Kavkaz matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 7 ta medal yutdi
Joriy yilning 13-18-mart kunlari o‘tkazilgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasidan 7 nafar o‘quvchi qatnashdi. Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada o‘quvchilar 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi:
Abdulaziz Radjabov (senior) — Toshkent shahar IMA Al-Xorazmiy IMI o‘quvchisi — oltin medal,
• Elshod Oʻralov (senior) — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — oltin medal,
• Ashrafjon Ravshanov (junior) — Kattaqo‘rg‘on tuman 1-IDUM o‘quvchisi — kumush medal,
• Rasulbek G‘afforov (senior) — Toshkent shahar IMA al-Xorazmiy IM o‘quvchisi — kumush medal,
• Dostonbek Rahmonqulov (junior)— Sirdaryo viloyati ITMA IM o‘quvchisi — bronza medal,
• Fayzulloh Toxirov (junior) — Toshkent shahar IMA al-Xorazmiy IM o‘quvchisi — bronza medal,
• Muhammadfotih Murodov (junior) — Karakul international school o‘quvchisi — bronza medal.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan mazkur olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalar ro’yxatiga kiritilganligi bois, g‘olib o‘quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁1
O‘zbekistonda “yashil texnikumlar” tashkil etiladi
Joriy yilning 23-mart kuni Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 2026-2030-yillarga moʻljallangan ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda Ekomadaniyat umummilliy loyihasi taqdim etildi. Biroq, aholi oʻrtasida ekologik ong va barqaror odatlar hali yetarli darajada shakllanmagani, innovatsiya va iqlim texnologiyalarini amaliyotga joriy qila oladigan kadrlar taqchilligi qayd etildi. Shu munosabat bilan yangi oʻquv yilidan boshlab Respublikaning 14 ta hududida “yashil texnikumlar” tashkil etilib, ular “Green University” tizimiga akademik hamkorlik asosida biriktiriladi. Loyihaga ko‘ra, oʻquvchi va talabalar soni 2028-2029-oʻquv yiligacha, 10 ming nafarga yetkaziladi. Bakalavriat va magistraturada atrof-muhit va barqaror boshqaruv, yashil iqtisodiyot, atrof-muhit muhandisligi, iqlim oʻzgarishi, choʻllanishga qarshi kurashish, barqaror shaharsozlik, barqaror energiya almashinuvi kabi yangi yoʻnalishlar ochiladi. Taʼlim jarayonida dual tizim joriy qilinib, nazariy bilim bilan amaliyot uygʻunlashtiriladi. Shu bilan birga universitet taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy-innovatsion loyihalar va targʻibot ishlari uchun katta miqdorda mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.

Prezident stipendiyasini yutgan magistrantlar aniq bo‘ldi
2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichidagi 22 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorida e’lon qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tanlovga jami 195 nafar nomzodning hujjati taqdim etilgan. Jumladan, 22 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi suhbat bosqichiga tavsiya qilingan 61 nafar talaba bilan alohida suhbatlar o‘tkazilgan. Suhbat natijasi esa maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan. Prezident stipendiyasi g‘oliblariga bir yil davomida har oy 2 mln 410 ming 645 so‘mdan beriladi. Shuningdek, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan hamda suhbatga tavsiya etilmagan talabalar ham universitetlari rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.

Dunyoning top-1000 universitetlari ro‘yxatiga O‘zbekistonning 7 ta oliygohi kiritildi
Joriy yilning 25-mart kuni dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi – “QS World University Rankings by Subject – 2026” natijalari e’lon qilindi. Ushbu natijalar xalqaro “QS Quacquarelli Symonds” agentligi tomonidan taqdim etildi. Dunyoning top-1000 universitetlari ro‘yxatidan O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 12 fan yo‘nalishi bo‘yicha joy oldi. Natijalarni o‘tgan yil bilan solishtirganda, reytingga kirgan universitetlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga oshganini ko‘rish mumkin.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Joriy yilning 25-mart kuni dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi – “QS World University Rankings by Subject – 2026” natijalari e’lon qilindi. Ushbu natijalar xalqaro “QS Quacquarelli Symonds” agentligi tomonidan taqdim etildi. Dunyoning top-1000 universitetlari ro‘yxatidan O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 12 fan yo‘nalishi bo‘yicha joy oldi. Natijalarni o‘tgan yil bilan solishtirganda, reytingga kirgan universitetlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga oshganini ko‘rish mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
65d66336-cde8-ebe4-6563-ffe8eb1f40a2_media_.pdf
241.8 KB
2025-yilda “Narxoz” eng ko‘p daromad qilgan OTM bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalarining 2025-yilgi moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, barcha universitetlarning umumiy daromadi 12 trln so‘mni, xarajatlari esa 12,3 trln so‘mni tashkil qilgan. Eng ko‘p daromad va xarajat qilgan universitet sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ko‘rsatilgan. Ushbu oliygoh xarajatlariga 886,2 milliard so‘m sarflab, 909 mlrd so‘m daromad qilgan. Ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Milliy universiteti (650 milliard so‘m), undan keyin esa Qoraqalpoq davlat universiteti (571,2 milliard so‘m) egallagan. Shuningdek, eng katta zarar 93,8 milliard so‘m bilan Navoiy davlat pedagogika institutida kuzatilgan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi davlat oliy ta’lim muassasalarining 2025-yilgi moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qildi. Hisobotga ko‘ra, barcha universitetlarning umumiy daromadi 12 trln so‘mni, xarajatlari esa 12,3 trln so‘mni tashkil qilgan. Eng ko‘p daromad va xarajat qilgan universitet sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ko‘rsatilgan. Ushbu oliygoh xarajatlariga 886,2 milliard so‘m sarflab, 909 mlrd so‘m daromad qilgan. Ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Milliy universiteti (650 milliard so‘m), undan keyin esa Qoraqalpoq davlat universiteti (571,2 milliard so‘m) egallagan. Shuningdek, eng katta zarar 93,8 milliard so‘m bilan Navoiy davlat pedagogika institutida kuzatilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xorazmda ta'lim sohasi mutasaddilari pora bilan ushlandi
Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi maktab direktori, Urganch tumanida yashovchi ayolni fizika fani o‘qituvchisi qilib ishga olish evaziga 14 mln so‘m pora olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Xuddi shunday korrupsion holat viloyatning Shovot tumanida ham kuzatilib, tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bosh mutaxassisi kredit ishlarida yordam berish uchun fuqarodan 100 mln so‘m pora talab qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Xiva tumanida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan ayol ta’lim bo‘limi xodimidan tuman hududidagi qurilishi tugallanmagan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini sotib olish va qurilish ishlarini yakuniga yetkazish uchun bankdan 2 mlrd so‘m miqdorda imtiyozli kredit ajratish masalasida yordam so‘ragan. Xodim xizmati uchun 29 800 AQSH dollari va 80 mln so‘mni xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda, gumondorlarga nisbatan qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda ehtiyot choralari ko‘rildi.

Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti xalqaro tanlovda I darajali mukofotni qo‘lga kiritdi
Qozog‘istonda “Bilim-Orkenieti” Milliy innovatsion ilmiy-tadqiqot markazi xalqaro forum o‘tkazdi. Mazkur forumda MDH davlatlari pedagoglari ishtirok etdi. Tadbirning “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining eng yaxshi pedagogi” tanlovida Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti Maksim Tsukanov ishtirok etib, faxrli I darajali mukofotni qo‘lga kiritdi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Qozog‘istonda “Bilim-Orkenieti” Milliy innovatsion ilmiy-tadqiqot markazi xalqaro forum o‘tkazdi. Mazkur forumda MDH davlatlari pedagoglari ishtirok etdi. Tadbirning “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining eng yaxshi pedagogi” tanlovida Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti Maksim Tsukanov ishtirok etib, faxrli I darajali mukofotni qo‘lga kiritdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda talaba qiz chaqalog‘ini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 23 yoshli talaba qiz yanvar oyida tug‘ilgan chaqalog‘ini 1,5 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda ‘‘Millar’’ informatsion dasturi ma’lum qilindi. Aniqlanishicha, talaba qiz tug‘ruqdan atigi to‘rt kun o‘tib, farzandini xaridorlarga topshirmoqchi bo‘lgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda, mazkur holat yuzasidan talaba qizga nisbatan bola savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ma’lumot uchun, qizning qaysi oliygohda o‘qishi ochiqlanmagan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 23 yoshli talaba qiz yanvar oyida tug‘ilgan chaqalog‘ini 1,5 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘ldi. Bu haqda ‘‘Millar’’ informatsion dasturi ma’lum qilindi. Aniqlanishicha, talaba qiz tug‘ruqdan atigi to‘rt kun o‘tib, farzandini xaridorlarga topshirmoqchi bo‘lgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda, mazkur holat yuzasidan talaba qizga nisbatan bola savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ma’lumot uchun, qizning qaysi oliygohda o‘qishi ochiqlanmagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisini zo‘rlagani aytilmoqda
Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlangani aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, 28-mart kuni tumanda yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga 1973-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi 2013-yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganini bildirgan. Viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlangani aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, 28-mart kuni tumanda yashovchi fuqaro ichki ishlar organlariga 1973-yilda tug‘ilgan o‘qituvchi 2013-yilda tug‘ilgan qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganini bildirgan. Viloyat IIB matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤬1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxorolik o‘quvchi AQSHning mashhur oliygohlari talabasi bo‘ldi
Buxorolik 16 yoshli o‘quvchi Amirbek Baxshilloyev AQSHning eng nufuzli Stenford, Braun universitetlari hamda Kaliforniya texnologiya institutiga yadro muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Amirbek bu yutuqlarga erishish uchun, IELTS imtihonidan 8,5 ball, SAT imtihonidan esa 1520 ballni qo‘lga kiritgan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Buxorolik 16 yoshli o‘quvchi Amirbek Baxshilloyev AQSHning eng nufuzli Stenford, Braun universitetlari hamda Kaliforniya texnologiya institutiga yadro muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Amirbek bu yutuqlarga erishish uchun, IELTS imtihonidan 8,5 ball, SAT imtihonidan esa 1520 ballni qo‘lga kiritgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Termizda O‘zbekiston Milliy gerbariysining filiali ochildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Milliy gerbariysining hududiy filiali ochildi. Mazkur filialda 4 000 dan ziyod o‘simliklar bo‘lib, ularni keyingi yillarda 10 000 taga yetkazish va ulkan o‘simlik arxivini yaratish rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy gerbariysi dunyoda muqobili kam bo‘lgan muassasa hisoblanib, unda jami 1,5 milliondan ortiq namuna mavjud.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Milliy gerbariysining hududiy filiali ochildi. Mazkur filialda 4 000 dan ziyod o‘simliklar bo‘lib, ularni keyingi yillarda 10 000 taga yetkazish va ulkan o‘simlik arxivini yaratish rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy gerbariysi dunyoda muqobili kam bo‘lgan muassasa hisoblanib, unda jami 1,5 milliondan ortiq namuna mavjud.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda poyezd kechiksa, talabalarga bilet puli qaytariladi
O‘zbekistonda mahalliy poyezdlar kechikkan va’ziyatlarda yo‘lovchilarga pullik kompensatsiya to‘lash tartibi joriy etilmoqda. Murojaatlarda poyezdlar 40 daqiqadan 1 soatgacha kechikib kelayotgani yo‘lovchilarning shaxsiy rejalariga jiddiy ta’sir qilayotgani ta’kidlangan. Jumladan, o‘tgan yil davomida Raqobat qo‘mitasiga ushbu masala bo‘yicha 51 ta murojaat kelib tushgan. Yangi qoidalarga ko‘ra, poyezd 15 daqiqadan 30 daqiqagacha kechiksa, chipta qiymatining 15 foizi, 31–60 daqiqada esa 25 foizi qaytarilishi belgilanmoqda. Agar kechikish 61 daqiqadan 120 daqiqagacha davom etsa, yo‘lkiraning 50 foizi, 121 daqiqadan ortiq hollarda esa to‘liq — 100 foizi qaytarilishi ko‘zda tutilgan. Xabarni butun umrini avtovokzalda poyezd kutish bilan o‘tkazib yuborgan talaba do‘stlarizga jo‘natib qo‘ying.

O‘zbekistonda ta’lim xizmatlaridagi o‘sish eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi
Joriy yilning yilning yanvar-fevral oylarida mamlakatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 168,2 trln so‘mni tashkil etib, shundan 121,2 foizi ta’lim xizmatlariga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Keyingi o‘rinlardan moliyaviy xizmatlar, savdo xizmatlari, aloqa va axborotlashtirish hamda boshqa xizmatlar joy olgan. Ma’lumot uchun, ta’lim xizmatlariga maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim, Oliy ta’lim va boshqa ta’lim xizmatlari kiradi. Shu o‘rinda qayd etish mumkinki, O‘zbekistonda o‘tgan yilga nisbatan maktablar soni 175 taga ko‘payib, jami 11 118 tani tashkil etgan. Bu yurtimizda ta’lim sohasiga bo‘lgan talabning kundan-kunga oshayotganligidan dalolat beradi.

2027-yildan boshlab universitetlar reyting natijalariga qarab moliyalashtiriladi
Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi yangi tashabbuslar bilan tanishdi. Tashabbusga ko‘ra, oliygohlarni yanada rivojlantirish maqsadida, keyingi yildan universitetlar reyting natijalariga qarab moliyalashtiriladi. Shuningdek, “U10” dasturi doirasida tanlov asosida 10 ta oliy ta’lim muassasasiga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi. Ushbu maqom berilgan universitetlarga ilmiy klasterlar yaratish uchun 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, har yili 500 nafargacha iqtidorli chet ellik talabalarga “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi orqali grant ajratiladi.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi yangi tashabbuslar bilan tanishdi. Tashabbusga ko‘ra, oliygohlarni yanada rivojlantirish maqsadida, keyingi yildan universitetlar reyting natijalariga qarab moliyalashtiriladi. Shuningdek, “U10” dasturi doirasida tanlov asosida 10 ta oliy ta’lim muassasasiga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi. Ushbu maqom berilgan universitetlarga ilmiy klasterlar yaratish uchun 150 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, har yili 500 nafargacha iqtidorli chet ellik talabalarga “Yangi O‘zbekiston stipendiyasi” dasturi orqali grant ajratiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtda narkojinoyatlar sodir etgan talabalar qo‘lga olindi
Toshkent shahridagi Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida talabalar ishtirokidagi jami 1 kg 604 gramm giyohvandlik vositalari tarqatishning oldi olindi.
Aniqlanishicha, 2004-yilda tug‘ilgan talaba marixuanani “zakladka” usulida joylashtirayotgan vaqtida ushlangan. Uning ijaradagi uyidan Alfa-PVP, mefedron, marixuana va qadoqlash vositalari topilgan. Shuningdek, Yakkasaroy va Qibray tumanlarida ham narkodo‘kon faoliyatiga aloqador shaxslar qo‘lga olinib, yana ikki nafar talabada tarqatish uchun tayyorlab qo‘yilgan Alfa-PVP vositalari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Toshkent shahridagi Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida talabalar ishtirokidagi jami 1 kg 604 gramm giyohvandlik vositalari tarqatishning oldi olindi.
Aniqlanishicha, 2004-yilda tug‘ilgan talaba marixuanani “zakladka” usulida joylashtirayotgan vaqtida ushlangan. Uning ijaradagi uyidan Alfa-PVP, mefedron, marixuana va qadoqlash vositalari topilgan. Shuningdek, Yakkasaroy va Qibray tumanlarida ham narkodo‘kon faoliyatiga aloqador shaxslar qo‘lga olinib, yana ikki nafar talabada tarqatish uchun tayyorlab qo‘yilgan Alfa-PVP vositalari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talabalarni o‘qish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlandi
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish rasman taqiqlandi. Adliya vazirligi matbuot xizmati Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlanganini ma’lum qildi. Yangi nizomga ko‘ra, endilikda bitiruvchilarning mehnat bozori talablariga mos bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘quv dasturlari va malaka talablari ish beruvchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi. Shuningdek, talabalarga xalqaro almashinuv dasturlarida qatnashish, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif berish, OTM rahbariyati qarorlaridan shikoyat qilish, qonun asosida o‘qish bilan birga ishlash huquqi beriladi. Bundan tashqari, ta’lim jarayoni milliy kredit-modul tizimi asosida tashkil etilib, bakalavriat ta’limi kamida 3 yil davom etadi.

Sirdaryoda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizni urdi
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi maktablardan birida 11-sinf o‘quvchisi sinfdoshi bilan janjal vaqtida uni urib, tan jarohati yetkazdi. Holat 31-mart kuni sodir bo‘lgan. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
📱 Telegram 📸 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi maktablardan birida 11-sinf o‘quvchisi sinfdoshi bilan janjal vaqtida uni urib, tan jarohati yetkazdi. Holat 31-mart kuni sodir bo‘lgan. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy xizmatchilarning ta’limi va ishga joylashishida yangi imtiyozlar joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda harbiy xizmatchilar uchun ta’lim olish va bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi qarorlar qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab, askarlar uchun xizmat davomida universitetlarga kirish va masofadan o‘qish imkoniyati yaratiladi. Shartnoma asosida o‘qiyotganlarga esa, foizsiz ta’lim krediti beriladi. Abituriyentlar uchun maxsus tayyorgarlik kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, namunali xizmat qilgan va olimpiada hamda sport g‘oliblari imtihonsiz OTMga qabul qilinadi. Bundan tashqari, “Bitta askar — bitta kasb” tamoyili asosida 3–6 oylik kasb-hunar kurslari tashkil etiladi. Xizmatdan qaytgan yoshlarning kasb o‘rganish xarajatlari vaucher asosida qoplanadi va davlat ishiga kirishda qo‘shimcha 10% ball beriladi. Harbiylar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida har yili “Ma’naviyat qalqoni” tanlovi o‘tkazilib, final g‘oliblariga elektromobil va pul mukofotlari topshiriladi.