Strategic Focus: Central Asia
2026-yil 11-sentabrda Husiylarning Bab al-Mandab bo‘g‘ozi va unga tutash hududlarda nazoratni keskin kuchaytirishi Yaqin Sharqdagi harbiy qarama-qarshilikning yangi bosqichini boshlab berdi. Mayyun orolining egallanishi harbiy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga…
Davomi
Ikkinchi, Saudiya Arabistoni bilan bevosita harbiy qarama-qarshilikning kengayishi. Agar Husiylar Saudiya hududidagi energetika obyektlari, portlar yoki neft eksport infratuzilmasiga zarbalarni kuchaytirsa, Ar-Riyodning javob harakatlari ham kengayishi ehtimoli ortadi. Sharq-G‘arb neft quvuriga qilingan dron hujumi va uning vaqtincha to‘xtatilishi bu xavfning amaliy ko‘rinishi bo‘ldi.
Bunday holatda mojaro Yaman hukumat kuchlari va Husiylar o‘rtasidagi ichki frontdan chiqib, Husiylar-Saudiya harbiy qarama-qarshiligiga aylanadi. Saudiya havo kuchlarining Bab al-Mandabga yaqin hududlarga zarbalari kuchayishi, Husiylarning esa bunga javoban Saudiya hududidagi strategik obyektlarga raketa va dron hujumlarini ko‘paytirishi mumkin.
Bu ssenariyning asosiy xavfi – zarbalar geografiyasining tez kengayishidir. Ayniqsa energetika infratuzilmasiga katta zarar yetishi Ar-Riyodni cheklangan operatsiyalardan kengroq harbiy kampaniyaga o‘tishga majbur qilishi mumkin.
Uchinchi, AQShning bevosita harbiy aralashuvi. Hozircha bu ssenariyning ehtimoli past, ammo muayyan harbiy omillar yuzaga kelsa, xavf keskin oshadi. Bunday triggerlar qatoriga AQSh harbiy kemalariga hujum, amerikalik harbiy xizmatchilar orasida katta talafot yoki xalqaro kemachilikka qarshi ommaviy hujumlar natijasida Bab al-Mandabdagi navigatsiyaning amalda izdan chiqishi kiradi.
Bunday vaziyatda AQShning javobi qirg‘oqdagi Husiylar raketa pozitsiyalari, radarlar, dron bazalari va qo‘mondonlik obyektlariga qarshi havo-dengiz zarbalari shaklida bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, AQSh uchun keng ko‘lamli quruqlik operatsiyasiga kirishdan ko‘ra, masofadan turib zarba berish va dengiz kommunikatsiyalarini himoya qilish strategik jihatdan ancha maqbul ko‘rinadi.
Shuning uchun AQShning harbiy ishtiroki kuchaysa ham, dastlabki bosqichda asosiy formula “quruqlikdagi urush emas, masofaviy harbiy bosim” bo‘lishi ehtimol yuqori.
To‘rtinchi, “ikki bo‘g‘oz urushi”ning yagona mintaqaviy frontga aylanishi. Bunda Hormuz va Bob al-Mandabdagi qarama-qarshiliklar bir-biridan alohida emas, balki yagona zanjir sifatida harakat qiladi: Eron Hormuz orqali bosimni kuchaytirsa, Husiylar Bob al-Mandabni yopadi, mintaqadagi eronparast guruhlar esa Saudiya Arabistoni va AQSh manfaatlariga qarshi qo‘shimcha zarbalar beradi.
Mazkur vaziyatda Saudiya Arabistoni, AQSh va boshqa ittifoqchilar tomonidan javob harakatlarining kengayishi ehtimoli ortadi. Natijada Yaman, Qizil dengiz, Fors ko‘rfazi va Iroq bir-biriga bog‘langan yagona harbiy makonga aylanishi mumkin.
Harbiy nuqtai nazardan aynan shu ssenariy eng katta xavfni anglatadi. Chunki har bir tomon alohida frontda cheklangan operatsiya olib borayotgan bo‘lsa ham, ularning umumiy ta’siri mintaqaviy eskalatsiyaning zanjirli mexanizmini yaratadi.
Umuman olganda, hozirgi vaziyatda eng ehtimolli yo‘nalish – Husiylarning Bab al-Mandabdagi harbiy pozitsiyalarini mustahkamlab, selektiv dengiz bosimini davom ettirishidir. Biroq vaziyatning keskin burilish nuqtasi ikkita omilga bog‘liq bo‘ladi: Saudiya energetika infratuzilmasiga katta zarar yetkazuvchi hujum yoki AQSh harbiy kuchlariga bevosita zarba.
Agar shunday trigger yuzaga kelsa, Bab al-Mandabdagi mojaro Yaman doirasidagi lokal qarama-qarshilikdan chiqib, Eron-AQSh–Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kengroq mintaqaviy harbiy qarama-qarshilikning yangi frontiga aylanishi mumkin.
Shu sababli Bab al-Mandab ustidan nazorat uchun kurashning haqiqiy strategik qiymati hududning o‘zida emas. Asosiy masala – ushbu tor dengiz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan harbiy, energetik va savdo oqimlarini kim nazorat qila olishi. Zamonaviy mintaqaviy urushlarda aynan mana shu nazorat tobora kuchli strategik qurolga aylanmoqda.

❤5👍5🔥2
Forwarded from Strategic Focus: Middle East and North Africa
So‘nggi voqealar tahlili shuni ko‘rsatadiki, Yaqin Sharqdagi mojaro yangi bosqichga o‘tmoqda. Xususan, Eronga qarshi bosim tobora mintaqaning strategik energetika va dengiz yo‘llari uchun kurashga aylanmoqda.
Buni Saudiya Arabistonining 1200 km uzunlikdagi neft quvuriga zarba berilishi, husiylarning Yamandagi oldinga siljishi va Bob al-Mandab bo‘g‘ozi markazidagi Mayyun orolini egallashi yaqqol ko‘rsatmoqda. Natijada bir vaqtning o‘zida ikki strategik yo‘nalish - Hormuz va Bob al-Mandabga bosim kuchaymoqda.
Bu jahon energetikasi uchun jiddiy xavf. Saudiya quvuri faoliyati tiklanmasa, Yanbu portidagi zaxiralar atigi 5-7 kun eksportni ta’minlashi mumkin. Shundan so‘ng jahon neft ta’minotining 4 foizigacha xavf ostida qolishi mumkin. Hormuzdagi uzilishlar va kemalarga hujumlar esa global dengiz savdosiga qo‘shimcha bosim bermoqda.
Vashington oldida yangi dilemma paydo bo‘lmoqda: Saudiya Arabistoni va xalqaro kemachilikni himoya qilish kerak, biroq husiylarga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotning qayta boshlanishi AQSh uchun Yamanda yangi front ochishi mumkin.
Ayni paytda Eron qo‘shimcha strategik imkoniyatga ega bo‘lmoqda. Tehron Hormuzni ochish masalasini AQSh talablarining bajarilishi bilan bog‘lamoqda. Oʻmon muzokaralarining qoldirilishi esa diplomatik yechim hali shakllanmaganini ko‘rsatmoqda.
Demak, mojaro endi faqat AQSh-Eron qarama-qarshiligi bilan cheklanmayapti. Kurash tobora neft infratuzilmasi, tankerlar va dunyoning eng muhim ikki dengiz darvozasi - Hormuz va Bob al-Mandab ustidan nazorat uchun kechmoqda.
Agar vaziyat shu tarzda davom etsa, urushning keyingi bosqichini raketa zarbalaridan ko‘ra, neft va kemalar harakatini kim nazorat qilishi belgilashi mumkin.
Z.Aliyeva, SFCA kuzatuvchisi
Strategic Focus: Middle East and North Africa

💯6😱4❤2🔥1
Saudiya Arabistoni Husiylar tahdidi fonida AQSh va Isroil bilan aloqalarni kuchaytirmoqda
Husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumlari va Bob al-Mandab bo‘g‘ozidagi pozitsiyalarini mustahkamlashi Ar-Riyodni AQSh va Isroil bilan harbiy-razvedka hamkorligini kuchaytirishga majbur qilmoqda. Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQShdan Husiylarga qarshi harbiy yordam so‘ragan. Vashington bevosita zarba berishdan hozircha tiyilgan bo‘lsa-da, Ar-Riyodga razvedka va nishonlarni aniqlash bo‘yicha yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.
14-sentabr kuni Muhammad bin Salmon AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari admiral Bred Kuper bilan Jiddada uchrashdi. Shu bilan birga, Isroil ham Saudiya tomoniga Yamandagi Husiylar kuchlari, ularning joylashuvi va ehtimoliy keyingi harakatlari haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim etgani xabar qilinmoqda. Ushbu aloqalar AQSh CENTCOM vositachiligida amalga oshirilgani aytilmoqda.
Biroq bu yerda yana bir muhim geosiyosiy xavotir paydo bo‘lmoqda. Mintaqadagi ayrim davlatlar AQSh Eron va Husiylar bilan alohida kelishuvga borishi mumkinligidan xavotirda. Bunday ssenariyda Vashington mintaqadagi eskalatsiyani kamaytirishi mumkin, ammo Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar Husiylar tomonidan saqlanib qolayotgan harbiy tahdid bilan yolg‘iz qolishi ehtimoli mavjud.
Shu sababli Ar-Riyod uchun Isroil bilan razvedka hamkorligi faqat Husiylarga qarshi taktik choraga emas, balki AQShning Eron bilan ehtimoliy kelishuvi sharoitida qo‘shimcha xavfsizlik kafolatlarini shakllantirishga urinish sifatida ham ko‘rilishi mumkin. Ayniqsa, Isroilning Eron va Hormuz bo‘g‘ozi hududidagi razvedka salohiyati Saudiya uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Saudiya Arabistoni ayni paytda bir vaqtning o‘zida uchta yo‘nalishda harakat qilmoqda: AQShdan harbiy yordam olish, Isroil bilan razvedka almashinuvini kuchaytirish va Husiylarning Bob al-Mandab ustidan nazoratini cheklash. Bu esa mintaqada xavfsizlik arxitekturasi o‘zgarayotganini ko‘rsatadi. Siyosiy jihatdan Saudiya-Isroil normallashuvi hali Falastin masalasiga bog‘langan bo‘lsa-da, xavfsizlik sohasidagi umumiy manfaatlar siyosiy kelishuvdan oldinroq shakllanmoqda.

👎8❤6😁4🔥1
Yaman: Husiylar qanday qilib Saudiya Arabistonining strategik zaifligini ochib berdi?
O.Amonov, SFCA kuzatuvchisi
Yaqin Sharqda kuchlar nisbati o‘zgarayotganini ko‘rsatadigan eng muhim belgilar ba’zan yirik davlatlar o‘rtasidagi urushlarda emas, balki nisbatan kichik harbiy-siyosiy kuchning yirik davlatga qarshi qanday qarshilik ko‘rsatayotganida namoyon bo‘ladi. Yamandagi husiylar aynan shunday fenomenni yaratmoqda. Saudiya Arabistoni 2015-yildan buyon harbiy ustunligi, iqtisodiy salohiyati va tashqi hamkorlariga qaramay, husiylar muammosini kuch ishlatish yo‘li bilan hal qila olmadi.
Bugungi vaziyat esa masalani yanada murakkablashtirmoqda: husiylar Yaman ichidagi qurolli siyosiy harakatdan Qizil dengiz, Bob al-Mandab bo‘g‘ozi va Saudiya Arabistonining energetika infratuzilmasiga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan mintaqaviy aktorga aylanmoqda.
Shu nuqtai nazardan, Saudiya Arabistoni va Yamandagi husiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvni shunchaki mahalliy nizo sifatida baholash yetarli emas. Bu mojaro Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatining qayta shakllanayotganini, mintaqaviy davlatlarning xavfsizlik salohiyatidagi cheklovlarni va Eron ta’siriga qarshi kurashning murakkablashayotganini ko‘rsatmoqda.
Eron bu vaziyatdan Qizil dengizdagi dengiz qatnovini izdan chiqarish va AQSh bilan qarama-qarshilikda dastak sifatida foydalanayotgan bo‘lsa, husiylar esa o‘z navbatida mamlakat ichida hokimiyatni to‘liq mustahkamlashga intilmoqda. Shu bilan birga, husiylar Tehronning oddiy “proksi” guruhi emas: ular o‘z milliy va siyosiy manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yuvchi mustaqil kuch sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Harbiy harakatlar dinamikasi va ichki muxolifatning parchalanishi husiylarning mavqeini yanada mustahkamladi. BAA tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Janubiy O‘tish Kengashi (STC) va Saudiya tomon hukumat o‘rtasidagi keskinlik oxir-oqibat STCning tarqatib yuborilishi va Saudiya lagerining yanada zaiflashishiga olib keldi. Natijada, husiylar Bob al-Mandab bo‘g‘ozi, Perim oroli va strategik muhim portlarni egallab, Qizil dengiz va Saudiya Arabistonining energetika infratuzilmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf solish salohiyatiga ega bo‘ldi. Bu holat Ar-Riyodning 2015-yildan beri davom etayotgan harbiy aralashuvi kutilgan natijani bermaganini va husiylarni harbiy yo‘l bilan mag‘lub etish tobora murakkablashayotganini ko‘rsatmoqda.
Vashingtonning geosiyosiy strategik o‘zgarishlari, xususan, Tramp ma’muriyatining mintaqaviy xavfsizlik mas’uliyatini mahalliy ittifoqchilarga yuklash siyosati Saudiya Arabistonini yangi mudofaa mexanizmlarini izlashga majbur qildi. Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish jarayoni to‘xtab qolgach, Ar-Riyod avvaliga Pokiston bilan, so‘ngra Turkiyani ham jalb etgan holda Makka kelishuvi (Mecca Joint Defense Agreement) deb ataluvchi uch tomonlama blokni shakllantirdi.
Bu uchlik (Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya) kelajakda mintaqada yangi kuchlar muvozanatini yaratish uchun mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin. Biroq u yaqin orada Yamandagi husiylar muammosini harbiy yo‘l bilan hal qila olmaydi, chunki Anqara ham, Islomobod ham Yaman hududida husiylarga qarshi bevosita urushga kirishdan manfaatdor emas.
Prognozlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Yamandagi nizoni asta-sekin siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilish yagona real muqobilga aylanadi. Saudiya Arabistoni va mintaqaviy kuchlar oxir-oqibat husiylarni Yamaning de-fakto hukmron kuchi sifatida tan olishga va hokimiyatni bo‘lishish bo‘yicha uzoq muddatli kelishuvga kelishga majbur bo‘lishlari mumkin. Diplomatik murosa va siyosiy integratsiya orqali husiylarning Tehron bilan aloqalarini bosqichma-bosqich zaiflashtirib, ularni mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasiga mustaqil siyosiy kuch sifatida jalb etish uchun real imkoniyat mavjud.
Shunday qilib, Yamandagi mojaroning asosiy sabog‘i shundaki, zamonaviy Yaqin Sharqda harbiy ustunlikning o‘zi strategik natijani kafolatlamaydi. Husiylar nisbatan cheklangan resurslar bilan geografik joylashuv, mahalliy legitimlik va mintaqaviy raqobatlardan foydalanib, o‘z ta’sirini ancha kengaytira oldi. Endilikda masala husiylarni shunchaki mag‘lub etish emas, balki ularning kuchini mintaqaviy xavfsizlik tizimiga qanday integratsiya qilish va Tehron bilan aloqalarini qanchalik darajada cheklash mumkinligi haqidagi strategik savolga aylanmoqda.

❤6👍5🔥2
Forwarded from Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal
Туркия развкедкаси раҳбари Афғонистонга ташриф буюрди
Афғон манбаларига кўра, Туркия Миллий разведка ташкилоти директори Иброҳим Калин Афғонистонга ташриф буюрган. Иброҳим Калин "Толибон" ҳукуматининг Ички ишлар вазири Сирожиддин Ҳаққоний билан учрашув ўтказгани маълум. Хабарларда айтилишича, Иброҳим Калин яна Кобул ва Қандаҳорда "Толибон" раҳбари Мулла Ҳайбатуллоҳ Охунзода, Бош вазир ўринбосари Мулла Абдулғани Бародар, разведка раҳбари Абдулҳақ Васиқ, Мудофаа вазири Муҳаммад Яъқуб ва бошқа расмийлар билан учрашув ўтказиши мумкин.
Шунингдек, манбаларда Иброҳим Калин билан бирга Кобулга Қатар Миллий хавфсизлик кенгаши бош котиби ўринбосари Ҳамад Хомс ал-Кубайси ҳам ташриф буюрган.
Туркия ва Қатар хавфсизлик масалалари бўйича катта мулозимларининг ташрифидан тахмин қилиш мумкинки, томонлар катта эҳтимол билан Афғонистон ва Покистон ўртасидаги зиддият, хавфсизлик бўйича ҳамкорлик ва ҳозиргача номаълум бошқа масалаларни муҳокама этиши мумкин.
👉@suhrob_buranov👈

❤9👍9👏2🤔1
Forwarded from Jahongir Olimov | Rasmiy
🇷🇺 Rossiyada migrantlarning xorijga pul oʻtkazmalariga soliq joriy etish taklif qilindi
LDPR yetakchisi Leonid Slutskiy chet el fuqarolarining Rossiyadan xorijga yuboradigan pullaridan 5 foiz majburiy yig‘im undirishni taklif qildi. Tashabbus Moliya vazirligiga yuborilgan.
Taklifga ko‘ra, yig‘im banklar va to‘lov tizimlari orqali avtomatik undiriladi va federal byudjetga yo‘naltiriladi. Hozircha bu faqat taklif bo‘lib, uni joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilinmagan.
👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈

👎26😁9😡5
Yaqin Sharqda yangi harbiy-siyosiy konfiguratsiya shakllanmoqda
Eron atrofidagi mojaro davom etayotgan bir paytda Germaniyada AQSh, Isroil va yetti arab davlatining (Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Quvayt, Qatar, Iordaniya va Misr) yuqori martabali harbiy vakillari ishtirokida yopiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari admiral Bred Kuper tashkil qilgan. CENTCOM uchrashuv faktini tasdiqlagan bo‘lsa-da, muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilmagan.
Uchrashuvning asosiy ahamiyati uning rasmiy kun tartibidan ko‘ra, ishtirokchilar tarkibida namoyon bo‘ladi. Bir stol atrofida Isroil va u bilan diplomatik munosabatlarga ega bo‘lmagan ayrim arab davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni va Qatar vakillari yig‘ilgan. Bu esa Eron atrofidagi mojaro mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi harbiy-siyosiy koordinatsiyani jadallashtirayotganini ko‘rsatadi.
Bundan ham muhim jihat - kun tartibining Eron chegaralaridan tashqariga kengayib borayotgani. Ya’ni mojaro tobora Eron-Isroil qarama-qarshiligidan Saudiya Arabistoni–husiylar to‘qnashuviga, Hormuz bo‘g‘ozidan esa Bob al-Mandab bo‘g‘oziga ko‘chmoqda.
Agar Hormuz bo‘g‘ozi Eron bilan bog‘liq inqirozning asosiy strategik nuqtasi bo‘lsa, Bob al-Mandab tobora ikkinchi muhim frontga aylanmoqda. Husiylarning Saudiya Arabistoniga qarshi harakatlarining kuchayishi ushbu yo‘nalishni xalqaro xavfsizlik masalasiga aylantirmoqda.
Bu yerda Isroil-Saudiya Arabistoni aloqalarining ehtimoliy rivojlanishi ham alohida e’tibor talab qiladi. Hozircha ikki davlat o‘rtasida rasmiy diplomatik munosabatlar mavjud emas. Biroq Eron va husiylar omili ularning xavfsizlik manfaatlarini ma’lum darajada yaqinlashtirishi mumkin. AQSh va BAA esa bunday yaqinlashuv uchun vositachi rolini bajarishi ehtimoli ko‘rilmoqda.
Germaniya uchun esa masalaning boshqa bir tomoni bor. Berlin mojaro ishtirokchisiga aylanishni istamasa-da, uning iqtisodiy oqibatlaridan chetda qola olmaydi. Hormuz yoki Bob al-Mandabdagi vaziyatning keskinlashuvi neft narxlari, transport xarajatlari, sug‘urta tariflari va Yevropaga energiya yetkazib berish zanjirlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu sababli Germaniyada AQSh harbiy bazalaridan birida yoki boshqa yopiq maydonda bunday uchrashuvning o‘tkazilgani haqidagi xabarlarning o‘zi ham muhim signal hisoblanadi. Berlin muzokaralarning bevosita ishtirokchisi bo‘lmagan taqdirda ham, AQShning Yevropadagi harbiy infratuzilmasi Yaqin Sharqdagi yangi xavfsizlik arxitekturasi bilan tobora ko‘proq bog‘lanmoqda.
Umuman olganda, mazkur uchrashuv Yaqin Sharqdagi mojaroning geografik va siyosiy chegaralari kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Eron atrofidagi inqiroz endilikda faqat Tehron, Tel-Aviv va Vashington o‘rtasidagi qarama-qarshilik emas, unga Fors ko‘rfazi davlatlari, Yaman, strategik dengiz yo‘llari va Yevropaning energetik manfaatlari ham tobora faol tortilmoqda.

❤8🤔7👍1👎1
Pokiston - Saudiya Arabistoni - Turkiya mudofaa pakti ilk sinovga duch keldi. Husiylar hujumlari fonida Islomobod qanday yo‘l tutadi?
Eron omili, Bob al-Mandab va mojaroning kengayish xavfi - vaziyat qayerga qarab ketmoqda? Sizningcha, bu mojaro qanchalik kengayishi mumkin?
Fikrlaringizni yozib qoldiring. Ertaga ushbu masalani batafsil tahlil qilamiz.
Strategic Focus: Central Asia
Eron omili, Bob al-Mandab va mojaroning kengayish xavfi - vaziyat qayerga qarab ketmoqda? Sizningcha, bu mojaro qanchalik kengayishi mumkin?
Fikrlaringizni yozib qoldiring. Ertaga ushbu masalani batafsil tahlil qilamiz.
Strategic Focus: Central Asia
❤7🔥3
Strategic Focus: Central Asia
Pokiston - Saudiya Arabistoni - Turkiya mudofaa pakti ilk sinovga duch keldi. Husiylar hujumlari fonida Islomobod qanday yo‘l tutadi? Eron omili, Bob al-Mandab va mojaroning kengayish xavfi - vaziyat qayerga qarab ketmoqda? Sizningcha, bu mojaro qanchalik…
7 avgust kuni imzolangan Pokiston - Saudiya Arabistoni - Turkiya mudofaa pakti ilk bor sinovdan o‘tdi. 8 sentabr kuni husiylarning Saudiya Arabistonidagi harbiy va energetika infratuzilmasiga qarshi raketa va dron hujumlari Pokiston va Turkiyaning ittifoqchi sifatidagi real pozitsiyasini kun tartibiga olib chiqdi. Biroq na Islomobod, na Anqara harbiy javob zarbasida qatnashdi. Pokiston mudofaa vaziri mamlakat pakt shartlari bilan bog‘langanini bildirgan bo‘lsa, TIV vakili hozircha husiylarga qarshi bevosita harbiy operatsiya muhokama qilinmayotganini ma’lum qildi.
Shu nuqtada paktdagi asosiy paradoks namoyon bo‘ladi: “Saudiya Arabistonini himoya qilish” va “Yamandagi urushga kirishish” - bir xil tushuncha emas.
Islomobod aynan mana shu chegarani saqlab qolishga urinmoqda. Saudiya hududidagi harbiy va energetika obyektlarini himoya qilishda yordam berish bir masala, husiylarga qarshi Yamanda harbiy kampaniyada qatnashish esa butunlay boshqa masala. Ikkinchi variant Pokistonni nafaqat Yaman mojarosiga, balki Eron bilan bevosita qarama-qarshilikka ham olib kelishi mumkin.
Bu Pokiston uchun eng nozik geosiyosiy nuqta - Eron omilini yuzaga chiqaradi. Ikki davlat qariyb 900 kilometrlik chegara bilan tutashgan va 2024-yil yanvaridagi o‘zaro raketa zarbalaridan keyin munosabatlarni barqarorlashtirishga harakat qilgan. Shu sababli Islomobod uchun Saudiya Arabistonining xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish bilan Tehron bilan keskin qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymaslik o‘rtasidagi muvozanat strategik ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, Pokiston ichidagi mazhablararo omil ham tashqi siyosat hisob-kitoblariga ta’sir qilishi mumkin. Eron bilan munosabatlarning keskinlashuvi mamlakat ichidagi siyosiy va ijtimoiy muvozanatga qo‘shimcha bosim yaratish ehtimolini oshiradi.
Yana bir muhim jihat - Bob al-Mandab. Saudiya Arabistoni iyul oyida husiylarning “blokadaga qarshi blokada” strategiyasiga duch kelganidan so‘ng, dengiz yo‘llarining xavfsizligi yangi ustuvor yo‘nalishga aylandi. Pokiston 30 iyul kuni Ar-Riyodda tuzilgan ko‘p millatli dengiz xavfsizligi tashabbusiga qo‘shildi. Shuningdek, Islomobod AQSh boshchiligidagi Combined Task Force 150 doirasida ham Qizil dengiz va Bob al-Mandab hududidagi dengiz xavfsizligi operatsiyalarida qatnashmoqda.
Demak, Pokistonning ishtiroki allaqachon faqat diplomatik bayonotlar bilan cheklanmayapti. Biroq u hozircha “mudofaa” va “hujum” o‘rtasidagi chegarani saqlashga intilmoqda.
Buning sababi oddiy: Pokistonning xavfsizlik ustuvorliklari Saudiya Arabistoninikidan farq qiladi. Islomobod uchun asosiy harbiy muammo Hindiston, g‘arbiy chegarada esa Afg‘oniston omili mavjud. Saudiya Arabistoni esa o‘z hududi, energetika infratuzilmasi va dengiz yo‘llarini himoya qilishni ustuvor deb biladi. Turkiyaning xavfsizlik kun tartibi esa Suriya, Iroq, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Kavkazni ham qamrab oladi.
Shu bois yangi uch tomonlama mexanizmning asosiy muammosi uning mavjud yoki mavjud emasligida emas, balki “qachon va qanday ishlashi” masalasida.
Uch davlat armiyalari turli harbiy platformalarga tayanadi, tahdidlarni turlicha baholaydi va operatsion ustuvorliklari bir-biridan farq qiladi. Hozircha pakt yagona harbiy qo‘mondonlikdan ko‘ra umumiy mudofaa doirasini belgilovchi ramka sifatida ko‘rinmoqda. Doimiy kotibiyat, razvedka almashinuvi, havo mudofaasi, harbiy obyektlarni himoya qilish va qo‘shma operatsiyalar bo‘yicha mexanizmlar esa hali shakllanish bosqichida.
Eng katta savol esa quyidagicha: agar Saudiya Arabistoniga hujumlar kuchaysa, Pokiston “ittifoqdosh sifatidagi siyosiy birdamlik”dan “amaliy harbiy majburiyat”ga qayerda o‘tadi?
Aynan shu chegara yangi Saudiya - Pokiston - Turkiya xavfsizlik uchburchagining haqiqiy mazmunini belgilashi mumkin. Hozircha esa Islomobodning asosiy strategiyasi urushga qo‘shilish emas, balki ittifoqchilik majburiyatlarini saqlagan holda mintaqaviy eskalatsiyaning oldini olishga qaratilgandek ko‘rinmoqda.

👍6❤4🔥2
“O‘rta davlat” sindromi: Turkmanistondan Markaziy Osiyoga signalmi?
News Central Asia saytida T.Saidining xalqaro munosabatlarda tobora ko‘proq ishlatilayotgan “o‘rta davlat” (middle power) tushunchasi tanqidiy tahlil qilingan maqolasi chiqdi.
Saidi fikricha, “o‘rta davlat” maqomi xalqaro miqyosda rasman belgilanmagan bo‘lib, ko‘p jihatdan davlatlarning o‘zini o‘zi shu maqomda namoyon etishiga asoslanadi. Bunday yondashuv ayrim hollarda “o‘rta davlat sindromi” ni yuzaga keltirishi mumkin, deb yozadi muallif.
Ekspertga ko‘ra, davlatning xalqaro maydondagi diplomatik ambitsiyalari bilan mintaqadagi qo‘shnilar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkin. Davlat o‘zini mintaqaviy kuch yoki alohida geosiyosiy markaz sifatida ko‘rsatgan sari, qo‘shni mamlakatlar buni yetakchilik emas, balki mintaqada o‘ziga xos ierarxiya o‘rnatishga urinish sifatida qabul qilishi mumkin.
T.Saidining ta’kidlashicha, buning natijasida qo‘shni davlatlar o‘z tashqi aloqalarini diversifikatsiya qilishga, muqobil sheriklar izlashga va ayrim hollarda mintaqaviy tashabbuslarni alohida shakllantirishga intilishi mumkin.
Shuningdek, bir nechta davlat bir vaqtning o‘zida yuqori mintaqaviy maqomga da’vogarlik qilgan sharoitda transport yo‘laklari, infratuzilma loyihalari, savdo va xavfsizlik tashabbuslari hamkorlik vositasidan ta’sir va nufuz uchun raqobat maydoniga aylanishi mumkinligi qayd etilgan.
Mazkur yondashuv Markaziy Osiyo uchun ham e’tiborga molik. Qozog‘iston va O‘zbekiston xalqaro maydondagi o‘z rolini “o‘rta davlat” konsepsiyasi orqali tobora faolroq talqin qilayotgan bir paytda, Turkmaniston nashrida aynan ushbu konsepsiyaning ehtimoliy salbiy oqibatlari haqida fikr bildirilishi mintaqadagi “o‘rta davlatlar”ga bilvosita signal sifatida ko‘rilishi mumkin.
T.Saidi ilgari surayotgan asosiy g‘oya: xalqaro maydondagi nufuzning ortishi mintaqada boshqa davlatlardan ustun siyosiy maqomga da’vogarlik qilishni anglatmasligi kerak. Aks holda, mintaqaviy liderlikka intilish integratsiyani kuchaytirish o‘rniga, qo‘shni davlatlarning o‘zaro va tashqi kuchlar bilan aloqalarini diversifikatsiya qilishiga hamda Markaziy Osiyoda fragmentatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Strategic Focus: Central Asia
News Central Asia saytida T.Saidining xalqaro munosabatlarda tobora ko‘proq ishlatilayotgan “o‘rta davlat” (middle power) tushunchasi tanqidiy tahlil qilingan maqolasi chiqdi.
News Central Asia (nCa) – bosh ofisi Pokistonda, tahririy faoliyati esa Turkmanistonda olib boriladigan axborot-tahliliy nashr.
Saidi fikricha, “o‘rta davlat” maqomi xalqaro miqyosda rasman belgilanmagan bo‘lib, ko‘p jihatdan davlatlarning o‘zini o‘zi shu maqomda namoyon etishiga asoslanadi. Bunday yondashuv ayrim hollarda “o‘rta davlat sindromi” ni yuzaga keltirishi mumkin, deb yozadi muallif.
Ekspertga ko‘ra, davlatning xalqaro maydondagi diplomatik ambitsiyalari bilan mintaqadagi qo‘shnilar manfaatlari o‘rtasida ziddiyatlarni kuchaytirishi mumkin. Davlat o‘zini mintaqaviy kuch yoki alohida geosiyosiy markaz sifatida ko‘rsatgan sari, qo‘shni mamlakatlar buni yetakchilik emas, balki mintaqada o‘ziga xos ierarxiya o‘rnatishga urinish sifatida qabul qilishi mumkin.
T.Saidining ta’kidlashicha, buning natijasida qo‘shni davlatlar o‘z tashqi aloqalarini diversifikatsiya qilishga, muqobil sheriklar izlashga va ayrim hollarda mintaqaviy tashabbuslarni alohida shakllantirishga intilishi mumkin.
Shuningdek, bir nechta davlat bir vaqtning o‘zida yuqori mintaqaviy maqomga da’vogarlik qilgan sharoitda transport yo‘laklari, infratuzilma loyihalari, savdo va xavfsizlik tashabbuslari hamkorlik vositasidan ta’sir va nufuz uchun raqobat maydoniga aylanishi mumkinligi qayd etilgan.
Mazkur yondashuv Markaziy Osiyo uchun ham e’tiborga molik. Qozog‘iston va O‘zbekiston xalqaro maydondagi o‘z rolini “o‘rta davlat” konsepsiyasi orqali tobora faolroq talqin qilayotgan bir paytda, Turkmaniston nashrida aynan ushbu konsepsiyaning ehtimoliy salbiy oqibatlari haqida fikr bildirilishi mintaqadagi “o‘rta davlatlar”ga bilvosita signal sifatida ko‘rilishi mumkin.
T.Saidi ilgari surayotgan asosiy g‘oya: xalqaro maydondagi nufuzning ortishi mintaqada boshqa davlatlardan ustun siyosiy maqomga da’vogarlik qilishni anglatmasligi kerak. Aks holda, mintaqaviy liderlikka intilish integratsiyani kuchaytirish o‘rniga, qo‘shni davlatlarning o‘zaro va tashqi kuchlar bilan aloqalarini diversifikatsiya qilishiga hamda Markaziy Osiyoda fragmentatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Strategic Focus: Central Asia
❤9🔥8💯4
AQSh Saudiya Arabistoniga umumiy qiymati $24,3 mlrd bo‘lgan 48 ta F-35 qiruvchi samolyotini sotishni ma’qulladi.
Bu bitim Saudiya Arabistonining harbiy salohiyatini kuchaytirish bilan birga, AQSh - Saudiya munosabatlarining kelajagi, Isroilning mintaqadagi harbiy ustunligi va Xitoyning mintaqadagi roli bo‘yicha yangi savollarni ham yuzaga keltirmoqda.
Fikrlaringizni yozib qoldiring. Ertaga mazkur mavzuni tahlil qilamiz.

👍6🔥4❤2🤬1
Strategic Focus: Central Asia
AQSh Saudiya Arabistoniga umumiy qiymati $24,3 mlrd bo‘lgan 48 ta F-35 qiruvchi samolyotini sotishni ma’qulladi. Bu bitim Saudiya Arabistonining harbiy salohiyatini kuchaytirish bilan birga, AQSh - Saudiya munosabatlarining kelajagi, Isroilning mintaqadagi…
AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoniga 48 ta F-35 qiruvchi samolyoti va 49 ta dvigatelni umumiy qiymati $24,3 mlrd bo‘lgan paket doirasida sotishni ma’qulladi. Kelishuv hali Kongressning 30 kunlik ko‘rib chiqishidan o‘tishi kerak.
Ammo masalaning asosiy jihati samolyotlarning o‘zida emas. F-35 Saudiya Arabistonining AQSh xavfsizlik tizimiga qanchalik chuqur integratsiyalashayotganini ko‘rsatadi.
Birinchidan, Fors ko‘rfazidagi harbiy balans o‘zgarishi mumkin. F-35 Saudiya havo kuchlarining mavjud F-15 va Eurofighter Typhoon parkiga qo‘shilib, unga yashirinlik (stealth), ilg‘or sensorlar va AQSh kuchlari bilan yuqori darajadagi o‘zaro muvofiqlik imkonini beradi. Saudiya Arabistoni F-35ga ega bo‘lgan birinchi arab davlatiga aylanishi mumkin.
Ikkinchidan, Vashingtonning Ar-Riyodga munosabati strategik darajaga ko‘tarilmoqda. AQSh uchun Saudiya faqat qurol xaridori emas, balki Eron, Yaman va Fors ko‘rfazi xavfsizligi sharoitida muhim harbiy sherik hisoblanmoqda. F-35 savdosi shu hamkorlikni uzoq muddatga mustahkamlovchi vosita sifatida ko‘rilmoqda.
Uchinchidan, bu qaror Isroil omilini ham murakkablashtiradi. Hozircha Isroil Yaqin Sharqdagi yagona F-35 operatori hisoblanadi va AQSh qurol eksportida uning mintaqadagi texnologik-harbiy ustunligini saqlash talabi mavjud. Davlat departamenti esa taklif etilayotgan savdo mintaqadagi umumiy harbiy balansni o‘zgartirmasligini bildirgan.
To‘rtinchidan, eng katta savol - Xitoy. Vashingtonda Ar-Riyodning Pekin bilan chuqurlashib borayotgan harbiy-texnologik aloqalari F-35ning maxfiy texnologiyalari xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi mumkinligi haqida xavotirlar mavjud. Bu jihat ayniqsa muhim: F-35 oddiy qiruvchi emas, balki AQShning eng ilg‘or harbiy texnologiyalaridan biridir.
Shu sababli $24,3 mlrdlik bitimni faqat Saudiya Arabistonining harbiy salohiyatini oshirish sifatida ko‘rish yetarli emas. Bu - Vashingtonning Fors ko‘rfazidagi xavfsizlik arxitekturasini qayta shakllantirish, Ar-Riyodni AQSh harbiy tizimiga yanada chuqurroq bog‘lash va shu bilan birga Xitoyning mintaqadagi ta’sirini cheklashga qaratilgan kengroq strategiyaning bir qismi. Ya’ni F-35lar Saudiya uchun yangi samolyotlardan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi: ular Ar-Riyodning geosiyosiy yo‘nalishini ham ko‘rsatmoqda.

❤4👍3👏2🔥1🤔1
Yaqin Sharqdagi davom etayotgan nizolar va husiylarning Saudiya Arabistoniga nisbatan harakatlari Ko‘rfaz monarxiyalarining uzoq yillik xavfsizlik va harbiy strategiyasidagi tizimli nuqsonlarni yana bir bor yuzaga chiqardi. Hozirgi vaziyat tasodif emas, balki Ar-Riyodning ko‘p yillik noto‘g‘ri geostrategik hisob-kitoblari va harbiy-sanoat nigilizmining mantiqiy oqibatidir.
Ushbu masalani quyidagi asosiy va geostrategik omillar orqali tahlil qilish mumkin:
1. Yamandagi inqiroz va strategik xatolar. Saudiya Arabistoni Yamanga harbiy agressiyani boshlar ekan, mintaqaviy barqarorlik va o‘z xavfsizligini ta'minlashni maqsad qilgan edi. Biroq, samarasiz harbiy harakatlar va uzoq davom etgan qamal natijasida gumanitar inqirozi chuqurlashdi, millionlab tinch aholi qiyin ahvolda qoldi. Natijada, husiylar kutilganidek taslim bo‘lmadi, aksincha, tashqi agressiyaga javoban Eron bilan yanada yaqinroq harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, mintaqaviy qudratli kuchga aylandi.
2. Trillionlab dollarlik byudjet va “nol” mahalliy HSM. Saudiya Arabistoni har yili dunyodagi eng yirik harbiy budjetga ega beshta davlat qatoriga kiradi (masalan, 2017-yildayoq AQSh bilan bir martalik 185 milliard dollarlik shartnoma imzolangan edi). Shunga qaramay, mamlakat o‘zining harbiy-sanoat majmuasini (HSM) rivojlantirish uchun deyarli hech qanday jiddiy qadam tashlamadi.
Bu borada neft zaxiralariga ega bo‘lmagan va aholisi qariyb 10 million kishidan iborat Isroil o‘z HSKni dunyodagi Top-10 qurol eksportchilari qatoriga olib chiqqan.
Biroq, strategik maydon, ulkan iqtisodiy manbalar va aholi resursiga ega bo‘lishiga qaramay, Saudiya Arabistoni qurol-yarog‘ ta'minotida to‘liqligicha tashqi importga (AQSh, Yevropa, Janubiy Koreya) qaram bo‘lib qolmoqda.
3. Mintaqaviy tahdidlar va xavfsizlik arxitekturasining yo‘qligi. Yaqin Sharq - Yevropa kabi tinch mintaqaviy tuzilmaga ega emas. Bu yerda Eron kabi tarixiy raqiblar, Turkiyaning o‘sib borayotgan ta'siri va son-sanoqsiz proksi-guruhlar mavjud.
Shunday murakkab muhitda arab davlatlari: 1. Umumiy tahdidlarga qarshi mustahkam harbiy-siyosiy alyanslar tuzmadi; 2. O‘zining mudofaa sanoati quvvatlarini yaratishni e'tiborsiz qoldirdi.
4. Asimmetrik urush va mudofaa samarasizligi. Eron va uning proksilari (husiylar va boshqalar) nisbatan arzon, ammo samarali bo‘lgan dronlar va ballistik raketalar texnologiyasiga tayanib asimmetrik urush olib bormoqda. Boshqa tomondan, yuzlab milliard dollarlik eng zamonaviy aviatsiya va mudofaa tizimlariga ega bo‘lgan monarxiyalar amalda mustaqil va qat'iy javob choralarini ko‘rishda sustkashlik qilmoqda. O‘z imkoniyatlariga tayanish o‘rniga, tashqi kuchlar (AQSh, Isroil, hatto boshqa mintaqaviy hamkorlar) himoyasiga umid bog‘lash strategik qaramlikni yanada oshirmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Yaqin Sharqdagi hozirgi geosiyosiy reallik shuni ko‘rsatadiki, moliya resurslarining ko‘pligi va tayyor qurol-yarog‘ xarid qilish ko‘rsatkichi hali milliy xavfsizlik va harbiy qudrat kafolati emas. O‘zining mustaqil harbiy-sanoat bazasini yaratmagan, aniq uzoq muddatli strategiyaga ega bo‘lmagan va faqat tashqi xavfsizlik kafolatlariga tayanadigan davlatlar, hatto trillionlab dollarga ega bo‘lsa ham, asimmetrik va davomiy tahdidlar qarshisida zaif bo‘lib qolaveradi. Yamandagi mojaro va husiylarning doimiy bosimi Ko‘rfaz mamlakatlari uchun harbiy va strategik yondashuvlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini anglatuvchi jiddiy signaldir.
Ibrohim Muso, siyosiy ekspert

👍4💯4❤1🔥1
Yaqin Sharqdagi xavfsizlik muhitining keskinlashuvi, Eronning yadroviy salohiyati, Isroil omili va NATO doirasidagi xavfsizlik kafolatlariga nisbatan Turkiyaning qarashlari o‘zgarayotgani Anqaraning yadro masalasini yana kun tartibiga olib chiqmoqda.
Turkiya yadro quroliga intilyaptimi yoki hozircha faqat kelajak uchun strategik imkoniyatlarni saqlab qolishga harakat qilyaptimi?
Sizningcha, Turkiyaning yadro strategiyasi qaysi yo‘nalishda rivojlanadi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring, ertaga esa biz shu mavzu boʻyicha material chiqaramiz.

❤5🔥2🫡1