Strategic Focus: Central Asia
9.98K subscribers
502 photos
75 videos
56 files
1.16K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

✔️Ekspertlar fikri SFCA pozitsiyasini aks ettirmaydi.
✔️Mazmunli fikrlar, aniq xulosalar

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
Strategic Focus: Central Asia
Jahonda ko‘p qutbli dunyoning shakllanishining Islom olamiga ta’siri va musulmon davlatlarining o‘rni Jo‘rabek Soqiyev, mustaqil ekspert Bugungi kunda dunyo siyosatida bir qutblilikdan ko‘p qutblilikka o‘tish jarayoni sezilarli darajada tezlashmoqda. Bu…
Xulosa qilib aytganda, hozirgi geosiyosiy manzarada Islom olami qutblashayotgan dunyoning yetakchi va ishonchli markazi sifatida ko‘rilmayapti. Bu esa musulmon mamlakatlarini o‘zaro muvofiqlikni kuchaytirishga, yagona strategik pozitsiyani ishlab chiqishga, siyosiy iroda va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga majbur qiladi. Aks holda, mavjud imkoniyatlar boshqa kuchlar tomonidan o‘zlashtirilishi davom etadi.

Shu bois, yangi ko‘p qutblilik musulmon davlatlari uchun nafaqat xavf, balki tarixiy imkoniyat hamdir. Bu imkoniyatni boy bermaslik esa ularning o‘z siyosiy yetukligiga va o‘zaro birlashuv qobiliyatiga bog‘liqdir.

Strategic Focus: Central Asia
Rossiya va AQSh o‘yini Ukraina zaiflashishiga olib kelmoqda

Rossiya AQSh taklif qilgan tinchlik kelishuviga, hatto u to‘liq talablariga javob bermasa ham, yolg’ondan tayyor ekanligini ko’rsatmoqda. Bu — ayyorona yurish: Moskva Trampga yoqishga va bir vaqtning o‘zida Ukrainaga muammolar yaratishga urinmoqda. G‘arb amaldorlari va rossiyalik tahlilchilar ta’kidlashicha, Kreml bu imkoniyatdan Kiyevni zaiflashtirish va o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun foydalanmoqda.

AQSh nimani taklif qilmoqda?

Manbalarga ko‘ra, AQSh taklif qilgan reja quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Ukrainaga NATOga kirishni taqiqlash; Qrimning Rossiyaga noqonuniy qo‘shib olinishini tan olish; Rossiyaning bosib olingan hududlarining deyarli barchasini o‘zida saqlab qolish; Ukrainaga haqiqiy xavfsizlik kafolatlarini bermaslik.

Ukraina prezidenti Zelenskiy uchun bunday shartlarni qabul qilish o‘z obro‘si va hokimiyatini yo‘qotish bilan barobar. Ya’ni siyosiy suitsidni anglatadi.

Rossiya qanday harakat qilmoqda?

Moskva bu kelishuv Zelenskiy uchun tuzoq ekanini yaxshi tushunadi. Agar Zelenskiy rozilik bildirsa, ichki siyosiy mavqeini yo‘qotadi va Rossiya keyinchalik Ukrainani shartlarni buzishda ayblab, yanada ko‘proq hududlarni egallab olishi mumkin. Tahlilchilar bu jarayonda Rossiya uchun xavf minimal, Ukraina uchun esa ulkan ekanini ta’kidlamoqda. Kreml vaqtincha maksimal maqsadlaridan — masalan, Ukrainadagi to‘rtta hudud ustidan to‘liq nazoratdan — voz kechishga tayyor va Kiyevdagi vaziyat yomonlashishini kutmoqda.

Pasxa bayrami vaqtidagi sulh fonida Rossiyada Putinning Trampga ma’qul kelish uchun moslashuvchan bo‘lishi mumkinligi haqida gaplar tarqaldi. Bu Rossiya uchun muhim: iqtisod sanksiyalar, 21 foizlik yuqori stavkalar va neft narxining pasayishi tufayli qiynalmoqda. Moskva AQSh bilan aloqalarni yaxshilab, bosimni kamaytirmoqchi.

Ukraina uchun xavf nimada?

Tramp allaqachon Zelenskiyni muzokaralarni buzganlikda ayblayapti, ayniqsa Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishga rozi bo‘lmagani uchun. Bir amerikalik amaldor bu holatni Zelenskiy uchun “zaharlangan tabletka” deb atadi. Agar Ukraina xavfsizlik kafolatisiz kelishuvga imzo chekkan taqdirda, Rossiya mamlakatni beqarorlashtirib, Zelenskiy hokimiyatini zaiflashtirishi mumkin. Agar kelishuv buzilsa, Tramp ko‘proq Putin tomonini olishi ehtimoli yuqori.

Rossiya nimani istaydi?

Kreml quyidagi maqsadlarni ko‘zlamoqda: Trampni rozi qilish va AQSh bilan aloqalarni yaxshilash; Ukrainani zaiflashtirib, Zelenskiyni zaif pozitsiyaga tushirish; Sanksiyalarning bir qismini olib tashlash va izolyatsiyadan chiqish.

Rossiyalik strateglar hatto maxsus rejani ishlab chiqqan: ular mojaroni muzlatib, bosib olingan hududlarni saqlab qolish orqali G‘arbdan imtiyozlar olishni taklif qilmoqda. Shu bilan birga, Rossiya sulh chizig‘iga, ayniqsa NATOga a’zo mamlakatlar tinchlikparvar kuchlari kirishini qat’iyan rad etmoqda.

AQSh nega Ukrainaga bosim qilmoqda?

Tramp va uning jamoasi (vitse-prezident Vens va davlat kotibi Rubio) mojaroni haddan tashqari cho‘zilganini aytib, sabri yo‘qligini ko’rsatishmoqda. Ular muammoning tezda hal qilinishini istaydi, hatto bu Rossiyaning foydasiga bo‘lsa ham. Yevropa elitalari esa hayratda: Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish o‘rniga, AQSh agressiya qurboni bo‘lgan Ukrainaga bosim o‘tkazmoqda.

Endi nima bo’ladi?

Muzokaralar davom etmoqda, ammo vaziyat murakkab. Rossiyaning yaqinda Kiyevga uyushtirgan hujumlaridan so‘ng Tramp norozilik bildirdi, lekin bu umumiy vaziyatni o‘zgartirmadi. Rossiya Ukrainani aybdor qilib ko‘rsatishga urinmoqda va Tramp bilan bu taktika ish berishi mumkin. Zelenskiy uchun esa tanlov qiyin bo’ladi: yoki tahqirli shartlarni qabul qilish, yoki kurashni davom ettirib, AQSh qo‘llovidan mahrum bo‘lish xavfiga yuz tutish.

Strategic Focus: Central Asia
Nega arablar Markaziy Osiyo musulmonlarini teng ko‘rmaydi?

A.Fayzullozoda, mustaqil ekspert

Mutaxassislar ta’kidlashicha, arab dunyosi ko‘pincha Markaziy Osiyo musulmonlariga «ikkinchi darajali» sifatida qaraydi. Buning sababi islom an’anasida tarixiy shakllangan iyerarxiyaga borib taqaladi. Quyida bu fikrni tasdiqlovchi bir qator omillar keltiramiz.

Arabsentrizm va arablarning “tanlanganligi”

Islom an’anasida norasmiy ravishda arablar «sof» islomning «tanlangan» vakillari deb hisoblanadi, arab bo’lmagan musulmonlar — «ajamlar» (Markaziy Osiyo musulmonlari ham ular qatoriga kiradi) esa ikkinchi darajali sifatida qabul qilinadi. Bu esa arab manfaatlarini ustun qo‘yishga va Osiyodagi musulmonlarning (masalan, Hindiston yoki Myanmada) bosimga uchrashi kabi muammolarini e’tiborsiz qolishiga olib keladi.

“Noarab” islomga tanqidiy munosabat

Vahhobiylik oqimidagi arab ulamolari Arabiston yarim orolining tashqarisidagi islomni ko‘pincha «noto‘g‘ri» yoki «buzilgan» deb baholaydi. Markaziy Osiyoda islom mahalliy an’analar bilan uyg‘unlashgan holatda mavjud bo‘lgani uchun, u arab «asliga» nisbatan kamroq «haqiqiy» deb qaraladi. Bu esa Markaziy Osiyo musulmonlariga nisbatan bepisand munosabatni kuchaytiradi.

Umumiy birdamlik yo’qligi

Arab davlatlari va jamoalari o‘z e’tiborini asosan arab-isroil mojarosiga qaratgan. Shu sababli, boshqa o’lkalardagi musulmonlarning muammolari — masalan, Kashmirdagi tazyiqlar yoki Uyg’uristondagi islomiy yodgorliklarning vayron qilinishi — kamdan-kam hollarda ularning kun tartibiga chiqadi. Bu esa arablar uchun «ajamlar» muammolari ikkinchi darajali ekanini ko‘rsatadi.

Siyosiy bo‘ysunish kutilishi

Arablar ko‘pincha noarab musulmonlardan, jumladan markaziy osiyoliklardan ham, o‘z manfaatlarini arab dunyosining manfaatlariga moslashtirishni kutadi. Masalan, Markaziy Osiyo davlatlarining Isroil bilan aloqalari tanqid qilinadi, holbuki o‘zlari asta-sekin Isroil bilan munosabatlarni normallashtirmoqda. Bu esa ikkiyuzlamachilik va «ajamlar»ga vassallar sifatida qaralishini yanada yaqqol ko‘rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, arablar Markaziy Osiyo musulmonlarini o‘zlariga teng deb hisoblamaydi. Chunki islom iyerarxiyasida arab islomini «asosiy», «ajam» musulmonlar an’analarini esa ikkinchi darajali deb bilishadi. Bu esa Markaziy Osiyoning muammolarini e’tiborsiz qoldirish, mahalliy islom shakllarini tanqid qilish va siyosiy itoatkorlikni talab qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Strategic Focus: Central Asia
@Sharqshunos_tarixchi tomonidan @stratfocusca uchun maxsus

Haqiqiy hamkorlarning yo‘qligi – bu Rossiyaning eng zaif nuqtasi. Shimoliy Koreyadan tashqari, Rossiya manfaatlari uchun o‘lishga tayyor bo‘lgan birorta davlat deyarli yo‘q. Pul evaziga – bor, lekin ular ham ko‘p emas. Rossiyaning "ma’naviy qadriyatlari" uchun kurashadiganlar esa umuman yo‘q.

Bu jihatdan Rossiya AQShdan keskin farq qiladi. Amerikaning do‘stlari va ittifoqchilari bor – va ular, garchi Vashingtonning vaqti-vaqti bilan qo‘pol munosabatda bo‘lishiga qaramasdan, agar AQSh jiddiy chaqiriq bildirsa, kamida o‘ttizga yaqin davlat o‘z fuqarolarini AQSHning manfaatlari uchun jangga yuboradi.

Afg‘oniston ham bundan mustasno emas. Rossiyaning u yerda haqiqiy ittifoqchilari yo‘qligi – barchaga oydin ko‘rinib turibdi. Ya’ni, Rossiyaning Tolibonni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishi yoki to‘xtatib turishi deymizmi xullas shu qarori ham bu holatni yanada ochiq fosh etdi. Bu qaror Moskvaning zaifligi natijasida qabul qilindi – Afg‘onistondagi strategik tirishqoqlik uni bunday qadamga majbur qildi.

Lekin Rossiya bu qarorda qaysi omilga ko‘proq ergashgani – Afg‘onistondagi amerikaliklarning yangi faollashishi yoki "mintaqaviy konsensus"ga erishishdagi to‘liq muvaffaqiyatsizlik – hali aniq emas. Rossiya bu qarori bilan hech narsa yutmaydi. Qandaydir savdodagi soxta o‘sishlar kuzatiladi kabi da‘volar asossiz.

Moskva Xitoy, Eron, Pokiston va Hindiston kabilarning birortasi yoki bir nechtasi bilan Afg‘oniston bo‘yicha haqiqiy ittifoq tuzishga erisha olmadi. Bu davlatlarning har biri Kremlga do‘stona yelka urib qo‘ysa-da, uning orqasida o‘z o‘yinlarini olib bordi – Tolibon, Tolibonga qarshi guruhlar, Afg‘oniston migratsiyasi va boshqalar bilan alohida muzokaralar yuritdi va yuritmoqda.

Rossiya "mintaqaviy konsensus" haqidagi o‘z targ‘ibot illyuziyalariga ishondi va natijada Afg‘onistonda strategik mag‘lubiyatga uchradi.
Hozir Afg‘oniston maydonida Eron, Pokiston, Hindiston va Xitoy kuchli pozitsiyalarni egallab turibdi. Va bu ularning shaxsiy pozitsiyalari. Ular o‘z manfaatlari uchun turli Tolibon guruhlari, qarshilik kuchlari va migratsiya tuzilmalari bilan ishlaydi. Rossiya esa faqat "Moskva formati" kabi namoyishkorona tashabbuslar bilan chegaralangan bo‘lib, mintaqadagi "hamkorlari" uni aynan shu platforma orqali aldab, o‘zlarining haqiqiy rejalarini yashirishga muvaffaq bo‘ldi.

Moskvaning Tolibonni qora ro'yxatdan chiqarish qarori – bu strategik harakat emas, balki ma’muriy tashvish natijasidir. Buni "tashabbus" deyish mumkin, lekin bu endi hech narsaga yordam bermaydi. Rossiya Afg‘oniston doskasida Eron, Xitoy, Pokiston yoki Hindistonga qaraganda ancha zaifroq o‘yinchiga aylanib bormoqda.

Afg‘oniston bo‘yicha "mintaqaviy konsensus" hech qachon to‘liq shakllanmadi va endi butunlay barbod bo‘ldi. Mintaqa davlatlari Afg‘onistonda bir-birini ortda qoldirish uchun alohida loyihalarga sho‘ng‘iyapti, hamma o'zicha Tolibon bilan muloqotni yo‘lga qo‘ymoqda. Afg‘onistonga tegishli yakdil mintaqaviy yoki xalqaro qarash shakllanmadi. Hamma yirik o‘yinchi davlatlar bir vaqtning o‘zida tabassum qilib, hamkorlik ko‘rinishini saqlab qolishmoqda.
Tolibon, aytgancha, bu holatdan foydalanishni yaxshi biladi va Amerika ham o‘ziga kerakli fraksiyalar bilan muvaffaqiyatli o‘ynab kelmoqda.

Ehtimol, Moskva 2000-yillar va 2010-yillar boshidagi odatiy sxemasiga qaytmoqchi – Afg‘oniston inqirozidan foydalanib, Markaziy Osiyodagi o‘z ta’sirini mustahkamlash. Bunday o‘yinda Afg‘onistonning o‘zi hech qanday ahamiyatga ega emas. Asosiysi – Afg‘on diyoridan kutilishi mumkin bo‘lgan xavfli hikoyalar, Rossiyaning "himoya soyaboni" haqidagi tashviqot va qandaydir kelajakdagi infratuzilma loyihalari haqidagi orzular.

Lekin ajablanarlisi Rossiyaning Afg‘onistondagi ta‘siri bugun Markaziy Osiyoning ayrim davlatlarinikidan ham ko‘ra zaifroqdir. Rossiyaning Afg‘oniston bo‘yicha hech qanday real rejalari bugun mavjud emas. Rossiya Ukrainada nimaga erishadi kelajakda bilmadim. Ammo Afg‘onistonda Rossiya endi asosiy o‘yinchi emas.

Strategic Focus: Central Asia
Biz kuzatuvchilarimizni yanada yaxshiroq tanib olishni va Strategic Focus: Central Asia kanalini sizlar uchun yanada foydaliroq qilishni xohlaymiz! Shu maqsadda quyidagi kichik - so‘rovnomadan o’tishingizni so’raymiz ☺️
2. Jinsingiz qanaqa?
Anonymous Poll
8%
Ayol
92%
Erkak
5. Asosiy ijtimoiy tarmog‘ingizda qancha do‘stlaringiz/kuzatuvchilaringiz bor?
Anonymous Poll
48%
100 tagacha
31%
100-500
10%
500-1000
8%
1000-5000
2%
5000 dan ortiq
Foreign Affairs jurnalining oxirgi soni:

https://t.me/xorijiyoav/7965
Bir daryoga ikki marta tushib bo‘lmaydi

Sayfiddin Jo’rayev, siyosatshunos olim

Keyingi vaqtlarda “qadrdon do‘stlarimiz” ancha faollashib qoldilar. Bir qarasang migrantlarni hech qanday asossiz kuch ishlatish tashkilotlariga majburan olib ketishadi, bir qarasang ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarimiz bo‘yicha hatto nafsiniyatimizga tegadigan uydirmalar, ig‘volar tarqatiladi. Bir qarasang yoshlarimizni Ukraina urushiga jalb qilishga. Bu ham yetmaganidek, terroristlik, ekstremistik guruhlarga “verbovka” qilishga harakatlar ochiqdan-ochiq olib borilyapti. Hattoki ayrim rasmiy strukturalarning vakillari tomonidan yoshlarimiz terroristik guruhlarga yollanayoganini eshitib turibmiz. Xalqaro axborot maydonida biz to‘g‘rimizda nojo‘ya xabarlarni tarqatib, yomonotliq qilishga urinayaptilar.

G‘alati ishlar bu bilan cheklanmayapti. Masalan, qo‘shni davlatimiz Qozog‘istonning hududiy mudofaa to‘g‘risidagi qonunini yerdan olib yerga urishayapti. Aslini olganda, bu ichki ishlarimizga aralashish-ku! Qiziq, Qozog‘iston suveren davlat ekanini bilmaydi, desam xato bo‘lur-a, demak mo‘maylikka emas, balki o‘z ta’siriga tortishga, o‘z qarashlarini tiqishtirishga harakat qilishayapti.

Endi men diplomat emasman-u, lekin vatanparvarman. Qarang, hukumat qonun va diplomatik kelishuvlar asosida ayrim kuchlarni o‘zining qurolli kuchlariga “verbovka” qilganliklari uchun “zaderjat’” qilsa, diplomatik aloqalar darajasini pasaytiramiz, deb do‘q-po‘pisa qilishayapti. To‘g‘risi, bu qip-qizil shantaj-ku. Lekin men o‘ylanib qoldim: agar shunday bo‘lsa, bunaka diplomatik munosabatlarning keragi bormi o‘zi?

Men lekin bir narsani yaxshi bilaman: to‘g‘ri, biz kichkina davlatmiz, lekin biz baribir qudratli xalqmiz, bunaqa provokatsiyalarga uchraymiz. Bizni birlashtiruvchi tariximizga va salohiyatimizga mos strategiyamiz bor. Hech bo‘lmasa Temur otamizning kitobini o‘qisangiz, bizning kimligimizni bilib olasiz. Xalqimiz o‘z qadrini biladi va bu uchun kurasha oladi.

Bizni, ayniqsa yoshlarimizni har xil “nayrang”lar bilan ta’sir doirasiga va qonunga zid tashkilotlarga tortishga harakat qilayotganlar bilib qo‘ying: u davrlar o‘tib ketgan.
Bizni yo‘limizdan hech kim qaytara olmaydi. Buyuk Geraklit aytganidek, “bir daryoga (suvga) ikki marta tushib (cho‘milib) bo‘lmaydi”. Ya’ni demoqchimanki, ayrim “imperiyacha qarashlar va harakatlar”ning davri o‘tib ketgan, buni tiklashga behuda harakat qilmanglar demoqchiman.

Biz kichkina davlat bo‘lsak ham katta davlatlar xalqlarini hurmat qilamiz, ular bilan teppa-teng til topishayapmiz, chunki biz qudratli davlatmiz. Shuningdek, ig‘vogarlarga zarur zarba berishga ham kuchimiz yetadi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilarga maslahat: har qanday ig‘voga uchmang.

Strategic Focus: Central Asia
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Qayga bormay, boshda do‘ppim,
G‘oz yurarman gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim”.

❤️
Nega biz kanalimizda katta postlar chiqaramiz?

Qisqa Tik-tok videolar va Instagram rilslar davrida, ya’ni axborot 15 soniyalik videolar va qisqa postlarga siqilib qolgan zamonda, katta matnlar bilan ishlash qobiliyati noyob va qimmatli ko‘nikmaga aylanmoqda. Kuzatuvchilarimizdan biri to‘g‘ri ta’kidlaganidek: “odamlar katta matnlarni o‘qish, ularni anglash va ulardan zavqlanishdan to’xtadilar”. Bu oddiygina odatni yo‘qotish emas — bu fikrlash, tahlil qilish, faktlarni taqqoslash va mantiqiy zanjirlarni tuzish qobiliyatining susayishidir.

Katta matnlar — bu shunchaki sahifadagi so‘zlar emas. Bu — miyani mashq qildirish, e’tiborni saqlab qolishni, manzarani to‘liq ko‘ra olishni va g‘oyalar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni topishni o‘rgatadigan mashqdir. Qisqa formatlardan farqli o‘laroq, ular ma’lum kuch va harakat talab qiladi, lekin aynan shu harakat bizni aqlliroq, chuqur va mustaqil fikrlaydigan qiladi. Axborot ko‘pincha 1-2 ta gap darajasiga soddalashtiriladigan zamonda murakkab matnlarni tahlil qila olish qobiliyati — manipulyatsiya va yuzaki xulosalardan himoya qiladigan haqiqiy super kuchdir.

Biz kanalimizda katta matnlar chiqaramiz, chunki ishonamiz: tahlil — bu tezkor xulosalar chiqarish emas, balki mavzuga ongli tarzda chuqur kirib borishdir. Biz shunchaki axborotni iste’mol qilishingizni emas, balki fikrlashni, savollar berishni va javoblarni topishni o‘rganishingizni xohlaymiz. Ha, bu vaqt va kuch talab qiladi, ammo natija bunga arziydi — siz dunyoni aniqroq va chuqurroq ko‘ra boshlaysiz.

