Studentlar
146 subscribers
1.42K photos
610 videos
6 files
1.53K links
Ta’limga oid barcha ma’lumotlar jamlangan platforma
Download Telegram
AQSHda o‘zbekistonlik talaba vafot etdi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Muhammadyusuf Faxriddinov AQSHda vafot etdi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, marhum uyquga ketib uyg‘onmagan. Uning o‘limi yurak faoliyati bilan bog‘liq ekanligi tahmin qilingan. Holat yuzasidan AQSH tergov idoralari surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Hozirda marhumni o‘zbekistonga olib kelish ishlari jamg‘arma tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Qayd etilishicha, marhum AQSHning Nyu-York shtatidagi Stouni Bruk universitetida kompyuter texnologiyalari va informatika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatning 4-bosqich talabasi bo‘lgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
OTM qabuli 2026: ro‘yxatdan o‘tish tartibi

2026-yilda OTMga kirish jarayoni 2 bosqichda bo‘ladi 👇
📅 1-bosqich (5–25 iyun):
Abituriyentlar test fanlari, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi. Shu bosqichdagi tanlovlar keyingi jarayon uchun juda muhim.
📊 2-bosqich (natijadan keyin 15 kun):
Test natijasi chiqqach, 5 tagacha yo‘nalish, OTM va ta’lim shaklini tanlash imkoniyati beriladi.
🎯 Muhim:
Avval fanlarni to‘g‘ri tanlash, keyin esa natijaga qarab strategik yo‘nalish tanlash kirish imkoniyatini oshiradi.
✅ 2 bosqichli qulay tizim
✅ Xatolar kamayadi
✅ 5 ta yo‘nalish orqali imkoniyat oshadi

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda bitiruvchilar vinetka uchun effektli kadr olishmoqchi bo‘lib do‘stlarini havoga otishdi, lekin hisob-kitob noto‘g‘ri chiqdi — u to‘g‘ridan-to‘g‘ri kursdosh qiz ustiga tushdi😅
Vaziyat kutilmaganda yuz berdi, holat esa videoga tushib, e’tiborni tortdi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda 2026-yil yakuniy imtihon sanalari e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 14-apreldagi ko‘rsatmasiga ko‘ra, 2026-yil uchun 9 va 11-sinf bitiruvchilari yakuniy imtihon sanalari tasdiqlandi.
9-sinflar:
— ona tili va adabiyot — 1-iyun,
— matematika — 4-iyun,
— O‘zbekiston tarixi — 8-iyun (yozma va og‘zaki).
Jismoniy tarbiya esa 1–6-may kunlari o‘tkaziladi.
11-sinflar:
— ona tili va adabiyot — 2-iyun,
— matematika — 5-iyun,
— O‘zbekiston tarixi — 9-iyun.
Tanlov fanlari (tillar, fizika, kimyo va boshqalar) 12 va 15-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Imtihonlarni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari ham alohida tasdiqlangan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sun’iy Intellekt sabab talabalar yo'nalishlarini o‘zgartirmoqda

Amerika kollejlarida o‘qiyotgan talabalarning 68 foizi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Sabab — sun’iy intellekt rivoji tufayli kelajak kasbiga bo‘lgan ishonchning kamayishi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, har 6 talabadan biri allaqachon boshqa yo‘nalishga o‘tgan. Eng ko‘p o‘zgarish IT, muhandislik va biznes sohalarida kuzatilmoqda.
Qiziq tomoni — aynan AI ta’siridan xavotir sabab tark etilayotgan yo‘nalishlarga talabalar yana qayta o‘tmoqda.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hukumatning 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga muvofiq, pedagoglar uchun attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlari toʻlovlari 50 foizga kamaytirildi. Endilikda navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun oʻqituvchilar bazaviy hisoblash miqdorining yarmi — taxminan 206 ming soʻm toʻlaydi.

Shuningdek, milliy sertifikat va chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarida ishtirok etish uchun ham pedagoglardan amaldagi toʻlovning 50 foizi undiriladi.

