Strategic Focus: Central Asia
10.4K subscribers
528 photos
87 videos
57 files
1.24K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

✔️Ekspertlar fikri SFCA pozitsiyasini aks ettirmaydi.
✔️Mazmunli fikrlar, aniq xulosalar

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
8. Diniy arboblarning siyosatdagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlaysizmi?
Final Results
52%
Ha
26%
Yo’q
21%
Faqat cheklangan holda
9. Sizningcha, O‘zbekistonda diniy ta’lim yetarlimi?
Final Results
20%
Ha
80%
Yo‘q, ko‘proq diniy muassasalar kerak
10. An’anaviy diniy maktablar (masalan, hanafiylik va moturidiylik) targ‘ibotiga qanday munosabatdasiz?
Final Results
53%
Qo‘llab-quvvatlayman
26%
Turli mazhablar o‘rtasida tanlov bo‘lishi kerak
22%
Muhim emas
11. Diniy tashkilotlar qanday ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surishi kerak?
Final Results
8%
Kambag‘allarga yordam
15%
Ta’lim kurslari
9%
Yoshlar uchun dasturlar
6%
Dinlararo muloqot
62%
Yuqoridagilarning barchasi
12. Sizningcha, O‘zbekistondagi dindorlar kelajagi uchun qanday masalalar eng muhim?
Final Results
22%
Dindorlarning birligi
35%
Din va zamonaviylik uyg‘unligi
32%
Axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash
12%
Islom moliyasi rivoji
13. Rasmiy diniy tashkilotlarga (masalan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va boshqalar) qanchalik ishonasiz?
Final Results
30%
To‘liq ishonaman
50%
Qisman
20%
Ishonmayman
14. Siz xorijdagi diniy voqealarni (haj, mojarolar, yetakchilar chiqishlari va h.k.) kuzatasizmi?
Anonymous Poll
31%
Ha, doimiy ravishda
49%
Ba’zida
20%
Yo‘q
15. Siz O‘zbekiston dindor fuqarolarining kelajakdagi rolini qanday tasavvur qilasiz?
Final Results
25%
Ma’naviy qadriyatlar saqlovchilari
21%
Islohotlarning faol ishtirokchilari
28%
Ma’rifatli va bag‘rikeng jamoa
27%
Bilmayman
Forwarded from G’arbiy alyans
🇺🇸 Tramp va “xatosiz 100 kun”: siyosiy mif yoki populistik obraz?

Donald Tramp yana sahnada — va unga xos uslubda. U o‘zining Prezidentlikka qaytishi haqida gapirar ekan, “ilk 100 kun ichida birorta ham xato qilmaganman” deya ta’kidladi. Siyosiy tajribaga ega har qanday yetakchi uchun bunday bayonot — yoki ulkan ishonch, yoki ulkan populizm.

Bu gap nimani anglatadi?

a)
ma’suliyatli rahbar xatolarini tan oladi va ulardan saboq chiqaradi.

b) populist yetakchi esa xatolarni emas, imijni saqlashni afzal ko‘radi.

Trampning ushbu bayonoti uning siyosiy uslubini yana bir bor tasdiqlaydi: shaxsiy mas’uliyatni tan olmaslik, haddan tashqari ishonch va umumlashtiruvchi ritorika.

Xulosa: Trampning “xatosiz 100 kuni” — bu tarix emas, PR.

G’arbiy alyans
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turkmaniston JSTga kirmoqchi: bu nimani anglatadi va qanday qiyinchiliklar kutilmoqda?

Turkmaniston Jahon Savdo Tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lish yo‘lida yana bir qadam tashladi. Yaqinda hukumat raisi o’rinbosari Xojimurat Geldimuratov Shveysariyada JST rahbari bilan uchrashib, Ashxobod qanday qilib ushbu xalqaro tashkilotning bir qismiga aylanishi mumkinligini muhokama qildi. Tahlilchilarga ko’ra, bu yo‘l oson bo‘lmaydi. Mazkur postda nima uchun Turkmanistonga JST kerak, bu qanday foyda va xavflar keltiradi, va nima uchun bu jarayon murakkab ekanini tahlil qilamiz.

Nima uchun Turkmaniston JST bilan qiziqmoqda?

Turkmaniston Markaziy Osiyodagi eng yopiq iqtisodiyotlardan biridir. Asosiy daromad manbai — gaz eksporti, iqtisodiyot esa davlat nazoratida. Ilgari Ashxobod JSTga kirishga shoshmasdi, chunki gaz sohasini va ichki narxlarni nazorat qilishni istardi. Ammo hozir vaziyat o‘zgardi: 1) Gaz narxlari pasaymoqda, bozordagi raqobat kuchaymoqda; 2) Iqtisodiyot diversifikatsiyani talab qilmoqda; 3) Jahon iqtisodiyoti ochiqlik sari harakat qilmoqda.

2020-yilda Turkmaniston JSTga qo‘shilish masalasini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzdi — bu o‘zgarishlarga tayyormiz, degan ilk jiddiy signal edi.

JSTga kirish uchun nimalar qilinishi kerak?

JSTga a’zo bo‘lish uchun mamlakatlar ochiq bozor va adolatli savdo talablariga javob berishi kerak. Turkmaniston uchun bu quyidagilarni anglatadi: a) Import bojylarini kamaytirish va savdo to‘siqlarini yo‘qotish; b) Intellektual mulk, sanitariya normalari va texnik standartlar bo‘yicha qonunlarni isloh qilish; c) Bozorga raqobatni kiritish, ayniqsa gaz sektorida, bu yerda hozir hamma narsa davlat nazoratida.

Mintaqaning boshqa davlatlari bu yo‘ldan allaqachon o‘tgan: Qirg‘iziston — 1998-yilda, Tojikiston — 2013-yilda, Qozog‘iston — 2015-yilda JSTga qo‘shilgan. Hatto uzoq vaqt ehtiyotkorlik bilan yondashgan O‘zbekiston ham hozirda faol harakat qilmoqda. Ammo Turkmaniston uchun bu yo‘l ancha og‘riqli bo‘ladi, chunki u yerda iqtisodiyot davlat monopoliyalari va subsidiyalarga tayanadi.

JST qanday foyda keltiradi?

JSTga a’zo bo‘lish Ashxobodga quyidagi imkoniyatlarni berishi mumkin: mahsulotlari uchun yangi bozorlar ochiladi; chet ellik investorlar va texnologiyalarni jalb qilish osonlashadi; gazdan tashqari boshqa sohalarni rivojlantirish mumkin bo‘ladi.

Masalan, Qozog‘iston JSTga qo‘shilgandan keyin xomashyo bo‘lmagan mahsulotlar eksportini oshirdi (ancha vaqt olgan bo’lsada). Turkmaniston uchun gaz eksporti umumiy eksportning 80 foizini tashkil etayotgan bir paytda, bu juda muhim. Ayniqsa, dunyo “yashil energiya”ga o‘tayotgan bir davrda.

Xavf-xatarlar nimada?

Lekin bu yo‘lda jiddiy muammolar ham bor:

Gaz sohasi — ichki narxlarni subsidiyasiz qilish, islohotlar o‘tkazish iqtisodiy barqarorlikni buzishi va siyosiy muammolarga olib kelishi mumkin;

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar — masalan, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi kabi sohalar xorijdan kirib keladigan arzon mahsulotlar bilan raqobatlasha olmasligi mumkin;

Ijtimoiy oqibatlar — davlat ish bilan ta’minlovchi asosiy institut bo‘lib qolmoqda, islohotlar esa oddiy xalq uchun og‘ir bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Turkmaniston JSTga kirish orqali iqtisodiyotini ochish va gazga qaramlikni kamaytirish yo‘lida ilk qadamlarni qo‘ymoqda. Bu yangi imkoniyatlar ochishi mumkin, lekin og‘ir islohotlarni talab qiladi — gaz sohasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotga jiddiy ta’sir qiluvchi o‘zgarishlar bo‘ladi. JSTga a’zo bo‘lish — bu katta sinov. Ashxobod oldida savol turibdi: u bunga tayyormi?

Strategic Focus: Central Asia
Chingizxon — turkiy emas! Bizga uni tiqishtirish kimga kerak?

So‘nggi vaqtlarda Chingizxon go‘yoki turk bo‘lgan degan gaplar tobora ko‘paymoqda. Buni kimdir bilmay aytadi, kimdir ataylab — turkiylar tarixini kamsitish uchun. Quyida ushbu tezis nega oddiy xatomas, balki xavfli tarixiy soxtalashtirish ekanini bosqichma-bosqich tushuntirishga harakat qilamiz.

Birinchidan, Chingizxon — mo‘g‘ul edi. Buni dunyoning yetakchi tarixchilari tan olgan. Uning tili, nasabi, madaniyati, vatani — barchasi mo‘g‘ullar bilan bog‘liq. Uni turkiy qilib ko‘rsatishga urinish — bu Napoleonni slavyan deyish bilan barobar.

Ikkinchidan, turkiylar — bunyodkor xalq. Asrlar davomida shaharlar qurgan, hunarmandchilikni, yozuvni, tibbiyot va astronomiyani rivojlantirgan. Buxoro, Samarqand, Qashqar, Urganch — bular tarixiy dalil. XIII asrda mo‘g‘ullarning qanday shaharlari bor edi? Yo‘q edi. Chunki ular ko‘chmanchi edilar va harbiy yurishlar davomida yuzlab shaharlarni yoqib yuborgan, buzgan, vayron qilgan — ammo yaratmagan.

Uchinchidan, mo‘g‘ul istilosi insoniyat tarixidagi eng vayronkor fojialardan biri bo‘ldi. Millionlab odamlar halok bo‘ldi, madaniyat markazlari yo‘qoldi, sivilizatsion taraqqiyot o‘nlab yillarga to‘xtab qoldi. Bularni turkiylarga yuklash — bu tarixni ataylab buzish, bizni “vahshiylar” sifatida ko‘rsatishga urinishdir.

To‘rtinchidan, Chingizxonni “turkiy” deb ko‘rsatish kimga foydali? Shubhasiz, turklarni yovuz ko‘chmanchi sifatida tasvirlamoqchi bo‘lgan kuchlarga. Afsuski, bizning ayrim tarixchilar ham bu o‘yinga qo‘shilmoqda. Ular bosqinchi mo‘g‘ul va uning “merosi” qaysi xalqqa “nasib” etishi bo’yicha katta bahslar olib borishmoqda.

Va nihoyat, haqiqatni aytadigan vaqt keldi: Chingizxon — bizning faxrimiz emas. U — bizning fojiamiz. Uni turkiylar dunyosiga bog‘lashning hojati yo‘q. Biz — bunyodkor xalqmiz, vayronkor emas.

Strategic Focus: Central Asia
O‘zbekiston va Afg‘oniston Amudaryo suv resurslarini birgalikda boshqarishga ilk bor kelishib oldi. Ushbu kelishuv mintaqa uchun muhim qadam bo‘ldi, chunki ichimlik suvi tobora kamayib bormoqda va uni taqsimlash borasidagi bahslar kuchaymoqda.

Ma’lumki, Amudaryo O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonni suv bilan ta’minlaydi, ammo SSSR parchalangach, suvni boshqarishning yagona tizimi qulab tushdi. Natijada mintaqa davlatlari o‘rtasida kelishmovchiliklar boshlandi: Tojikiston va Qirg‘iziston daryoning yuqori qismiga egalik qilgan holda gidroelektr stansiyalar qurmoqchi bo’ldi, past oqimda joylashgan O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston esa qishloq xo‘jaligi uchun ko‘proq suvga muhtoj qolmoqda. Suvga ehtiyoj ortib bormoqda, lekin hamma uchun yetmayapti.

Afg‘oniston ilgari bu bahslarda deyarli ishtirok etmagan edi, biroq so‘nggi yillarda muhim o‘yinchiga aylandi. Mamlakatda “Qo’shtepa” nomli yirik suv kanali qurilishi boshlandi — bu loyiha Amudaryodan sezilarli miqdorda suv oladi. Bu Afg‘onistonga qurg‘oqchil hududlarni sug‘orish va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish imkonini beradi, lekin qo‘shni davlatlar uchun tahdid tug‘diradi. Masalan, O‘zbekiston chuchuk suvning uchdan bir qismini yo‘qotishi mumkin, bu esa iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarba bo‘ladi. Shu sababli prezident Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonni suv bo‘yicha muloqotga jalb etish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan edi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imzolangan bitim suv inqirozining oldini olishga urinishdir. Tomonlar Amudaryo resurslarini birgalikda boshqarish va suvdan oqilona foydalanish borasida kelishib oldilar. Bundan tashqari, Qo’shtepa loyihasining daryoga ta’sirini o‘rganish uchun qo‘shma ishchi guruh tuziladi. Bu Afg‘onistonning muloqot va hamkorlikka tayyorligini, O‘zbekistonning esa mintaqa manfaatlarini himoya qilish uchun diplomatiyaga tayanayotganini ko‘rsatadi.

Biroq asosiy savol ochiq qolmoqda: Afg‘oniston bu kelishuvlarga kelajakda amal qiladimi? Suv taqchilligi sharoitida har bir davlat o‘z manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadi va Kobulning bir tomonlama qarorlari vaziyatni murakkablashtirishi mumkin. Bu bitim O‘zbekiston va mintaqadagi boshqa davlatlar uchun barqarorlikka erishish imkonidir, ammo uning muvaffaqiyati barcha tomonlarning hamkorlikka tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, kelishuv Markaziy Osiyoda suvni adolatli taqsimlash yo‘lida tashlangan muhim qadamlardan biridir. U suv inqirozi xavfini kamaytirishi va hamkorlikni kuchaytirishi mumkin, lekin bu muammoni amalda hal qiladimi yoki yo‘q — buni faqat vaqt ko‘rsatadi.

@erontahlili
Xitoyning geosiyosiy tahlili

Abdulxafiz A’zam, mustaqil ekspert

“Yer yuzidagi tinchlik Xitoyga tayanadi. Kimki Xitoyni ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy nuqtayi nazardan tushunsa, u keyingi besh asrga mo‘ljallangan jahon siyosati kalitiga ega bo‘ladi.”
J.Xey, AQSH davlat kotibi, XIX asr oxiri.


Xitoy davlatining bugungi postmodern davrga kelib dunyodagi eng yirik iqtisodiy va siyosiy jihatdan qudratli davlatga aylanishida, mamlakatning geosiyosatida qo’llayotgan strategiyalari katta ahamiyatga ega. Xitoy simulyatsion davrda qanday qilib bunday darajaga yetdi? Umuman olganda, AQShning Xitoyga nisbatan tashqi siyosat vektorining o’zgarganligi - Xitoyning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.

Xitoyliklar uchun haqiqat kaliti tarixdir. Tarix uch davrning takroridir: XAOS - XAOS VA KICHIK FARAVONLIKNI YENGISH - BUYUK BIRLIK VA HAMJIHATLIK. Xitoy davlatchiligining rivojlanishida asosan konfutsiylik ta’limotini olgan xalqning birdamligi juda qo’l keldi.

Shuningdek, Xitoy ikki geosiyosiy konsepsiyaga tayanadi: 1. Devor geosiyosati; 2. Yo’l geosiyosati.

Devor geosiyosati - Xitoyning ichki xavfsizligi, suvereniteti va sivilizatsion o‘ziga xosligini himoya qilishga qaratilgan strategiyasini anglatadi. Bu atama ramziy ma’noda Xitoyning “Buyuk devori”ni eslatadi, ammo zamonaviy kontekstda u davlatning geosiyosiy chegaralarini mustahkamlash, ichki barqarorlikni ta’minlash va tashqi tahdidlarga qarshi turishni anglatadi. Devor ichida geosiyosiy kuchning kuchayishi davlat va sivilizatsiya chegaralarining birligiga olib keladi. O‘zining moliyaviy tizimini himoya qilish (Xitoy o‘z moliyasini global moliyaviy oligarxiyaga bo‘ysundirmagan kam sonli davlatlardan biri), uning ma’naviy va axloqiy qadriyatlari va an’analarini, fuqarolarini va har qanday xitoyni, kimning fuqarosi bo‘lishidan qat’i nazar.

Yo’l geosiyosati - Iqtisodiy kengayish (ekspansiyasi) orqali “tashqariga chiqish” konsepsiyasi. “Bir kamar, bir yo’l” loyihasi ham asosan shunga qaratilgan. Xitoy savdo yo’llarini o’z nazoratiga olish orqali o’zining global ta’sir kuchini yana ham kuchaytirmoqchi.

Geosiyosatda xitoyliklar uch tomonlama tizimni tan olishadi: 1. Men o‘zim; 2. Ittifoqchilar; 3. Raqib.

Xitoyliklar bir-biriga qarshi sxema bo‘yicha o‘ynashmaydi.

“Tashqariga yurish” strategiyasi: 1) Xitoy diasporalarini qo‘llab-quvvatlash; 2) Katta Xitoy etnik hamjamiyati, ya’ni. Xitoy-Qit’a, Xitoy-Orol (Tayvan, Gonkong, Singapur) va Xitoy-Diaspora; 3) Xitoy diasporasi Singapur, Indoneziya (90%), Tailand (75%) va Malayziya (60%) iqtisodlarini to‘liq nazorat qiladi.

Pekin tashqi siyosatdagi strategiyalari orqali Xitoy xalqini boshqa xalqlardan ustun bo’lishiga intilishi va global hukmronlikni kuchaytirishga qaratgan.

Strategic Focus: Central Asia
TIV Rossiyadagi mehnat muhojirlarining ahvoli bo‘yicha xavotir bildirdi: diplomatik tilda bu – norozilik ishorasi

2025-yil 2-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Usmanov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi O.Malginov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Rasman ikki tomonlama hamkorlik va konsullik mexanizmlari muhokama qilingan bo‘lsa-da, asosiy urg‘u – boshqa nuqtaga qaratilgan.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston tomoni Rossiyada ishlayotgan fuqarolarimizga nisbatan qo‘pol muomala va huquqlarining buzilishi haqidagi xabarlarning ko‘payib borayotganiga jiddiy e’tibor qaratdi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni bu holatlar migrantlarning qonuniy huquqlari buzilishi ekanini ta’kidlab, ushbu huquqlar yashab turgan davlat qonunchiligi asosida ta’minlanishi lozimligini eslatdi.

“O‘zbekiston tomonining xavotirlarini yetkazish zarurligi alohida qayd etildi” degan jumla – diplomatik tilda – bu oddiy tashvish emas, balki norozilik ishorasidir.

Ya’ni Toshkent Moskvadan nafaqat izoh, balki migrantlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy choralarni kutayotganini anglatadi. Uchrashuv konteksti masalani ochiq keskinlikka olib chiqmasdan turib hal qilish istagini ham bildiradi.

Strategic Focus: Central Asia
Putin o‘zi qo‘ng‘iroq qildi: Lavrovning qilig’i uchun uzr so’rashga 10 kun kerak bo’ldi

Samarqandda Lavrovning bahsli gaplaridan (rus tilidagi yozuv yo‘qligidan norozilik bildirgandi) ikki hafta ham o’tmay Kreml vaziyatni yumshatishga qaror qildi.

Oldindan taxmin qilganimizdek, V.Putin Shavkat Mirziyoyevdan telefon orqali uzr so‘ragan bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. E’tiborga loyiq jihat: Kreml rasmiy xabarida odatdagidek “suhbat xorij tomonining tashabbusi bilan bo‘ldi” degan jumla yo‘q. Bu esa, qo‘ng‘iroq aynan Rossiya tomonidan tashkil etilganini bildiradi. Ma’lumki, Kreml o‘zining kibrli diplomatik uslubida har doim xuddiki chet tomon o’zi muloqot qilmoqchi ekanini ko’rsatishga harakat qiladi.

Shunday qilib, Mirziyoyev Moskvaning diplomatik xatoligini bilvosita tan olinishiga erishdi. “Qadrli do’stlarimiz” O‘zbekiston madaniyati va ramzlariga nisbatan hurmatsizlik javobsiz qolmasligni yodda tutishi kerak.

Strategic Focus: Central Asia
AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Fors ko‘rfazi davlatlari yetakchilari bilan uchrashadi, deb yozmoqda Axios nashri manbalarga tayanib. Trampning Ar-Riyodga safari may oyining o‘rtalariga rejalashtirilgan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi (FKADHK) a’zolari — ya’ni Bahrayn, Qatar, Quvayt, BAA va Ummon yetakchilarini sammitgaga taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlash joiz, avvalroq noma’lum sabablarga ko’ra Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz mamlakatlari sammiti qoldirilgandi.

Strategic Focus: Central Asia