Sanlı texnologiyalar ministrligi Qaraqalpaqstan Respublikası aymaqlıq sektorı
162 subscribers
2.19K photos
214 videos
1 file
709 links
Telegram тармағымыз:
https://t.me/baylanis_ministrligi
Facebook тармағымыз
https://www.facebook.com/groups/qr.hududiyboshqarma
Download Telegram
Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” milliy tanlovida munosib natijalarga erishdi

“Besh Million Sun’iy Intellekt Yetakchilari” milliy tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘quvchilari faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi. Xususan, tanlovning “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyasi bo‘yicha respublikamizdan 57 nafar iqtidorli o‘quvchi hamda 1 nafar ish bilan band bo‘lmagan yosh g‘olib deb topildi.

Bugun Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari B.Otemuratov ishtirokida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur yutuq yoshlarning zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va raqamli bilimlarga bo‘lgan qiziqishi hamda yuqori salohiyatining yorqin namunasidir. Shuningdek, bu kabi tanlovlar yosh avlodning innovatsion fikrlashi va zamonaviy kasblarga bo‘lgan intilishini yanada rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.

Yoshlarimizning bunday muvaffaqiyatlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan raqamli ta’limni rivojlantirish hamda yoshlar siyosati borasidagi islohotlarning amaliy natijasidir.

Barcha g‘oliblarni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz hamda ularga kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaymiz!
———
Qaraqalpaqstanlı oqıwshılar "Bes million jasalma intellekt jetekshileri" milliy tańlawında múnásip nátiyjelerge eristi

"Bes million jasalma intellekt jetekshileri" milliy tańlawında Qaraqalpaqstan Respublikası oqıwshıları belsene qatnasıp, joqarı nátiyjelerdi qolǵa kirgizdi. Atap aytqanda, tańlawdıń "Eń belsendi qatnasıwshı" nominaciyası boyınsha respublikamızdan 57 qábiletli oqıwshı hám 1 jumıssız jas jeńimpaz dep tabıldı.

Búgin Ministrler Keńesi Baslıǵınıń jaslar siyasatı, sociallıq rawajlandırıw hám ruwxıy-aǵartıwshılıq isleri boyınsha orınbasarı B.Otemuratovtıń qatnasıwında jeńimpazlardı sıylıqlaw máresimi bolıp ótti. Ilaj dawamında tańlaw jeńimpazlarına qımbat bahalı sawǵalar saltanatlı túrde tapsırıldı.

Bul jetiskenlik jaslardıń zamanagóy texnologiyalar, jasalma intellekt hám sanlı bilimlerge bolǵan qızıǵıwshılıǵı jáne joqarı potencialınıń ayqın kórinisi bolıp esaplanadı. Sonday-aq, bunday tańlawlar jas áwladtıń innovaciyalıq pikirlewi hám zamanagóy kásiplerge bolǵan umtılısın jáne de xoshametlewge xızmet etpekte.

Jaslarımızdıń bunday tabısları mámleketimizde ámelge asırılıp atırǵan sanlı bilimlendiriwdi rawajlandırıw hám jaslar siyasatı baǵdarındaǵı reformalardıń ámeliy nátiyjesi bolıp esaplanadı.

Barlıq jeńimpazlardı usı jeńis penen qızǵın qutlıqlaymız hám olarǵa aldaǵı jumıslarında úlken tabıslar hám jańa jeńisler tileymiz!

Veb-sayt|Telegram | Instagram | Facebook
🟢 “IT Park”ларнинг хизматлар экспорти 191 млн доллардан ошди

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь–март ойларида “IT Park” иштирокчиларининг хизматлар экспорти ҳажми 191,8 млн АҚШ долларини ташкил этди.

📊 Бу кўрсаткич 2025 йилнинг мос даврига нисбатан 38,5 млн АҚШ долларига ошган.


Мазкур даврда “IT Park” иштирокчилари томонидан кўрсатилган бозор хизматлари ҳажми 9,4 трлн сўмга етган. Бу 2025 йилнинг мос даврига нисбатан 2,8 трлн сўмга кўп.

Шунингдек, “IT Park” иштирокчилари бўйича барча молиялаштириш манбалари ҳисобидан асосий капиталга ўзлаштирилган инвестициялар ҳажми 500,5 млрд сўмни ташкил этиб, ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 348,9 млрд сўмга ўсган.
Vatandoshimizning "speko.ai" startapi Y Combinator akseleratorining yozgi dasturiga qabul qilindi

"Hupo" startapidagi yutuqlari bilan tanilgan vatandoshimiz Beknazar Abdikamalov asos solgan Speko (speko.ai) startapi jahonning eng nufuzli akseleratorlaridan biri — Y Combinator yozgi dasturidan joy oldi.

Shu bilan birga, Y Combinatorga qabul qilingan hamyurtlarimiz soni endi 2 taga yetdi: Beknazar Abdikamalov (Speko) hamda Sardor Rahmatulloev – twolabs.ai loyihasi bilan.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
Malakali o‘qituvchi va mentorlar diqqatiga!

🏷 "Raqamlashtirish orqali farovonlik sari" loyihasining 2-bosqichi doirasida yoshlarni zamonaviy va daromadli kasblarga o‘qitish uchun hududlarda faoliyat yuritayotgan o‘quv markazlari va mustaqil mentorlarni hamkorlikka taklif qilamiz.

O‘quv yo‘nalishlari:
➡️ Kompyuter savodxonligi
➡️ Ingliz tili
➡️ Frontend dasturlash
➡️ Python dasturlash
➡️ Grafik dizayn
➡️ SMM va raqamli marketing
➡️ Elektron tijorat
➡️ Kompyuter servisi va texnik xizmat ko‘rsatish


Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
➡️ Tegishli yo‘nalish bo‘yicha amaliy tajriba
➡️ O‘quv mashg‘ulotlarini olib borish ko‘nikmasi
➡️ Yoshlar bilan ishlash tajribasi
➡️ Zamonaviy ta’lim metodlari va raqamli platformalardan foydalanish qobiliyati

Biz taklif qilamiz:
➡️ Professional faoliyat olib borish imkoniyati
➡️ Moslashuvchan ish jadvali
➡️ Munosib va barqaror daromad
➡️ Tajriba almashish va rivojlanish muhiti

Agar siz o‘z bilim va tajribangiz orqali yoshlarning kelajagini qurishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, hamkorlik uchun murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Roʻyxatdan oʻtish havolasi: https://forms.gle/dhP5gqAdfcMxoPNT7

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷
Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
🎬 Kontent yaratishga qiziqasizmi? Video montaj qilishni, vizual kontent tayyorlashni yoki ijtimoiy tarmoqlarda kreativ kontent yaratishni xohlaysizmi?

🌐 GAP Women IT Union tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligida “Kontent yaratuvchilar uchun amaliyot” dasturiga qabul e’lon qilinadi.

⭐️ Ushbu amaliyot davomida ishtirokchilar haqiqiy loyihalarda qatnashish, professional jamoa bilan ishlash, video, vizual va ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratish bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


📌 Dastur kimlar uchun?

– video-montajga qiziqadiganlar;
– dizayn va vizual kontent yaratishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar;
– ijtimoiy tarmoqlarda kreativ g‘oyalar bilan ishlashni xohlovchilar;
– o‘z portfoliosini shakllantirishni istagan yoshlar uchun.


🚀Amaliyot davomida siz kelajakdagi faoliyatingiz uchun foydali bo‘ladigan tajriba, real ish jarayoni va portfolio yaratish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

📝 Qabul davom etmoqda. Arizangizni to‘ldiring va kontent yaratish yo‘lingizni bugunoq boshlang.

👉 Ariza topshirish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSd3qlABIJvR6CMDrLyPn_IeIj6MwUImrCo7GRbtr7zloVPTkw/viewform

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
☀️ Jazirama issiqda navbat kutib, o’zingizga jabr qilmang! Yechim bitta — my.gov.uz!

🌡 Tashqarida havo harorati kundan-kun ko‘tarilib, hatto soyada ham turish qiyin bo‘lgan ayni yoz mavsumida navbat kutish, idorama-idora sarson bo‘lish asab va sog‘liqqa zarar.

👨‍💻 Aslida, eng muhim davlat xizmatlaridan foydalanish uchun uydan chiqish, jaziramada yo‘l bosish shart emas. Uyda, bir piyola ko’k choy ustida barchasini my.gov.uz orqali bir necha daqiqada hal qilish mumkin.

📊 Yoz kunlarida sizga eng kerak bo‘ladigan, uydan chiqmay bitadigan TOP-5 hayotiy xizmatlar bilan tanishing:

Farzandni maktabga joylashtirish (1-sinf)
💬
Yoz — maktabga qabul mavsumi. Maktabma-maktab hujjat ko‘tarib yurish o‘rniga, bolangizni my.gov.uz orqali uydan chiqmay turib 1-sinfga onlayn ro‘yxatdan o’tkazasiz.

🗄Muddat: 20-iyundan – 31-avgustgacha.

OTM va texnikumlarga hujjat topshirish

💬
Bugun, 5-iyun kuni davlat oliygohlarida abituriyentlar qabuli boshlandi va 25-iyungacha davom etadi.

💬
Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun issiqda ta’lim maskanlariga qatnab, sargardon bo‘lish davri o‘tdi. Yo‘nalishlarni tanlang, hujjatlarni yuklang va xotirjam imtihonga tayyorlaning.

"Propiska" va manzil bo‘yicha hisobga turish 
💬
Yangi uy oldingizmi yoki ijrada turasiz va doimiy/vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kerakmi? Pasport stolga borishni unuting. Arizani divanda yotgan holda yuboring va tayyor QR-kodli hujjatni yuklab oling.

Kadastr pasportini shakllantirish va ma’lumotlar olish
💬
Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi yoki boshqa hujjatlar uchun kadastr ma’lumotlari kerak bo‘lib qolsa, tegishli idoralarga borishga umuman hojat yo‘q. Hamma ma’lumotlar tizimda onlayn shakllanadi.

Kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni tekshirish va ma’lumotnomalar
💬
Konditsioner ishlab turgan uyda svet, gaz yoki suv bo‘yicha muammolar kelib chiqmasligi uchun hisob-kitoblarni masofadan tekshiring. Kerak bo‘lsa, qarzdor emaslik haqidagi ma’lumotnomani ham onlayn yuklab oling.

🟡 Vaqtingizni va asabingizni asrang. Texnologiyalar davrida smartfoningiz — bu sizning shaxsiy va eng qulay davlat xizmatlari markazingizdir.

💻 my.gov.uz — nafaqat jazirama issiq, balki har qanday vaziyatda hayotingizni yengillashtiradi!

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  📷instagram YouTube
🎰LinkedIn 🚀 Bot
💯1
📊 Ўзбекистонда бозор хизматлари ҳажми 406,4 трлн сўмга етди
 
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-апрель ойларида Ўзбекистонда кўрсатилган бозор хизматлари ҳажми 406,4 трлн сўмни ташкил этди.
 
📊 Бу кўрсаткич 2025 йилнинг мос даврига нисбатан 16,6 % га ошди.

 
📊 Кўрсатилган бозор хизматлари ҳажми асосий турлар бўйича қуйидагича:
 
Савдо хизматлари — 101,8 трлн сўм
 
Яшаш ва овқатланиш хизматлари — 69,1 трлн сўм
 
Транспорт хизматлари — 66,9 трлн сўм
 
Молиявий хизматлар — 65,6 трлн сўм
 
Алоқа ва ахборотлаштириш хизматлари — 30,9 трлн сўм
 
Таълим соҳасидаги хизматлар — 14,5 трлн сўм
 
Кўчмас мулк билан боғлиқ хизматлар — 9,2 трлн сўм

Шахсий хизматлар — 7,4 трлн сўм
 
Соғлиқни сақлаш соҳасидаги хизматлар — 7,3 трлн сўм
  
Компьютерлар ва маиший товарларни таъмирлаш бўйича хизматлар — 5,1 трлн сўм
 
Ижара хизматлари — 5,1 трлн сўм
 
Меъморчилик, муҳандислик изланишлари, техник синовлар ва таҳлил соҳасидаги хизматлар — 4,8 трлн сўм
 
Бошқа хизматлар — 18,8 трлн сўм

📄 ПРЕСС-РЕЛИЗ
📊 Молиявий ва таълим хизматлари етакчи: Ўзбекистонда қайси хизмат турлари энг тез ўсмоқда?

🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-апрель ойларида Ўзбекистонда кўрсатилган бозор хизматлари ҳажми 406,4 трлн сўмни ташкил этди.

📊 Хизматлар турлари бўйича ўсиш суръатлари қуйидагича:

Молиявий хизматлар — 123,8 %;

Таълим соҳасидаги хизматлар — 122,6 %;

Алоқа ва ахборотлаштириш хизматлари — 122,3 %;

Ижара хизматлари — 117,1 %;

Кўчмас мулк билан боғлиқ хизматлар — 117,0 %;

Соғлиқни сақлаш соҳасидаги хизматлар — 115,1 %;

Транспорт хизматлари — 115,0 %;

Яшаш ва овқатланиш хизматлари — 114,0 %;

Савдо хизматлари — 113,9 %;

Компьютер ва маиший товарларни таъмирлаш бўйича хизматлар — 112,8 %;

Шахсий хизматлар — 110,9 %;

Меъморчилик ва муҳандислик соҳасидаги хизматлар — 110,5 %;

Бошқа хизматлар — 115,3 %.
🚀 Applications for the Road to Battlefield 2026 program are now open

An opportunity is opening for Central Eurasian startups to enter one of the world’s most prestigious technology stages. Applications are now open for Road to Battlefield 2026, a program organized in partnership with IT Park Uzbekistan, Astana Hub, and Silkroad Innovation Hub.

🏆 The top 3 startups of the competition will receive a total of $100,000 in investment:

• 1st place — $50,000
• 2nd place — $30,000
• 3rd place — $20,000


The winners will participate in the TechCrunch Startup Battlefield 200 and TechCrunch Disrupt 2026 events on behalf of Central Eurasia. Additionally, they will be provided with airfare to San Francisco, accommodation, a startup booth at the TechCrunch exhibition, OpenAI benefits, meetings with investors, and networking opportunities.

💡 The program is designed for startups that are at the Seed stage or earlier, have a valuation not exceeding $5 million, and possess a working MVP.

Applications are accepted until June 30.

🔗 Register here

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website