Siz bu haqda nima deb o‘ylaysiz?

Strategic Focus: Central Asia
Ukrainaning Kreml shartlari asosidagi “tinchlik”ni qabul qila olmasligi sabablari
 
Roman Sheremeta, siyosatshunos olim
 
Ukraina tirik qolish uchun kurashmoqda, u Rossiya tajovuziga qarshi o‘zini himoya qilmoqda. G‘arbdagi ayrim siyosatchilar unga "tinchlik" evaziga hududlardan voz kechishni taklif qilishmoqda, ammo bu xotirjamlik keltirmaydi — aksincha, butun bir millatning yo‘q bo‘lishiga olib keladi.
 
Birinchidan, Rossiya tinchlik istamaydi — u Ukrainani butunlay yer yuzidan yo‘q qilishga intilmoqda. Okkupatsiya bu shunchaki yerlarni egallash emas, balki ukrain madaniyati, tili va milliy o‘zligining yo‘q qilinishidir. Donetsk, Lugansk yoki Qrim kabi bosib olingan hududlarda ukrain tilida gapirish xavfli bo‘lib qolgan, kitoblar yoqilmoqda, ukrain tarixini o‘rgatgan o‘qituvchilar o‘ldirilmoqda. Moskva madaniy genotsid uyushtirmoqda.
 
Ikkinchidan, tarix shuni ko‘rsatadiki, "tinchlik" nomi ostidagi okkupatsiya urushdan ham yomon. 1835-yilda Chatem orollaridagi tinch moriorilar yerlarini maorilarga ulashmoqchi bo‘lishgan, ammo bunga javoban ular yo‘q qilingan, qullikka olingan va ularning madaniyati butunlay yo‘q qilingan. Ukrainada ham 1919-yildagi mustaqillik urushi mag‘lubiyat bilan yakunlanganidan so‘ng va SSSR tarkibiga kirgach, dahshat boshlandi: 1932–1933 yillardagi Golodomor (ochlik) 7 milliongacha odamning hayotini oldi, ukrain ziyolilari otib tashlandi, maktablar va kitoblar taqiqlangan. Kommunistlar puxta ishlab chiqilgan rejalar asosida ukrain millatini yo‘q qilishga intilgan.
 
Uchinchidan, okkupatsiya odamlarni qarshilik ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum qiladi. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, urush odamga o‘z yeri, sha’ni va oilasi uchun kurashish imkonini beradi. Okkupatsiya ostida esa qarshilik deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi — odamlar jimjitlikda, guvohsiz o‘ldiriladi yoki bostiriladi. Buchada Rossiya qo‘shinlari chekinganidan so‘ng ommaviy qabristonlar topilgan — ular orasida faqat ukrain tarixiga bo‘lgan muhabbati uchun o‘ldirilgan o‘qituvchilar ham bor edi.
 
To‘rtinchidan, G‘arbda ayrimlar taklif qilayotgan Rossiya bilan muzokaralar yo‘l orqali tinchlikka emas, balki taslim bo‘lishga olib boradi. Yon berish agressiyani to‘xtatmaydi, balki uni rag‘batlantiradi. Rossiya o‘z maqsadlarini yashirmaydi: u Ukrainani to‘liq nazorat qilishni, uning xalqini va madaniyatini yo‘q qilishni istaydi. Hududlardan voz kechish millionlab odamlarni qutqarmaydi, balki ularni dahshatliklarga va genotsidga mahkum qiladi.
 
Xulosa qilib aytsak, Ukraina kurashni davom etadi, chunki Rossiya shartlari asosidagi "tinchlik" — millatning o‘limidir. Tarix bizga o‘rgatadi: agressorga yon berish tinchlik keltirmaydi, faqat yovuzlikni kuchaytiradi. Ukraina faqat o‘zining erkinligi uchun emas, balki adolat uchun kurashmoqda — butun dunyoga ko‘rsatmoqda: genotsidga qarshi turish — haqiqiy tinchlikka olib boradigan yagona yo‘ldir.

Strategic Focus: Central Asia
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va razvedka integratsiyasi: mintaqaviy tartibotning yangi paradigmasi tomon
 
Egamberdiev Nodirbek, mustaqil ekspert

2025-yilda Markaziy Osiyo muhim burilish nuqtasida turibdi. Uzoq vaqt davomida Rossiya, Xitoy, AQSh va yaqinda Turkiya hamda Fors ko‘rfazi davlatlari kabi yirik kuchlar o‘rtasidagi geosiyosiy raqobat zonasi sifatida qaralgan ushbu mintaqa, endilikda o‘z xavfsizlik landshaftini o‘zgartirishga intilmoqda. Afg‘onistondan kelayotgan tahdidlar, iqtisodiy nomutanosibliklar va siyosiy ishonchsizliklar mavjud bo‘lishiga qaramay, razvedka hamkorligi va harbiy modernizatsiya sohasidagi yangi tendensiyalar Markaziy Osiyo davlatlarining o‘z mintaqaviy tartibotini shakllantirishga bo‘lgan intilishini ko‘rsatmoqda.

2025-yilning fevralidan aprelgacha bo‘lgan davrda uchta asosiy voqea mintaqaviy xavfsizlik transformatsiyasini tezlashtirdi:

1. Qirg‘iziston–Tojikiston chegara bitimi. 2025-yil 13-martda Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari o‘zaro chegarani belgilash bo‘yicha tarixiy bitim imzoladilar. Bu bitim, 2021 va 2022-yillarda Batken va Isfara hududlarida yuz bergan qurolli to‘qnashuvlardan so‘ng, muhim yutuq hisoblanadi. Bitim doirasida chegara o‘tkazish punktlari qayta ochildi va transport aloqalari tiklandi. Biroq, Farg‘ona vodiysida suv resurslari bo‘yicha mavjud bo‘lgan ziddiyatlar hali ham hal qilinmagan.

2. Toshkentda maxsus xizmatlar rahbarlari uchrashuvi. 2025-yil 25-aprelda O‘zbekiston Markaziy Osiyodavlatlari razvedka va xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining birinchi mintaqaviy sammitini o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mintaqaviy xavfsizlik sohasida yangi bosqichni boshlab berdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu sammitda terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik savdosi va kiberxavfsizlik kabi umumiy tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish strategiyalari muhokama qilindi.

Mazkur sammit Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro razvedka axborot almashinuvini institutsional asosda yo‘lga qo‘yish, operativ va strategik darajada muvofiqlashtirilgan xavfsizlik siyosatini yuritish va mintaqaviy xavf-xatarlarni baholashdai ntegratsiyalashgan yondashuvni shakllantirishga qaratilgan dastlabki real qadami sifatida qaralmoqda. Sammit, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasi bo‘yicha yetakchi rol o‘ynashga bo‘lgan harakatini ochiq ko‘rsatdi. Tashabbuskorlik, diplomatik faoliyat va neytral tashqi siyosiy kurs asosida O‘zbekiston mintaqaviy xavfsizlikda "oraliq vositachi" va "koordinatsion markaz" vazifasini bajara boshladi. Bu holat O‘zbekistonning mintaqaviy diplomatiyasida xavfsizlik yo‘nalishi tobora markaziy o‘rin egallayotganidan darak beradi.

Strategic Focus: Central Asia
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va razvedka integratsiyasi: mintaqaviy tartibotning yangi paradigmasi tomon - 2 qism

3. KXSHTning faollashuvi.
Toshkentda o’tkazilgan maxsus xizmatlar sammitidan keyin Rossiya boshchiligidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) 2025-yil aprel oyida Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasini mustahkamlashga qaratilgan "Maqsadli Davlatlararo Dastur"ni qayta ishga tushirdi. Bu dastur 2013-yildan beri faoliyat yuritmayotgan edi. KXSHT Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov Dushanbeda dasturning birinchi bosqichini e’lon qildi, ammo bu harakat Rossiyaning mintaqadagi ta’sirining pasayganligini ko‘rsatadi. Chunki dastur 12 yil davomida faol bo‘lmaganligi uchun bunga ishonchsizlik belgisi sifatida qaralishi mumkin.

2024-yilda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon ishtirokida “Birlestik-2024” nomli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu mashg‘ulotlar Rossiya va Xitoy ishtirokisiz o‘tkazilgan ilk mintaqaviy harbiy mashg‘ulotlar bo‘lib, mintaqaviy xavfsizlikda mustaqil harakat qilishga bo‘lgan intilishni ko‘rsatdi.

Markaziy Osiyo davlatlarining razvedka imkoniyatlarini integratsiyalashga bo‘lgan qarori, ikki tomonlama bog‘liqliklardan ko‘ra ko‘proq ko‘ptomonlama tashabbuslarga o‘tishni anglatadi. Bu borada O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev xavfsizlik islohotlarini o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgiladi. O’zbekistonning islohotlari sun’iy intellekt, robototexnika va uchuvchisiz uchish apparatlarini (UUA) o‘z ichiga olgan ilg‘or texnologiyalarni harbiy va razvedka tizimlariga integratsiyalashni o‘z ichiga oladi. Bu, ayniqsa, Afg‘oniston bilan chegaradagi xavflarni aniqlash va oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Qozog‘iston esa o‘zining mudofaa sanoatini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda. Mudofaa Sanoatini Rivojlantirish Jamg‘armasi tashkil etilib, Turkiya, Fors ko‘rfazi davlatlari va Xitoydan investitsiyalar jalb qilinmoqda. Biroq, harbiy xarajatlarning cheklanganligi va ilg‘or texnologiyalarni integratsiyalashdagi qiyinchiliklar Qozog‘istonning tezkor transformatsiyasini cheklashi mumkin.

Tojikiston esa iqtisodiy cheklovlar va Rossiyaga bog’liqlik tufayli xavfsizlik sohasida modernizatsiyani amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Prezident Emomali Rahmon 2025-yil fevral oyidagi murojaatida bu muammolarni tan oldi.

Yana bir etiborli jihati Markaziy Osiyo maxsus xizmatlari rahbarlari sammiti Hindiston-Pokiston o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar boshlangandan keyin o’tkazildi. Agar Hindiston-Pokiston o‘rtasida urush boshlansa, bu bilvosita, ammo sezilarli darajada Markaziy Osiyodagi xavfsizlik muhitiga ta’sir qiladi. Afg‘oniston o‘rta bo‘g‘in sifatida yanada notinch bo‘ladi, va bu fon razvedka integratsiyasini yanada asoslash uchun foydalanilishi ehtimoldan yiroq emas.

Strategic Focus: Central Asia
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va razvedka integratsiyasi: mintaqaviy tartibotning yangi paradigmasi tomon - 3 qism

Afg‘onistondagi “Islomiy Davlat – Xuroson”(ISKP) guruhi Markaziy Osiyo uchun asosiy xavfsizlik tahdidi bo‘lib qolmoqda. 2024-yil mart oyida Moskvadagi Crocus City Hall konsert zaliga uyushtirilgan hujumda ISKP tomonidan Tojikiston fuqarolari ishtirok etganligi aniqlangani ham mintaqadagi xavfsizlikka bevosita aloqadorligi bilani zohlanadi.

ISKPning Afg‘oniston shimolida 5,000 ga yaqin jangchisi mavjud bo‘lib, ular orasida ko‘plab Markaziy Osiyo fuqarolari, ayniqsa tojiklar va o‘zbeklar bor. 2022-yilning mart va aprel oylarida ISKP Afg‘onistonning Sherxon-Bandar yaqinidan O‘zbekistonning Termiz shahri tomon to‘rtta raketa uchirdi. Raketalar shaharga yetib bormadi, biroq bu hujum O‘zbekiston xavfsizlik tizimini hushyorlikka undadi. Shuningdek, Tojikistonning Shamsiddin Shohin tumanidagi chegara posti ISKP tomonidan o‘qqa tutilgani haqida xabarlar bo‘lgan.

Bu voqealar ISKPning nafaqat Afg‘oniston ichkarisida, balki uning tashqarisida — Markaziy Osiyoda ham operatsion salohiyatga ega bo‘lishga harakat qilayotganini ko‘rsatadi. Jangarilar mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan (ishsizlik, diniy savodsizlik, ijtimoiy adolatsizlik)foydalanib, yoshlar orasida radikallashuvni kuchaytirishga urinmoqda va ularni Afg‘onistondagi lagerlarda tayyorlash orqali mintaqaviy barqarorlikka tahdid solmoqda. Bu holat, ayniqsa, Tojikiston va O‘zbekiston uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Afg‘onistondagi beqarorlik, narkotrafik, terrorizm va zamonaviy xavf-xatarlar fonida bu uchrashuv mintaqaviy davlatlar uchun faqat imkoniyat emas, balki zarurat sifatida paydo bo‘ldi. Bu esa mintaqadagi davlatlarning o‘z xavfsizlik arxitekturasini mustaqil, moslashuvchan va integratsiyalashgan shaklda qayta qurishga intilayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Strategic Focus: Central Asia