktablarda ishlayotgan xalqaro akkreditatsiyalangan tizimda oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy ta’lim shaklida o‘qishlari mumkin.
Buning uchun 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bunday pedagoglarni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida maqsadli magistraturada o‘qitish joriy qilinadi.
Maqsadli magistraturaga qabul oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 Portugallar ham o‘zbeklarga o‘xsharkan🎓

Portugaliyaning Koimbra universitetidagi qiziqarli an’ana keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. U yerda bitiruvchilarni boshiga tayoq bilan uch marta urib, uch marta o‘pib, oxirida “omad uchun” yengilgina tepishar ekan.
Bu safargi an’anada Portugaliyaning sobiq prezidenti shaxsan o‘zi ishtirok etib, bitiruvchilarga “omadli tepki” ulashdi. Ma’lum bo‘lishicha, u restoranga kirganida bitiruvchilar undan shu marosimni bajarishni so‘rashgan.
Tashqaridan qaraganda g‘alati tuyulsa-da, mahalliy aholi uchun bu shunchaki qiziqarli va zararsiz bitiruv an‘anasi.
🤔 Oldinlari bizda ham kattalarning kichiklarni og‘ziga tuflash an’anasi bo‘lgan. Kattalardan shunaqa tuflash olganlar, izohlarda sizlarni kutamiz.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube