🎓 Endi talabalar bitiruv ishlarini HEMIS orqali plagiatga tekshira oladi
HEMIS tizimiga plagiatni aniqlash dasturlari integratsiya qilindi. Endilikda barcha OTM bitiruvchi talabalari o‘z BMI yoki dissertatsiyalarini tizim orqali mustaqil ravishda plagiat tekshiruviga yuborishi mumkin.
Buning uchun talaba tizimda “Bitiruvchi” statusiga ega bo‘lishi kerak.
📌 Tekshirish tartibi:
• my.hemis.uz platformasidagi shaxsiy kabinetga kiriladi;
• “Tashqi xizmatlar / Plagiat tekshiruvi” bo‘limiga o‘tiladi;
• “Hujjat yuklash” tugmasi orqali fayl tizimga yuklanadi;
• Tekshiruv yakunlangach, ishning originallik va plagiat foizi ko‘rinadi.
Shuningdek, muvaffaqiyatli tekshiruvdan so‘ng maxsus sertifikat hamda batafsil hisobotni yuklab olish mumkin bo‘ladi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda bitiruvchilar 6 turdagi shahodatnoma oladi 🎓
Endilikda maktab bitiruvchilariga elektron shakldagi 6 turdagi shahodatnoma taqdim etiladi. Yangi tizimga ko‘ra, 9 va 11-sinf o‘quvchilari oddiy, a’lo darajali, kumush va oltin medal bilan beriladigan shahodatnomalarni olishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, maxsus maktab bitiruvchilari uchun alohida sertifikat ham joriy etilgan. Hujjatlar o‘zbek va ingliz tillarida elektron shaklda bepul yuklab olinadi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Endilikda maktab bitiruvchilariga elektron shakldagi 6 turdagi shahodatnoma taqdim etiladi. Yangi tizimga ko‘ra, 9 va 11-sinf o‘quvchilari oddiy, a’lo darajali, kumush va oltin medal bilan beriladigan shahodatnomalarni olishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, maxsus maktab bitiruvchilari uchun alohida sertifikat ham joriy etilgan. Hujjatlar o‘zbek va ingliz tillarida elektron shaklda bepul yuklab olinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 OTMlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ayrim toifadagi talabalar hamda abituriyentlar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirilganini ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, bakalavriat va magistraturada hozirgacha darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar bazaviy hamda tabaqalashtirilgan (super) kontrakt mablag‘larini keyinroq to‘lash imkoniga ega bo‘ldi.
Shuningdek, o‘qishi ko‘chirilgan, qayta tiklangan va tiklangan talabalar ham ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin.
📌 Endilikda bir yillik kontrakt summasining 100 foizini to‘lash va talabalikka qabulni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati — 2026-yil 10-iyun etib belgilandi. To‘lovni aynan shu kuni ham amalga oshirish mumkin.
Vazirlik eslatishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to‘lov muddatini OTM rahbari uzaytirishi mumkin.

🎓 1-sentyabrdan ayrim doktorantlarga oshirilgan stipendiya beriladi
Prezidentning yangi Farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab ustuvor ilmiy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi.
📌 Ustuvor yo‘nalishlar qatoriga: — sun’iy intellekt va IT
— kiberxavfsizlik
— atom va qayta tiklanuvchi energetika
— agroinnovatsiyalar
— tibbiyot va biotexnologiya
— suv va iqlim muammolari
— robototexnika va nanotexnologiyalar
— seysmik xavfsizlik kabi sohalar kiritildi.
Shuningdek:
✅ doktorantura kvotalarining kamida 60 foizi aynan shu yo‘nalishlarga ajratiladi;
✅ ustuvor yo‘nalishdagi doktorantlar uchun har oy qo‘shimcha ilmiy xarajat mablag‘i ajratiladi;
✅ qabul jarayonida ayrim yo‘nalishlar uchun imtihon o‘rniga ilmiy loyiha taqdimoti baholanadi;
✅ ilmiy rahbarlarga yangi rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.
📅 O‘zgarishlar 2026-yil 1-sentyabrdan kuchga kiradi.

⚡️ 1-iyundan nodavlat OTMlarga qabul boshlandi
1-iyundan boshlab O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalarida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari start oladi. Qabul sentabr oyiga qadar davom etadi.
📌 Talabalar faqat davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadi.
📌 Har bir nodavlat OTM uchun maksimal qabul kvotasi belgilanadi. Kvotalar oliygohning moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati va o‘quv dasturlari asosida tasdiqlanadi.
📌 Qabul qilingan talabalar haqidagi ma’lumotlar 1-oktyabrgacha HEMIS tizimiga kiritilishi shart.
📌 O‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash, chetlashtirish va yakuniy attestatsiya jarayonlari davlat OTMlari uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
🎓 Nodavlat OTMga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun qabul mavsumi rasman boshlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yangi qarori bilan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati hamda ular bo‘yicha beriladigan imtiyozlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🔹 TOEFL iBT sertifikatlari uchun avvalgi tartibda berilgan imtiyozlar sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar saqlanib qoladi.
🔹 Maktab va kollej pedagoglari uchun TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari CEFR B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birga qabul qilinadi. Ustama to‘lash muddati endilikda CEFR sertifikati emas, balki mazkur pedagogik sertifikatlarning amal qilish muddatiga bog‘liq bo‘ladi.
🔹 Kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglariga xorijiy tilda maxsus fan o‘qitgani uchun: ✅ B2 sertifikati — 50% ustama ✅ C1 sertifikati — 100% ustama
🔹 2026-yil 3-iyungacha olingan Digital SAT sertifikatlari bo‘yicha mavjud imtiyozlar sertifikat muddati tugagunga qadar amal qiladi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
🔹 TOEFL iBT sertifikatlari uchun avvalgi tartibda berilgan imtiyozlar sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar saqlanib qoladi.
🔹 Maktab va kollej pedagoglari uchun TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari CEFR B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birga qabul qilinadi. Ustama to‘lash muddati endilikda CEFR sertifikati emas, balki mazkur pedagogik sertifikatlarning amal qilish muddatiga bog‘liq bo‘ladi.
🔹 Kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglariga xorijiy tilda maxsus fan o‘qitgani uchun: ✅ B2 sertifikati — 50% ustama ✅ C1 sertifikati — 100% ustama
🔹 2026-yil 3-iyungacha olingan Digital SAT sertifikatlari bo‘yicha mavjud imtiyozlar sertifikat muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda amaliyotchi talaba qizlarga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida ishlovchi urolog-shifokor amaliyot o‘tayotgan ikki nafar talaba qizga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilganlikda aybdor deb topildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shifokor talaba qizlardan biriga jinsiy aloqani taklif qilgan, ikkinchisiga esa unga nisbatan his-tuyg‘ulari borligini bildirib, uylanish niyatini aytgan hamda amaliyotga kelmagan kunlari uchun ijobiy baholar qo‘yib berishni va’da qilgan.
Har ikki talaba qiz ushbu holat yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilgan. Qizlardan biri suhbatning audioyozuvini ham dalil sifatida taqdim etgan.
Olmazor tuman sudi taqdim etilgan dalillarni o‘rganib, shifokorni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Bugundan davlat OTMlariga hujjat topshirish boshlandi
Bugun, 5-iyundan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari start oldi. Abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan 25-iyunga qadar o‘tishlari mumkin.
Qabul jarayonlari avvalgidek ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tib, fanlar majmuasi, ta’lim tili va imtihon topshirish hududini tanlaydi. Bu bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi.
Test sinovlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. Imtihonlar yakunlangach, ikkinchi bosqich boshlanadi. Unda abituriyentlar 15 kun davomida to‘plagan ballariga qarab oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Test natijalari imtihondan keyingi kuni e’lon qilinadi. Talabalikka tavsiya etilganlar ro‘yxati esa qabulning ikkinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida ma’lum qilinadi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imtihon yaqinlashgani sari yana kimni xayolida hammasi esidan chiqib ketayotgandek tuyuladi?
Shunaqa tanishlaringizga yuborib qo'ying! 😁

18 yoshli qozog‘istonlik o‘quvchi Jankeldi Darmenov ko‘zi ojiz insonlar uchun “aqlli ko‘zoynak” yaratdi. Qurilma ultratovush datchiklari, kamera va sun’iy intellektga asoslangan navigatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga mustaqil harakatlanishda yordam beradi. Loyiha ishlaydigan prototip darajasiga yetib, allaqachon davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va 1 million tengedan ortiq investitsiya jalb qilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026-yilda O‘zbekistonda oliygohlarni taxminan 320 ming nafar talaba bitirishi kutilmoqda. Shu sababli bitiruvchilar bandligini ta’minlash, ularni ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va karyera markazlari faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlarning biznes loyihalari moliyalashtirilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Shuningdek, mehnat yarmarkalari, “TalabaExpo” tadbirlari va “career.edu.uz” platformasi orqali bitiruvchilar bandligini oshirish rejalashtirilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari har yili bir marta tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi. Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, uni bajarish uchun 45 daqiqa vaqt beriladi. Natijalar talabalarning reytingiga ta’sir qilmaydi, biroq pedagog kadrlar tayyorlash sifatini baholash va tahlil qilishga xizmat qiladi. Diagnostika tizimi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
15 oy davomida shimini yuvmagan talaba
Kanadalik talaba Josh Le jinsi shimni 330 kun davomida deyarli har kuni kiyib, umuman yuvmagan. Tajriba yakunida shimda bakteriyalar aniqlangan bo‘lsa-da, ularning aksariyati inson salomatligi uchun xavfli emasligi ma’lum bo‘lgan.
Eng qizig‘i, shim yuvilgandan keyin ham bakteriyalar miqdori deyarli o‘zgarmagan.
Siz jinsi shimni necha kunda bir yuvib turasiz? Fikringizni izohlarda qoldiring.

Bitiruvchilar sifati indeksining dastlabki natijalariga ko‘ra, 2025-yilda OTM bitiruvchilarining bandlik darajasi 75 foizni, o‘rtacha oylik ish haqi esa 5,1 mln so‘mni tashkil etdi.
Eng yuqori maosh biznes va boshqaruv (8,5 mln so‘m), huquq (7,3 mln so‘m) hamda AKT (6,8 mln so‘m) yo‘nalishlarida qayd etilgan.
Shuningdek, bitiruvchilarning 60,1 foizi kamida 4 oy davomida barqaror ish bilan ta’minlangan. Yakuniy natijalar 12 oylik kuzatuv ma’lumotlari asosida avgust oyida e’lon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1
Nizomiy universitetining talabalar turar joylari 272,3 mlrd so‘mga savdoga qo‘yildi
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetiga qarashli 5, 7, 8 va 9-sonli talabalar turar joylari majmuasi xususiylashtirish uchun savdoga chiqarildi. Obyektning boshlang‘ich narxi 272,3 milliard so‘m etib belgilangan. Sotuvdan tushadigan mablag‘lar Yangi Toshkent shahrida universitetning yangi kampuslarini qurishga yo‘naltiriladi. Investor hududda nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etishi va ta’lim yo‘nalishini saqlab qolishi shart.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetiga qarashli 5, 7, 8 va 9-sonli talabalar turar joylari majmuasi xususiylashtirish uchun savdoga chiqarildi. Obyektning boshlang‘ich narxi 272,3 milliard so‘m etib belgilangan. Sotuvdan tushadigan mablag‘lar Yangi Toshkent shahrida universitetning yangi kampuslarini qurishga yo‘naltiriladi. Investor hududda nodavlat ta’lim muassasasi tashkil etishi va ta’lim yo‘nalishini saqlab qolishi shart.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Talabalar o‘rniga imtihon topshirgan kuryer 3 mln dollar ishlab topdi
Talabalar o‘rniga imtihon va kurs ishlarini bajarib bergan Amazon kuryeri Shahid Adnan 3 yilga qamaldi.
U ushbu noqonuniy faoliyat orqali qariyb 3,1 million dollar ishlab topgan. Tergovga ko‘ra, u dunyo bo‘ylab kamida 124 nafar talabaning ishlarini bajargan bo‘lishi mumkin.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Talabalar o‘rniga imtihon va kurs ishlarini bajarib bergan Amazon kuryeri Shahid Adnan 3 yilga qamaldi.
U ushbu noqonuniy faoliyat orqali qariyb 3,1 million dollar ishlab topgan. Tergovga ko‘ra, u dunyo bo‘ylab kamida 124 nafar talabaning ishlarini bajargan bo‘lishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
2025/26-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million 535 ming nafarga yetdi. Bu o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga ko‘p.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, talabalarning 782,9 ming nafari ayollar, 752,1 ming nafari esa erkaklardir. So‘nggi yillarda mamlakatda oliy ta’lim qamrovi kengayib, talabalar soni izchil o‘sib bormoqda.
Shuningdek, 18-iyun holatiga ko‘ra, yangi o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 307 mingdan ortiq abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.