Studentlar
145 subscribers
1.41K photos
610 videos
6 files
1.52K links
Ta’limga oid barcha ma’lumotlar jamlangan platforma
Download Telegram
TDYU litseylarida sertifikat egalari attestatsiyadan ozod etilishi mumkin

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarda yakuniy attestatsiya tartibini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, xorijiy tillar va ayrim fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega o‘quvchilar shu fandan attestatsiya topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.

Shuningdek, attestatsiya jarayoniga boshqa OTM o‘qituvchilari ham jalb etilishi mumkin. “Qoniqarsiz” baho olgan yoki qatnashmagan o‘quvchilarga esa qo‘shimcha imkoniyat berilib, ular eksternat tartibida qayta topshirish huquqiga ega bo‘ladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25-may imtihonlari ko‘chiriladimi? BMBA aniq javob berdi

25-may kuni bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari ko‘chirilmaydi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy ma’lumot berdi.

Avvalroq imtihon sanalari e’lon qilingach, ko‘plab bitiruvchilar 25-may kuni “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bilan test sinovlari bir kunga to‘g‘ri kelayotganidan xavotir bildirgan edi. Ayrim abituriyentlar hatto imtihon sanasini o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilgan.

Agentlik izohiga ko‘ra, imtihonlar belgilangan jadval asosida o‘zgarishsiz o‘tkaziladi. 25-may kungi testlar faqat ikkinchi smenada tashkil etiladi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” esa odatda kunning birinchi yarmida yakunlanadi, shu sabab bitiruvchilar bayramdan so‘ng imtihonga bemalol ulgurishi mumkin.

Mutasaddilar abituriyentlarga vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, kech qolmaslik va ikkala muhim jarayonga ham mas’uliyat bilan yondashishni tavsiya qildi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from casiauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oksfordning ayollardek kiyinadigan erkak professori

Oksford universitetida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi Met Retli noodatiy ko‘rinishi bilan keskin bahslarni keltirib chiqardi. U darslarga ayollar kiyimida va sun’iy ko‘krak bilan kirayotgani aytilmoqda. Bu holat ayrimlar tomonidan shaxsiy erkinlik sifatida baholansa, boshqalar uni ta’lim muhitiga mos kelmaydigan xatti-harakat deb hisoblamoqda.

Hozircha universitet rasmiy munosabat bildirmagan, ammo bahslar ijtimoiy tarmoqlarda davom etmoqda.

📱 Telegram  📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026-yilda O‘zbekistonga kelgan xorijiy talabalar soni 15 mingdan oshdi

2026-yilda O‘zbekistonga ta’lim olish maqsadida kelayotgan xorijlik talabalar soni keskin oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–mart oylarida mamlakatga 15 124 nafar chet ellik talaba tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,5 ming nafarga ko‘p bo‘lib, deyarli 2,3 barobar o‘sishni anglatadi.

Hududlar kesimida eng ko‘p talabalar Turkmanistondan kelgan — 7 174 nafar. Undan keyingi o‘rinda Hindiston (2 835 nafar) turadi. Shuningdek, Tojikiston (1 170), Xitoy (641), Qirg‘iz Respublikasi (483), Pokiston (438), Misr (353), Janubiy Koreya (342), Filippin (286) va AQSH (191)dan ham sezilarli miqdorda talabalar kelgan. Boshqa davlatlardan tashrif buyurganlar soni esa 1 211 nafarni tashkil etadi.

Umuman olganda, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim olishga qiziqish ortib borayotgani kuzatilmoqda.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda 59 bitiruvchi 158 ta sertifikat olib, 13 nafari muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Buxoro viloyati Peshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 59 nafar 11-sinf bitiruvchisi jami 158 ta xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Eng e’tiborlisi, 13 nafar o‘quvchi sertifikatlar orqali 189 ball yig‘ib, oliy ta’limga muddatidan oldin qabul qilindi.
Bitiruvchilar orasida kimyo, biologiya, tarix, matematika hamda til fanlaridan yuqori natijalarga erishganlar ko‘p. Shuningdek, ayrim o‘quvchilar CEFR va IELTS kabi xalqaro sertifikatlarni ham qo‘lga kiritgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda o‘quvchilar davomatini “aqlli” kameralar orqali nazorat qilish haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berildi.

Ma’lum qilinishicha, amaldagi tartibga ko‘ra davomat har kuni o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan “e-maktab” platformasida qayd etiladi. Sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilarning ota-onalariga ogohlantirish beriladi, holat takrorlansa esa ular qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shuningdek, Toshkent shahrining ayrim maktablarida sinov tariqasida o‘rnatilayotgan “aqlli” kameralar davomat va xavfsizlik nazoratini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda ayrim talabalarning diplom ishlari ishga joylashmaganligi sababli qabul qilinmayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda ishsizlik darajasi 4,9 foizni tashkil etgan. Biroq so‘nggi paytlarda tarqalgan xabarlar bu ko‘rsatkich ortida hali ham muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasining videosi e’tiborni tortdi. Unda talaba qiz rasmiy ish joyi bo‘lmagani uchun uning diplom ishi qabul qilinmayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, diplom himoyasiga kirish uchun talabalardan my.gov.uz platformasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinayotgani ham aytilmoqda.

Shunga o‘xshash holatlar boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham uchrayotgani haqida xabarlar bor. Hozircha mas’ul tashkilotlar mazkur vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 5-may kuni O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan muhim qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

“Milliy tiklanish” partiyasi ma’lumotiga ko‘ra, yangi loyiha ishlayotgan erkaklarga farzandli bo‘lganda qisqa muddatli ta’til berishni nazarda tutadi. Bu vaqt ichida ular turmush o‘rtog‘iga yordam berishi va boshqa farzandlariga qarashi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, qonun loyihasi norasmiy bandlikni kamaytirishga ham qaratilgan. Endilikda mehnat shartnomasisiz ishga qabul qilish, ish o‘rinlari haqida ma’lumot bermaslik va ish haqini kechiktirish uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Ish haqi kechiktirilsa, har bir kun uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Yana bir muhim o‘zgarish — mehnat munosabatlarini raqamlashtirish. Ishga kirishda talab qilinadigan hujjatlar soni qisqartiriladi. Asosan shaxsiy identifikatsiya raqami yetarli bo‘ladi. Elektron imzo yoki Face-ID orqali tasdiqlangan hujjatlar esa rasmiy kuchga ega bo‘ladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
B1 darajasi sertifikati endi oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz beradi

Oldin imtiyoz faqat B2 va undan yuqori darajalar uchun berilar edi, endi qoidalar B1 darajasiga ham kengaytirildi: u chet tilidan 75% ball beradi, B2 va undan yuqori esa 100%.

Yangi qoidalar chet tili asosiy yoki qo‘shimcha fan sifatida kiritilgan barcha yo‘nalishlar uchun amal qiladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPT yordamida diplom ishi qilganini oshkor qilgan yigitning diplomi bekor qilinishi mumkin.

Amerikaning UCLA universitetining bitiruv marosimida u katta ekranga o‘zining ChatGPT tarixini chiqarib, sun’iy intellektdan foydalanganini ochiq ko‘rsatdi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahsga sabab bo‘ldi.

Videoni har doim ChatGPT'dan foydalanadigan do‘stingizga yuborib qo‘ying😁

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yigit talashib janjallashgan o‘quvchi qizlar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Andijon viloyati Asaka tumanida bir guruh o‘quvchi qizlar o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Mojaro yigit masalasi sabab kelib chiqqani aytilmoqda.
Voqea davomida qizlar boshqa bir o‘quvchini o‘zlaridan birining oyog‘i oldida tiz cho‘ktirishga majbur qilgan va undan kechirim so‘ratgan.

Shuningdek, jabrlanuvchining pul mablag‘lari va taqinchoqlari olib qo‘yilgani haqida ham ma’lumotlar bor. Ayni paytda holat yuzasidan rasmiy izoh berilmagan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQShda talaba topib olgan 135 ming dollarni egasiga qaytardi — buning uchun u 500 dollar mukofot oldi

💸 AQShning Albukerke shahrida kollej talabasi bankomat yonidan tasodifan 135 ming dollar naqd pul solingan paketni topib oldi. U pulni o‘zida olib qolmasdan, darhol bu haqda bank va politsiyaga xabar bergan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bu katta miqdordagi pulni Wells Fargo bankiga xizmat ko‘rsatuvchi pudratchi tashkilot xodimi bankomatni to‘ldirish jarayonida tasodifan qoldirib ketgan.
Halol harakati uchun talaba 500 dollar mukofot bilan taqdirlangan, shuningdek, mahalliy aholidan bir nechta sovg‘alar ham olgan. Bundan tashqari, huquq-tartibot organlari vakillari unga jamoat xavfsizligi sohasida faoliyat yuritish haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilgan.

Ushbu voqea tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar mukofot miqdori qaytarilgan summa bilan solishtirganda juda kam ekanini ta’kidladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talaba avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarni aniqlaydigan tizim yaratdi

Endi avtobusda “bilet olmadim” degan bahona o‘tmaydi. Mahalliy dasturchi talaba sun’iy intellekt asosida ishlaydigan tizim yaratdi — u kameralar orqali yo‘lovchilarning yo‘l haqini to‘lagan yoki to‘lamaganini aniqlaydi.

📌 To‘lov qilmaganlar avtomatik tarzda ro‘yxatga olinadi va tizim orqali nazorat qilinadi.

Sizningcha endi avtobuslarga pul to‘lamaslik kamayadimi?

Video: Instagram/@uzaitec

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
23 yoshli yigit AI yordamida 60 yillik matematik masalani yechdi

23 yoshli talaba Liam Prays ChatGPT yordamida matematiklar o‘nlab yillar davomida yecha olmagan mashhur matematik masalaga yechim topdi.
U ChatGPT Pro orqali bitta so‘rov yuborgan va AI ilgari qo‘llanmagan usul bilan natija chiqargan. Keyinchalik bu yechim matematiklar e’tiborini tortgan.
Hozirda olimlar ushbu isbotni tekshirish va takomillashtirish ustida ishlamoqda.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi unashtirilgan yigiti tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

Manba: @talimxabarlariuz_live

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar yotoqxonasidagi holat😅

Siz qaysi obrazdasiz?

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 “O‘tkan kunlar” mojarosi sudda yakunlandi

Amerikalik tarjimon Mark Riz mualliflik huquqi buzilgani uchun O‘zDJTU ustidan sudda g‘alaba qozondi.

Sud qaroriga ko‘ra:
— 20,6 mln so‘m tovon puli undiriladi
— 2 mln so‘m jarima belgilandi
— Asarning noqonuniy elektron nusxasi o‘chiriladi

Eslatib o‘tamiz, Riz “O‘tkan kunlar” asarini 15 yil davomida ingliz tiliga tarjima qilgan (“Bygone Days”).

⚖️ Mualliflik huquqi — jiddiy masala.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026–2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli:
🗓 25-may – 14-iyun
💻 Onlayn tarzda: my.gov.uz va ariza.piima.uz orqali
👩‍🎓 Kimlar topshira oladi?
— 4-sinfni bitirgan o‘quvchilar (5-sinfga qabul)

📂 Kerakli hujjatlar: • So‘nggi 2 oyda tushgan foto
• Tug‘ilganlik guvohnomasi
• Tasdiqlangan baholar tabeli (yoki QR-kodli elektron variant)
• Ota-ona pasport ma’lumotlari
• Telefon raqami

⚠️ Muhim:
Matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baho — “5” bo‘lishi shart!

📞 Qo‘shimcha ma’lumot: 1206 (call-markaz)
🚀 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NBA afsonasi Shakil O’nil shu semestrda Luiziana Shtat Universitetida (LSU) Liberal san’at yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini oldi va uning diplomi universitetning bitiruv marosimida topshirildi.

U 2000-yilda ushbu universitetni bakalavr darajasi bilan tamomlagan va 26 yil o‘tib magistrlik darajasini ham qo‘lga kiritdi.

O‘qish uchun hech qachon kech emas!

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kursdoshiga shilqimlik qilgan talaba jarimaga tortildi

Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalaridan birida talaba yigit kursdosh qizga nisbatan shahvoniy mazmundagi noo‘rin gap aytgani uchun javobgarlikka tortildi.
Voqea 13-may kuni universitet hududida sodir bo‘lgan. Qiz ushbu holatdan norozi bo‘lib, 102 orqali murojaat qilgan.
Sudda yigit aybini tan olib, afsusdaligini bildirgan. Shunga qaramay, u aybdor deb topilib, 1 mln 236 ming so‘m jarimaga tortildi.

Qonunchilikka ko‘ra, bunday holatlar uchun jarima yoki qisqa muddatli qamoq jazosi ham qo‘llanishi mumkin.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onlayn darsda o‘tirgan payting kamerang tasodifam yonib qolsa😂

Bu holat kimga tanish?😁

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM