Strategic Focus: Central Asia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NATOning sharqiy flangidagi harbiy faolligi
S.Zokirova, mustaqil ekspert
NATO rahbariyati alyansning sharqiy flangida harbiy ishtirokini bosqichma-bosqich kuchaytirib bormoqda. Xususan, Rossiya chegaralariga yaqin hududlarda tezkor joylashtirish va jangovar harakatlar olib borishga qodir harbiy guruhlar va infratuzilma shakllantirilmoqda. Ta’kidlash joiz, NATOning faolligi 2014-yilda Qrim anneksiyasi davrida boshlanib, 2022-yildagi ruslarning ukrainlarga qarshi tajovuzidan so‘ng avjiga chiqdi.
Tuzilma o‘zining asosiy strategik hujjatlari — “NATO harbiy strategiyasi” va “Yevro-Atlantika makonida tiyib turish va mudofaa konsepsiyasi”ga asoslanib harakat qilmoqda.
Bugungi kunda Boltiqbo‘yi davlatlari, Polsha, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya va Bolgariyada har birida 1 mingdan 3 minggacha harbiy xizmatchi bo‘lgan 8 ta ko‘p millatli batalon-taktik guruhlar joylashtirilgan. Guruhlarni Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya singari NATOning yetakchi davlatlari boshqaradi.
2023-yildan boshlab ushbu guruhlar asosida har biri 5 minggacha harbiy xizmatchiga ega bo‘lgan ko‘p millatli brigadalar joylashtirila boshlandi. Shunday qilib, rotatsion tizimdan doimiy harbiy ishtirokga o‘tish amalga oshdi. NATO davlatlari ichida Germaniya birinchi bo‘lib Litvada tank brigadasini doimiy asosda joylashtirishini rasman e’lon qildi.
NATOning hududiy strategiyasi qo‘mondonlik tuzilmalarining mustahkamlanishi orqali kuchaytirilmoqda: Latviya, Polsha, Vengriya va Ruminiyada ko‘p millatli diviziyalar va armiya shtablari tashkil etilgan. Polshaning Poznan shahrida AQSH Qurolli Kuchlarining 5-armiya korpusi shtabining ilg‘or boshqaruv punkti doimiy ravishda faoliyat yuritmoqda. Operativ boshqaruv darajasi va potensial tahdidlarga tezkor javob berish imkoni oshdi.
Alyans aviatsiyaga alohida e’tibor qaratmoqda. Boltiqbo‘yi va Qora dengiz bo‘yidagi mamlakatlarda “Air Policing” operatsiyalari doirasida NATOga a’zo davlatlarning qiruvchi samolyotlari havo hududini patrullik qiladi. 2022-yil fevralidan boshlab NATO taktik aviatsiyasi Polsha va Ruminiya havo hududida muntazam parvozlarni amalga oshirib, real sharoitlarga yaqin bo‘lgan holatlarda hamkorlikdagi jangovar harakatlarni mashq qilmoqda. Belarus, Ukraina va Rossiyaning g‘arbiy hududlaridagi vaziyatni kuzatish uchun razvedka samolyotlari va uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dron) faol foydalanilmoqda.
Sharqiy flangdagi harbiy infratuzilma keng ko‘lamli modernizatsiyadan o‘tmoqda. Boltiqbo‘yi, Polsha, Ruminiya va Bolgariya hududlarida transport yo‘laklari, logistika markazlari, aerodromlar va dengiz portlari rivojlantirilmoqda. Bu choralar qisqa muddat ichida katta hajmdagi harbiy kuchlarni qabul qilish va joylashtirish imkonini beradi. NATO allaqachon yangi jangovar tayyorgarlik tizimiga o‘tgan bo‘lib, ushbu tizim 100 ming kishilik kuchni 10 kun ichida, 300 ming kishini 30 kun ichida, va 800 ming kishini 6 oy ichida safarbar etish imkonini yaratdi. Bu jarayonda “Patriot”, NASAMS, SAMP/T kabi havo hujumidan mudofaa tizimlarining roli ham muhim bo‘lib qolmoqda.

NATOning sharqiy flangidagi harbiy faolligi – davomi
NATO harbiy kuchlarining tayyorgarligini oshirishdagi yana bir muhim omillardan biri— keng ko‘lamli harbiy mashqlardir. 2024 - yilda 90 mingga yaqin harbiy xizmatchi va 300 dan ortiq aviatsiya vositalari ishtirokida “Steadfast Defender” mashqlari o‘tkazildi. Bu mashg‘ulotlar Arktikadan Qora dengizgacha bo‘lgan keng geografiyani qamrab oldi va miqyosi jihatidan “sovuq urush” davridagi mashqlarga teng bo‘ldi.
Shunga qaramay, infratuzilma rivojida moliyaviy cheklovlar mavjud. Masalan, Yevropa Ittifoqining harbiy mobillik bo‘yicha xarajatlari 6,5 milliard yevrodan 1,7 milliard yevroga qisqartirildi. Natijada ko‘plab loyihalar milliy dasturlar asosida amalga oshirilmoqda. Bu borada fuqarolik infratuzilmasini harbiy tranzit ehtiyojlariga moslashtirish — yo‘llar, ko‘priklar, temir yo‘l tarmoqlari va portlarni kengaytirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Yuqoridan kelib chiqqan holda, quyidagi asosiy tendensiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Sharqiy chegaralarda NATO qo‘shinlarining soni va doimiy ishtiroki oshmoqda;
2. Qo‘mondonlik tizimi va logistika salohiyati institutsional jihatdan kuchaymoqda;
3. Aviatsiya va razvedka operatsiyalari faollashmoqda;
4. Harbiy mashqlar va qo‘shin tayyorgarligining intensivligi oshmoqda;
5. Infratuzilma modernizatsiyasi Yevropa Ittifoqi rejalariga muvofiq olib borilmoqda.
Amaldagi dinamika davom etsa, 2027-yilga borib NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi qo‘shinlari soni 50 ming kishidan oshishi mumkin. 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Qora dengiz va Boltiqbo‘yi mintaqalarida harbiy-dengiz kuchlarining kengayishi, Shvetsiya va Finlyandiyadagi ishtirokning kuchayishi, hamda havo mudofaasi va tezkor harakat kuchlarining kengaytirilishi ehtimoli mavjud.
Umuman olganda, NATO siyosati Rossiyani strategik tiyib turishga qaratilgan barqaror yo‘nalishni namoyon etmoqda. Bu harbiy salohiyatni kuchaytirish va mintaqaning harbiy mojaroga tayyorlik infratuzilmasini mustahkamlash bilan birga olib borilmoqda.

Zelenskiy sanksiyalari va O‘zbekiston: sukut xavfli, yechimlar zarur
Jahongir Hakimov, TIFT universiteti, 1 kurs, Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabasi
Joriy yil 9 may kuni Ukraina Prezidenti Zelenskiy imzolagan qarorga asosan, Rossiya bilan bog‘liq 74 ta kompaniya va 58 nafar shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. E’tiborlisi shundaki, sanksiyalar ro‘yxatida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan ayrim kompaniyalar ham bor.
O‘zbekiston kompaniyalariga nisbatan Ukraina tomonidan sanksiyalar joriy etilishi bu shunchaki texnika masalasi emas. Bu diplomatik ishora, xalqaro signal.
Urushda betaraf qolish siyosati turibdi, ammo u “hamma taraflar biz betaraf ekanimizni tushunayapti” degani emas.
O‘zbekiston uchun qanday xulosalar bor?
1. Geosiyosiy neytrallik yetarli emas. Bugungi dunyoda “neytralman” deyish diplomatik jihatdan yetarli emas. Iqtisodiy aloqalar, logistika, texnologiya eksporti bularning har biri sizning qaysi “bozorda” ekaningizni ko‘rsatadi.
2. Markaziy Osiyo “yetakchi maydon”ga aylanmoqda. Xitoy, Rossiya, AQSh va endi Ukraina ham mintaqaga e’tiborni kuchaytiryapti. Bu esa har bir qadam nafaqat ichki, balki tashqi nuqtai nazardan ham baholanishini anglatadi.
3. Sanksiyalar — faqat iqtisodiy emas, siyosiy tahdid. Agar bunday sanksiyalar ko‘payса, O‘zbekistonning G‘arb bilan aloqalarida sog‘lom shubha uyg‘onishi mumkin. Bunday fonda Yevropa investitsiyalari, texnologiya o‘tkazmalari, siyosiy hamkorlik susayishi xavfi bor.
Nima qilish kerak?
- Rasmiy munosabat: O‘zbekiston rasmiylari bu sanksiyalarga aniq munosabat bildirishlari, xalqaro huquq me’yorlariga sodiq ekanini ta’kidlashlari kerak.
- Shaffof tekshiruv: Sanksiyada tilga olingan kompaniyalar faoliyati yuzasidan ochiq tekshiruv o‘tkazilishi, zarur holda davlatdan ajratib ko‘rsatilishi lozim.
- Ukraina bilan muloqot: Ikki tomonlama ishchi guruh yoki diplomatik kanallar orqali tushunmovchilikni bartaraf etish muhim.
- Eksport nazoratini kuchaytirish: Rossiyaga harbiy jihatdan foyda keltirishi mumkin bo‘lgan tovarlar eksportida shaffoflik va huquqiy mexanizmlar yaratilishi lozim.
Nima uchun munosabat bildirish kerak?
Jamoatchilik xavotirda. Ukraina bilan rasmiy munosabatlar buzilmagan bo‘lsa-da, sanksiya haqida sukut noto‘g‘ri tushunchalarga olib kelishi mumkin.
Milliy imidjga ta’sir. O‘zbekistonni harbiy tarmoqqa bilvosita yordam beruvchi davlat sifatida ko‘rsatish urinishlari obro‘ga putur yetkazishi mumkin.
Ikki tomonlama ishonch asosiga putur yetadi. Ukraina kabi davlatlar bilan muloqotda shaffoflik, strategik jihatdan muhim.
Agar O‘zbekiston bugun aniq va xolis munosabat bildirmasa, ertaga u G‘arbning umumiy sanksiyalar siyosati doirasida “qora ro’yxat”larga tushib qolishi mumkin, bu esa nafaqat imidj, balki iqtisodiy muhit uchun ham jiddiy xatar.
Tashqi siyosatda betaraflik bu sukut emas. Bu faol, teran va tashqi ta’sirlarga qarshi immunitetga ega bo‘lgan strategiya bo‘lishi kerak.
Xulosa qilsak, O‘zbekiston tashqi siyosatda betaraflikni saqlayotgani bo‘lsa-da, yangi geosiyosiy voqelikda bu faol pozitsiya bilan to‘ldirilmasa noto‘g‘ri baholanishi mumkin. Sanksiyalar – bu siyosiy bayonotdir. Demak, javob ham siyosiy va aniq bo‘lishi kerak.
Har qanday tashqi bosimga qaramasdan, O‘zbekiston o‘z suverenitetini himoya qila oladigan, shu bilan birga xalqaro maydonda ishonch uyg‘otadigan davlat sifatida namoyon bo‘lishi lozim.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇸🇦 Ushbu videoda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon faxr bilan qirollikning AQSh bilan tuzgan bitimlari millionlab amerikaliklar uchun tirikchilik manbai bo‘lganini aytadi. Va bu ishni u «Alloh oldidagi buyuk amal» deb ataydi.
Lekin siz ham payqadingizmi — ko‘pincha jirkanch ishlar aynan Islom bilan oqlanadi. Keling, fakt va raqamlarga qaraylik.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, G‘azo sektorini to‘liq tiklash uchun taxminan 53 milliard dollar kerak. Saudiya Arabistoni va AQSh o‘rtasidagi shartnomalar esa Amerika iqtisodiyotiga 600 milliard dollardan ortiq mablag‘ olib kiradi. G‘azo, Livan, Yaman, Suriya, Liviya va Sudan musulmonlarini qutqarish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan pullar — aynan ularning fojeasiga sababchi bo‘lgan davlat foydasiga yo‘naltirildi.
Bin Salmon doim tilga oladigan Alloh, rostdan ham G‘azodagi musulmonlarga yordamdan ko‘ra AQSh iqtisodiyotiga yordamni ustun ko‘radimi?
Saudiya hokimiyati yillar davomida Islomni vosita sifatida ishlatib, undan foyda ko‘rib kelmoqda. Bu orada davlat xazinasi esa Vashington va Tel-Avivning cho‘ntagiga aylanib bo’ldi. Ammo hamma biladi: bunday cho‘ntak, foyda bermay qolsa — sindiriladi.
Abbos Juma, sharqshunos, jurnalist

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi vizasiz rejim: tomonlarning manfaatlari
V.Bazarova, mustaqil tahlilchi
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida 2025-yil 1-iyundan boshlab vizasiz rejim joriy etilishi oxirgi kunlarning eng muhim yangiliklaridan biri bo‘ldi. Qayd etilishicha, 2024-yil 1-dekabr kuni Chendu shahrida imzolangan ushbu kelishuv global beqarorlik sharoitida Toshkent va Pekinning yangi ambitsiyalarini namoyon etuvchi kuchli signal hisoblanadi.
O‘zbekiston: global ta’sir sari qadam
Prezident Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston G‘arb, Rossiya, Xitoy va Turkiya o‘rtasida muvozanatni saqlagan holda mustaqil va moslashuvchan tashqi siyosat yuritmoqda. Xitoy bilan vizasiz rejim — nafaqat diplomatik yutuq, balki Markaziy Osiyodagi mavqeni mustahkamlovchi strategik qadam. Xitoy bilan vizasiz rejim yangi imkoniyatlar eshigini ochadi:
Iqtisodiy jihatdan bu o‘sishga xizmat qiladi: 2024-yilda Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmi $12,4 mlrdga yetdi, maqsad esa — $20 mlrd. Vizasiz rejim o‘zbek tadbirkorlariga Xitoy bozoriga chiqishni osonlashtiradi (masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik va texnologiyalar yo‘nalishida). Bu esa global sanksiyalar va savdodagi uzilishlar sharoitida ayniqsa muhim.
Turizm ham yutadi: 2024-yilda O‘zbekistonga deyarli 60 ming xitoylik sayyoh kelgan, vizasiz rejim bu oqimni yanada oshiradi. Turistlar oqimi Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent budjetini boyitadi. O‘zbekistonliklar esa Xitoyni yaqindan o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi, bu esa madaniy aloqalarni va o‘zbek yumshoq kuch salohiyatini kuchaytiradi.
Geosiyosiy jihatdan bu kelishuv Toshkentga yanada erkin harakat qilishga imkon beradi: Xitoy bilan aloqalar, jumladan “Bir makon — bir yo‘l” kabi loyihalar orqali O‘zbekiston o‘z mavqeini kuchaytirmoqda va notinch dunyoda suverenitetini saqlab qolmoqda.
Ayni vaqtda xavf ham bor: Xitoy bilan haddan tashqari yaqin munosabatlar va iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi vaqt o‘tishi bilan O‘zbekistonning erkin qaror qabul qilish imkoniyatini cheklashi mumkin.
Xitoy: Beqaror dunyoda ta’sir strategiyasi
Xitoy uchun vizasiz rejim — shunchaki do‘stona qadam emas, balki global shaxmat taxtasining bir bo‘lagi. G‘arb bilan savdo urushlari va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi keskinlik sharoitida Xitoy Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytirishga intilmoqda, bu yerda esa O‘zbekiston muhim o‘ringa ega.
Chegaralarni ochish orqali Xitoy o‘zini o‘zbeklarga — talabalar, biznes vakillari va sayyohlar — yanada yaqinlashtirmoqda. Uzoq muddatda mamlakatimiz yoshlari Xitoyga nisbatan pozitivroq qarashi ehtimoli oshmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston — Xitoyning “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusida muhim o‘rin egallaydi. Vizasiz rejim biznes aloqalarini soddalashtirib, infratuzilma va logistika loyihalarini tezlashtiradi. Bundan tashqari, AQSh va YI sanksion bosimni kuchaytirayotgan bir paytda, Xitoy O‘zbekistonni muvaffaqiyatli hamkorlik namunasi sifatida ko‘rsatib, g‘arb modeliga nisbatan muqobil variantni targ‘ib qilmoqda.
Biroq, global beqarorlik sharoitida Pekin hamkorlardan ko‘proq sodiqlik talab qilishni boshlashi mumkin, bu esa O‘zbekistonning mustaqil siyosatini murakkablashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejimning joriy etilishi — ikki davlat o‘rtasidagi ishonch va do‘stlikning ramzidir. Ushbu qadam iqtisodiy o‘sish, turizm va madaniy almashinuv uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. O‘zbekiston va Xitoy bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, hamkorlikni rivojlantirishi va strategik sheriklikni mustahkamlashi lozim.
Siz nima deb o‘ylaysiz: Xitoy bilan vizasiz rejim O‘zbekistonga nima olib keladi?

Forwarded from Otabek Akromov
Oldingi postlarimda va’da berganimdek, nihoyat eksklyuziv suhbat: CPR Talks’ning navbatdagi sonida Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdul G’affor Teraviy mehmon bo‘ldi.
🎥 To`liq suhbatni tomosha qiling
👉🏿 @akromov_tahlili 👈🏿
🎥 To`liq suhbatni tomosha qiling
👉🏿 @akromov_tahlili 👈🏿
YouTube
Mintaqaviy xavfsizlik va migratsiya: Afg‘on elchisi bilan ochiq suhbat
CPR Talks’ning navbatdagi sonida Afg‘oniston elchisi Abdul G’affor Teraviy mehmon bo‘ldi. U bilan Afg‘on jamiyati kelajagi, mintaqaviy xavfsizlik va migratsiya masalalari haqida Mirshohid Aslanov va Otabek Akromov suhbatlashdi.
Batafsil suhbat: https://…
Batafsil suhbat: https://…
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia - LIVE
Yevropa Ittifoqi xorijdagi 10 ta vakolatxonasi xodimlarini qisqartiradi — Politico
Faqat elchi va bir-ikki yordamchi qolishi rejalashtirilmoqda. Jami 100 ga yaqin mahalliy xodim ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilishga yordam beradigan mamlakatlarda esa delegatsiyalar kuchaytiriladi.
Strategic Focus: Central Asia - LIVE

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Будапештда олий даражадаги Ўзбекистон-Венгрия музокаралари бўлиб ўтди.
—
В Будапеште состоялись узбекско-венгерские переговоры на высшем уровне.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Forwarded from G’arbiy alyans
Nega AQSH Ukrainadagi urushni tugatishga shoshilmayapti?
S.Pinxasova, mustaqil ekspert
Tramp telefon suhbati davomida Putinga bosim o’tkazib, urushni to‘xtatishi mumkin edi, biroq, buni qilmadi. Gap urushni to‘xtatishga bo‘lgan urinishlarning muvaffaqiyatsizligida emas, Tramp bu maqsadni o‘z oldiga qo‘ymagan edi xolos. Uning asosiy maqsadi - Rossiya bilan munosabatlarni iqtisodiy foyda uchun qayta tiklash. Trampga ko’ra, Ukraina urushi bu yo‘ldagi to‘siq bo‘lib, uni hal qilishdan ko‘ra yo‘q qilish osonroq. Vashington nazarida Yevropa hali to‘liq xor bo‘lmadi va yakson qilinmadi, demak, urush davom etishi kerak. “Bu — yevropaliklarning muammosi. Ular o‘zlari hal qilishsin”, — dedi Tramp. Bu bayonot Ukraina va Yevropa uchun nimani anglatadi?
AQSH de-fakto o‘yindan chiqib ketdi. Tramp tinchlik muzokaralariga vositachilik qilishga kuch sarflashni xohlamaydi. Bu ishni Rim papasi yoki Erdog‘anga topshirsa bo’ladi. O‘zi esa diqqatini yangi bitimlar va daromadlarga qaratmoqchi. Moskva uchun bu — ideal ssenariy. Putin Ukrainaga yangi muzokaralarni taklif qilmoqda, lekin shartlari o‘zgarmagan: Kiyev nafaqat bosib olingan, balki Rossiya “o‘ziniki” deb hisoblaydigan hududlarni topshirishi, NATOdan voz kechishi va qurollarini topshirishi kerak. Bu Ukraina uchun to‘liq kapitulyatsiya va suverenitetdan mahrum bo‘lishni anglatadi. Moskva Ukrainani mustaqil davlat sifatida tan olmaydi, uni “rus dunyosi”ning bir qismi deb biladi. Putin Ukraina identifikatsiyasi soxta ekanini qayta-qayta takrorlaydi. Hattoki, 2021-yilda maxsus esse yozgan edi, qizig’i aynan shu matn agressiv mafkura asosiga aylangan.
Ukraina oldidagi tanlov oddiy: kurash yoki o’lim. Harbiy yordam bo‘lmasa, u kelajakda o‘zini himoya qila olmaydi. Ammo endi uning taqdiri AQSH emas, Yevropaga bog‘liq. Yevroittifoq zarur resurslarni safarbar eta oladimi? Hozircha Polsha yoki Boltiqbo‘yi mamlakatlaridan tashqari, Yevropa rahbarlari faqat balandparvoz bayonotlar bilan cheklanmoqda, real harakatlar esa kam. Yevropa Ukrainadagi kabi hayot-mamot tahdidini his qilmayapti. Ukrainaliklar esa yaxshi biladi: taslim bo‘lish - soxta sudlar, tarixning qayta yozilishi va bolalar ongiga yolg’on mafkura singdirilishi degani.
Yevropa AQSH urushdan chiqishini bilgan edi, lekin bunga tayyor emas edi. Moliya bor, lekin sanoat quvvati va siyosiy iroda yetishmaydi. Hatto Buyuk Britaniya bilan xavfsizlik bo‘yicha tuzilgan yangi bitim ham byurokratiya va talaba almashinuvi kabi mavzularga botib, samarasiz hujjatga aylandi. Bu orada Ukraina qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni jadal oshirmoqda: 2022-yilgacha yiliga $750 mln qiymatga teng qurol-yarog‘ ishlab chiqargan bo’lsa, hozir $35 mlrdga teng hajmda ishlab chiqarishi mumkin, ammo mablag’ yo’q. Bugungi kunda frontdagi qurollarning qariyb 40% Ukrainada ishlab chiqarilgan.
Umuman olganda, Yevropa Ukrainaga aviatsiya, raketa va havo hujumidan mudofaa tizimlari bo‘yicha kamchiliklarni to‘ldirishga qodir. Bu faqat Kiyevga yordam emas, bu — Yevropaning o‘z xavfsizligiga sarmoya. Buning uchun 2022-yildagidek ishonch va qat’iyat kerak. AQSH moliyaviy va harbiy bosim orqali Putin ustidan ustunlikka erishishi mumkin edi, lekin hech narsa qilmaslikni afzal ko‘rdi. Endi navbat Yevropaga: ular o’zini himoya qilishga tayyormi yoki Putinning navbatdagi qurboniga aylanadimi?
G’arbiy alyans

“Middle power” — gap bilan emas, amaliy harakat bilan
Otabek Akromov, siyosiy tahlilchi
Qozog’iston so‘nggi yillarda o‘z tashqi siyosatida “middle power” (o‘rta darajadagi global ta’sirga ega davlat) konsepsiyasini faol targ'ib qilmoqda. Bu maqom odatda Saudiya Arabistoni, Eron kabi mintaqaviy kuchlarga xos bo‘lib, o‘z mintaqasi orqali muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston esa bu maqomni gap bilan emas, balki real tashabbuslar bilan isbotlamoqda. O‘zbekistonning tashqi siyosati faqat milliy manfaatlar bilan chegaralanib qolmay, balki butun mintaqaning barqarorligi va integratsiyasiga xizmat qilmoqda.
Yaqinda o‘tgan Samarqanddagi Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi sammiti, endilikda esa Termez muloqoti – bular O‘zbekiston tashabbuskorligining amaldagi ifodasidir. Termezdagi uchrashuv orqali O‘zbekiston Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasida strategik bog‘liqlik o‘rnatishga bel bog‘lagan.
Bu – so‘z emas, harakat orqali namoyon bo‘layotgan “middle power”likdir.

O‘zbekiston – Vengriya: strategik sheriklik bosqichi
M.Imomov, mustaqil ekspert
Budapeshtda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Vengriya yetakchilarining uchrashuvi Yevrosiyo geosiyosiy xaritasida yangi sahifa ochdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orbanning muzokaralari natijasida ikki davlat o‘rtasida Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo’shma deklaratsiya imzolandi. Bu nafaqat ikki tomonlama aloqalarda, balki Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo bog‘liqligida ham muhim geoiqtisodiy o‘zgarishlarga zamin yaratadi.
Yangi strategik kun tartibi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va xavfsizlik sohalarini qamrab olgan. €500 milliongacha o‘zaro savdo hajmini oshirish rejalari, €2 milliardlik investitsiya loyihalari va Inpark sanoat zonasi — bularning barchasi O‘zbekistonning Yevropa iqtisodiy tizimiga kirib borishida muhim platformaga aylanmoqda. Yevrostandartlarga muvofiq sertifikatlashtirish va eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona platformaning ishga tushirilishi — Toshkentning Yevropa bozorlariga tizimli chiqishini anglatadi.
Vengriya — Yevropa Ittifoqi doirasida suveren qarorlar qabul qila oladigan kam sonli davlatlardan biri. O‘zbekistonning aynan Budapesht bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirayotgani G‘arb bilan balanslangan, milliy manfaatlarga asoslangan tashqi siyosatni namoyish qiladi.
Xavfsizlik masalalari ham alohida o‘rin tutdi. Terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi hamkorlik va ekstraditsiya bitimi O‘zbekistonning transmilliy tahdidlarga qarshi Yevropa bilan muvofiqlashtirilgan harakat olib borishga intilayotganidan dalolat beradi. Hech shubhasiz, Markaziy Osiyoda o‘zgaruvchan xavfsizlik muhitida bunday bitimlar xalqaro huquqiy barqarorlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Madaniy diplomatiya yo‘nalishida “Lazgi” baletining Budapesht sahnasida yaqin vaqtda namoyish etilishi, 2026-yilning O‘zbekiston–Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilinishi va yangi ta’lim tashabbuslari — bularning barchasi “yumshoq kuch” siyosatining aniq yutuqlaridir. Toshkentda Vengriya universitetlarining filiallari ochilishi va ikki diplomli dasturlar O‘zbekistonning ta’lim globalizatsiyasidagi pozitsiyasini mustahkamlashga yordam beradi.
Markaziy Osiyo bilan Yevropa o‘rtasida geosiyosiy yo‘laklar shakllanayotgan bir paytda, Toshkentning Budapesht bilan yaqinlashuvi nafaqat ikki davlat, balki butun mintaqaviy dinamikaning o‘zgarayotganidan darak beradi. Bu sheriklik orqali O‘zbekiston Yevropaning markaziy qismida o‘z diplomatik maydonini kengaytirmoqda — va bu, shubhasiz, geostrategik yutuqdir.

Ozarbayjon va Ukraina: geosiyosiy tahdidlar sharoitida strategik hamkorlik
S.Pinxasova, mustaqil ekspert
2025-yil 25–26-may kunlari Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiganing Boku shahriga tashrifi kutilmoqda. Mintaqa va jahon miqyosidagi murakkab geosiyosiy vaziyat fonida bu tashrif Ozarbayjon va Ukraina o‘rtasidagi aloqalarning o‘ziga xos dinamikasini aks etadi.
Tashrif konteksti: geosiyosiy mozaika
Sibiganing tashrifi Boku va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashuvi fonida bo‘lib o‘tmoqda. Masalan, Ozarbayjon prezidenti Aliyev 9-may kuni Rossiyaga paradga bormadi. Shu bilan birga, Rossiya TIV rahbari Lavrovning yaqinda Yerevanga qilgan tashrifi Ozarbayjon doiralari orasida xavotir uyg‘otdi. Garchi 2022-yil fevral oyida e’lon qilingan Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, bugungi vaziyat Bokuning ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosat olib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Umumiy manfaatlar: hududiy yaxlitlik
Ekspertlar aytishicha, Ozarbayjon va Ukrainani birinchi navbatda hududiy yaxlitlik tamoyiliga sadoqat birlashtiradi. Kiyev doimo Bokuning Qorabog‘ ustidan suverenitetini tiklash harakatlarini qo‘llab-quvvatlab kelgan, Ozarbayjon esa Ukrainaning Qrim va Donbassni yo‘qotganini tan olmagan. Biroq ikki davlatning Rossiyaga nisbatan yondashuvi turlicha: Ukraina Rossiyaga qarshi keskin siyosat yo‘lini tanlagan bo‘lsa, Ozarbayjon “Rossiyadan mustaqil” pozitsiyani egallab, ochiq to‘qnashuvlardan qochishga harakat qiladi.
Hamkorlik sohalari
Mustaqillik yillarida Boku va Kiyev quyidagi asosiy yo‘nalishlarda mustahkam aloqalar o‘rnatdi:
Birinchi, transport va logistika: Global logistika zanjirlari o‘zgarib borayotgan bir paytda, tranzit yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ikkinchidan, harbiy-texnik soha: Ukraina qurol-yarog‘ining Ozarbayjon qurolli kuchlari, xususan, Qorabog‘ mojarosi kontekstida tutgan o‘rni muhim bo‘ldi. Endi esa Boku Urkainaga yordam bermoqda.
Umumiy manfaatlarga qaramay, Ozarbayjon va Ukraina o‘rtasidagi “abadiy birodarlik” haqida gapirish erta. Boku boshqa davlatlar mojarosiga qo’shilmaslikka intiladi — xoh bu Rossiyaga qarshi kurash bo‘lsin, xoh Erdog’anning Shimoliy Kipr bo‘yicha iltimoslari. Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash — bu Rossiyaga qarshi “ikkinchi front” ochishga tayyorlik degani emas.
Muvozanat va kapitalizatsiya
Ozarbayjon ko‘p yo‘nalishli tashqi siyosatdan foydalanib, xalqaro maydondagi mavqeini oshirib bormoqda. Rossiya, Turkiya, G‘arb va Ukraina o‘rtasida mohirona muvozanatni saqlash orqali Boku strategik mustaqilligini saqlab qolmoqda. Sibiganing tashrifi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash bilan birga, Ozarbayjon diplomatiyasining moslashuvchanligini ham namoyish etmoqda.
Andrey Sibiganing Bokuga tashrifi — bu shunchaki diplomatik tashrif emas, balki Janubiy Kavkazdagi manfaatlar to‘qnashuvining murakkab o‘yini aksidir. Ozarbayjon va Ukraina amaliy sohalarda hamkorlikni davom ettiradi, biroq ularning strategik yaqinlashuvi Bokuning ko‘p yo‘nalishli siyosati va xavfli “sarguzashtlardan” tiyilish istagi bilan chegaralanadi. Bu muvozanat san’atidan Ozarbayjondan o‘rganadigan jihatlar ko‘p.

Vengriyadagi Turkiy Davlatlar Tashkiloti norasmiy sammiti
Jahongir Hakimov, TIFT universiteti, 1 kurs, Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabasi
2025 yilning 21 may kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda Turkiy Davlatlar Tashkiloti norasmiy sammiti ilk bor o‘tkazildi. Yevropa qit’asining yuragidagi Vengriyada bo‘lib o‘tgan bu uchrashuv, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda yangi sahifani ochdi.
O‘zbekiston uchun strategik ahamiyati
O‘zbekiston uchun bu sammit strategik ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatning Yevropa bilan aloqalarini kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan geosiyosiy muvozanatning amaldagi ifodasi hisoblanadi. Vengriya bilan rivojlanayotgan strategik hamkorlik Yevropa bozorlariga kirish uchun muhim kalit bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Prezident Mirziyoyevning tashabbuslari
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari TDTning kelajak yo‘nalishlarini belgilashda asosiy rol o‘ynamoqda. Ushbu tashabbuslar turkiy davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyani jadallashtirish, savdo hajmini oshirish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan.
“Turk Trade” loyihasi va “Yagona investitsiya portali” kabi iqtisodiy tashabbuslar orqali O‘zbekiston nafaqat o‘z iqtisodiy hududini kengaytirishni, balki mintaqadagi geosiyosiy ta’sirini ham oshirishni maqsad qilgan. Bu o‘z navbatida, Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari o‘rtasidagi yaqinlashuv va hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, 2024 yildagi Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlanishi 36,7 milliard AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekiston rahbarini taklifi bilan bu raqamlarni sezilarli oshirishi mumkin.
Shimoliy Kipr masalasi va mintaqaviy siyosiy muvozanat
Sammitda Shimoliy Kipr Turk Jumhuriyati (ShKTJ)ning kuzatuvchi davlat maqomini mustahkamlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mintaqa siyosatidagi eng nozik va murakkab masalalardan biridir. Bu qadam Turkiyaning mintaqadagi siyosiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilsa-da, Yevropa Ittifoqi va Gretsiya bilan munosabatlardagi keskinliklarni kuchaytirish ehtimoli ham mavjud.
ShKTJning TDTga integratsiyalanishi xalqaro huquq va diplomatiya normalariga muvofiq hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo bo‘lib, uning xalqaro maydondagi maqomi hali ham bahsli. Shu sababli bu borada muvozanat ushlagan ma’qul.
Sammitda Falastin-Isroil mojarosiga oid qat’iy va adolatli pozitsiya bildirildi. Bu Turkiy davlatlar tashkilotining xalqaro huquq normalariga sodiqligini va mintaqadagi mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etishga tayyorligini ko‘rsatadi.
Madaniy integratsiya va ta’lim sohasidagi tashabbuslar
Navro‘z bayramini umumiy bayram sifatida qabul qilish taklifi turkiy xalqlarning madaniy birdamligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universitetini ochish rejasi esa ta’lim va fan sohasida hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bu tashabbuslar orqali turkiy dunyo o‘zining boy madaniy va ilmiy merosini yangi avlodga yetkazish imkoniga ega bo‘ladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu norasmiy sammit Turkiy davlatlar tashkilotining integratsiyasi va mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida muhim sahifa ochdi. O‘zbekiston bu jarayonda markaziy o‘rinni egallagan holda, turkiy dunyodagi ta’sirini kengaytirishni maqsad qilmoqda.