This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryoda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizni urdi
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi maktablardan birida 11-sinf o‘quvchisi sinfdoshi bilan janjal vaqtida uni urib, tan jarohati yetkazdi. Holat 31-mart kuni sodir bo‘lgan. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy xizmatchilarning ta’limi va ishga joylashishida yangi imtiyozlar joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda harbiy xizmatchilar uchun ta’lim olish va bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi qarorlar qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab, askarlar uchun xizmat davomida universitetlarga kirish va masofadan o‘qish imkoniyati yaratiladi. Shartnoma asosida o‘qiyotganlarga esa, foizsiz ta’lim krediti beriladi. Abituriyentlar uchun maxsus tayyorgarlik kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, namunali xizmat qilgan va olimpiada hamda sport g‘oliblari imtihonsiz OTMga qabul qilinadi. Bundan tashqari, “Bitta askar — bitta kasb” tamoyili asosida 3–6 oylik kasb-hunar kurslari tashkil etiladi. Xizmatdan qaytgan yoshlarning kasb o‘rganish xarajatlari vaucher asosida qoplanadi va davlat ishiga kirishda qo‘shimcha 10% ball beriladi. Harbiylar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida har yili “Ma’naviyat qalqoni” tanlovi o‘tkazilib, final g‘oliblariga elektromobil va pul mukofotlari topshiriladi.

Toshkentda bolalarga majburiy diniy saboq bergan OTM talabasi va o‘qituvchisi ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari noqonuniy ravishda 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarga diniy saboq berib kelgan nodavlat OTM talabasi va o‘qituvchini qo‘lga oldi.
Ma’lum qilinishicha, nomi oshkor qilinmagan poytaxtdagi nodavlat OTM 2-bosqich talabasi moddiy manfaatdorlik evaziga Yangihayot tumanida 5-12 yoshdagi 9 ta voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq berib kelgan.
Ijaraga olingdan xonadon tekshirilganida 49 dona turli diniy mazmundagi kitoblar, 24 ta diniy darsliklar yozilgan daftarlar hamda 1 ta noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.
Davlat xavfsizlik xizmati Matbuot xizmati bolalarga majburiy ravishda saboq berilgani, ayrim hollarda esa ularga turli darajada tan jarohatlari ham yetkazilganini bildirgan. Bundan tashqari, bolalardan 6 tasi 2 oydan 8 oygacha maktabga bormagan. Ular majburan uyda saqlanib, ko‘chaga chiqishlariga ham ruxsat berilmagan.
Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, bolalarning ota-onalariga nisbatan tegishli ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Yana bir holatda esa talabaning OTMdagi o‘qituvchisi ham ijaraga olingan xonadonda bolalarga noqonuniy tarzda diniy saboq bergan.
39 yoshli o‘qituvchi va uning turmush o‘rtog‘i 8-17 yoshdagi 5 ta bolaga dars berib kelgan. Ular orasida Tojikiston fuqarosining ham farzandi borligi qayd etilgan.
Ushbu holat bo‘yicha esa tegishli ekspertiza tayinlangan, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilyapti.

❤1
OTM bitiruvchilari Qatarda ishlashlari mumkin
O‘zbekistonning Dohadagi elchixonasi Youth Globe xususiy bandlik agentligi hamda Qatarning Candidzone rekruting kompaniyasi o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etdi. Muzokaralarda diplomatlar, Youth Globe rahbari Sherzod Eshmuratov, Candidzone bosh direktori Manhar Muhammad hamda tashqi yollash bo‘yicha menejer Muhammad Sinar ishtirok etdi. Kelishuvga ko‘ra, endilikda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari uchun shaffof ishga joylashtirish tizimi yaratiladi. Yosh mutaxassislar Qatardagi mehmonxona va servis sohasidagi yuqori maoshli lavozimlarga nomzod bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari, “Millat Umidi” universitetining xorijiy tillar kurslarida tahsil olayotgan tibbiyot mutaxassislarini ham ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda. Ular Hamad Central Hospital va Qatarning boshqa yetakchi klinikalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

O‘zbekistonda 2 oyda 4 mingga yaqin kishi chet elga o‘qish uchun ketdi
Joriy yilning dastlabki ikki oyida 3 964 nafar O‘zbekiston fuqarolari ta’lim olish maqsadida xorijga ketdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga ya’ni 23,6 foizga kamaygan. Davlatlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p talabalar (989 nafar) Rossiyaga o‘qishga ketgan. Undan keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (679 nafar) va Qirg‘iziston (639 nafar) qayd etilgan. Shuningdek, Turkiyaga 300 nafar, Tojikistonga 276 nafar, Xitoyga 252 nafar hamda boshqa davlatlarga esa 829 nafar o‘zbekistonlik ta’lim olishga uchun ketgan.

“El-yurt umidi” tanlovi uchun 500 ta kvota ajratildi
2025-yilgi tanlovda ishtirok etgan 15 400 nafar nomzoddan 237 nafari g‘olib deb topildi. Ularning 70 foizi dunyoning top 100 taligidagi oliygohlarga qabul qilingan.
2026-yilgi tanlov uchun esa jami 500 ta kvota ajratildi. Shundan 232 tasi magistratura, 167 tasi bakalavriat va 38 tasi doktorantura yo‘nalishlariga to‘g‘ri keladi.
Yangilik sifatida bitiruvchi sinf o‘quvchilari va 4-kurs talabalari ham diplom olmasdan turib, ma’lumotnoma va transkript bilan tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Hujjatlar 24-aprel kuni soat 23:59 gacha onlayn tarzda qabul qilinadi.

🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktab qizlari nishonga olingan: Andijonda noqonuniy dori savdosi aniqlandi
Andijon shahrining “O‘zbegim” mahallasida 22 yoshli qiz noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. U xaridorga psixatrop moddalarini 250 ming so‘m evaziga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchining Xo‘jaobod tumanidagi uyi ham ko‘zdan kechirildi. Oqibatda, u yerdan jami 300 dona “Tropicamide” va 199 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dorilar noqonuniy tarzda saqlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.
Ushbu holat maktab o‘quvchilariga ham yetib borgan. 9-sinfda o‘qiydigan ikki nafar qiz yonidan 4 dona “Regapen” topildi. Holatning xavotirli jihati shundaki, ushbu dorilar voyaga yetmaganlar orasida ham tarqalgan.

Agrar universitetida 3 yillik bakalavriat ta’lim tizimi joriy etiladi
2026/2027 o‘quv yilidan Toshkent davlat agrar universitetida 3 yillik bakalavriat tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Yangi tizimda amaliy mashg‘ulotlar ulushi sezilarli oshiriladi: yuqori kurslarda esa o‘qish dual ta’lim asosida, ya’ni amaliyot bilan birga olib boriladi.
Shuningdek, talabalarga bosqichma-bosqich traktorchi-mashinist guvohnomalari beriladi. Mazkur o‘zgarishlar agrar soha uchun amaliy ko‘nikmaga ega, zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
2026/2027 o‘quv yilidan Toshkent davlat agrar universitetida 3 yillik bakalavriat tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Yangi tizimda amaliy mashg‘ulotlar ulushi sezilarli oshiriladi: yuqori kurslarda esa o‘qish dual ta’lim asosida, ya’ni amaliyot bilan birga olib boriladi.
Shuningdek, talabalarga bosqichma-bosqich traktorchi-mashinist guvohnomalari beriladi. Mazkur o‘zgarishlar agrar soha uchun amaliy ko‘nikmaga ega, zamonaviy mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQSHda o‘zbekistonlik talaba vafot etdi
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati Muhammadyusuf Faxriddinov AQSHda vafot etdi. Rasmiy manbalarga ko‘ra, marhum uyquga ketib uyg‘onmagan. Uning o‘limi yurak faoliyati bilan bog‘liq ekanligi tahmin qilingan. Holat yuzasidan AQSH tergov idoralari surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Hozirda marhumni o‘zbekistonga olib kelish ishlari jamg‘arma tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Qayd etilishicha, marhum AQSHning Nyu-York shtatidagi Stouni Bruk universitetida kompyuter texnologiyalari va informatika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatning 4-bosqich talabasi bo‘lgan.

👍1
OTM qabuli 2026: ro‘yxatdan o‘tish tartibi
2026-yilda OTMga kirish jarayoni 2 bosqichda bo‘ladi 👇
📅 1-bosqich (5–25 iyun):
Abituriyentlar test fanlari, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi. Shu bosqichdagi tanlovlar keyingi jarayon uchun juda muhim.
📊 2-bosqich (natijadan keyin 15 kun):
Test natijasi chiqqach, 5 tagacha yo‘nalish, OTM va ta’lim shaklini tanlash imkoniyati beriladi.
🎯 Muhim:
Avval fanlarni to‘g‘ri tanlash, keyin esa natijaga qarab strategik yo‘nalish tanlash kirish imkoniyatini oshiradi.
✅ 2 bosqichli qulay tizim
✅ Xatolar kamayadi
✅ 5 ta yo‘nalish orqali imkoniyat oshadi

Toshkentda bitiruvchilar vinetka uchun effektli kadr olishmoqchi bo‘lib do‘stlarini havoga otishdi, lekin hisob-kitob noto‘g‘ri chiqdi — u to‘g‘ridan-to‘g‘ri kursdosh qiz ustiga tushdi😅
Vaziyat kutilmaganda yuz berdi, holat esa videoga tushib, e’tiborni tortdi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Vaziyat kutilmaganda yuz berdi, holat esa videoga tushib, e’tiborni tortdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda 2026-yil yakuniy imtihon sanalari e’lon qilindi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 14-apreldagi ko‘rsatmasiga ko‘ra, 2026-yil uchun 9 va 11-sinf bitiruvchilari yakuniy imtihon sanalari tasdiqlandi.
9-sinflar:
— ona tili va adabiyot — 1-iyun,
— matematika — 4-iyun,
— O‘zbekiston tarixi — 8-iyun (yozma va og‘zaki).
Jismoniy tarbiya esa 1–6-may kunlari o‘tkaziladi.
11-sinflar:
— ona tili va adabiyot — 2-iyun,
— matematika — 5-iyun,
— O‘zbekiston tarixi — 9-iyun.
Tanlov fanlari (tillar, fizika, kimyo va boshqalar) 12 va 15-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Imtihonlarni o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari ham alohida tasdiqlangan.

Sun’iy Intellekt sabab talabalar yo'nalishlarini o‘zgartirmoqda
Amerika kollejlarida o‘qiyotgan talabalarning 68 foizi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Sabab — sun’iy intellekt rivoji tufayli kelajak kasbiga bo‘lgan ishonchning kamayishi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, har 6 talabadan biri allaqachon boshqa yo‘nalishga o‘tgan. Eng ko‘p o‘zgarish IT, muhandislik va biznes sohalarida kuzatilmoqda.
Qiziq tomoni — aynan AI ta’siridan xavotir sabab tark etilayotgan yo‘nalishlarga talabalar yana qayta o‘tmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Amerika kollejlarida o‘qiyotgan talabalarning 68 foizi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Sabab — sun’iy intellekt rivoji tufayli kelajak kasbiga bo‘lgan ishonchning kamayishi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, har 6 talabadan biri allaqachon boshqa yo‘nalishga o‘tgan. Eng ko‘p o‘zgarish IT, muhandislik va biznes sohalarida kuzatilmoqda.
Qiziq tomoni — aynan AI ta’siridan xavotir sabab tark etilayotgan yo‘nalishlarga talabalar yana qayta o‘tmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hukumatning 2026-yil 16-apreldagi 175-son qaroriga muvofiq, pedagoglar uchun attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlari toʻlovlari 50 foizga kamaytirildi. Endilikda navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun oʻqituvchilar bazaviy hisoblash miqdorining yarmi — taxminan 206 ming soʻm toʻlaydi.
Shuningdek, milliy sertifikat va chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarida ishtirok etish uchun ham pedagoglardan amaldagi toʻlovning 50 foizi undiriladi.
Eslatib oʻtamiz, kamida 15 yil ish stajiga ega oliy toifali pedagoglar uchun ipoteka kreditining boshlangʻich badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Ushbu imtiyoz uchun arizalar qabuli 20-aprel kuni soat 14:00 dan boshlangan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Shuningdek, milliy sertifikat va chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarida ishtirok etish uchun ham pedagoglardan amaldagi toʻlovning 50 foizi undiriladi.
Eslatib oʻtamiz, kamida 15 yil ish stajiga ega oliy toifali pedagoglar uchun ipoteka kreditining boshlangʻich badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi. Ushbu imtiyoz uchun arizalar qabuli 20-aprel kuni soat 14:00 dan boshlangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda o‘quvchilar va talabalar uchun narkotik testlar joriy etiladi
Endilikda O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari va talabalar orasida narkotik moddalardan foydalanilganini aniqlash uchun maxsus testlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Dori vositalari xavfsizligi markazi hamda Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi rahbari Ismatjon Azizov ma’lum qilgan. Uning aytishicha, tekshiruvlar mahalliy ishlab chiqarilgan tezkor testlar orqali amalga oshiriladi. Yangi testlar oddiy “poloska” ko‘rinishida bo‘lib, so‘lak orqali atigi bir necha soniyada natija beradi. Hozirda bunday testlar 16 turdagi narkotik moddalarni aniqlashga mo‘ljallangan.
Manba: Daryo.uz
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Endilikda O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari va talabalar orasida narkotik moddalardan foydalanilganini aniqlash uchun maxsus testlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Dori vositalari xavfsizligi markazi hamda Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi rahbari Ismatjon Azizov ma’lum qilgan. Uning aytishicha, tekshiruvlar mahalliy ishlab chiqarilgan tezkor testlar orqali amalga oshiriladi. Yangi testlar oddiy “poloska” ko‘rinishida bo‘lib, so‘lak orqali atigi bir necha soniyada natija beradi. Hozirda bunday testlar 16 turdagi narkotik moddalarni aniqlashga mo‘ljallangan.
Manba: Daryo.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olmaotada bir qiz onasini diplom topshirish marosimida qo‘llab-quvvatlash uchun kelib, ushbu ta’sirli lahzani videoga oldi.
Video muallifining aytishicha, uning onasi kollejni tamomlagan va oradan 32 yil o‘tgach, yana o‘qishga qaytib, oliy ma’lumot olishga qaror qilgan. U tibbiyot sohasida ishlaydi va bu diplom unga kelajakdagi kasbiy rivojlanish uchun zarur.
Foydalanuvchilar izohlarda uning qat’iyatiga qoyil qolib, ilhom bag‘ishlagani uchun minnatdorchilik bildirgan va yana bir bor eslatishgan: o‘qish uchun hech qachon kech emas.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Video muallifining aytishicha, uning onasi kollejni tamomlagan va oradan 32 yil o‘tgach, yana o‘qishga qaytib, oliy ma’lumot olishga qaror qilgan. U tibbiyot sohasida ishlaydi va bu diplom unga kelajakdagi kasbiy rivojlanish uchun zarur.
Foydalanuvchilar izohlarda uning qat’iyatiga qoyil qolib, ilhom bag‘ishlagani uchun minnatdorchilik bildirgan va yana bir bor eslatishgan: o‘qish uchun hech qachon kech emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yuqori Chirchiqda maktab direktori o‘quvchiga yozgan nomaqbul xabarlari uchun jazolandi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida maktab direktori voyaga yetmagan o‘quvchi qizga nomaqbul mazmundagi xabarlar yuborgani uchun javobgarlikka tortildi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, 39 yoshli direktor 16–17 aprel kunlari Telegram orqali o‘quvchiga odob-axloq me’yorlariga zid bo‘lgan xabarlar yo‘llagan. Holat yuzasidan ish ko‘rib chiqilib, u o‘z aybini tan olgan.
Direktor sudda bu xabarlarni “tarbiyaviy maqsadda” yozganini bildirgan va pushaymonligini aytgan. Biroq o‘quvchining qonuniy vakili bunday xatti-harakatni keskin qoralab, unga nisbatan qat’iyroq jazo qo‘llashni so‘ragan.
Sud qaroriga binoan, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan aybdor deb topilib, 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Avval ham Toshkent shahrida shunga o‘xshash holatda bank xodimi qisqa muddatga qamoqqa olingan edi.
Manba: Kun.uz

Rossiyadagi maktabda pichoq ko‘targan o‘smirni qo‘riqlash xodimlari emas, oddiy jismoniy tarbiya o‘qituvchisi zararsizlantirdi.
20-aprel kuni o‘quvchi basseyn hududiga kelgan. Uni kuzatib turgan o‘qituvchi Darya Kurteva esa uning shubhali harakatlarini payqab qolgan. Bola binodan yugurib chiqib ketgan va to‘rt daqiqadan so‘ng qo‘lida pichoq bilan qaytib kirgan. O‘qituvchi tezkor harakat qilib, orqadan ushlab, o‘quvchining qo‘llarini qisgan. Kurteva avval Peterburgda kurash bilan shug‘ullangan. Keyin qo‘riqchi va ishchi yordam berib, pichoqni tortib olishgan. Bola qarshilik ko‘rsatgan, uni tinchlantirish uchun esa taxminan bir soat vaqt ketgan.
Hozirda tergov organlari bezorilik moddasi bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda. Psixologlar esa bola zo‘ravonlik yoki bosimga uchragan-uchramaganini o‘rganmoqda. Maktab direktori o‘qituvchini mukofotlash kerakligini ta’kidlamoqda.
Manba: Ura.ru

O‘zbekiston diplomlari Qirg‘izistonda tan olinadi
O‘zbekistonlik talabalar va bitiruvchilar uchun yana bir muhim yangilik — endilikda diplomlarni xorijda tan olish imkoniyatlari kengaymoqda.
Qirg‘iziston bilan diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv iyul oyida imzolanishi kutilmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichda.
Qozog‘iston bu tashabbusni ma’qullagan, Turkmaniston esa TOP-1000 universitetlar diplomlarini tan olishga tayyor.
O‘zbekiston Tokio konvensiyasiga qo‘shilgani sabab, Yaponiya va Yevropaning qariyb 40 ta davlatida diplomlarni tan olish imkoniyati yaratilgan.
Yangi tartib faqat kelishuvdan keyin amal qiladi va barcha diplomlarga tegishli emas.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
O‘zbekistonlik talabalar va bitiruvchilar uchun yana bir muhim yangilik — endilikda diplomlarni xorijda tan olish imkoniyatlari kengaymoqda.
Qirg‘iziston bilan diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv iyul oyida imzolanishi kutilmoqda. Muzokaralar yakuniy bosqichda.
Qozog‘iston bu tashabbusni ma’qullagan, Turkmaniston esa TOP-1000 universitetlar diplomlarini tan olishga tayyor.
O‘zbekiston Tokio konvensiyasiga qo‘shilgani sabab, Yaponiya va Yevropaning qariyb 40 ta davlatida diplomlarni tan olish imkoniyati yaratilgan.
Yangi tartib faqat kelishuvdan keyin amal qiladi va barcha diplomlarga tegishli emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2026–2027 o‘quv yili test tizimi: asosiy o‘zgarishlar
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun yangi test tartibi tasdiqlandi. U abituriyentlar bilimini aniq va shaffof baholashga qaratilgan. Imtihonlar 5 ta fandan iborat bo‘lib, ulardan 3 tasi majburiy, 2 tasi esa tanlangan yo‘nalishga mos mutaxassislik fanlari hisoblanadi. Majburiy fanlarga ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi kiradi. Har biridan 10 tadan savol berilib, jami 30 ta savol uchun 33 ballgacha to‘plash mumkin.
Mutaxassislik fanlarida esa har bir fandan 30 tadan savol beriladi. Birinchi fan yuqoriroq – 93 ballgacha, ikkinchi fan esa 63 ballgacha baholanadi. Shu tariqa, umumiy hisobda 90 ta savol uchun maksimal 189 ball yig‘ish imkoniyati mavjud. Yangi tizimda ayniqsa mutaxassislik fanlariga ustuvorlik berilgan bo‘lib, ular yuqori ball bilan baholanadi.
Tayyorlanishda faqat asosiy fanlarga emas, balki majburiy fanlarga ham e’tibor qaratish muhim.