Eslatib oʻtamiz, kamida 15 yil ish stajiga ega oliy toifali pedagoglar uchun ipoteka kreditining boshlangʻich badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Ushbu imtiyoz uchun arizalar qabuli 20-aprel kuni soat 14:00 dan boshlangan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda o‘quvchilar va talabalar uchun narkotik testlar joriy etiladi

Endilikda O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari va talabalar orasida narkotik moddalardan foydalanilganini aniqlash uchun maxsus testlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Dori vositalari xavfsizligi markazi hamda Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi rahbari Ismatjon Azizov ma’lum qilgan. Uning aytishicha, tekshiruvlar mahalliy ishlab chiqarilgan tezkor testlar orqali amalga oshiriladi. Yangi testlar oddiy “poloska” ko‘rinishida bo‘lib, so‘lak orqali atigi bir necha soniyada natija beradi. Hozirda bunday testlar 16 turdagi narkotik moddalarni aniqlashga mo‘ljallangan.

Manba: Daryo.uz

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olmaotada bir qiz onasini diplom topshirish marosimida qo‘llab-quvvatlash uchun kelib, ushbu ta’sirli lahzani videoga oldi.

Video muallifining aytishicha, uning onasi kollejni tamomlagan va oradan 32 yil o‘tgach, yana o‘qishga qaytib, oliy ma’lumot olishga qaror qilgan. U tibbiyot sohasida ishlaydi va bu diplom unga kelajakdagi kasbiy rivojlanish uchun zarur.
Foydalanuvchilar izohlarda uning qat’iyatiga qoyil qolib, ilhom bag‘ishlagani uchun minnatdorchilik bildirgan va yana bir bor eslatishgan: o‘qish uchun hech qachon kech emas.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuqori Chirchiqda maktab direktori o‘quvchiga yozgan nomaqbul xabarlari uchun jazolandi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida maktab direktori voyaga yetmagan o‘quvchi qizga nomaqbul mazmundagi xabarlar yuborgani uchun javobgarlikka tortildi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 39 yoshli direktor 16–17 aprel kunlari Telegram orqali o‘quvchiga odob-axloq me’yorlariga zid bo‘lgan xabarlar yo‘llagan. Holat yuzasidan ish ko‘rib chiqilib, u o‘z aybini tan olgan.

Direktor sudda bu xabarlarni “tarbiyaviy maqsadda” yozganini bildirgan va pushaymonligini aytgan. Biroq o‘quvchining qonuniy vakili bunday xatti-harakatni keskin qoralab, unga nisbatan qat’iyroq jazo qo‘llashni so‘ragan.

Sud qaroriga binoan, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan aybdor deb topilib, 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Avval ham Toshkent shahrida shunga o‘xshash holatda bank xodimi qisqa muddatga qamoqqa olingan edi.

Manba: Kun.uz

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiyadagi maktabda pichoq ko‘targan o‘smirni qo‘riqlash xodimlari emas, oddiy jismoniy tarbiya o‘qituvchisi zararsizlantirdi.

20-aprel kuni o‘quvchi basseyn hududiga kelgan. Uni kuzatib turgan o‘qituvchi Darya Kurteva esa uning shubhali harakatlarini payqab qolgan. Bola binodan yugurib chiqib ketgan va to‘rt daqiqadan so‘ng qo‘lida pichoq bilan qaytib kirgan. O‘qituvchi tezkor harakat qilib, orqadan ushlab, o‘quvchining qo‘llarini qisgan. Kurteva avval Peterburgda kurash bilan shug‘ullangan. Keyin qo‘riqchi va ishchi yordam berib, pichoqni tortib olishgan. Bola qarshilik ko‘rsatgan, uni tinchlantirish uchun esa taxminan bir soat vaqt ketgan.

Hozirda tergov organlari bezorilik moddasi bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda. Psixologlar esa bola zo‘ravonlik yoki bosimga uchragan-uchramaganini o‘rganmoqda. Maktab direktori o‘qituvchini mukofotlash kerakligini ta’kidlamoqda.

