AQShdagi O’zbekiston vatandoshlari podkasti kanaliga qo’shilishni tavsiya qilamiz.
Strategic Focus: Central Asia
Strategic Focus: Central Asia
Xorijiy jangarilarning Suriya armiyasiga integratsiyasi va uning oqibatlari
M.Imomov, mustaqil ekspert
AQSH Suriyaning taxminan 3,5 ming nafar sobiq chet ellik jangarilarni (bundan oldin Asad rejimiga qarshi urushgan shaxslar) yangi tashkil etilgan 84-diviziya tarkibiga kiritish rejasini ma’qulladi. Ushbu qaror AQSH prezidentining maxsus vakili Tomas Barak tomonidan tasdiqlandi. Ilgari AQSH chet ellik jangarilarning Suriya kuch tuzilmalarida ishtirok etishiga qarshi bo‘lgan edi. Barakning ta’kidlashicha, yangi hukumatga sodiq bo‘lgan jangarilarning davlat tuzilmalariga integratsiyasi ularning ijtimoiy chetlanishidan ko‘ra afzalroq. Unga ko’ra, bu jarayon beqarorlik xavfini kamaytirishiga xizmat qiladi. AQSH pozitsiyasidagi o‘zgarish, ehtimol, Trampning Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a bilan Ar-Riyodda o‘tkazgan muzokaralari bilan bog‘liq.
Mazkur qadam Markaziy Osiyo uchun uzoq muddatli oqibatlarga ega bo‘lishi mumkin. Chet ellik jangarilarning Suriya armiyasiga qo‘shilishi mamlakatni boshqaruv ostidagi reintegratsiya orqali barqarorlashtirishga urinaniyotgan harakat sifatida talqin qilinmoqda, ammo bu jangarilarning sadoqati, jangovar tajribasi va armiyada radikallashuv xavfi borasida jiddiy savollarni tug‘diradi. Chet ellik jangarilarning asosiy qismi Markaziy Osiyodan chiqqanligi bois, bu qaror mintaqa uchun alohida ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyolik jangarilarning Suriya armiyasiga qo‘shilishi mintaqada xavfsizlik tahdidlarini kuchaytirishi mumkin.
Birinchidan, Suriyada xizmat qilgan, radikallashgan jangarilarning vatanga qaytishi ekstremistik g‘oyalar tarqalishiga va beqarorlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, rasmiy armiyada xizmat qilganlik ularning jangovar tajribasini legallashtirib yuborishi va mahalliy hukumatlar nazoratini murakkablashtirishi mumkin.
Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ayni damda bu kabi shaxslarni kuzatish va xalqaro hamkorlar bilan xavfsizlik sohasida muvofiqlashtirilgan choralarni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Rossiya prezidenti V.Putin: Kiyevdagi noqonuniy rejim terrorchilik tashkilotiga aylanib bormoqda.
Kiyevning homiylari — terrorchilarning ko’makchilari.
Ukrainaga tinchlik kerak emas, Kiyev rejimi uchun hokimiyat odamlardan muhimroq.
Bunday sharoitda nimani muhokama qilish mumkin? Axir, kim ham terrorchilar bilan muzokara olib boradi?

Rossiya prezidenti V.Putin: Kiyevdagi noqonuniy rejim terrorchilik tashkilotiga aylanib bormoqda. Kiyevning homiylari — terrorchilarning ko’makchilari. Ukrainaga tinchlik kerak emas, Kiyev rejimi uchun hokimiyat odamlardan muhimroq. Bunday sharoitda nimani…
M.Imomov: Ukraina tinchlikdan voz kechmagan — unga ultimatum qo‘yildi
Rossiyaning “terrorchilar bilan muzokara qilinmaydi” degan bayonoti — bu uning tinchlik yo‘llaridan butunlay yuz o‘girganini rasman tasdiqlaydi. Ayniqsa bu ikkiyuzlamachilik sifatida namoyon bo‘lmoqda: aynan Rossiya 2022-yilda Istanbul muzokaralaridan chiqib ketgan va mojaro darajasini keskin kuchaytirgan edi. Ukraina esa hech qachon tinchlikdan voz kechmagan — unga tanlov emas, ultimatum taklif qilindi.
S.Pinxasova: Mojaroni harbiy holatda muzlatish — Moskvaning siyosiy taktikasidir
Putinning “Kiyevda gaplashadigan odam yo‘q” degan bahonasi yangilik emas. Ammo aynan Moskva vaziyatni harbiy to‘qnashuv darajasida ushlab turishga intilmoqda va bu orqali siyosiy muloqot imkonini butkul yo‘qqa chiqarmoqda. Bu esa charchatish strategiyasiga asoslangan bo‘lib, hech qanday muqobil yechimni taklif etmaydi.
A.Fayzullozoda: Zo‘ravonlik vositasi bo‘lgan terror — kimdan chiqqani ayon
Agar terrorizmni harakatlar orqali baholaydigan bo‘lsak, infratuzilmalarga ommaviy zarbalar berish, tinch aholi yashaydigan hududlarni yo‘q qilish, soxta “referendum”lar orqali hududlarni bosib olish — bularning bari zo‘ravonlik namunalari bo‘lib, hech qanday tinch yo‘lni anglatmaydi. Aslida kim terror vositalariga tayanayotganini hamma yaxshi biladi.
K.Ametov: Rejim almashishini talab qilish — muzokara emas, tahdid
Putinning “hozirgi Ukraina rahbariyati bilan muzokaralar olib borib bo‘lmaydi” degan bayonoti shuni ko‘rsatadiki, Rossiya faqat rejim almashishidan keyin muloqotga tayyor. Bunday yondashuv esa nafaqat xavfli, balki mojaroni muzlatib turish va murosali yechimlar ehtimolini butunlay yo‘qqa chiqaradi.
K.Akopyan: “Terrorchi” tamg‘asi — urushga mafkuraviy asos yaratish vositasi
Kiyevni tinchlikdan voz kechganlikda ayblab, uni “terrorist” sifatida ko‘rsatish — bu Rossiyaning o‘zini “tinchlikparvar”, Ukrainani esa “buzg‘unchi” sifatida tasvirlovchi ritorik konstruktsiyadir. Bu uslub ichki auditoriyaga voqeani soddalashtirib tushuntiradi, tashqi ittifoqchilar esa bunday harbiy harakatlarni “qonuniy” deb qabul qilishlari mumkin. Ammo bu yondashuv tobora halokatli tus olib, mintaqadagi vaziyatni yanada chuqurlashtirmoqda.

Hokimyat o‘zgarsa ham siyosat o‘zgarmaydi
A.Lukashenkoning iyun boshida Xitoyga qilgan tashrifi so‘nggi yillarda yuqori darajadagi uchrashuvlardan eng “g‘alati”si bo‘ldi. Tashrif nihoyatda yopiq va norasmiy muhitda o‘tdi: odatdagi diplomatik protokolga amal qilinmadi, davlat bayroqlari ko‘rinmadi. Televideniye faqat bir yarim daqiqalik qisqacha lavha bilan cheklandi. Eng e’tiborlisi — Si Szinpin bu uchrashuvdan oldin ikki hafta davomida omma oldida ko‘rinmadi. Bu esa Xitoy siyosatida ichki o‘zgarishlarga ishora qilishi mumkin.
Diplomatik manbalarga ko’ra, Lukashenko Pekinga 2 iyun kuni kelishiga qaramay, Si bilan uchrashuv 4 iyunda bo’lib o’tgan.
Belarus tomoni bu uchrashuvni “do‘stona oilaviy tushlik” deb ta’rifladi. Ammo Xitoy manbalarida Lukashenko Si Szinpinning ismini ham tilga olmagan. Holbuki, bir yil oldin Lukashenko uning yetakchiligini ochiq e’tirof etgandi. Bunday tafsilotlar Xitoy yetakchisining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar yoki uning ehtimoliy ketishi haqida mish-mishlarga sabab bo‘ldi.
Biroq Markaziy Osiyo nuqtai nazaridan asosiy xulosa boshqacha: Pekinda kim hokimiyatga kelishidan qat’i nazar, Xitoyning mintaqamizdagi tashqi siyosiy yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Xitoyda qarorlar qabul qilish tizimi shunday tuzilganki, strategik yo‘nalishlar shaxsdan ustun turadi. Markaziy Osiyo Pekin uchun — geoiqtisodiy yo‘lak, logistika markazi, xomashyo manbai va mintaqaviy barqarorlikning muhim omilidir. Bu manfaatlar Si yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa rahbar davrida ham o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
Mintaqa davlatlari Xitoy bilan munosabatlarni faqat shaxsiy aloqalar orqali emas, balki institutsional, uzoq muddatli va pragmatik mexanizmlar orqali rivojlantirish zarur. Pekinning tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi mumkin, ammo Markaziy Osiyodagi manfaatlarining mohiyati (nazorat, ta’sir va barqarorlik) o‘zgarmaydi.

Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Aziz do’stlar!
Siz, azizlarni va butun musulmon ummatini ulug‘ va muqaddas bayram – Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etamiz!
Bu fayzli kunlarda mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik g‘oyalari qalblarimizda yanada mustahkamlanadi. Qurbon hayiti insonni poklik, sabr-toqat va fidoyilik ruhida tarbiyalaydi, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, har bir xonadonga fayzu baraka, baxt va saodat yor bo‘lsin! Qurbonliklarimiz Yaratganning huzurida qabul bo‘lib, xalqimizning duolari ijobat bo‘lishini tilaymiz.
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
SFCA jamoasi

Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston tomonining ko‘magi bilan bir guruh ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi. 12 kun davomida ular uchun maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturi ko‘zda tutilgan. Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporojye, Sumi, Xmelnitskiy, Lvov va Kiyev shaharlaridan tashrif buyurishgan.
Ukraina Elchixonasining murojaatiga javoban O‘zbekiston tomonining taklifi va to‘liq ko‘magi bilan tashkil etilgan ushbu gumanitar missiya bolalarga ruhiy muvozanatni tiklashga hamda har kungi havo hujumlari va raketa zarbalaridan chalg‘ib dam olishga yordam berishni maqsad qilgan.
Bolalar va ularning kuzatuvchilari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi, shundan so‘ng ular Tyan-Shan tog‘lari etagidagi go‘zal vodiyga yo‘l olishdi. Oromgohdagi kechki qabul samimiy va iliq ruhda tashkil etildi.
Tashrif dasturi juda mazmunli bo‘lib, bu O‘zbekiston davlat organlarining misli ko‘rilmagan darajada jalb etilganidan dalolat beradi. Uni amalga oshirishda mamlakatning deyarli barcha tegishli vazirlik va idoralari ishtirok etmoqda. Har kuni bolalarni “Milliy qadriyatlar kuni”dan tortib, “Sport va salomatlik kuni”gacha bo‘lgan mavzuli tadbirlar, ijodiy tanlovlar va ekskursiyalar kutmoqda.
Bunday kompleks yondashuv O‘zbekiston tomonining ushbu murakkab davrda ukrainalik bolalarga har tomonlama yordam va ko‘mak ko‘rsatishdan chuqur manfaatdor ekanini yaqqol ko‘rsatadi.
Ukrainaning O’zbekiston Respublikasidagi elchixonasi

Qurbon hayiti arafasida O‘zbekiston tomonining ko‘magi bilan bir guruh ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi. 12 kun davomida ular uchun maxsus dam olish va psixologik tiklanish dasturi ko‘zda tutilgan. Bolalar Ukrainaning jangovar…
O’zbekiston tomonining Ukrainaga yordami SFCA ekspertlari nigohida:
A.Fayzullozoda: Toshkent Kiyevni qadrdon hamkor sifatida ko‘radi
Ukrainalik bolalarni qabul qilish tashabbusi — bu shunchaki insonparvarlik yordami emas, balki chuqur hamdardlik va birdamlik madaniyatining ifodasidir. Bu orqali Toshkent Kiyevni uzoqdagi davlat emas, balki qadrdon hamkor sifatida ko‘rayotganini namoyon etdi. O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatini insoniy qadriyatlar asosida qurayotganini yana bir bor isbotladi.
S.Pinxasova: O’zbekiston-Ukraina munosabatlari ham rasmiy, ham xalq-diplomatiyasi asosida rivojlanmoqda
Ukrainalik bolalar tashrifini tashkil etishda O‘zbekistonning deyarli barcha vazirlik va idoralari faol ishtirok etayotgani bu jarayonga jiddiy va tizimli yondashuv borligini ko‘rsatadi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar faqat rasmiy doirada emas, balki xalqona, samimiy asosda rivojlanayotganining yorqin dalilidir.
K.Abdullayev: Toshkent - xalqaro birdamlik va tinchlik tarafdori
Xarkov, Xerson, Zaporojye kabi urushdan jabr ko‘rgan hududlardan kelgan bolalar O‘zbekistonda tinchlik va mehr-muhabbat topayotgani — bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi insoniy aloqalar qanchalik mustahkam ekanining ramziy ifodasidir. Toshkent yana bir bor o‘zini xalqaro birdamlik va tinchlik tarafdori sifatida ko‘rsatdi.

Forwarded from G’arbiy alyans
Xabarlarga ko’ra, Buyuk Britaniya Ukraina uchun 2026-yil apreliga qadar 100 000 dona dron yetkazib berishni va’da qildi. Ta’kidlash joiz, o‘tgan yil Britaniya Ukrainaga atigi 10 000 dona dron yetkazgan edi. Ushbu loyiha 350 million funt sterling (474 million AQSh dollari)ga tushadi va bu Buyuk Britaniyaning joriy yilda Kiyevga 4,5 milliard funt miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish majburiyatining bir qismi hisoblanadi.
G’arbiy alyans
G’arbiy alyans
Forwarded from Eron-Turkiya: tahlil va xabarlar
Gazprom chiqib ketmoqda
Bloomberg xabariga ko’ra,
Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi Turkiyani Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha hub sifatida foydalanish rejasini to‘xtatmoqda. Ushbu loyiha Rossiya gazining Yevropa bozorlariga qayta kirishining bir yo‘li sifatida ko‘rilgan edi. Biroq tahlilchilarga ko‘ra, kompaniya endilikda bu rejani amalga oshirib bo‘lmasligini tan olmoqda. Bunga sabab sifatida a) Turkiyaning cheklangan eksport quvvatlari; b) Anqaraning “Gazprom” bilan birgalikda gaz sotishga tayyor emasligi va d) Yevropa Ittifoqining 2027-yil oxirigacha Rossiya gazini import qilishni taqiqlash bo‘yicha taklifi ko‘rsatilmoqda.
Politico nashriga ko‘ra esa, Rossiya suyultirilgan tabiiy gazining Yevropadagi eng yirik importchilari bo‘lgan Fransiya va Belgiya iqtisodiy sabablarga ko’ra hozircha bu taklifni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortmoqda.
@erontahlili

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qirg’izlar Lenin bilan xayrlashmoqda
7-iyun kuni Qirg‘izistonning aholi soni bo‘yicha ikkinchi yirik shahri — O‘shda, Markaziy Osiyodagi eng yirik Lenin haykali demontaj qilindi. Rasmiylarga ko‘ra, bu faqat “ko‘chirish” bo‘lsa-da, voqeaning mohiyati nafaqat me’moriy, balki mafkuraviy o‘zgarishni ham anglatadi.
Ushbu haykal 1975-yilda shahar va viloyat hokimligi binosi oldida o‘rnatilgandi. Uning olib tashlanishi Qirg‘izistonda kuchayib borayotgan tarixiy merosni qayta ko‘rib chiqish va milliy o‘zlikni mustahkamlashga qaratilgan umumiy tendensiyaga to‘liq mos tushadi.
Bugungi kunda respublikada sovet ramzlari tobora ko‘proq milliy qahramonlar haykallari bilan almashtirilmoqda, ruscha joy nomlari esa asl qirg‘izcha nomlarga o‘zgartirilmoqda. Bu jarayon jamiyatni mustamlakachilikdan tozalashga intilishni, shu bilan birga, tarixiy xotirani mustaqil ravishda shakllantirish istagini aks ettiradi.
Qiziq tomoni shundaki, O‘sh hokimiyati haykalni olib tashlash “siyosiy harakat emas”, deb bayonot berdi va Rossiyadagi shunga o‘xshash holatlarni misol sifatida keltirdi. Biroq ayni vaqtda Rossiya mutlaqo qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qilmoqda — geosiyosiy izolyatsiya va Ukraina urushi sharoitida mamlakatda sovet “yetakchilari” obrazlari faol tiklanmoqda. Masalan, yaqinda Vologda viloyatining o’zida Iosif Stalin haykalining ikkinchisi o‘rnatildi.
Demak, O‘shdagi Lenin haykalining demontaji oddiygina estetika yoki shaharning obodonlashtirilishi bilan bog‘liq emas. Bu — postsovet davlatlarida o‘zlikni qayta anglash va ramziy suverenitet sari intilishni aks ettiruvchi siyosiy-madaniy ishoradir.

Tolibon dronlari: Yevroosiyodagi tahdidlarning yangi bosqichi
H.Baxriyeva, mustaqil ekspert
Radikal harakatlarning uchuvchisiz uchish apparatlarini (dronlarni) rivojlantirishi mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik tizimi uchun yangi tahdid shakllanayotganidan dalolat beradi. Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, Tolibon Rossiya, Xitoy, Turkiya, Belarus va boshqa davlatlardan jalb etilgan mutaxassislar yordami bilan kamikadze dronlarini ishlab chiqish dasturini yo‘lga qo‘ygan. Yangi dronlar Afg‘onistondagi sobiq G‘arb harbiy bazalarida ishlab chiqilmoqda va ular allaqachon chegara orti hujumlarida qo‘llangan (Pokiston).
Radikal tuzumning texnologik institutsionalizatsiyasi
Xabarlarga ko‘ra, Tolibon tomonidan Britaniya maxsus kuchlari ishlatgan Logar viloyatidagi SAS bazasi hamda AQSHning Camp Phoenix bazasi dronlarni sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarish markazlariga aylantirilgan. Shu tarzda, avval terrorizmga qarshi kurashga xizmat qilgan infratuzilma endilikda uning rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Bu vaziyat postkonflikt muhitida xalqaro nazoratning yo‘qligi sababli radikal tuzumlarning texnologik jihatdan mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi.
Kadrlar va intellektual salohiyat
Dronlar Afg‘onistonda NATO davrida texnik ta’lim olgan mahalliy muhandislar hamda xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ishtirokida ishlab chiqilmoqda. Ayrim muhandislarning global terror tarmoqlari bilan aloqasi borligi aytilmoqda. Masalan, Britaniya razvedkasi avval MI6 bilan hamkorlik qilgan, endilikda esa Tolibon tomonidan yollanmoqchi bo‘lgan muhandis haqida ogohlantirmoqda. Shunday qilib, loyiha turli manbalardan ozuqa olayotgan kompleks kadr salohiyatiga ega.
Tizimli tahdidlar
Tolibonning dron dasturi bir necha muhim xavf manbalarini yuzaga chiqarmoqda:
1) Mintaqaviy beqarorlikning kuchayishi: dronlar Pokistan harbiylariga qarshi ishlatilgani haqidagi xabarlar mintaqaviy xavfsizlik uchun jiddiy tahdiddir.
2) Radikal kuchlarning texnologik mustaqillikka erishishi: MQ-9 Reaper va Shahed-136 kabi dron modellarining nusxasi orqali Tolibon strategik qurollanish bosqichiga o‘tyapti.
3) Texnokratik transchegaraviy tarmoqlarning shakllanishi: xorijlik mutaxassislarning jalb qilinishi Tolibonning xalqaro darajada harbiy texnologiyalarga kirish imkonini ko‘rsatadi.
4) Harbiy texnika eksporti ustidan xalqaro nazoratning zaiflashuvi: Xitoy va Turkiyadan dron qismlarining xarid qilinishi mavjud nazorat mexanizmlarining samarasizligini ko‘rsatmoqda.
Geosiyosiy oqibatlar
Radikal kuchlarning texnologik qurollanishi Yevroosiyodagi an’anaviy xavfsizlik arxitekturasini yemirmoqda. Rasmiy jihatdan Tolibonni tan olmagan, biroq amalda uning texnologik loyihalariga to‘sqinlik qilmayotgan davlatlar ushbu tendensiyani kuchaytirmoqda.
Shu munosabat bilan, ushbu tahdidga qarshi quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rish zarur:
Birinchidan, Afg‘onistondagi harbiy infratuzilmalar ustidan razvedka monitoringini qayta yo‘lga qo‘yish.
Ikkinchidan, Tolibonning dron dasturini qo‘llab-quvvatlayotgan uchinchi davlatlarga nisbatan sanksiyalar va cheklov choralarini ko‘rish.
Uchinchidan, radikal texnologik markazlarni kiber va logistika jihatdan izolyatsiya qilish bo‘yicha xalqaro mexanizmlar yaratish.
To’rtinchidan, dronlar kabi yuqori texnologiyalarning terror guruhi qo‘liga o‘tishini monitoring qilish uchun ekspert platformalari tashkil etish.
Tolibonning dron-texnologiyalarini ishlab chiqish loyihasi bu harakatning faqat mudofaa salohiyatini oshirishga qaratilgan qadam emas, balki yangi turdagi tahdidlarning shakllanishini bildiradi. Xalqaro nazorat institutlari zaiflashib borayotgan, mojarolar esa texnologik darajaga ko‘tarilgan bir davrda, bunday loyihalar global xavfsizlikni jiddiy xavf ostiga qo‘ymoqda. Mazkur tahdidga qarshi kurashda faqat tizimli, hamkorlikka asoslangan va oldini olishga yo‘naltirilgan strategiyalar samarali bo‘lishi mumkin.

Forwarded from MAXFIY DAFTAR
Putin davridagi Rossiya: suverenitet uchun kurash
Rossiya endi 1990-yillarning og‘ir davrini ortda qoldirib, kuchga asoslangan yangi siyosatni olib bormoqda. Bugungi kunda Moskva o‘zini faqat mintaqada emas, balki AQSh kabi kuch markazlariga ham qarshi tura oladigan davlat sifatida ko‘rsatmoqda. Putin G‘arb demokratlashtirish shiori ostida Rossiya ichki ishlariga aralashib, uni zaiflashtirishga, ayniqsa milliy va diniy nizolarni qo‘zg‘atishga urinayotganini ta’kidlaydi.
Kremlning yangi strategiyasi postsovet hududida, ayniqsa Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan. Putin iqtisodiy birlashuv va milliy xavfsizlik o‘zaro bog‘liq tushunchalar ekanini ta’kidlaydi. Rossiya Yevropada Sovuq urushdan keyingi xavfsizlik tizimlari o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, deb hisoblaydi.
Shunga qaramay, tashqi siyosatdagi o’ziga ishonch ortida jiddiy muammolar mavjud. Rossiya iqtisodiyoti hali ham asosan neft va gazga bog‘liq, sanoat esa texnologik jihatdan yetakchi davlatlardan orqada qolmoqda. Ichki barqarorlik saqlanayotgan bo‘lsa-da, davlat tizimi tashqi zarbalarga nisbatan zaif va mo‘rt tuzilmaga ega.
NATO va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar ishonchsizlik asosida shakllanmoqda. Rossiya G‘arb tizimiga qo‘shilishga intilmayapti va energiya resurslarini qo‘shni davlatlarga siyosiy bosim vositasi sifatida ishlatmoqda. Ba’zi postsovet davlatlariga gaz va neft yetkazib berishni to‘xtatish tahdidi ochiqchasiga ilgari surilmoqda.
Global xavfsizlik tizimi yomonlashib borayotgan bir paytda, AQSh Raketalar bo’yicha bitimidan chiqib, Yevropada raketaga qarshi tizim o‘rnatishga kirishdi. Rossiya buni o‘z milliy xavfsizligiga tahdid deb biladi. AQSh esa bu choralarni “terrorizm” va “xavfli rejimlar”ga qarshi himoya deb asoslaydi. Ammo hozirgi kunda AQShni strategik jihatdan tiyib tura oladigan yagona davlat bu — Rossiyadir.
Xulosa qilib aytganda, Rossiya o‘z suverenitetini himoya qilishga tayyor qudratli davlat sifatida harakat qilmoqda. Biroq uning ichki barqarorligi hanuzgacha iqtisodiy xatarlar va cheklangan modernizatsiya imkoniyatlariga bog‘liq.
Beshikdan qabrgacha ilm izla!

Rossiya va Tolibon dronlari: imperiyaga xos ikkiyoqlama o‘yin
Rossiya Afg‘oniston atrofidagi vaziyatdan yana o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda. Britaniyaning Daily Mail nashriga ko‘ra, Moskva mutaxassislari Tolibon harakatiga harbiy texnologiyalarni o‘zlashtirishda, xususan zarba beruvchi dronlar — jumladan kamikadze tipidagi BPLAlarni yaratishda yordam bermoqda. Bu dronlar hozirda sobiq G‘arb harbiy bazalarida ishlab chiqilmoqda va sinovdan o‘tkazilmoqda.
Aynan shu fonda Rossiyaning mintaqada olib borayotgan yashirin siyosatiga e’tibor qaratish kerak. Bir tomondan, Moskva Markaziy Osiyo davlatlariga Afg‘onistondan xavf tug‘ilayotganini aytib, ularni qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarga va xavfsizlik sohasida yaqin hamkorlikka undamoqda. Ikkinchi tomondan esa — o‘sha xavf sifatida ko‘rsatilayotgan kuchni qurollantirishga ko‘maklashmoqda. Bu klassik geosiyosiy ikkiyoqlama o‘yin: tahdidni kuchaytirish va ayni paytda uning yechimi sifatida o‘zini taklif qilish.
Tolibon haqida qanday ta’riflar yuritilishidan qat’i nazar, asosiy haqiqat — Rossiya uning harbiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shmoqda. Bu esa mintaqa uchun strategik xavfni anglatadi. Chunki chegaramizda yangi harbiy texnologik markaz paydo bo‘lmoqda (bu safar Rossiya ishtirokida va nazoratida).
Rossiya har doimgidek, kuch vositalari orqali ta’sir zonalarini kengaytirishga intilmoqda. Afg‘onistondagi bu “dron siyosati” esa Markaziy Osiyoni yana Moskvaga qaram qilishning yangi usuli bo‘lishi mumkin. Mintaqa yetakchilari bu ikkiyoqlama siyosatni ochiq anglab, har qanday xavfsizlik hamkorligini ehtiyotkorlik bilan baholashlari zarur. Chunki bugun dronlarni taqdim etgan tomon, ertaga xavfsizlik kafolatini sotishga urinishi mumkin.