Strategic Focus: Central Asia
9.61K subscribers
493 photos
72 videos
56 files
1.13K links
Markaziy Osiyo va qo’shni mintaqalardagi asosiy voqealarning tahlilini bizning kanalda kuzating.

✔️Ekspertlar fikri SFCA pozitsiyasini aks ettirmaydi.
✔️Mazmunli fikrlar, aniq xulosalar

Taklif/murojaat uchun: @sfca_admin
Download Telegram
Istanbulda yuzaga kelgani norozilik namoyishlar ortida Isroil va Rossiya turgan bo‘lishi mumkin.

Istanbulda yuzaga kelgan siyosiy taranglik Turkiyaning Suriyadagi pozitsiyasi muttasil kuchayib borayotgani, bu esa Isroilga xavf tug‘dirayotgani hamda Erdog‘anning Putin bilan bo‘lgan telefon muloqotida Qrimni Ukrainaga qaytarish masalasini ko‘targani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

So‘ngi voqealar fonida Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Ahmad Al-Shara Suriyada vaziyatni nazoratga olib, davlatni barqarorlashtirgani Isroil uchun bevosita diniy, xavfsizlik, harbiy jihatdan katta xavf va Katta Isroil loyihasining amalga oshirilishini chippakka chiqarishi mumkin.

Putin bilan muloqotda Erdog‘an Turkiya uchun muhim va Rossiya nazoratiga o‘tishi Turkiya uchun xavfli bo‘lgan Qrimni Ukraina nazoratiga qaytarilishini so‘ragani tabiiyki Rossiyaga yoqimsiz bo‘lgani aniq. Bundan tashqari, Suriyadagi oxirgi voqealar fonida Rossiya o‘zining Yaqin Sharqdagi strategik obyekti bo‘lgan Tartus va Latakiyadagi harbiy bazalaridan ham ayrildi.

Mazkur voqealar fonida Isroil Suriyadagi vaziyatni beqarorlashtirish va o‘zining Katta Isroil loyihasiga zamin yaratishda davom etish uchun,
Rossiya esa Turkiyani Qrim pozitsiyasida “hovuridan” tushirish va Yaqin Sharqdagi muhim strategik ob’ekti bo‘lgan Tartus va Latakiyadagi harbiy bazalarini qaytarib olish maqsadida o‘zaro kelishib Istanbul sobiq meri Akrom Imom o‘g‘lini yashirincha qo‘llab Istanbuldagi noroziliklarni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin, chunki avvaldan Rossiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lib kelayotgan alaviy generallarining ham davlat to‘ntarishiga urinishi ham bejizga emas.

P.S. Erdog‘an o‘z chiqishlarining birida ushbu norozilik namoyishlari chet eldan qo‘llab-quvvatlanayotganini, Akrom Imomog’li rasmiy Ankara bilan kelishuvga erishgan kurdlarni atayin qayta qo’zg’ayotganini ta’kidladi.

K.Rahimov, mustaqil ekspert

Strategic Focus: Central Asia
Forwarded from G’arbiy alyans
Manbalarga ko‘ra, 17 aprel kuni AQSh Parijda urushni yakunlash bo‘yicha bir qator takliflarni taqdim etdi. Asosiy g‘oya — Rossiya nazorati ostida qolgan hududlarni tan olish evaziga o‘t ochishni to‘xtatish.

Nima muhokama qilinmoqda:
— Rossiya hozir nazorat qilayotgan hududlar Kremlning o’zida qoladi;
— Ukrainani NATOga qabul qilish masalasi umuman ko‘rib chiqilmaydi — hozircha muzlatiladi;
— Kelishuv bo‘lsa, G‘arb Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalarni bosqichma-bosqich olib tashlaydi va muzlatilgan aktivlarni qisman qaytaradi;
— Tinchlikparvar kuchlar bo‘lishi mumkin, faqat BMT sha’feligida;
— Har ikki tomon o‘zaro da’volardan, jumladan reparatsiyalardan voz kechadi;
— Ukraina chegaraga 50 km dan yaqin joyda yirik harbiy kuchlar joylashtira olmaydi — faqat chegara qo’shinlari.

Diplomatik ma’lumotlariga ko‘ra, Putin amalda nazorat qilayotgan hududlardan (Xerson, Zaporojye, Donetsk va Luganskning bir qismlari) boshqa barcha da’volardan voz kechishga tayyor. Biroq Kreml uchun eng muhimi — ushbu hududlar, kamida Qrim, ko‘pi bilan esa nazorat ostidagi barcha hududlar Rossiya tarkibida rasmiy tan olinishi kerak.

Agar Kiyev bu shartlarni qabul qilmasa, Vashington “o‘yindan chiqadi” — keyin esa bu Yevropa uchun jiddiy bosh og‘rig‘iga aylanadi.

Shu bilan birga, Zelenskiy Vashington takliflariga qat’iyan qarshi.

G’arbiy alyans
Xabarlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Ukraina Prezidentining Ofisi rahbari Andrey Yermakka ultimatum qo‘ydi: agar yaqin kunlarda vaqtinchalik sulh boshlanmasa, AQSh harbiy yordamni to‘liq to‘xtatadi va Ukrainaga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha auditni boshlaydi.

Davlat kotibi Rubio Yermak bilan qisqa, ammo, ehtimol, qat’iy suhbat o‘tkazdi. Shundan so‘ng, Kiyev pozitsiyasini o‘zgartirib, kelasi haftada Londonda masalani muhokama qilishga rozilik bildirdi.

Bu nimani anglatadi:

Birinchidan, AQSh cho‘zilib ketgan urushdan charchagan va mojaro ustidan “pauza” olishni istamoqda.

Ikkinchidan, moliyaviy yordam Kiyevga bosim vositasiga aylanyapti.

Uchinchidan, asosiy qarorlar endi Kiyevda emas, G’arb poytaxtlarida (asosan London) qabul qilinmoqda.

Taxminlarga ko’ra, agar Kiyev vaqtinchalik sulh variantidan voz kechsa, harbiy bosim faqat kuchayadi. Bunday holatda Zelenskiy: a) chaqiruv yoshini 19–20 yoshgacha tushiradi; b) ayollar mobilizatsiyasi kengayadi; c) armiyaning jangovar salohiyatini yana bir yilga cho‘zishga urinadi.

Fikrimizcha, katta ehtimol bilan “pauza” umuman bo‘lmasligi mumkin, urush esa davom etadi.

Strategic Focus: Central Asia
Yevropa AQShning o’rnini egallay oladimi?

M.Bobojonov, mustaqil tadqiqotchi

Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan global iqtisodiy tizim chuqur o‘zgarish davrini boshdan kechirmoqda. AQSh — ushbu tizimning an’anaviy yetakchisi — tobora ko‘proq global muvofiqlashtiruvchi rolidan voz kechayotganini ko‘rsatmoqda, ayniqsa Donald Trampning hokimiyatga qaytishi fonida. Shu sharoitda asosiy savol yuzaga chiqmoqda: Yevropa mustaqil tarzda xalqaro huquq, institutlar va barqarorlikni saqlash tashabbusini qo‘lga olishi mumkinmi?

Ekspertlar fikricha, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya — AQShning global iqtisodiy arxitekturasining kafili sifatidagi o‘rnini egallashga qodir yagona subyektlardir. Yevropa Ittifoqi dunyo YaIMining 18%ni tashkil qiladi, xalqaro miqyosda muhim o‘rin tutuvchi ikkinchi zaxira valyutaga — yevroga ega (20%), kuchli institutlar va xalqaro hamkorlik tarmoqlari bilan ajralib turadi. Biroq, birgalikda harakat qilish uchun zarur bo‘lgan siyosiy iroda hanuz zaif: a) yevrozona va unga kirmagan davlatlar o‘rtasidagi tafovutlar; b) Xitoyga nisbatan turlicha yondashuv; c) AQSh sanksiyalariga bo‘lgan turli darajadagi sezuvchanlik — bularning barchasi oldinga harakatni sekinlashtirmoqda.

Buyuk Britaniya esa, Yevropa Ittifoqidan tashqarida qolgan holda, uchta kuch markazi — Yevropa, AQSh va Xitoy o‘rtasida muvozanat saqlashga urinmoqda. Starmer hukumati, parlamentdagi ko‘pchiligiga qaramay, populistik Reform UK partiyasi fonida elektoratni yo‘qotishdan cho‘chib, ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda. Shu bois Londonning strategiyasi — tanlov qilish emas, balki uchala tomon bilan iloji boricha yaxshi aloqalarni saqlab qolish. Ammo bu “ko‘pvektorli” yondashuv tobora barqarorlikdan uzoqlashyapti. Ayniqsa savdo sohasida Yevropa Ittifoqi bu siyosatni tobora shubha bilan qarshi olmoqda — Britaniya AQSh tariflariga nisbatan simmetrik choralar ko‘rmasdan, Brussel va Vashingtondan imtiyozlar kutmoqda.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqida tizimli islohotlar uchun sharoitlar shakllanmoqda: YI prezidenti Ursula fon der Lyayen va yangi hukumatlar (xususan Germaniyada) deregulatsiya, birgalikdagi mudofaa va sanoat investitsiyalari kun tartibini ilgari surmoqda. Germaniya allaqachon infratuzilma uchun 500 milliard yevrolik jamg‘arma yaratish, shuningdek, harbiy xarajatlarni qarz cheklovlaridan chiqarib tashlash qarorini qabul qildi. Yevropa Ittifoqi yagona moliya bozorini yaratish, sun’iy intellekt, kosmik soha va avtomobilsozlikdagi raqobatbardoshlikni kuchaytirish yo‘lida harakat qilmoqda — aynan shu sohalarda u AQSh va Xitoydan ortda qolmoqda.

Biroq shunga qaramay, Yevropa ochiqchasiga transatlantik ittifoqqa sodiqligini namoyon etishda davom etmoqda. Hatto Tramp ma’muriyatining qadriyatlar, xavfsizlik va savdo borasidagi qarama-qarshi pozitsiyalariga qaramay, biror yevropalik lider Vashingtonni ochiq tanqid qilmayapti. Bu ikkiyuzlamachi yondashuv qo‘rquv bilan izohlanadi: Yevropa elitasi AQSh bilan ochiq uzilish xavfli ekanini tushunadi, biroq allaqachon o‘ziga xos mustaqil kurs bo‘yicha ichki ssenariylar ustida ishlashni boshlagan.

Yevropa Ittifoqi uchun eng jiddiy xatarlardan biri — Rossiyaga tegishli Yevropadagi muzlatilgan aktivlarni musodara qilish ehtimoli. Bunday harakat yevroning zaxira valyuta sifatidagi obro‘siga jiddiy zarba bo‘ladi. Ukrainani qo‘llab-quvvatlash muhim, ammo bu yevropaliklar huquqiy tizimi va moliyaviy barqarorligiga bo‘lgan ishonch evaziga bo‘lmasligi kerak.

Buyuk Britaniya esa, o‘z navbatida, izolyatsiyaga tushib qolish xavfi ostida. “Hamma bilan yaxshi bo‘lish” siyosati oqibatida London na Yevropa bilan barqaror aloqalar, na AQSh bilan ishonchli bitimga erishishi mumkin. Eng yomoni, bunday ikki tomonlama o‘yin barcha hamkorlar nazarida ishonchsizlik uyg‘otishi mumkin. Brussel hozirda Londonni Yevropa xavfsizligi va mudofaasiga qisman jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, biroq buning uchun Britaniyadan aniq pozitsiya va ikkiyoqlamalilikdan voz kechish talab qilinmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
Strategic Focus: Central Asia
Yevropa AQShning o’rnini egallay oladimi? M.Bobojonov, mustaqil tadqiqotchi Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan global iqtisodiy tizim chuqur o‘zgarish davrini boshdan kechirmoqda. AQSh — ushbu tizimning an’anaviy yetakchisi — tobora ko‘proq global…
Davomi

Shu tariqa, Yevropa va Buyuk Britaniya muhim tanlov yoqasiga kelib qoldi. Yevropa geoiqtisodiy zarbani o‘zining subyektivligi va yetakchiligini mustahkamlash uchun imkoniyat sifatida ishlatishi mumkin, biroq buning uchun ichki qarama-qarshiliklarni yengish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va yangi reallik haqida ochiq gapirish zarur.

Buyuk Britaniya esa tanlashga majbur: muvozanat saqlashga urinishni davom ettirishmi yoki Yevropa bilan yanada yaqin va pragmatik yaqinlashuv uning uzoq muddatli manfaatlariga mos kelishini tan olishmi.

Strategic Focus: Central Asia
Investitsiya yoki biznes yuritish uchun tijorat obyekti kerakmi? 

Space Property bilan investitsiya kiritish yoki obyektingizni sotish mumkin.

Kompaniya 1000 m² dan boshlab zarur maʼlumotlarga ega obyektlarni to‘pladi:

– maydoni va xarakteristikasi;

– asosiy afzalliklari;

– biznes uchun mo‘ljali va salohiyati.

Telegram-kanalimizda tanishib chiqishingiz mumkin:
https://t.me/space_property
Vatikan va Eron yashirin ittifoqchi ekanligini bilasizmi?

Rim, 2025-yil 19-aprel. Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha Amerika–Eron muzokaralari Rimda o’tkazilayotgani hammaga oddiy tuyulishi mumkin, ammo bu yerda chuqur ma’no bor: Vatikan katoliklari har doimgidek sunniy rejimlar va Isroilning sionistik manfaatlariga qarshi Eronlik shialarga yon bosmoqda. Bu sir emas, balki yillar osha davom etib kelayotgan, lekin odatda tilga olinmaydigan fakt.

Katoliklar va shialar o‘rtasidagi aloqalar tarixi asrlarga borib taqaladi. Salib yurishlari davridayoq katolik cherkovi Yaqin Sharqda ittifoqchilar izlagan, va shialar, diniy ozchilik sifatida, ko‘pincha sunniy xalifaliklarga qarshi tabiiy hamkor sifatida qaralgan. Bundan tashqari, XVI asrda Rim papasi elchilari Safaviylar bilan Usmoniylarga qarshi ittifoq tuzishga harakat qilgan. Bugun ham bu an’ana yashab qolgan: Vatikan Eronda nafaqat Saudiya Arabistoni kabi sunniy monarxiyalarga nisbatan geosiyosiy muvozanatni, balki Falastindagi nasroniylarning ahvolini og‘irlashtirayotgan Isroilning sionistik siyosatini jilovlaydigan kuchni ko‘radi.

Nega katoliklar har doim shialarni qo‘llab-quvvatlaydi? G‘arbga qarshi ritorikasiga qaramay, Eron Livan, Suriya va o‘z hududidagi nasroniy jamoalarni himoya qiladi. Sunniy rejimlar esa ko‘pincha nasroniylar xavfsizligiga tahdid soladigan radikal oqimlarga yo‘l ochib bergan (masalan, Saudiya Arqbistoni). 2016-yilda Papa Fransisk va Eron prezidenti Ruhoniy o‘rtasidagi uchrashuv — bu qadimiy do‘stlikni tasdiqlovchi voqealardan biri, o‘shanda Vatikan Tehronni G‘arb bilan muloqot qilishi uchun “fotiha” berdi.

Rimdagi muzokaralarda AQSh Eronga bosim o‘tkazayotgan bir paytda, Vatikan odatdagidek sahna ortida vositachilik rolini bajarmoqda. Katoliklar shialarga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovini baland ovozda e’lon qilmaydi, ammo hamma biladi: bu o‘yinda katoliklar doimo Tehron tomonida — sunniy monarxiyalar va sionistik ambitsiyalarga qarshi. Bu tarixan shunday bo‘lgan, hozir ham shunday.

Nega bu haqida sukut saqlanadi? Yoki siz ham bu hammasi shunchaki “katta o‘yin”ning bir qismi deb hisoblaysizmi?

@erontahlili
“Dovud koridori” va Usmoniylar imperiyasi 2.0: Yaqin Sharqdagi yangi geostrategik to‘qnashuv

K.Ametov, mustaqil ekspert

Isroilning “Buyuk Isroil” loyihasi nafaqat siyosiy yoki harbiy, balki mafkuraviy asosga ega bo‘lgan milliy strategiyadir. Mazkur tashabbus mamlakat ichidagi ikki asosiy sivilizatsion guruh — sekulyar xavfsizlikparastlar va mistik-messianistik doiralar tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanmoqda. Birinchi guruh uchun bu — chegaralarni xavfsiz tarzda kengaytirish vositasi bo‘lsa, ikkinchisi uchun — “Mashiah” kelishiga tayyorgarlik va “bashariyatning yakuniy jangiga” tayyorgarlikdir.

Isroilning strategik manzarasi o‘zgarmoqda: shimoliy xavfsizlik chizig‘i Golan tepaliklaridan Suriyaning Dera, Suveyda va Kunaytra viloyatlarigacha kengaytirilmoqda. Bu — Damashq atrofida Isroil bufer zonasining paydo bo‘lishini anglatadi.

Bu kontekstda “Dovud koridori” loyihasi — Isroilning Suriya janubidan Deyr-az-Zor mintaqasigacha cho‘ziluvchi strategik yo‘lakni shakllantirish rejasidir. Loyiha bir necha strategik vazifani hal qiladi:

1. Eron va “qarshilik o‘qi”ni Suriya va Livan orqali Isroilga yaqinlashishdan to‘sadi.

2. Shimolda keng bufer hudud yaratadi va Golan tepaliklari ustidan doimiy nazoratni kafolatlaydi.

3. Kurd ittifoqchilarini mustahkamlaydi, ular esa turk va boshqa harbiy guruhlar bilan dushmanlikda.

4. Isroilni neft masalasida o‘z-o‘zini ta’minlaydigan davlatga aylantiradi, bu esa uni Ozarbayjon, Arab dunyosi, Turkiya, Qizil dengiz va Suvaysh kanali trassalaridan mustaqil qiladi.

5. Iordaniyani Suriyadan kirib kelayotgan harbiylar ta’siridan himoya qiladi.

Ammo bu loyihaning asosi — kurd omili — Turkiya uchun qizil chiziq hisoblanadi. Aynan shu yerda Isroilning shia-sunniy tahdidini bartaraf qiluvchi geostrategiyasi Turkiya yetakchiligidagi potensial sunniy ittifoqqa yangi hayot baxsh etishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, Eronga asoslangan “qarshilik o‘qi” o‘rniga Turkiya rahbarligidagi “sunniy front” vujudga keladi.

Turkiya va Isroil bugungi kunda hamkorlik qilayotgani (Ozarbayjon orqali neft-savdo va qurol texnologiyalari almashinuvi) vaziyatning murakkabligini ko‘rsatadi. XX asrning 30-yillaridagi SSSR va Germaniya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik qanday urush bilan yakun topganini esga olsak, bugungi yaqin hamkorlik ertaga geosiyosiy to‘qnashuvga aylanishi ehtimoldan xoli emas.

Xulosa qilib aytganda, Yaqin Sharqda ilk bor “Buyuk Isroil” konsepsiyasi bilan “Usmoniy imperiyasi 2.0” loyihasi strategik kesishuvga kelmoqda. “Dovud koridori” — bu shunchaki harbiy loyiha emas. Bu — yangi geopolitik arxitektura va aynan shu nuqtada Isroil o’z kelajagi uchun Eron emas, Turkiya bilan yuzma-yuz keladi.

Strategic Focus: Central Asia
Erondagi Islom inqilobi buyurtmachisi Parij bo‘lganmi? Faktlar, sabablar, natijalar va oqibatlar.

A.Abdulazizov, mustaqil ekspert

1979-yilgi Eron Islom inqilobining “buyurtmachisi” sifatida Parij yoki umuman Fransiyani ko‘rsatish masalasi hali ham taxminlar va geosiyosiy ssenariylar doirasida muhokama qilinmoqda. Akademik doiralarda bunday nazariyani tasdiqlovchi aniq dalillar yo‘q, biroq bu masala Yaqin Sharqdagi G‘arb davlatlarining roli kontekstida muhim tahliliy mavzulardan biridir.

1978-yilda Eron shialarining yetakchisi — oyatulloh Ruhulloh Xumayni Iroqda surgunlikda bo‘lganidan so‘ng, Fransiyaning Parij yaqinidagi Nofl-le-Shato qishlog‘iga joylashdi. 1978-yil oktabrdan 1979-yil fevraligacha u bu yerda siyosiy boshpana ostida yashadi. Fransuz hukumati Xumaynining shohga qarshi faoliyatiga to‘sqinlik qilmadi: u erkin ravishda xalqaro matbuot bilan aloqada bo‘ldi, audiomurojaatlar yozdi va ularni Eron aholisi orasida tarqatdi. Hatto, 1979-yil 1-fevral kuni Xumaynini Tehronga olib kelgan samolyot xavfsizligini ta’minlash uchun Fransiya rasmiy kafolat so‘ragan.

Ayrim manbalarga ko‘ra, Nofl-le-Shatoda AQSh Davlat departamenti vakillari va Xumayni o‘rtasida maxfiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan. Bu uchrashuvlarda kommunistlar tomonidan hokimiyatni egallab olish ehtimoli va yangi tuzumning G‘arbga nisbatan siyosati muhokama qilingan. Fransiya, NATO a’zosi sifatida, ushbu aloqalardan xabardor bo‘lgan bo‘lishi yoki Xumayniga imkon yaratish orqali bu jarayonga bilvosita hissa qo‘shgan bo‘lishi mumkin. Biroq inqilobni bevosita uyushtirishda Fransiyaning faol ishtirok etganini ko‘rsatuvchi aniq dalillar yo‘q.

1970-yillarda Fransiya Yaqin Sharqda AQSh va Britaniyaga raqib sifatida o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilgan. Shoh Muhammad Rezo Pahlaviy davridagi Eron — AQShning muhim ittifoqchisi bo‘lib, bu holat Parijni qoniqtirmagan bo‘lishi mumkin. Fransiyaning Eron bilan neft va atom sohasida hamkorlik shartnomalari mavjud edi. Rejim o‘zgarishi bu shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish imkonini ochgan bo‘lishi mumkin. Ammo Xumayniga boshpana berilishi — Fransiyaning siyosiy muhojirlarni himoya qilishga doir tamoyillaridan kelib chiqqan, deb qaraladi.

Agar Fransiya bu jarayonga bilvosita qiziqqan bo‘lsa, bu geosiyosiy raqobat, AQSh ta’sirini cheklash va iqtisodiy manfaatlar bilan izohlanishi mumkin. Fransiyaning tarixiy jihatdan inqilobiy harakatlarga nisbatan iliq munosabati bor edi. Ammo Xumaynining teokratik g‘oyalari Parijning sekulyar qadriyatlariga zid edi. Shunday ekan, eng real ssenariy — bu pragmatik neytrallik: Fransiya aralashmadi, biroq to‘sqinlik ham qilmadi.

1979-yil 16-yanvarda shoh mamlakatni tark etdi va 1-aprel kuni referendum orqali Eron Islom Respublikasi e’lon qilindi. Xumayni oliy rahbar sifatida teokratik tizimni joriy etdi. Parijdagi faoliyati uning xalqaro miqyosdagi obro‘sini oshirdi va Eron ichida harakatni muvofiqlashtirish imkonini berdi. Biroq bu holat Fransiyaning inqilobni “zakaz qilganini” isbotlamaydi — u faqat inqilob uchun qulay muhit yaratgan, xolos.

Strategic Focus: Central Asia
Davomi

Inqilobning oqibatlari keng qamrovli bo‘ldi
. Eron uchun bu shariat asosida boshqaruv, ayollar huquqlarining cheklanishi, muxolifatga qarshi repressiyalar (ayrim manbalarga ko‘ra, ilk 5 yilda 9000 dan ortiq odam qatl qilingan) va xalqaro izolyatsiyaga olib keldi. 1980–1988 yillarda Eron-Iroq urushi esa izolyatsiyani yanada kuchaytirdi. Fransiya esa inqilobdan siyosiy yoki iqtisodiy foyda ko‘rmadi: Xumaynining G‘arbga qarshi ritorikasi va AQSh elchixonasining bosib olinishi Parij va Tehron o‘rtasidagi aloqalarni murakkablashtirdi.

Inqilob siyosiy islomning o‘sishiga turtki berdi, radikal harakatlarni ilhomlantirdi va shia-sunniy qarama-qarshiligini keskinlashtirdi, bu esa Saudiya Arabistonining mintaqaviy yetakchiligini shubha ostiga qo‘ydi. O‘sha davrda boshlangan Eron va AQSh o‘rtasidagi tanglik esa hanuz global siyosatga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Parijning inqilob “buyurtmachisi” sifatida talqin qilinishi murakkab tarixiy jarayonlarni soddalashtirib yuboradi. Fransiya Xumayniyga boshpana bergan, ammo bu inqilobni tashkillashtirish degani emas. Geosiyosiy manfaatlar va AQSh bilan raqobat Xumayniy mavqeining mustahkamlanishiga bilvosita ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin, biroq inqilobning asosiy sabablari ichki omillar edi: shoh rejimidan norozilik, repressiyalar, G‘arbona modernizatsiya va iqtisodiy tengsizlik.

Islom inqilobi tarixi shuni ko‘rsatadiki, tashqi o‘yinchilar voqealarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq undan keyingi jarayonlarni to‘liq nazorat qila olmaydilar.

Strategic Focus: Central Asia
⚡️Kuzatuvchilarning maqola/postlari uchun qabul ochiq!

Agar sizda Markaziy Osiyo, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, geosiyosat yoki hozirgi iqtisodiy jarayonlar haqida fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa — biz ularni kanalda chiqarishga tayyormiz.

Strategic Focus: Central Asia kanalida chiqadigan maqolalar: 1) jonli va professional auditoriya e’tiborida bo‘ladi; 2) hamkor kanallarda (@erontahlili, @westalliance) tarqatilishi mumkin; 3) tahririy ko‘mak bilan sifatli ko‘rinishda chiqadi.

Maqola, tahliliy sharh yoki analitik postlaringizni bizga yuboring — fikringizni tinglaydigan platforma bor!

✉️ @sfca_admin

Strategic Focus: Central Asia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from G’arbiy alyans
Kiyev rus-amerika kelishuviga qarshi

Ukraina Prezident Ofisi rahbari Andrey Yermakning Britaniya razvedkasi va Germaniyaning yangi kansleri Merts bilan erishgan kelishuvlari Kiyevning oldindan harakat qilish strategiyasiga jiddiy o‘tganini ko‘rsatmoqda. Yozda 300 ta uzoq masofali Taurus raketalari va yangi havo mudofaasi tizimlari yetkazilishi rejalashtirilgan. Ukraina o‘z mudofaa salohiyatini tezkor ravishda mustahkamlashga harakat qilmoqda, aniqrog’i Puyin va Trampning Saudiya Arabistonidagi sammitidan oldin.

Manbalarga ko‘ra, Kiyevda Moskva va Vashington o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot “qaytmas nuqta”ga aylanishi mumkinligini anglab yetishgan. Ukraina nafaqat qurol olishga, balki ushbu sammitni “buzish” uchun harbiy amaliyotlar o‘tkazishga ham shoshilmoqda — Kiyev xalqaro arxitekturani o‘z ishtirokisiz shakllanishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Xulosa qilib aytganda, Kiyev London va Berlin bilan aloqalarni kuchaytirib, kafillarni izlamoqda va murosaga emas, balki eskalasiyaga tayanmoqda. Ukraina bu tenglamada qolishni xohlaydi — hatto AQSH o‘yinni tark etmoqchi bo‘lsa ham.

G’arbiy alyans
O‘zbekistonlik harbiylar Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida 1-o‘rinni oldi

Mudofaa vazirligi terma jamoasi VIII Xalqaro “Jamoa ruhi” musobaqasida rekord natija qayd etgan. Unda jami 14 ta davlat — O‘zbekiston, Bahrayn, Saudiya Arabistoni (4 ta jamoa), AQSH, Marokash, Xitoy, Iordaniya, Iroq, Turkiya, Maldiv orollari, Shri Lanka, Belarus, Qozog‘iston va Qatardan 17 ta xalqaro jamoa va Pokistonning 14 ta jamoasi bellashdi (umumiy 31 ta jamoa).

Ikkinchi o‘rinni Xitoy, uchinchi o‘rinni Bahrayn jamoasi olgan.

Strategic Focus: Central Asia - LIVE
Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarining ShKTR bo‘yicha ikki xil pozitsiyasi

Jo’rabek Soqiyev, mustaqil ekspert

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) masalasi Markaziy Osiyo (MO) davlatlari bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarda noqulaylik tug‘diruvchi siyosiy mavzu bo‘lib bormoqda. Bu vaziyatni to‘liq anglash uchun avvalo ShKTR tarixi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

ShKTR tarixi va xalqaro maqomi

ShKTR — Kipr orolining shimoliy qismida joylashgan, 1983-yil 15-noyabrda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan de-fakto davlatdir. U faqat Turkiya tomonidan tan olingan. Aslida, Kiprda yillar davomida yunonlar va turklar o‘rtasida etnik ziddiyatlar mavjud bo‘lgan. 1974-yilda Kiprda yunonlar Gretsiya bilan birlashish harakatini boshlaganida, Turkiya orolning shimoliy qismiga harbiy aralashuv qiladi. Natijada orol amalda ikki qismga bo‘linadi: janubda Kipr Respublikasi (yunonlar boshqaruvida), shimolda esa turklar boshqaruvida bo‘lgan hudud.

Bugungi kungacha xalqaro hamjamiyat ShKTRni Kipr Respublikasining ajralmas qismi sifatida ko‘radi. Shu sababli, ShKTRning diplomatik va iqtisodiy aloqalari nihoyatda cheklangan. Biroq Turkiya tomonidan ko‘rsatilayotgan siyosiy va iqtisodiy ko‘mak evaziga u de-fakto davlat sifatida o‘z mavjudligini saqlab kelmoqda.

Turkiya manfaatlari — geosiyosiy va geoiqtisodiy omillar

Turkiya uchun ShKTR nafaqat milliy o‘zlik, balki geosiyosiy va iqtisodiy manfaatlar nuqtai nazaridan ham muhimdir.

Energiya resurslari va iqtisodiy manfaatlar: So‘nggi yillarda Sharqiy O‘rta yer dengizi atrofida yirik tabiiy gaz zaxiralari topilgan. Turkiya bu boyliklarga ShKTR orqali ulush talab qilishga harakat qilmoqda. Bu nafaqat energiya resurslari, balki gaz quvurlari, tranzit yo‘llari va mintaqadagi energiya siyosatida ta’sir kuchi ortishiga xizmat qiladi.

Geosiyosiy va harbiy pozitsiya: Kipr oroli — Yevropa, Osiyo va Afrika chorrahasida joylashgani bois, strategik nuqtada joylashgan. Turkiya bu yerda harbiy mavjudlikni saqlab, mintaqadagi dengiz yo‘llari va xavfsizlik siyosatida faol rol o‘ynamoqda.

TDT doirasida ShKTRni tan olish harakati

Turkiya ShKTRni xalqaro miqyosda tan oldirishda o‘ziga yaqin bo‘lgan davlatlar — xususan, Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) a’zolariga tayanmoqda. So‘nggi yillarda ShKTR TDT yig‘ilishlariga kuzatuvchi maqomida taklif qilinmoqda. Rasmiy Anqara bu orqali ShKTRning xalqaro tan olinuvchanligini oshirishga harakat qilmoqda.

Biroq Markaziy Osiyo davlatlari bu borada sukut saqlamoqda. 2025-yilda Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo sammitida bu masala aniq tilga olinib, ShKTRni tan olmaslikka qaratilgan qat’iy pozitsiya bildirilgan. Bu esa TDT ichida ma’lum darajada yoriqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Turkiya ichki ommaviy axborot vositalarida esa bu holat “Turkiyaga urilgan tarsaki” sifatida talqin qilindi.

MO davlatlarining ehtiyotkor pozitsiyasi — asosli sabablarga ega

MO davlatlari ShKTRni tan olishdan tiyilmoqda. Bunga bir nechta muhim sabablar mavjud:

1. Xalqaro huquqqa zid. BMT Xavfsizlik Kengashining 541 va 550-sonli rezolyutsiyalari ShKTR mustaqilligini noqonuniy deb e’tirof etadi. Tan olish — BMT prinsiplariga zid bo‘lish demakdir.

2. Suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyili. MO davlatlari (ayniqsa, Qozog‘iston, O‘zbekiston) o‘z hududiy yaxlitligini saqlashga katta e’tibor qaratadi. Ajralish harakatlarini qo‘llab-quvvatlash ularga xavfli presedent sifatida ko‘rinadi.

3. Diplomatik muvozanat va neytrallik siyosati. MO davlatlari Turkiya bilan yaqinlikni saqlashga intiladi, biroq G‘arb, Rossiya, Xitoy kabi yirik geosiyosiy o‘yinchilar bilan munosabatlarga putur yetkazishni istamaydi. Shu sababli, ular “tan olmaslik, lekin betaraf turish” pozitsiyasini saqlamoqda.

4. Geosiyosiy bosim va iqtisodiy xavf. ShKTRni tan olish G‘arb davlatlarining bosimiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa sarmoya, savdo va xalqaro yordamlar yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Strategic Focus: Central Asia
Strategic Focus: Central Asia
Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlarining ShKTR bo‘yicha ikki xil pozitsiyasi Jo’rabek Soqiyev, mustaqil ekspert Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) masalasi Markaziy Osiyo (MO) davlatlari bilan Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarda noqulaylik tug‘diruvchi…
Davomi

Xulosa qilib aytsak, Markaziy Osiyo davlatlari ShKTRni tan olish imkoniyatiga ega emas. Chunki: bu xalqaro huquqqa zid; ichki siyosiy barqarorlikka tahdid soladi; diplomatik muvozanatni buzadi; yirik davlatlar bilan aloqalarga putur yetkazadi.

Shu sababli, Turkiya bu masalada MO davlatlari bilan munosabatlarni ziddiyatga olib bormasdan, alternativ strategiyalar ishlab chiqishi zarur. MO davlatlari esa bu borada real siyosiy vaziyatni hisobga olib, ehtiyotkor pozitsiyada qolishga majbur.

21-asr — turkiy xalqlar uchun sinov davri. Bugun shakllanayotgan munosabatlar, keyingi asrning siyosiy arxitekturasini belgilab beradi. Bu esa har bir harakatda ehtiyotkorlik, uzoqni ko‘zlash va o‘zaro hurmatni talab qiladi.

Strategic Focus: Central Asia
Investitsiya yoki biznes yuritish uchun tijorat obyekti kerakmi? 

Space Property bilan investitsiya kiritish yoki obyektingizni sotish mumkin.

Kompaniya 1000 m² dan boshlab zarur maʼlumotlarga ega obyektlarni to‘pladi:

– maydoni va xarakteristikasi;

– asosiy afzalliklari;

– biznes uchun mo‘ljali va salohiyati.

Telegram-kanalimizda tanishib chiqishingiz mumkin:
https://t.me/space_property
Papa Fransisk a’zo bo’lgan Iyezuitlar ordenining totalitar tuzumlarga qanday aloqasi bor?
 
20 asr qonxo‘r diktatorlaridan biri Stalin yoshligida iyezuitlarning usullariga asoslangan Tiflisdagi diniy seminariyada tahsil olgan. U dinni rad etgan bo‘lsa-da, bo‘lajak diktatorning xarakteri, fikrlashi va hokimiyatga yondashuvi aynan shu yerda shakllangan.  
 
Bundan tashqari, fashistik Germaniyaning eng mudhish tuzilmasi – SS asoschisi G.Gimmler katolik edi va u ham iyezuit maktabida ta’lim olgan. U SSni yaratganda Iso jamiyatiga taqlid qilib uni “qora oden” deb atagan. SSda o‘z qasamyodlari, maxfiy iyerarxiya tizimi va elitarlik hamda yopiqlik xususiyati bor edi.

Batafsil: https://t.me/westalliance/818
G’arbiy alyans - AQSh va Yevropa kun tartibidagi so’ngi yangiliklar, dolzarb mavzular bo’yicha chuqur tahlil kanaliga qo’shiling.