Manba: Ura.ru
O‘zbekiston diplomlari Qirg‘izistonda tan olinadi

O‘zbekistonlik talabalar va bitiruvchilar uchun yana bir muhim yangilik — endilikda diplomlarni xorijda tan olish imkoniyatlari kengaymoqda.
Qirg‘iziston bilan diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv iyul oyida imzolanishi kutilmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichda.
Qozog‘iston bu tashabbusni ma’qullagan, Turkmaniston esa TOP-1000 universitetlar diplomlarini tan olishga tayyor.
O‘zbekiston Tokio konvensiyasiga qo‘shilgani sabab, Yaponiya va Yevropaning qariyb 40 ta davlatida diplomlarni tan olish imkoniyati yaratilgan.
Yangi tartib faqat kelishuvdan keyin amal qiladi va barcha diplomlarga tegishli emas.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yil oxirida barcha talabalarda kuzatiladigan holat
🤣🤣🤣

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026–2027 o‘quv yili test tizimi: asosiy o‘zgarishlar

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun yangi test tartibi tasdiqlandi. U abituriyentlar bilimini aniq va shaffof baholashga qaratilgan. Imtihonlar 5 ta fandan iborat bo‘lib, ulardan 3 tasi majburiy, 2 tasi esa tanlangan yo‘nalishga mos mutaxassislik fanlari hisoblanadi. Majburiy fanlarga ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi kiradi. Har biridan 10 tadan savol berilib, jami 30 ta savol uchun 33 ballgacha to‘plash mumkin.

Mutaxassislik fanlarida esa har bir fandan 30 tadan savol beriladi. Birinchi fan yuqoriroq – 93 ballgacha, ikkinchi fan esa 63 ballgacha baholanadi. Shu tariqa, umumiy hisobda 90 ta savol uchun maksimal 189 ball yig‘ish imkoniyati mavjud. Yangi tizimda ayniqsa mutaxassislik fanlariga ustuvorlik berilgan bo‘lib, ular yuqori ball bilan baholanadi.

Tayyorlanishda faqat asosiy fanlarga emas, balki majburiy fanlarga ham e’tibor qaratish muhim.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 276 nafar bolani asrab olib, voyaga yetkazdi

Xitoyda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Bay Szyan qariyb 30 yil davomida ota-onasiz qolgan yoki tashlab ketilgan 276 nafar bolani tarbiyaladi.
52 yoshli o‘qituvchi Anshan shahrida yashab, “Orzular uyi” deb ataladigan uyda bir vaqtning o‘zida 20–30 nafar bolaga boshpana beradi. U 1995-yildan buyon bolalarni nafaqat tarbiyalab, balki sport va ta’limga yo‘naltirib kelmoqda.
Natijada 100 dan ortiq tarbiyalanuvchi oliy ma’lumot olgan, 50 nafari sportda yuqori natijalarga erishgan. Ular orasida professional sportchilar va o‘qituvchilar ham bor.
Bay Szyan bu ishni bir yetim bolaning og‘ir hayotidan xabar topgach boshlagan. Hozirda u bolalarni har kuni erta tongda mashg‘ulotlarga olib chiqib, ularni intizom va mehnatga o‘rgatib kelmoqda.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AQSHda o‘quvchilar avtobus halokatining oldini oldi 🚌

AQSHning Missisipi shtatida o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus haydovchisi astma xurujiga uchrab hushidan ketgan.
Shu payt avtobus boshqaruvdan chiqib ketayotganida bir nechta o‘quvchi tezkor harakat qilib, vaziyatni nazoratga olishgan va avtobusni xavfsiz tarzda to‘xtatib, yo‘l chetiga olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Maktab ma’muriyati o‘quvchilarning jasorati va tezkor harakatini yuqori baholab, ularni taqdirlagan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TDYU litseylarida sertifikat egalari attestatsiyadan ozod etilishi mumkin

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarda yakuniy attestatsiya tartibini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, xorijiy tillar va ayrim fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega o‘quvchilar shu fandan attestatsiya topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.

Shuningdek, attestatsiya jarayoniga boshqa OTM o‘qituvchilari ham jalb etilishi mumkin. “Qoniqarsiz” baho olgan yoki qatnashmagan o‘quvchilarga esa qo‘shimcha imkoniyat berilib, ular eksternat tartibida qayta topshirish huquqiga ega bo‘ladi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
25-may imtihonlari ko‘chiriladimi? BMBA aniq javob berdi

25-may kuni bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari ko‘chirilmaydi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy ma’lumot berdi.

Avvalroq imtihon sanalari e’lon qilingach, ko‘plab bitiruvchilar 25-may kuni “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bilan test sinovlari bir kunga to‘g‘ri kelayotganidan xavotir bildirgan edi. Ayrim abituriyentlar hatto imtihon sanasini o‘zgartirishni so‘rab murojaat qilgan.

Agentlik izohiga ko‘ra, imtihonlar belgilangan jadval asosida o‘zgarishsiz o‘tkaziladi. 25-may kungi testlar faqat ikkinchi smenada tashkil etiladi. “So‘nggi qo‘ng‘iroq” esa odatda kunning birinchi yarmida yakunlanadi, shu sabab bitiruvchilar bayramdan so‘ng imtihonga bemalol ulgurishi mumkin.

Mutasaddilar abituriyentlarga vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish, kech qolmaslik va ikkala muhim jarayonga ham mas’uliyat bilan yondashishni tavsiya qildi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from casiauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oksfordning ayollardek kiyinadigan erkak professori

Oksford universitetida faoliyat yurituvchi o‘qituvchi Met Retli noodatiy ko‘rinishi bilan keskin bahslarni keltirib chiqardi. U darslarga ayollar kiyimida va sun’iy ko‘krak bilan kirayotgani aytilmoqda. Bu holat ayrimlar tomonidan shaxsiy erkinlik sifatida baholansa, boshqalar uni ta’lim muhitiga mos kelmaydigan xatti-harakat deb hisoblamoqda.

Hozircha universitet rasmiy munosabat bildirmagan, ammo bahslar ijtimoiy tarmoqlarda davom etmoqda.

📱 Telegram  📸 Instagram 🌐 Facebook 📱TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026-yilda O‘zbekistonga kelgan xorijiy talabalar soni 15 mingdan oshdi

2026-yilda O‘zbekistonga ta’lim olish maqsadida kelayotgan xorijlik talabalar soni keskin oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–mart oylarida mamlakatga 15 124 nafar chet ellik talaba tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,5 ming nafarga ko‘p bo‘lib, deyarli 2,3 barobar o‘sishni anglatadi.

Hududlar kesimida eng ko‘p talabalar Turkmanistondan kelgan — 7 174 nafar. Undan keyingi o‘rinda Hindiston (2 835 nafar) turadi. Shuningdek, Tojikiston (1 170), Xitoy (641), Qirg‘iz Respublikasi (483), Pokiston (438), Misr (353), Janubiy Koreya (342), Filippin (286) va AQSH (191)dan ham sezilarli miqdorda talabalar kelgan. Boshqa davlatlardan tashrif buyurganlar soni esa 1 211 nafarni tashkil etadi.

Umuman olganda, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim olishga qiziqish ortib borayotgani kuzatilmoqda.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda 59 bitiruvchi 158 ta sertifikat olib, 13 nafari muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Buxoro viloyati Peshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 59 nafar 11-sinf bitiruvchisi jami 158 ta xalqaro va milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Eng e’tiborlisi, 13 nafar o‘quvchi sertifikatlar orqali 189 ball yig‘ib, oliy ta’limga muddatidan oldin qabul qilindi.
Bitiruvchilar orasida kimyo, biologiya, tarix, matematika hamda til fanlaridan yuqori natijalarga erishganlar ko‘p. Shuningdek, ayrim o‘quvchilar CEFR va IELTS kabi xalqaro sertifikatlarni ham qo‘lga kiritgan.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda o‘quvchilar davomatini “aqlli” kameralar orqali nazorat qilish haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berildi.

Ma’lum qilinishicha, amaldagi tartibga ko‘ra davomat har kuni o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan “e-maktab” platformasida qayd etiladi. Sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilarning ota-onalariga ogohlantirish beriladi, holat takrorlansa esa ular qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shuningdek, Toshkent shahrining ayrim maktablarida sinov tariqasida o‘rnatilayotgan “aqlli” kameralar davomat va xavfsizlik nazoratini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

📱Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM