Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi unashtirilgan yigiti tomonidan pichoqlab o‘ldirildi
Manba: @talimxabarlariuz_live
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Manba: @talimxabarlariuz_live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 “O‘tkan kunlar” mojarosi sudda yakunlandi
Amerikalik tarjimon Mark Riz mualliflik huquqi buzilgani uchun O‘zDJTU ustidan sudda g‘alaba qozondi.
Sud qaroriga ko‘ra:
— 20,6 mln so‘m tovon puli undiriladi
— 2 mln so‘m jarima belgilandi
— Asarning noqonuniy elektron nusxasi o‘chiriladi
Eslatib o‘tamiz, Riz “O‘tkan kunlar” asarini 15 yil davomida ingliz tiliga tarjima qilgan (“Bygone Days”).
⚖️ Mualliflik huquqi — jiddiy masala.

2026–2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli:
🗓 25-may – 14-iyun
💻 Onlayn tarzda: my.gov.uz va ariza.piima.uz orqali
👩🎓 Kimlar topshira oladi?
— 4-sinfni bitirgan o‘quvchilar (5-sinfga qabul)
📂 Kerakli hujjatlar: • So‘nggi 2 oyda tushgan foto
• Tug‘ilganlik guvohnomasi
• Tasdiqlangan baholar tabeli (yoki QR-kodli elektron variant)
• Ota-ona pasport ma’lumotlari
• Telefon raqami
⚠️ Muhim:
Matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baho — “5” bo‘lishi shart!
📞 Qo‘shimcha ma’lumot: 1206 (call-markaz)
🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NBA afsonasi Shakil O’nil shu semestrda Luiziana Shtat Universitetida (LSU) Liberal san’at yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini oldi va uning diplomi universitetning bitiruv marosimida topshirildi.
U 2000-yilda ushbu universitetni bakalavr darajasi bilan tamomlagan va 26 yil o‘tib magistrlik darajasini ham qo‘lga kiritdi.
O‘qish uchun hech qachon kech emas!
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
U 2000-yilda ushbu universitetni bakalavr darajasi bilan tamomlagan va 26 yil o‘tib magistrlik darajasini ham qo‘lga kiritdi.
O‘qish uchun hech qachon kech emas!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kursdoshiga shilqimlik qilgan talaba jarimaga tortildi
Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalaridan birida talaba yigit kursdosh qizga nisbatan shahvoniy mazmundagi noo‘rin gap aytgani uchun javobgarlikka tortildi.
Voqea 13-may kuni universitet hududida sodir bo‘lgan. Qiz ushbu holatdan norozi bo‘lib, 102 orqali murojaat qilgan.
Sudda yigit aybini tan olib, afsusdaligini bildirgan. Shunga qaramay, u aybdor deb topilib, 1 mln 236 ming so‘m jarimaga tortildi.
Qonunchilikka ko‘ra, bunday holatlar uchun jarima yoki qisqa muddatli qamoq jazosi ham qo‘llanishi mumkin.

📚 O‘qituvchilarga avia va temiryo‘l chiptalarida chegirma berilishi mumkin
2026–2027 o‘quv yilidan boshlab yuqori reytingdagi maktab, bog‘cha, texnikum va OTM pedagoglariga yiliga bir marta 15% chegirma berish rejalashtirilmoqda.
Chegirma:
✈️ ekonom klass aviachiptalari
🚆 plaskart va kupe poyezd chiptalariga amal qiladi.
Imtiyoz faqat O‘zbekiston bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri borib-qaytish yo‘nalishlari uchun taqdim etiladi. Tezyurar poyezdlar bundan mustasno.
Loyiha hozirda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
2026–2027 o‘quv yilidan boshlab yuqori reytingdagi maktab, bog‘cha, texnikum va OTM pedagoglariga yiliga bir marta 15% chegirma berish rejalashtirilmoqda.
Chegirma:
✈️ ekonom klass aviachiptalari
🚆 plaskart va kupe poyezd chiptalariga amal qiladi.
Imtiyoz faqat O‘zbekiston bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri borib-qaytish yo‘nalishlari uchun taqdim etiladi. Tezyurar poyezdlar bundan mustasno.
Loyiha hozirda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇿 Qozog‘istonlik ingliz tili o‘qituvchisi Dana Baqitova IELTS’dan maksimal — 9.0 ball olib, dunyoning eng yaxshi 5% o‘qituvchilari qatoriga kirdi.
U bugungacha minglab o‘quvchilarni xalqaro imtihonlarga tayyorlab, xorij universitetlariga kirishiga yordam bergan. Dana Baqitova hozir ko‘plab yoshlar uchun motivatsiya manbaiga aylangan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
U bugungacha minglab o‘quvchilarni xalqaro imtihonlarga tayyorlab, xorij universitetlariga kirishiga yordam bergan. Dana Baqitova hozir ko‘plab yoshlar uchun motivatsiya manbaiga aylangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchiga jinoyat ishi ochildi
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-maktabda 9-sinf o‘quvchisiga tan jarohati yetkazgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma’lum qilinishicha, dars jarayonida o‘quvchi o‘qituvchi ko‘rsatmalariga bo‘ysunmay, mashg‘ulotga xalaqit bergan. Shundan so‘ng ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va o‘qituvchi o‘quvchini urgan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan ish ochilgan. Tergov davom etmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 275-maktabda 9-sinf o‘quvchisiga tan jarohati yetkazgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ma’lum qilinishicha, dars jarayonida o‘quvchi o‘qituvchi ko‘rsatmalariga bo‘ysunmay, mashg‘ulotga xalaqit bergan. Shundan so‘ng ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va o‘qituvchi o‘quvchini urgan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi bilan ish ochilgan. Tergov davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Endi talabalar bitiruv ishlarini HEMIS orqali plagiatga tekshira oladi
HEMIS tizimiga plagiatni aniqlash dasturlari integratsiya qilindi. Endilikda barcha OTM bitiruvchi talabalari o‘z BMI yoki dissertatsiyalarini tizim orqali mustaqil ravishda plagiat tekshiruviga yuborishi mumkin.
Buning uchun talaba tizimda “Bitiruvchi” statusiga ega bo‘lishi kerak.
📌 Tekshirish tartibi:
• my.hemis.uz platformasidagi shaxsiy kabinetga kiriladi;
• “Tashqi xizmatlar / Plagiat tekshiruvi” bo‘limiga o‘tiladi;
• “Hujjat yuklash” tugmasi orqali fayl tizimga yuklanadi;
• Tekshiruv yakunlangach, ishning originallik va plagiat foizi ko‘rinadi.
Shuningdek, muvaffaqiyatli tekshiruvdan so‘ng maxsus sertifikat hamda batafsil hisobotni yuklab olish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda bitiruvchilar 6 turdagi shahodatnoma oladi 🎓
Endilikda maktab bitiruvchilariga elektron shakldagi 6 turdagi shahodatnoma taqdim etiladi. Yangi tizimga ko‘ra, 9 va 11-sinf o‘quvchilari oddiy, a’lo darajali, kumush va oltin medal bilan beriladigan shahodatnomalarni olishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, maxsus maktab bitiruvchilari uchun alohida sertifikat ham joriy etilgan. Hujjatlar o‘zbek va ingliz tillarida elektron shaklda bepul yuklab olinadi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Endilikda maktab bitiruvchilariga elektron shakldagi 6 turdagi shahodatnoma taqdim etiladi. Yangi tizimga ko‘ra, 9 va 11-sinf o‘quvchilari oddiy, a’lo darajali, kumush va oltin medal bilan beriladigan shahodatnomalarni olishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, maxsus maktab bitiruvchilari uchun alohida sertifikat ham joriy etilgan. Hujjatlar o‘zbek va ingliz tillarida elektron shaklda bepul yuklab olinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 OTMlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ayrim toifadagi talabalar hamda abituriyentlar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirilganini ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, bakalavriat va magistraturada hozirgacha darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar bazaviy hamda tabaqalashtirilgan (super) kontrakt mablag‘larini keyinroq to‘lash imkoniga ega bo‘ldi.
Shuningdek, o‘qishi ko‘chirilgan, qayta tiklangan va tiklangan talabalar ham ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin.
📌 Endilikda bir yillik kontrakt summasining 100 foizini to‘lash va talabalikka qabulni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati — 2026-yil 10-iyun etib belgilandi. To‘lovni aynan shu kuni ham amalga oshirish mumkin.
Vazirlik eslatishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to‘lov muddatini OTM rahbari uzaytirishi mumkin.

🎓 1-sentyabrdan ayrim doktorantlarga oshirilgan stipendiya beriladi
Prezidentning yangi Farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab ustuvor ilmiy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi.
📌 Ustuvor yo‘nalishlar qatoriga: — sun’iy intellekt va IT
— kiberxavfsizlik
— atom va qayta tiklanuvchi energetika
— agroinnovatsiyalar
— tibbiyot va biotexnologiya
— suv va iqlim muammolari
— robototexnika va nanotexnologiyalar
— seysmik xavfsizlik kabi sohalar kiritildi.
Shuningdek:
✅ doktorantura kvotalarining kamida 60 foizi aynan shu yo‘nalishlarga ajratiladi;
✅ ustuvor yo‘nalishdagi doktorantlar uchun har oy qo‘shimcha ilmiy xarajat mablag‘i ajratiladi;
✅ qabul jarayonida ayrim yo‘nalishlar uchun imtihon o‘rniga ilmiy loyiha taqdimoti baholanadi;
✅ ilmiy rahbarlarga yangi rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.
📅 O‘zgarishlar 2026-yil 1-sentyabrdan kuchga kiradi.

⚡️ 1-iyundan nodavlat OTMlarga qabul boshlandi
1-iyundan boshlab O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalarida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari start oladi. Qabul sentabr oyiga qadar davom etadi.
📌 Talabalar faqat davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadi.
📌 Har bir nodavlat OTM uchun maksimal qabul kvotasi belgilanadi. Kvotalar oliygohning moddiy-texnik bazasi, pedagogik salohiyati va o‘quv dasturlari asosida tasdiqlanadi.
📌 Qabul qilingan talabalar haqidagi ma’lumotlar 1-oktyabrgacha HEMIS tizimiga kiritilishi shart.
📌 O‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash, chetlashtirish va yakuniy attestatsiya jarayonlari davlat OTMlari uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
🎓 Nodavlat OTMga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun qabul mavsumi rasman boshlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yangi qarori bilan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati hamda ular bo‘yicha beriladigan imtiyozlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🔹 TOEFL iBT sertifikatlari uchun avvalgi tartibda berilgan imtiyozlar sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar saqlanib qoladi.
🔹 Maktab va kollej pedagoglari uchun TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari CEFR B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birga qabul qilinadi. Ustama to‘lash muddati endilikda CEFR sertifikati emas, balki mazkur pedagogik sertifikatlarning amal qilish muddatiga bog‘liq bo‘ladi.
🔹 Kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglariga xorijiy tilda maxsus fan o‘qitgani uchun: ✅ B2 sertifikati — 50% ustama ✅ C1 sertifikati — 100% ustama
🔹 2026-yil 3-iyungacha olingan Digital SAT sertifikatlari bo‘yicha mavjud imtiyozlar sertifikat muddati tugagunga qadar amal qiladi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
🔹 TOEFL iBT sertifikatlari uchun avvalgi tartibda berilgan imtiyozlar sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar saqlanib qoladi.
🔹 Maktab va kollej pedagoglari uchun TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari CEFR B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat bilan birga qabul qilinadi. Ustama to‘lash muddati endilikda CEFR sertifikati emas, balki mazkur pedagogik sertifikatlarning amal qilish muddatiga bog‘liq bo‘ladi.
🔹 Kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglariga xorijiy tilda maxsus fan o‘qitgani uchun: ✅ B2 sertifikati — 50% ustama ✅ C1 sertifikati — 100% ustama
🔹 2026-yil 3-iyungacha olingan Digital SAT sertifikatlari bo‘yicha mavjud imtiyozlar sertifikat muddati tugagunga qadar amal qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda amaliyotchi talaba qizlarga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida ishlovchi urolog-shifokor amaliyot o‘tayotgan ikki nafar talaba qizga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilganlikda aybdor deb topildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shifokor talaba qizlardan biriga jinsiy aloqani taklif qilgan, ikkinchisiga esa unga nisbatan his-tuyg‘ulari borligini bildirib, uylanish niyatini aytgan hamda amaliyotga kelmagan kunlari uchun ijobiy baholar qo‘yib berishni va’da qilgan.
Har ikki talaba qiz ushbu holat yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilgan. Qizlardan biri suhbatning audioyozuvini ham dalil sifatida taqdim etgan.
Olmazor tuman sudi taqdim etilgan dalillarni o‘rganib, shifokorni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik) bilan aybdor deb topdi va unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Bugundan davlat OTMlariga hujjat topshirish boshlandi
Bugun, 5-iyundan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari start oldi. Abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan 25-iyunga qadar o‘tishlari mumkin.
Qabul jarayonlari avvalgidek ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tib, fanlar majmuasi, ta’lim tili va imtihon topshirish hududini tanlaydi. Bu bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi.
Test sinovlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. Imtihonlar yakunlangach, ikkinchi bosqich boshlanadi. Unda abituriyentlar 15 kun davomida to‘plagan ballariga qarab oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.
Test natijalari imtihondan keyingi kuni e’lon qilinadi. Talabalikka tavsiya etilganlar ro‘yxati esa qabulning ikkinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida ma’lum qilinadi.

Imtihon yaqinlashgani sari yana kimni xayolida hammasi esidan chiqib ketayotgandek tuyuladi?
Shunaqa tanishlaringizga yuborib qo'ying! 😁